Mirzaev Navruzbek Abdullevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Neftni qayta ishlash korxonalari katalizator changlaridan havoni tozalash jarayonini takomillashtirish», 02.00.16 – Kimyo texnologiyasi va oziq-ovqat ishlab chiqarish jarayonlari va apparatlari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/T3430.
Ilmiy rahbar: Hurmamatov Abdugoffor Mirzabdullevich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Umumiy va noorganik kimyo instituti, Farg‘ona politexnika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-texnologiya instituti, PhD.03/31.03.2023.T.66.05.
Rasmiy opponentlar: Sultonova Shahnoza Abduvahitovna, texnika fanlari doktori, dotsent; Nigmadjanov Samigjon Karimjonovich, texnika fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Qarshi muhandislik-iktisodiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: neftni qayta ishlash korxonalarida riforming jarayoni uchun ishlatiladigan katalizator changlarini ushlab qolish uchun samaradorli texnologiya ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
katalizator changlari tarkibidagi qattiq zarrachalarning dispersligi 60 mkm gacha ekanligi, fizik-kimyoviy va kolloid-kimyoviy xususiyatlari aniqlangan;
havoni 5 mkm gacha bo‘lgan mayda-dispers changlardan tozalash uchun siklon qurilmasiga sirkulyasion quvur joylanib, uning egilish burchagi 90 bo‘lganda uning 5 mkm gacha bo‘lgan zarrachalarni tozalash samaradorligi 83,4 % ekanligi isbotlangan;
takomillashtirilgan qurilmadagi changli havoning maqbul tezligi 22 m/s bo‘lganda qurilmaning umumiy samaradorligi 97,3 % ni tashkil qilishi hamda taklif etilayotgan qurilmaning samaradorligi oddiy qurilmaga qaraganda 16,1 % ga yuqori ekanligi isbotlangan;
havoni qattiq zarrachalardan tozalash jarayoni samaradorligining havodagi chang konsentrasiyasiga, fraksion tarkibiga, bosimiga, gidravlik qarshilik va boshqalarga korrelyasion bog‘liqligi isbotlangan;
mayda va yirik dispers zarrachalardan havoni tozalash jarayonining maqbul rejim-konstruktiv ko‘rsatgichlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Neftni qayta ishlash korxonalarida riforming jarayoni uchun ishlatiladigan katalizator changlarini ushlab qolish uchun samaradorli texnologiya ishlab chiqish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
havoni mayda-dispers qattiq zarrachalardan tozalash texnologiyasi «Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi»ning «2024-2026 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan  («Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi» MChJning 2022 yil 17 martdagi ma’lumotnomasi). Natijada, qurilma ichida 5 mkm gacha bo‘lgan qattiq zarrachalarni 83,4 % gacha sirkulyasiya qilish hamda qurilmaning umumiy samaradorligini 97,3 % ga oshirish imkonini beradi;
sirkulyasion quvurni siklon qurilmasining tozalangan havo chiqish quvuriga o‘rnatish usuli «Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi»ning «2024-2026 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan  («Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi» MChJning 2022 yil 17 martdagi ma’lumotnomasi). Natijada, taklif etilayotgan qurilmada ushlab qolingan chang massasi (0,982 t) tarkibidagi 0.3 % platina (290g) va 0.3% reniy (290g) elementlarini ushlab qolish imkonini beradi.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish