Ismoilova Muxtasar Abdumutalib qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Non, qandolat mahsulotlari qolip va listlarini moylash uchun ozuqaviy emul`siya olish», 02.00.11 – Kolloid va membrana kimyosi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/T3815.
Ilmiy rahbar: Salixanova Dilnoza Saidakbarovna, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Namangan muhandislik-texnologiya instituti, Umumiy va noorganik kimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-texnologiya instituti, DSc.03/29.08.2023.K/T.66.02.
Rasmiy opponentlar: Adizov Bobir Zaimrovich, texnika fanlari doktori, professor; Ochilov G‘olib Mamayunusovich, kimyo fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: non va qandolat qoliplarini moylash uchun o‘simlik moylari asosida surkov emul`siyalarini olish texnologiyasini yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mexanik aralashtirish jarayonining maqbul sharoitlari, ya’ni aylanish tezligi 1500 ayl/daqiqasiga, gomogenlash harorati esa 60-700S va aylantirish vaqtini esa 20-25 daqiqa ekanligi isbotlangan;
emul`siya tarkibiga 0.05% miqdorda NaHCO3 qo‘shilishi moyning kislota soni (K.s.) 0.6 mg KON/g dan 0.2 mg KON/g gacha tushurishi va barqarorligini 85 dan 95% gacha ko‘tarishi aniqlangan;
emul`siya tarkibga 5-8% gacha ozuqaviy salomasni qo‘shilishi, emul`siyaning yog‘lash hususiyatini yaxshilashi bilan birga qovushqoqligini ham oshiradi, undan miqdoriyachni oshirilishi emul`siyaning qotish haroratini tushirib yuborishi aniqlangan;
raps va soya moylariga nisbatan kungaboqar moyi tarkibida al`fa-takoferol miqdori yuqoriligi, undan tayyorlangan surkov emul`siyalarining ozuqaviy qiymati yuqoriligi aniqlangan;
ul`tratovush ta’sirda olingan emul`siyadagi zarrachalarning zich joylashuvi zarrachalar hajmining pasayishiga, polidisperslik va zarrachalarning tegishli ravishda taqsimlanishiga, ya’ni 5-10 daqiqa ul`tratovush bilan ishlov berish, nano o‘lchovli effektni oshirishi va uning dinamik qovushqoqligini pasaytirishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Non, qandolat mahsulotlari qolip va listlarini moylash uchun ozuqaviy emul`siya olishni yaratish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ananaviy va noananaviy o‘simlik moylari yordamida non, qandolat mahsulotlari qoliplarini moylash uchun ozuqaviy emul`siyalar olish texnologiyasi «Yangiyo‘l yog‘-moy» AJ ning «2024-2025 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalari ro‘yxati»ga kiritilgan («O‘zyog‘moysanoat» uyushmasining 2023 yil 17 iyuldagi KS/Z-348-son ma’lumotnomasi). Natijada, qoliplarni moylash uchun chetdan keltiriladigan emul`siya o‘rnini bosa oladigan ozuqaviy emul`siya ishlab chiqarish imkonini beradi;
takomillashtirilgan ozuqaviy emulsiya olish texnologiyasi «Yangiyo‘l yog‘-moy» AJ ning «2024-2025 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalari ro‘yxati»ga kiritilgan («O‘zyog‘moysanoat» uyushmasi 2023 yil 17 iyuldagi KS/Z-348-son ma’lumotnomasi). Natijada UT yordamida an’anaviy usulga nisbatan jadallashtirilgan gomogenizatsiyalash qilish imkonini beradi.