Sabirova Munisa Rixsievnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: «Ayollarda menopauzadan keyingi davrida metabolik sindromda buyrak shikastlanishi erta diagnostik markerlarni aniqlash» 14.00.25 – Klinik-laborator va funksional diagnostika (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/ Tib2884.
Ilmiy rahbar: Muxamedova Nurxon Xalimovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi huzuridagi DSc.04/30.12.2019.Tib.30.02 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Xadjimetov Abdugafur Axatovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Aripov Orifjon Abdumalikovich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. Menopauzadan keyingi davrdagi ayollarda metabolik sindromda buyrak shikastlanishining laborator biomarkerlarining ahamiyatini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor menopauzadan keyingi davrda ayollarda metabolik sindromda buyrak shikastlanishining laborator markerlari ko‘rsatkichlarining o‘zaro bog‘likligi aniqlangan;
menopauzadan keyingi davrda ayollarda buyrak proksimal kanalchalarining shikastlanish belgilari buyrakning tubulointerstisional tizimida buzilish, buyrak shikastlanishi molekulalarining diagnostik axamiyati, sistatin C, interleykin-18 va alfa-glutation S-transferaza aniqlangan;
menopauzadan keyingi davrdagi ayollarda metabolik sindromda lipokalin-2, pi-glutation-S-transferaza buyraklarning distal kanalchalari shikastlanishi markerlari ekanligi aniqlangan;
antropometrik ko‘rsatkichlar bilan estronning baravar ko‘payishi negizida qon va so‘lakdagi estradiol miqdori pasayishi aniqlangan hamda menopauza davridagi ayollarda semizlikni bashoratlash tizimi takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Toshkent tibbiyot akademiyasiining Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 2023 yil 24 avgustdagi 08/024-son xulosasiga ko‘ra:
menopauzadan keyingi davrdagi ayollarda metabolik buzilishlarni erta tashxislash, oldini olish usullari to‘g‘risida ma’lumot beradi va terapiyani muvofiqlashtirishga imkon yaratadi. Ushbu diagnostika usulining joriy etilishi ayollarda menopauzadan keyingi davrda metabolik sindromda buyrak shikastlanish foizini kamaytiradi. Bu markyorlarni aniqlashning birlamchi bo‘g‘inlarida ham amalga oshirish mumkin.
Ilmiy yangilikning mohiyati: ilk bor mazkur tadqiqot natijalari menopauzadan keyingi davrda metabolik sindrom mavjud ayollarda lipid, uglevod almashinuvi o‘zgarishlari dinamikasi buyrak shikastlanishi haqidagi mavjud tasavvurlarni chuqurlashishini ta’minlaydi. Tadqiqot natijalarining ilmiy ahamiyati, ayollarda menopauzadan keyingi davrda metabolik sindromni tashxislash va patogenezining geterogenligini aniqlash respublikada kelajakda chuqur tadqiqotlar olib borishga zamin yaratadi. Menopauzadan keyingi davrda buyrak shikastlanishining yallig‘lanish markerlari, lipid, uglevod almashinuvi o‘zgarishlari, siydikda albumin, sistatin-C, zardobda beta-2-mikroglobulin, NGAL-2 (lipokalin 2 neutrophil gelatinase–associated lipocalin), KIM-1(buyrak shikastlanishi malekulasi), interleykin-18, α-glutation S- transferaza,sistatin-C konsentratsiyasidinamikasi haqidagi ilmiy tasavvurlarni to‘ldiradi.
Tadqiqot natijalarining amaliy axamiyati: menopauzadan keyingi davridagi ayollarda metabolik buzilishlarni tashxislashni patogenetik jixatdan asoslangan chora-tadbirlarini takomillashtirish imkonini yaratgan xamda bosqichma-bosqich tekshiruv algoritmi ishlab chiqilgan. Menopauzadan keyingi davridagi ayollarni buyrak shikastlanishini tashxislash va davolash bo‘yicha alohida natijalar amaliyotda shifokorlar tomonidan qo‘llanilishi mumkinligi bilan izohlanadi.
Ilmiy yangilikning ahamiyati: menopauzadan keyingi davrdagi ayollarda metabolik buzilishlarni erta tashxislash, oldini olish usullari to‘g‘risida ma’lumot beradi va terapiyani muvofiqlashtirishga imkon yaratadi. Ushbu diagnostika usulining joriy etilishi ayollarda menopauzadan keyingi davrda metabolik sindromda buyrak shikastlanish foizini kamaytiradi. Bu markyorlarni aniqlashning birlamchi bo‘g‘inlarda ham amalga oshirish mumkin.
Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasi, Respublika ixtisoslashtirilgan urologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi amaliyotiga tatbiq etildi (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 10- noyabrdagi №8n-r/543-sonli ma’lumotnomasi). Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasining 14.05.2023 yildagi 53-sonli va Toshkent Shahar 34-OP sining 20.05.2023 yildagi 35-sonli buyrug‘i bilan amaliyotiga joriy etilgan.
Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: taklif etilgan yondoshuv ayollarda metabolik sindromda rivojlanayotgan buyrak shikastlanishi erta tashxislash muvofiqlashtirilgan, davo choralari samaradorligini oshirish, hamda kasallik asoratlarini oldini olish imkoniyatini bergan.
Ayollarda menopauzadan keyingi davrda metobolik sindromda endoteliyning shikastlanishi asoratlarini kamaytiradi, qimmat reagentlarni talab qilmaydi, buning uchun analizator va binokulyar mikroskop kerak bo‘ladi. Menopauzadan keyingi davrda ayollarda tavsiya etilgan usulning iqtisodiy samaradorligi:1 nafar davolangan bemorga xarajatlar miqdori 47 854 000 so'mni tashkil qildi.
Ilmiy yangilikning mohiyati: ayollarda menopauzadan keyingi davrda metabolik sindrom proksimal kanalchalarning shikastlanish belglari buyrakning tubulointerstisial tizimida buzilish, buyrak shikastlanishi molekulalarining peshobda yalliglanish markerlari KIM-1(buyrak shikastlanishi molekulasi-1), sistatin C, interleykinlarni 18, α-glutationS- transferaza, miqdori ishonch darajasida oshganligi hamda ular orasida korrellyasion bog‘liqlik aniqlangan.
Ilmiy yangilikning ahamiyati: ayollarda menopauzadan keyingi davrda metabolik sindromda rivojlanuvchi buyrak shikastlanishni erta tashxislash, oldini olish usullari to‘g‘risida ma’lumot beradi va terapiyani muvofiqlashtirishga imkon yaratadi. Ushbu tashxislash usulining joriy etilishi menopauzadan keyingi davrda buyrak shikastlanishni rivojlanish foizini kamaytiradi.
Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasi, Respublika ixtisoslashtirilgan urologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi amaliyotiga tatbiq etildi (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 10- noyabrdagi №8n-r/543-sonli ma’lumotnomasi).
Toshkent tibbiyot akademiyasining 2023 yil 20 aprelda № 1268 ratsionalizatorlik taklifi guvohnomasi berildi. Ilmiy ishlanma bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hududidagi intellektual mulk markazi davlat muassasasi tomonidan 2023 yil 21 iyunda ro‘yxatdan o‘tkazilgan № DGU 25723 – sonli guvohnoma berildi.
Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: olingan natijalar ayollarda menopauzadan keyingi davrda metabolik sindrom negizida rivojlananayotgan buyrak shikastlanishi bemorlarda erta tashxislash, davo choralari samaradorligini oshirish hamda kasallik asoratlarini oldini olish imkoniyatini berdi.
Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: bemorlarda yuqorida ko‘rsatilgan laborator ko‘rsatkichlarni o‘z vaqtida aniqlash boshqa qo‘shimcha markyorlar aniqlanishi uchun kerak bo‘ladigan sarf xarajatlarni cheklaydi, hamda bemorlar davolanishi uchun kerak bo‘ladigan shifoxona kunini qisqartiradi. 1 nafar bemor uchun 1 kunga kerak bo‘ladigan kunlik xarajat Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasi bo‘limida o‘rtacha byudjet hisobidan davolanayotgan bemor uchun 180000 so‘mni tashkil etadi. Shifoxonaga davolanish kunining 10 kunda 8 kunga kamaytirilishi bir bemor uchun xo‘jalik hisobidan 470.854 so‘m, byudjet hisobidan esa 290.854 ming so‘mning tejalishiga olib keladi.
Xulosa: ayollarda menopauzadan keyingi davrda metabolik sindrom negizida buyrak shikastlanishi rivojlanayotgan bemorlarda laborator tashxislash tadbirlarini to‘g‘ri o‘tkazish va ushbu bemorlarda shifoxonaga davolanish uchun kerak bo‘lgan 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 180000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 470. 854 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.
Ayollarda menopauzadan keyingi davrda metabolik sindromda buyrakning distal kanalchalarning shikastlanishi molekulalarining diagnostik markerlari Lipokain-2, pi-glutation S- transferaza miqdori ishonch darajasida oshganligi hamda ular orasida korrellyasion bog‘liqlik aniqlangan.
Ilmiy yangilikning ahamiyati: tavsiya etilayotgan diagnostika markyorlari ayollarda menopauzadan keyingi davrda metabolik sindrom negizida buyrak shikastlanishi rivojlanayotgan bemorlarda kasallikni erta tashxislash, nefroprotektiv terapiyani muofiqlashtirishda ahamiyatga ega. Bu esa asoslanmagan dori-darmonga sarf bo‘ladigan ortiqcha moliyaviy xarajatlarni keskin kamaytirish imkonini beradi.
Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasi, Respublika ixtisoslashtirilgan urologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi amaliyotiga tatbiq etildi (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 10- noyabrdagi №8n-r/543-sonli ma’lumotnomasi).
Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: ayollarda menopauzadan keyingi davrda buyrak shikastlanishi rivojlanayotgan bemorlarda davolash va profilaktika sifatini yaxshilangan. Shuningdek, maqsadli tekshiruv diagnostik va davolashdagi polipragmaziyaning oldini oladi.
Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: ayollarda menopauzadan keyingi davrda metabolik sindrom negizida buyrak shikastlanishi rivojlanayotgan bemorlarda ortiqcha instrumental va laborator tekshiruvlarining tejalishi, maqsadsiz dori-darmonlarning qo‘llanilishi oldi olinadi. Bemorning shifoxonaga davolanish kuni hamda dori-darmonlarning xarajati kamaytiriladi. 1 nafar bemor uchun 1 kunga kerak bo‘ladigan kunlik xarajat Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasi bo‘limida o‘rtacha byudjet hisobidan davolanayotgan bemor uchun esa 180000 so‘mni tashkil etadi. Shifoxonada davolanish kunining 10 kundan 8 kunga kamaytirilishi bir bemor uchun xo‘jalik hisobidan 470.854 so‘m, byudjet hisobidan esa 290.854 ming so‘mning tejalishiga olib keladi.
Xulosa: ayollarda menopauzadan keyingi davrda metabolik sindrom negizida buyrak shikastlanishi rivojlanayotgan bemorlarda laborator tashxislash tadbirlarini to‘g‘ri o‘tkazish va ushbu bemorlarni shifoxonaga davolanish uchun kerak bo‘lgan mablag‘larning 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 180000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 470854 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.
Ayollarda menopauzadan keyingi davrda metabolik sindrom negizida rivojlanuvchi buyrak koptokchalarinining shikastlanishini davolash bosqichlarida shikastlanish belgilari buyrakning tubulointerstisial tizimidagi buzilishlarni, baholash uchun peshobdagi malondialdegidi, β 2-mikroglobulin tashxisiy markerlarini algoritmi mezon sifatida ishlab chiqilgan.
Ilmiy yangilikning ahamiyati: ilmiy tadqiqot davomida olingan natijalar ayollarda gormonal o'zgarishlar menopauzadan keyingi davrda metabolik sindromda laborator tekshiruvlarda erta aniqlashga va og‘ir asoratlarni oldini olishga yordam beradi. Ushbu tashxislash usulining joriy etilishi surunkali pielonefrit negizida buyrak nefrosklerozini rivojlanish foizini kamaytiradi. Eng muhimi bu markyorlarni aniqlashni birlamchi bo‘g‘inlarda ham amalga oshirish mumkin.
Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasi, Respublika ixtisoslashtirilgan urologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi amaliyotiga tatbiq etildi (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 10- noyabrdagi №8n-r/543-sonli ma’lumotnomasi; 2022 yil 16-maydagi №8n-166/-2-057-042- sonli ma’lumotnomasi;). Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasining 14.05.2023 yildagi 53-sonli va Toshkent shahar 34-OP sining 20.05.2023 yildagi 35-sonli buyrug‘i bilan amaliyotiga joriy etilgan.
Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: taklif etilgan yondoshuv buyrak hujayralarining globulyar funksiyasi buzilishi negizida rivojlanayotgan buyrak shikastlanishi erta tashxislash, muvofiqlashtirilgan davo choralari samaradorligini oshirish hamda kasallik asoratlarini oldini olish imkoniyatini beradi.
Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: ayollarda menopauzadan keyingi davrda metabolik sindrom negizida buyrak shikastlanishi rivojlanayotgan bemorlarda ortiqcha asbobiy va laborator tekshiruvlarning tejalishi, maqsadsiz dori-darmonlarning qo‘llanilishini oldi olinadi. Bemorning shifoxonada davolanish kunining kamaytirilishi ham dori-darmonlar xarajatini tejaydi.
Xulosa: ayollarda menopauzadan keyingi davrda metabolik sindrom negizida buyrak shikastlanishi rivojlanayotgan bemorlarda laborator tashxislash tadbirlarini monand o‘tkazish va bemorlarda shifoxonaga davolanish uchun kerak bo‘lgan mablag‘larning 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 180000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 470.854 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.
Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanilishi: Sabirova Munisa Rixsievnaning «Ayollarda menopauzadan keyingi davrida metabolik sindromda buyrak shikastlanishi erta diagnostik markerlarni aniqlash» mavzusidagi dissertatsiya ishi ilmiy yangiliklarini boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Toshkent tibbiyot akademiyasining 2022 yil 1-iyuldagi 03/2513-sonli xati yuborilgan.