Gilyazetdinov Kamil` Nail`evichning
falsafa doktori (PhD) dissertasiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Idiopatik bo‘yi pastliklarining turli shakllariga chalingan o‘zbek millati o‘g‘il bolalar va o‘smirlar orasida tibbiy yordam usullarini takomillashtirish”, 14.00.03 = Endokrinologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.PhD/Tib616.
Ilmiy rahbar: Raximova Gul`nara Nishanovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: akademik Yo.X.To‘raqulov nomidagi respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib 30.02.
Rasmiy opponentlar: Shagazatova Barno Xabibullaevna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Nasirov Abdusattor Ahadovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: o‘zbek millatiga mansub bolalar va o‘smirlardagi idiopatik past bo‘ylikning turli shakllarining ayrim epidemiologik, antropometrik ko‘rsatkichlarini tashhislash hamda davolashga yondoshuvlarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘zbek millatiga mansub o‘g‘il bolalarda va o‘smirlarda genitometrik ko‘rsatkichlarning (jinsiy olat uzunligi, moyaklar hajmi), o‘rtacha balog‘at yoshiga etish, jinsiy rivojlanishni kechikish yoshi, ikkilamchi jinsiy belgilarning o‘zbek aholisida paydo bo‘lish vaqti referens me’yorlari asoslangan;
birinchi marta o‘g‘il bolalar va o‘smirlar o‘rtasida konstitusional o‘sish va balog‘atga etishni kechikishi hamda gipogonadotropik gipogonadizmni differensial tashhislash uchun sprey shaklida gonadotropin-rilizing gormoni analogining ahamiyati, hamda idiopatik past bo‘yli o‘smirlarda kombinatsiyalangan terapiya samaradorligi asoslangan;
o‘zbek millatiga mansub o‘g‘il bolalarda va o‘smirlarda jinsiy rivojlanishning eng ko‘p uchraydigan patologiyalari: mikropenis (3,6%), soxta kriptorxizm (1,95%) va jinsiy rivojlanishning kechikishi (1,2%) ekanligi aniqlangan;
bo‘yi pastligi bilan bog‘liq bo‘lgan genetik sindromlarni tashhislashda maqsadli ekzom ketma-ketligini qo‘llashni samaradorligi aniqlangan
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Akademik Yo.X.To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi ekspert kengashining 2023 yil 5 sentyabrdagi 01-06/748 № 37 son xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: o‘zbek millatiga mansub o‘g‘il bolalarda va o‘smirlarda genitometrik ko‘rsatkichlarning (jinsiy olat uzunligi, moyaklar hajmi), o‘rtacha balog‘at yoshiga etish, jinsiy rivojlanishni kechikish yoshi, ikkilamchi jinsiy belgilarning o‘zbek aholisida paydo bo‘lish vaqti referens me’yorlari asoslangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Akademik Yo. X. To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi Jizzax filialining 2023-yil 13 iyuldagi №96-sonli buyrug‘i va Toshkent shahar filialining 2023-yil 26-iyundagi №126 - sonli buyrug‘i orqali amaliyotga joriy etilgan.
Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: pastbo‘ylik aniqlangan o‘g‘il bolalar va o‘smirlarda genitometrik ko‘rsatkichlar hamda ikkilamchi jinsiy belgilar orqali jinsiy rivojlanishning kechikishini erta tashhislash aholi salomatligini yaxshilash imkoniyatini beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat:idiopatik bo‘yi pastliklarining turli shakllariga chalingan o‘zbek millati o‘g‘il bolalar va o‘smirlarda antropometrik hamda ikkilamchi jinsiy belgilar orqali jinsiy rivojlanishdan orqada qolishni erta aniqlash, differensial tashhislash uchun zarur bo‘lgan ortiqcha laborator va asbobiy tekshiruvlar, tor mutaxassislar ko‘riklari uchun kerak bo‘ladigan sarf-xarajatlarni iqtisod qilishga olib keladi. Xulosa: Idiopatik bo‘yi pastliklarining turli shakllariga chalingan o‘zbek millati o‘g‘il bolalar va o‘smirlarda jinsiy rivojlanishdan kechikishning aniq referens me’yorlarini ishlab chiqish orqali 1 nafar bemor hisobiga mablag‘ning o‘rtacha 650.000 so‘m iqtisod qilish imkonini bergan.
ikkinchi ilmiy yangilik: birinchi marta o‘g‘il bolalar va o‘smirlar o‘rtasida konstitusional o‘sish va balog‘atga etishni kechikishi hamda gipogonadotropik gipogonadizmni differensial tashhislash uchun sprey shaklida gonadotropin-rilizing gormoni analogining ahamiyati aniqlandi hamda idiopatik past bo‘yli o‘smirlarda kombinatsiyalangan terapiya samaradorligi baholangan.Akademik Yo. X. To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi Jizzax filialining 2023-yil 13 iyuldagi №96-sonli buyrug‘i va Toshkent shahar filialining 2023-yil 26-iyundagi №126 - sonli buyrug‘i orqali amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: idiopatik bo‘yi pastliklarning turli shakllariga chalingan o‘zbek millatiga mansub o‘g‘il bolalar va o‘smirlarda gipogonadotropik gipogonadizmni differensial tashhislash uchun sprey shaklida gonadotropin-rilizing gormoni analogi qo‘llash hamda samarali davolash ularda bepushtlik va shu kabi og‘ir asoratlarni oldini olish imkoniyatini beradi.
Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat:konstitusional o‘sish va balog‘atga etishni kechikishi hamda gipogonadotropik gipogonadizmning differensial diagnostikasida sprey shaklida gonadotropin-rilizing gormoni analogini (Buserelin sinamasi) qo‘llash har bir bemordan o‘rta hisobda 540.000 so‘m, kombinatsiyalangan (testosteron enantati va o‘sish gormoni) terapiya orqali davolash esa 840.000 so‘m pul mablag‘larini tejalishiga olib keladi.
Xulosa: idiopatik bo‘yi pastliklarning turli shakllariga chalingan o‘zbek millatiga mansub o‘g‘il bolalar va o‘smirlarda gipogonadotropik gipogonadizmni differensial tashxislash uchun sprey shaklida gonadotropin-relizing gormoni analogini qo‘llash va kombinatsiyalangan (testosteron enantati va o‘sish gormoni) terapiya olib borish 1 nafar bemor uchun sarflangan mablag‘dan 1 million 380 ming so‘m iqtisod qilish imkonini bergan.
uchinchi ilmiy yangilik: o‘zbek millatiga mansub o‘g‘il bolalarda va o‘smirlarda jinsiy rivojlanishning eng ko‘p uchraydigan patologiyalari: mikropenis (3,6%), soxta kriptorxizm (1,95%) va jinsiy rivojlanishning kechikishi (1,2%) ekanligi aniqlangan. Akademik Yo. X. To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi Jizzax filialining 2023-yil 13 iyuldagi №96-sonli buyrug‘i va Toshkent shahar filialining 2023-yil 26-iyundagi №126 - sonli buyrug‘i orqali amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: o‘zbek millatiga mansub o‘smirlar va yigitlarda referens somatik hamda genitometrik ko‘rsatkichlarga e’tibor qaratib jinsiy rivojlanish buzilishlarini erta tashislash va kasallikni o‘z vaqtida davolash, ularning hayot sifatiga ijobiy ta’sir qiladi hamda nogironlikning oldini oladi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: o‘zbek millatiga mansub o‘smirlar va yigitlarda referens somatik hamda genitometrik ko‘rsatkichlarga e’tibor qaratib jinsiy rivojlanish buzilishlarini tashhislash ortiqcha harakatlar va sarf harajatlarni tejaydi. Bu orqali har bir bemor uchun 450.000 so‘mning tejalishiga olib keladi.
Xulosa: Idiopatik bo‘yi pastliklarining turli shakllariga chalingan o‘zbek millati o‘g‘il bolalar va o‘smirlar orasida jinsiy rivojlanishdan kechikishni erta tashhislash orqali 1 nafar bemordan o‘rtacha 450 ming so‘m miqdorda pul mablag‘lari tejalishiga olib keldi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: bo‘yi pastligi bilan bog‘liq bo‘lgan genetik sindromlarni tashhislashda maqsadli ekzom ketma-ketligini qo‘llashni samaradorligi aniqlangan.
Akademik Yo. X. To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi Jizzax filialining 2023-yil 13 iyuldagi №96-sonli buyrug‘i va Toshkent shahar filialining 2023-yil 26-iyundagi №126 - sonli buyrug‘i orqali amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagidan iborat: bo‘yi pastligi bilan bog‘liq bo‘lgan genetik sindromlarni tashhislashda maqsadli ekzom ketma-ketligini qo‘llash muhim ijtimoiy ahamiyatga ega.
Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat:idiopatik bo‘yi pastliklarining turli shakllariga chalingan o‘zbek millati o‘g‘il bolalar va o‘smirlarda genetik sindromlarni tashhislashda maqsadli ekzom ketma-ketligini qo‘llash har bir bemor uchun o‘rta hisobda 550.000 so‘m miqdorida mablag‘ tejaladi.
Xulosa: idiopatik bo‘yi pastliklarining turli shakllariga chalingan o‘zbek millati o‘g‘il bolalar va o‘smirlarda genetik sindromlarni tashhislashda maqsadli ekzom ketma-ketligini qo‘llash hamda davo muolajalarini optimallashtirish sarf xarajati uchun ketadigan mablag‘ hamda vaqt tejash imkonini beradi. Bu mablag‘ 1 nafar bemor uchun o‘rta hisobda 1 million 390.000 so‘mni tashkil etadi.