Salomov Qudrat Mengqobilovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi ximoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): "Disfoniyani kompleks tashxislash va davo samaradorligini oshirish".14.00.04-Otorinolaringologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yhatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Tib.1495.
Ilmiy rahbar: Amonov Aminjon Shavkatovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent;
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti, DSc.04/05.06.2020.Tib.102.02.
Rasmiy opponentlar: Nasretdinova Maxzuna Taxsinovna tibbiyot fanlari doktori, professor; Panaxian Vafa Mustafa ogli tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Danila Galiskiy nomidagi L`vov milliy tibbiyot universiteti (Ukraina Respublikasi).
II. Tadqiqotning maqsadi disfoniya turli shakllarini tashxislashni takomillashtirish va davolash samaradorligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qizilo‘ngach yuqori uchdan bir qismining va oshqozonning kunlik rN-metriyasini aniqlash bilan o‘tkazilgan tadqiqotlar asosida disfoniya turli shakllarining rivojlanish sabablari to‘g‘risidagi ilmiy ma’lumotlar to‘ldirilgan, bunda ushbu patologiyasi bo‘lgan bemorlarni tekshirishda gastro-ezofageal reflyuksni hisobga olish zarurligi isbotlangan.
ilk marotaba, organik va funksional disfoniyaning kompleks ul`tratovush diagnostikasi asoslangan hamda preklinik va monitoring tekshiruvlar paytida fonatsion test yordamida hiqildoq kasalliklarni noinvaziv tashxislash imkonini beradigan exografiya imkoniyatlari aniqlangan.
operatsiyadan keyingi davrda kompleks terapiyaga ISLA preparatini kiritish orqali organik ovoz buzilishlarini davolashni korreksiyalashning yangi usul ishlab chiqilgan.
operatsiyadan keyingi davrda organik ovoz buzilishlarini kompleks davolashning mavjud usuliga ISLA preparatini qo‘shish ishonchli terapevtik samaraga va ovoz funksiyalarini barqaror tiklashga imkon berishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarini joriy qilinishi.
Toshkent pediatriya tibbiyot institutining 2023 yil 17 oktyabrdagi 11-sonli xulosasiga ko‘ra (ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Toshkent pediatriya tibbiyot institutining 2022-yil sentabrdagi 03/2133-sonli xat yuborilgan):
birinchi ilmiy yangilik: qizilo‘ngach yuqori uchdan bir qismining va oshqozonning kunlik rN-metriyasini aniqlash bilan o‘tkazilgan tadqiqotlar asosida disfoniya turli shakllarining rivojlanish sabablari to‘g‘risidagi ilmiy ma’lumotlar to‘ldirilgan, bunda ushbu patologiyasi bo‘lgan bemorlarni tekshirishda gastro-ezofagial reflyuksni hisobga olish zarurligi isbotlangan. Disfoniyaning kelib chiqish sabablari, hamrox LOR kasalliklarining axamiyati, ularni erta aniqlash, davo muolajalarini mukammallashtirish chora tadbirlariga  asoslangan. Ilmiy yangilikning mohiyati: Disfoniya – ovoz o‘zgarishi bo‘lib, uning rivojlanishi, etiologik omillari oxirgacha keng ko‘lamda o‘rganilmagan. Disfoniyaga olib keladigan kasalliklarning rivojlanishi sabablardan bittasi bu oshqozon ichak kasalliklari bo‘lib, ularni aniqlash kasallik sababini topish yoki uning rivojlanishining oldini olishda pH metriya katta klinik axamiyatga ega va bu usul yordamida gastro ezofageal reflyuks kasalligini aniqlashda keng foydalaniladi. Ilmiy yangilikning ahamiyati: organik disfoniya rivojlanishida oshqozon ichak kasalliklari shu jumladan gastro ezofageal reflyuks kasalligi katta o‘rin tutishi aniqlangan va ovoz o‘zgarishi bilan bemorlar murojat qilganda bu kasallikni xam tekshirish muximligi asoslangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Qoraqolpogiston Respublikasi, Respublika ko‘p tarmoqli bolalar shifoxonasi Otorinolaringologiya bo‘limiga №1-3/143, 10.10.2023 sonli buyrug‘i asosida amaliyotga tadbiq etilgan, Surxandaryo viloyat bolalar ko‘p tarmoqli shifoxonasi № 129-T, 05.10.2023 sonli buyrug‘i asosida amaliyotga tadbiq etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: taklif etilgan kasalliklarni tekshirish yordamida Disfoniyaga olib keladigan sabablarni keng baxolash orqali kompleks yondoshuvdan foydalanib kasallikning samarali davolash, qaytalanishini oldini olish va qayta jarroxlik amaliyotini kamaytirishga shuningdek xayot sifatini yaxshilash olib kelgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 1) Gastro ezofageal reflyuks kasalligini (GERK) aniqlashda pH metriyadan keng foydalanib, davolash natijasida 6000.000 so‘m iqtisod qilindi. (kasallangan bemorlarda, hiqildoq xosilalari qayta o‘sishi hisobiga 11,8 foiz bemorlarda qayta jarroxlik (ikkinchi jarroxlik) operatsiyasi amalga oshiriladi). Qayta jarroxlik amaliyoti darajasini 12 foizdan 7,2 foizga kamaytirilgan (1 nafar bemordan 6000.000 so‘m iqtisod qilinsa, yiliga 30 ta bemorda operatsiya bo‘lsa, shundan 5 tagacha qaytalaydi, bu ishning amaliyotga qo‘llanishi natijasida kasallikning qaytalashi ya’ni qayta operatsiya amaliyoti 2 tagacha kamaytirildi, demak bir nafar bemordan 6000.000 so‘m iqtisod qilinsa yillik iqtisod ko‘rsatkichi 18 000.000 so‘mni (3 nafar bemor uchun) tashkil etadi. Xulosa: disfoniya bilan aziyat chekayotgan bemorlarda GERK aniqlash va shu kasallikni organik disfoniyaga olib keladigan sabablardan biri sifatida o‘rganib, operativ davodan so‘ng birga davolash natijasida bir nafar bemorga 6000.000 so‘m iqtisod qilish imkonini beradi. Ilmiy yangilikning kengaytirilgan holda foydalanishi: Salomov Qudrat Mengqobilovichning «Sovremennie metodi diagnostiki i kompleksnogo lecheniya disfoniy» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Toshkent pediatriya tibbiyot institutining 2022-yil sentabrdagi 03/2133-sonli xat yuborilgan.
ikkinchi ilmiy yangilik: ilk marotaba, organik va funksional disfoniyaning kompleks ul`tratovush diagnostikasi asoslangan hamda preklinik va monitoring tekshiruvlar paytida fonatsion test yordamida hiqildoq kasalliklarni noinvaziv tashxislash imkonini beradigan exografiya imkoniyatlari aniqlangan. Ilmiy yangilikning mohiyati: ovoz o‘zgarishlarini tashxislashda ko‘plab muammolar bo‘lib buning asosiy sabablaridan biri bu Respublikadagi barcha LOR bo‘limlari Endoskop, Videostrabaskop, Fibrolaringoskopik tekshiruv asboblari bilan taminlanmaganligi shu bilan birgalikda ulardan foydalanaoladigan mutaxasislarning kamligidadur. UTT tekshirish usuli yuqorida ko‘rsatilgan asboblarni o‘rniga birlamchi tashxis qo‘yishda samarali tekshiruv usuli ekanligi isbotlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: Disfonoyaning turini aniqlash, birlamchi tashxis qo‘yish uchun viloyat markazlari yoki Respublika markazlariga bormasdan turib tekshirishdan o‘tqazishda Ultra tovushli to‘lqin (UTT) dan keng foydalanish kasallikni vaqli aniqlash xamda davosini kechiktirmasdan turib o‘z vaqtida olishiga olib keladi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Qashqadaryo viloyat ko‘p tarmoqli shifoxonasining № 95 I/Ch, 05.09.2022 sonli buyrug‘i asosida, Qashqadaryo viloyati, Qamashi tumani Markaziy shifoxonasining № 3072-4-58-TV/2023-son, 09.10.2023 sonli buyrig‘i asosida amaliyotga tadbiq etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Disfoniyadan aziyat chekayotgan bemorlarni erta va samarali tashxislashda UTT tekshirish usulidan foydalanilgan. Bu usul yordamida ovoz boylamlaridagi xosila, ularning shakli, ovoz boylamlarining xarakatchanligini o‘rganishda keng foydalanish natijasida bemorlarning uzoq viloyat va Respublika markazlariga bormasdan tashxis qo‘yish va o‘z vaqtida maqsadli davo muolajalarini boshlashga erishilgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Tavsiya etilayotgan tashxislash usuli xisobiga iqtisodiy samaradorligi: 190 000 so‘m (bitta bemor uchun). Xulosa: Tavsiya etilayotgan bemor xisobiga bitta bemorda 190 000 ming so‘m iqtisod qilinmoqda, agar uni 30 ga ko‘paytirsak, 5700 000 so‘m iqtisod qilishga erishish imkonini beradi. Ilmiy yangilikning kengaytirilgan holda foydalanishi: Salomov Qudrat Mengqobilovichning «Primenenie kompleksinix ul`trazvukovix issledovaniy v diagnostike disfoniy» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni Saqlash Vazirligiga Toshkent pediatriya tibbiyot institutining 2022-yil sentabrdagi 03/2133-sonli xat yuborilgan.
uchinchi ilmiy yangilik: operatsiyadan keyingi davrda kompleks terapiyaga ISLA preparatini kiritish orqali organik ovoz buzilishlarini davolashni korreksiyalashning yangi usul ishlab chiqilgan. Ilmiy yangilikning mohiyati: Disfoniyani sabablari juda xam ko‘p bo‘lib sabablariga ko‘ra davosi xam turli xil bo‘ladi. Organik disfoniyada operativ va konservativ davo qo‘llansa, funksional disfoniyada konservativ davo qo‘llaniladi. Dissertant disfoniyada, turiga qarab mos ravishda davolarni to‘liq izohlab bergan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: Disfoniyaga turlariga olib keluvchi omillarni o‘rganib, patogenetik asosolangan konservativ va operativ davoni qo‘llash bilan bemorlarning mexnatga layoqatsizligini kamaytirish orqali, iqtisodiy mablag‘lar tejashga erishiladi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Qashqadaryo viloyat ko‘p tarmoqli shifoxonasining № 95 I/Ch, 05.09.2022 sonli buyrug‘i asosida, Qashqadaryo viloyati, Qamashi taumani Markaziy shifoxonasining № 3072-4-58-TV/2023-son, 09.10.2023 sonli buyrg‘i asosida amaliyotga tadbiq etilgan.Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat:Organik disfoniya aniqlangan bemorlarda operativ davo muolajasidan keyin operatsiya soxasida shishlar, maxalliy yalliglanish va bazida nafas siqishlar kuzatiladi, bu shushlar, maxalliy yalliglanish va nafas etishmovchiligini ketqazish uchun ma’lum bir vaqt talab etiladi va shu vaqt davomida bemorlarning ishlashi ayniqsa ish jaroyoni ovoz bilan bog‘liq bo‘lgan bemorlarda mumkin bo‘lmaydi. Jarroxlik amaliyotidan keyin standart dori vositalari bilan birgalikda, yalliglanishga, og‘riq qoldirish, shishlarni tezroq qaytarish xususiyatiga ega bo‘lgan ISLA dori vositasi bemorlarda jarroxlik amaliyotidan keyingi noqulayliklarni kamaytirishga va bemorlar xayot sifatining yaxshilashga xizmat qilgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat:  1) Jarroxlikdan so‘ng bemorlarga reabilitatsiya vaqtida tavsiya qilingan davo usulini qo‘llash xisobiga mexnatga layoqatsizlik davomiyliga o‘rtacha 18 kundan 12 kungacha qisqartirishga erishildi. Agar bitta bemorning ish xaqqidan kelib chiqib, bemorning mexnatga layoqatsizligi uchun bemor o‘rniga boshqa ishchi yollash hisobiga bemorning bir kuni ish beruvchi tashkilotlar uchun 800.000 so‘mga to‘g‘ri keladi, mehnatga layoqatsizlik kunini qisqartirish xisobiga 300.000 so‘m bitta bemordan xar bir kuni uchun iqtisod qilish, 6 kun uchun esa 1800.000 so‘m iqtisod qilish imkonini beradi. Xulosa: organik disfoniya bilan og‘rigan bemorlarda jarroxlikdan so‘ng reabilitatsiya davo maqsadida ISLA dori vositasi qo‘llash davo samaradorligini oshirib bitta bemordan mexnatga layoqatsizlik kunlarini 18 kundan 12 kungacha qisqartirish yo‘li bilan 1800.000 so‘m iqtisod qilish imkonini beradi.  Ilmiy yangilikning kengaytirilgan holda foydalanishi: Salomov Qudrat Mengqobilovichning «Sovremennie metodi diagnostiki i kompleksnogo lecheniya disfoniy» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Toshkent pediatriya tibbiyot institutining 2022-yil sentabrdagi 03/2133-sonli xat yuborilgan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: operatsiyadan keyingi davrda organik ovoz buzilishlarini kompleks davolashning mavjud usuliga ISLA preparatini qo‘shish ishonchli terapevtik samaraga va ovoz funksiyalarini barqaror tiklashga imkon berishi aniqlangan. Ilmiy yangilikning mohiyati: Organik disfoniya bilan aziyat chekayotgan bemorlarni operativ davodan keying xolatini yaxshilash, jarroxlik amaliyotadan keyingi parvarishni to‘g‘ri va o‘z vaqtida olib borish, bemorlarning mehnatga layoqatliligini tez va samarali tiklash juda muxim vazifalardan biri xisoblanadi. Jarroxlik amaliyotidan keying to‘g‘ri tashkillashtirilgan parvarishni samaradorligini oshirish uchun ISLA dori vositasini an’anaviy davoga qo‘shish jarroxlik soxasidagi shishlarni va og‘riqlarni kamayishi bilan izohlab berilgan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: Organik disfoniyada jarroxlik amaliyotadan keying turli xil avtorlar tomonidan taklif qilingan reabilitatsiya davo turlari o‘rganilda, jarrohlik amaliyotidan so‘ng kechadigan patogenetik asoslangan xolatlardan kelib chiqgan holda an’anaviy davo muolajalariga ISLA dori vositasini qo‘shgan xolatda davoning samaradorligini oshirishda va xayot sifatini yaxshilashga erishildi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Qoraqolpogiston Respublikasi, Respublika ko‘p tarmoqli bolalar shifoxonasi Otorinolaringologiya bo‘limiga №1-3/143, 10.10.2023 sonli buyrug‘i asosida amaliyotga tadbiq etilgan, Surxandaryo viloyat bolalar ko‘p tarmoqli shifoxonasi № 129-T, 05.10.2023 sonli buyrug‘i asosida amaliyotga tadbiq etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Organik disfoniya aniqlangan bemorlarning barchasida endolarengeal endoskopik hiqildoq xosilasini bartaraf etish jarroxlik amaliyoti o‘tkazilda va jarrohlik amaliyotidan so‘ng bemorlarga ISLA dori vositasi qo‘llanildi. Qo‘llash tartibi shundan iborat ediki, bolalarga 1 tabletkadan xar ikki soatda bir dona, yoshi katta bemorlarga xar bir soatda bittadan tabletkani shimish tavsiya etilda. ISLA - islandiya moxining suvli ekstraktidan tayyorlangan dori vositasi bo‘lib u jaroxat maydonini qoplab olish, shishlarni qaytarish, maxalliy yallig‘lanishga qarshi tasir ko‘rsatadi.  ISLA dori vositasini ananaviy dori vositalari bilan birgalikda qo‘llash bemorlarda jarroxlik amaliyotidan keyin yalliglanishni kamaytirish orqali og‘riqlarni bartaraf etib xayot sifatini yaxshilashga erishildi va bemorlarni ijtimoiy muxitga qo‘shilishiga xizmat qildi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat:  Organik disfoniyada jarrohlik amaliyotidan keyin bemorlarning ayniqsa ish faoliyati ovoz bilan bog‘liq bo‘lgan bemorlarning mexnatga layoqatsizligini uzoq vaqtga cho‘zilishi nafaqat ularning xayot sifatiga shu bilan birga iqtisodiy tomonlama xam ta’sir o‘tqazadi. Tavsiya qilingan davo usullari xisobiga bemorning shifoxonadagi davri: bitta bemor uchun kuniga 450.000 ni tashkil qilsa, bemorning shifoxonada qolish muddatini 4 kundan 2 kungacha qisqartirtirish xisobiga bitta bemordan 900.000 so‘m iqtisod qilishga olib keldi. Xulosa: ISLA dori vositasini organik disfoniya bilan jarrohlik amaliyotini o‘tqazgan bemorlarda qo‘llash natijasida bitta bemordan 900.000 so‘m iqtisod imkonini beradi.  Ilmiy yangilikning kengaytirilgan holda foydalanishi: Salomov Qudrat Mengqobilovichning «Sovremennie metodi diagnostiki i kompleksnogo lecheniya disfoniy» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Toshkent pediatriya tibbiyot institutining 2022-yil sentabrdagi 03/2133 - sonli xat yuborilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish