Maxkamova Shoistaxon Xusanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Akusherlik qon ketishini to‘xtatishning turli usullarini samaradorligini baholash”, 14.00.01 – Akusherlik  va  ginekologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/Tib1389.
Ilmiy rahbar: Urinbaeva Nilufar Abdujabbarovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi PhD.04/05.06.2020.Tib.114.01
Rasmiy opponentlar: Yusupbaev Rustem Bazarbaevich, tibbiyot fanlari doktori; Karimov Zaur Djavdatovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: “Andijon davlat tibbiyot instituti”
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: akusherlik qon ketishlarini nooperativ davolash va profilaktikasi uchun qo‘llaniladigan turli usullarni qiyosiy  samaradorligini baholash, shoshilinch yordam ko‘rsatish algoritmini ishlab chiqish va joriy etish..
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor anamnezida tug‘ruqdan keyingi akusherlik qon ketishi bo‘lgan ayollarda tug‘ruqni olib borishda kompleks yondashuv asoslangan;
ilk bor akusherlik atonik qon ketishini nooperativ to‘xtatish usullari (Oksitotsin, Karbetotsin, ballonli tamponada) samaradorligi qiyosiy tahlili amalga oshirish asoslangan;
Karbetotsin yoki ballonli tamponada yordamida qon ketishini jarrohlik usulida to‘xtatish  va radikal operatsiyalar sonini kamaytirish mumkinligi isbotlangan;
ilk bor atonik qon ketishi xavfi yuqori bo‘lgan ayollarda Karbetotsinni profilaktik qo‘llash samaradorligi isbotlangan, olingan natijalar asosida tug‘ruqdan keyingi qon ketishlar rivojlanishi xavfini baholashning balli shkalasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Toshkent Pediatriya tibbiyot instituti Ekspertlar kengashi xulosasi (2023 yil 29 sentyabrdagi 03/92-son) asosida  tasdiqlangan:
birinchi ilmiy yangilik: tug‘ruqdan keyingi akusherlik qon ketishi bo‘lgan ayollarda hamda qon ketish xavfi yuqori bo‘lgan ayollarda qon ketishni oldini olish maqsadida tug‘ruqni olib borishda kompleks yondashuvning roliga baho berilgan va fiziologik me’yordan ko‘p qon yo‘qotilganda Karbetotsinni o‘z vaqtida qo‘llash akusherlik qon ketishini ballonli tamponadaga nisbatan 2,6 barobar va Oksitocinga nisbatan 3 barobar tez to‘xtatishi mumkinligi aniqlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy kilinishi: Farg‘ona viloyati perinatal markazi amaliyotiga 2023 yilning 16 sentyabridagi 85-son buyruq hamda Namangan viloyati perinatal markazi amaliyotiga 2023 yilning 6 iyunidagi 72-son buyruq bilan joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: taklif etilgan algoritm va kompleks yondashuvdan foydalanish, tug‘ruqdan keyingi qon ketish yo‘qotilgan qon hajmi, vaqtini qisqartirgan va davolash sifatini yaxshilaydi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 1) tug‘ruqdan keyingi akusherlik qon ketishi bo‘lgan ayollar hamda qon ketish havfi yuqori ayollarda qon ketishining oldini olish maqsadida tug‘ruqni olib borishga kompleks yondashuv boshqa qo‘shimcha tekshiruvlardan foydalanmaslik hisobiga iqtisod qilingan; 2) qon ketishni to‘xtatishning shoshilinch nooperativ usullarini qo‘llash har bir akusher-ginekolog tomonidan aniqlana oladi, ya’ni unga maxsus malaka oshirgan shifokorning keragi yo‘qligi isbotlanib, ortiqcha sarf-arajatlar bilan yangi kadr tayyorlash ehtiyoji yo‘qligi hisobiga 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 1 200 000 so‘m va byudjetdan tashqari mablag‘larni 7 950 000 so‘mga iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: tug‘ruqdan keyingi akusherlik qon ketishi mavjud ayollarda, hamda qon ketishi xavfi yuqori bo‘lgan ayollarda massiv qon ketishini oldini olish maqsadida tug‘ruqni olib borishga kompleks yondashuvning roliga baho berish, tug‘ruqdan keyingi qon ketish og‘ir asoratlarning oldini olish imkonini bergan;
ikkinchi ilmiy yangilik: ilk bor akusherlikda atonik qon ketishini nooperativ to‘xtatish turli usullari (Oksitotsin, Karbetotsin, ballonli tamponada) samaradorligining qiyosiy tahlili amalga oshirilgan, bu usullar qon yo‘qotish jadalligi, hajmi va vaqtini kamaytirishi va shu orqali og‘ir asoratlarning oldini olish, radikal operatsiyalar, onalar o‘limi sonini kamaytirish, tug‘ruq vaqtida qon ketishini boshidan kechirgan ayollar turmush sifatini yaxshilash imkonini berishi aniqlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy kilinishi: Farg‘ona viloyati perinatal markazi amaliyotiga 2023 yilning 16 sentyabridagi 85-son buyruq hamda Namangan viloyati perinatal markazi amaliyotiga 2023 yilning 6 iyunidagi 72-son buyruq bilan joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: taklif etilgan usullar qo‘llanilganda tug‘ruq jarayonida atonik qon ketishida gemostazga tez erishildi. Bunday kompleks yondashuv natijasida davolash samaradorligi oshdi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: tug‘ruqdan keyingi qon ketish xavfi yuqori bo‘lgan ayollarda tugruqni olib borishni taklif etilgan algoritm akusherlik qon ketishlari, ularning og‘ir asoratlari chastotasi hamda tug‘ruqqa ko‘maklashuvchi muassasalarning iqtisodiy xarajatlarini kamaytirishi isbotlangan, 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 1 200 000 so‘m va byudjetdan tashqari mablag‘larni 7 950 000 so‘mga iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa:  Karbetotsin va ballonli tamponada usulining amaliyotda qo‘llanilishi tug‘ruqdan keyingi qon yo‘qotish natijasida og‘ir asoratlarning oldini olish, radikal operatsiyalar, onalar o‘limi sonini kamaytirish, tug‘ruq vaqtida qon ketishini boshidan kechirgan ayollar turmush sifatini yaxshilash imkonini bergan.
uchinchi ilmiy yangilik: Karbetotsin yoki ballonli tamponada qo‘llanilganda qonni jarrohlik usuli bilan to‘xtatish holatlari va radikal operatsiyalar sonining kamayishi, tuzalish jarayonini tezlashtirishi, yotoq kunini qisqartirishi aniqlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy kilinishi: Farg‘ona viloyati perinatal markazi amaliyotiga 2023 yilning 16 sentyabridagi 85-son buyruq hamda Namangan viloyati perinatal markazi amaliyotiga 2023 yilning 6 iyunidagi 72-son buyruq bilan joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: qon yo‘qotilishini to‘xtatishda Oksitotsinga nisbatan Kartotsin 1,4 barobar ko‘proq samaradorlikka ega. Ballonli tamponadadan foydalanilganda umumiy qon yo‘qotishning o‘rtacha qiymati Oksitotsinga nisbatan 15% yoki 1,2 barobar kam, ammo Karbetotsinga nisbatan 1,2 barobar ko‘p. Gemostaz vaqtiga ko‘ra Karbetotsin qon ketishini Oksitotsinga nisbatan 3 barobar va ballonli tamponadaga nisbatan 2,5 barobar tez to‘xtatadi va davolash sifatini yaxshilaydi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 1) bemorning shifoxonada qolish muddatini 8,5 kundan 3,2 kungacha qisqartirish orqali to‘lov miqdorini taxminan 780 ming so‘mga kamaytirish imkonini bergan (Respublika perinatal markazining preyskurantiga ko‘ra shifoxonada 1 kun qolish 260000 so‘m); shifoxonada bo‘lish davrining bir necha kunga qisqartirilishi hisobiga dori-darmon kam talab etilgan (1 kunga o‘rtacha 60000 so‘m dori vositalari sarflanadi); reabilitatsiya xarajatlari kamaytirilgan (1 kunga reabilitatsiya uchun o‘rtacha 35000 so‘m dori vositalariga sarflanadi); 2) bemorning shifoxonadan tashqari davri uchun (boshqa tibbiyot muassasalarida davolanishi) bir necha kunga qisqartirilishi hisobiga iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: Karbetotsin va ballonli tamponada usulining amaliyotda qo‘llanilishi Oksitotsinga nisbatan 1 nafar bemorga hisoblanganda 8 650 000 so‘m (19 barobar), ballonli tamponada qo‘llanganda esa bir nafar bemorga hisoblanganda 7 932 000 so‘mgacha iqtisod qilish imkonini bergan;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: ilk bor bachadondan atonik qon ketish xavfi yuqori bo‘lgan ayollarda Karbetotsinni profilaktik qo‘llash samaradorligi aniqlangan, TKQK yuzaga kelishi xavfini ball tizimida baholash shkalasi ishlab chiqilgan, bu o‘z navbatida tug‘ruq vaqtida massiv qon ketish rivojlanishi va og‘ir tug‘ruq asoratlarining oldini olish imkonini berishi aniqlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy kilinishi: Farg‘ona viloyati perinatal markazi amaliyotiga 2023 yilning 16 sentyabridagi 85-son buyruq hamda Namangan viloyati perinatal markazi amaliyotiga 2023 yilning 6 iyunidagi 72-son buyruq bilan joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: ushbu shkaladan foydalanilganda tug‘ruqda qon ketish xavfi va zarur profilaktik choralarni qo‘llash, xavf darajasini ballarda hisoblash TKQK profilaktikasi uchun mos taktikani ishlab chiqish imkonini beradi va yuqori samaraldorlikka egaligi isbotlandi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Karbetotsinni profilaktik qo‘llash jarrohlik aralashuvlari sonini kamaytirish, shuningdek, dori-darmonlar uchun sarflanadigan harajatlar miqdorni ham qisqartirish imkonini berdi. Ushbu samaradorlik vaginal tug‘ruqlarda 1 nafar ayolga nisbatan hisoblanganda 8 650 000 so‘mni (Oksitotsinga nisbatan 19 barobar kam) tashkil etdi. Ballonli tamponada qo‘llanganda ushbu ko‘rsatkich Oksitotsinga nisbatan 8 052 000 so‘mni tashlik etdi. Kesarcha kesish usuli bilan tug‘ruqlarda iqtisodiy samaradorlik Oksitotsinga nisbatan 1 nafar ayolga hisoblanganda 8 750 000 so‘m bo‘ldi. Karbetotsinni profilaktik qo‘llash dori-darmonlarlarga eng kam xarajatlarni keltirib chiqardi – 450 000 so‘m. Xulosa: TKQK rivojlanishi xavf omillarini aniqlash va Karbetotsin preparati bilan ularning oldini zaruriyatini ko‘rsatdi. Shuningdek, vaginal tug‘ruqdan keyin atonik qon ketishi yuzaga kelganda Karbetotsin bo‘lmaganda ballonli tamponadani qo‘llash yo‘li bilan gemostaz o‘tkazish ham o‘zini oqladi va bu 87,7% holatda ijobiy natija berdi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish