Raxmatullaeva Maxfuza Mubinovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi  himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Homilador va homilador bo‘lmagan davrlarda bakterial vaginozni olib borish taktikasini tanlash va oldini olishga yangicha yondashuv» 14.00.01 –Akusherlik va ginekologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3 DSc/Tib588.
Ilmiy rahbar:  [Ayupova Farida Mirzaevna], tibbiyot fanlari  doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot  instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat     tibbiyot instituti, DSc.04.30.04.2022.Tib.93.02.
Rasmiy opponentlar: Abdullaeva Lagiya Mirzatullaevna, tibbiyot  fanlari doktori, dotsent; Starseva Nadejda Mixaylovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Eshimbetova Gulsara Zakirovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: bakterial vaginoz rivojlanishining turli omillari ahamiyatini baholash asosida uni davolash va oldini olishga yondashuvlarni takomillashtirishdan iborat.
 III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bakterial vaginoz bilan kasallangan o‘zbek millatiga mansub ayollarda IL-6 geni rs1800795 (G-174C) polimorfizmining S alleli, S/S genotipi, TNFα geni rs1800629 (G-308A) polimorfizmining A alleli, G/A genotipi va IL-10 geni rs1800896 (A-1082G) polimorfizmining G alleli, G/G va G/A genotiplari kasallik kechishi og‘irligining genetik xavf omillari ekanligi hamda ushbu genotiplarning birgalikda kelishi va hamkor ta’siri oqibatida uning erta qaytalanish xavfining ortishi isbotlangan;
davolashdan keyin dinamikada komplementning S3-komponenti va laktoferrinning pasayishi laktofloraning past ulushi (≤25,5%) saqlanganda bakterial vaginozning qaytalanishiga sharoit yaratishi, shartli patogen mikrofloraning o‘sishiga javoban S-reaktiv oqsil va prokal`sitonin hamda yallig‘lanish oldi sitokinlari darajasining oshishi bakterial vaginoz asoratlarining shakllanish ko‘rsatkichi bo‘lib xizmat qilishi aniqlangan;
normal mikrofloraning o‘sishini rag‘batlantiruvchi va qin muhitining immunologik barqarorligini ta’minlovchi vositalar, jumladan, inulin va laktoferrinni tizimli qo‘llashning qaytalanuvchi bakterial vaginozni davolash natijalariga ijobiy ta’siri isbotlangan;
reproduktiv yoshda bakterial vaginoz rivojlanishiga moyil etuvchi eng keng tarqalgan premorbid (klinik-anamnestik, ijtimoiy, xulq-atvor) omillarning majmuasi aniqlandi va bakterial vaginozga xavf kontingentini tabaqalashtirishga imkon beradigan bashorat qiluvchi omillarning ahamiyatlilik shkalasi takomillashtirilgan;
bakterial vaginoz qaytalanish xavfi ehtimolini aniqlashga imkon beradigan bashoratlovchi regressiyali model ishlab chiqilgan hamda qaytalanuvchi bakterial vaginozni tashxislash va oldini olish algoritmini xavf guruhlarida qo‘llashning maqsadga muvofiqligi va uning profilaktik samaradorligi qaytalanish ko‘rsatkichlarini 2 baravar kamaytirishi bilan asoslangan.
    IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Buxoro davlat tibbiyot instituti ekspert kengashining 2023 yil 6 oktyabrdagi №23-Z/064 son xulosasiga ko‘ra:
Birinchi ilmiy yangilik. Bakterial vaginoz bilan kasallangan ayollarda IL-6 geni rs1800795 (G-174C), TNFα geni rs1800629 (G-308A) va IL-10 geni rs1800896 (A-1082G) polimorfizmlarini aniqlash qaytalanuvchi bakterial vaginozga xavf guruhini olib borishga maqsadli yondashuv imkoniyatini berib, kasallik qaytalanishini 98,7% holatlarda bartaraf etgan, akusherlik asoratlari va ginekologik kasallanish ko‘rsatkichlarining 2 baravar kamayishiga erishilgan. Bunda 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 395000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 400500 so‘mga iqtisod qilishga erishildi. Xulosa: bakterial vaginoz bilan kasallangan bemorlarda kasallik qaytalanish xavfini erta bashoratlash maqsadida tashxisot jarayonida gen polimorfizmlarini o‘rganish va profilaktik choralarni amalga oshirish orqali bemorlarning kasallanish ko‘rsatkichlari 2 baravarga kamaydi va o‘z vaqtida samarali davolash orqali 1 nafar bemor hisobiga 795500 so‘m iqtisod qilishga erishildi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Homilador va homilador bo‘lmagan davrlarda bakterial vaginozni olib borish taktikasini tanlash va oldini olishga yangicha yondashuv» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Buxoro davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashi raisiga Buxoro davlat tibbiyot instituti ilmiy ishlar va innovatsiyalar prorektori tomonidan 2023 yil 18 maydagi O35893328-sonli xat yuborilgan.
Ikkinchi ilmiy yangilik. Bakterial vaginoz bilan kasallangan bemorlarda mikrobiologik va immunologik ko‘rsatkichlarni baholash asosida differensiallashgan terapevtik yondashuv qin mikrobiotasining chuqur buzilishlari bo‘lgan bemorlarni davolash samaradorligini 2,5 baravar oshirdi va davolanish muddatini 10 kundan 6 kunga qisqartirish, dori-darmonga sarf-xarajatni 60%ga kamaytirish, 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 454000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 267000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi. Xulosa: mikrobiologik va immunologik ko‘rsatkichlar asosida kompleks diagnostik yondashuvdan foydalanish natijasida kasallik asoratlarining kamayishi, davo samaradorligining oshishi hisobiga davolanish muddatini 10 kundan 6 kunga, dori-darmonga bo‘lgan sarf-xarajatni 60%ga kamaytirishga, 1 nafar bemor hisobiga 721000 so‘m mablag‘ iqtisod qilinishiga erishildi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Homilador va homilador bo‘lmagan davrlarda bakterial vaginozni olib borish taktikasini tanlash va oldini olishga yangicha yondashuv» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Buxoro davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashi raisiga Buxoro davlat tibbiyot instituti ilmiy ishlar va innovatsiyalar prorektori tomonidan 2023 yil 18 maydagi O35893328-sonli xat yuborilgan.
Uchinchi ilmiy yangilik. Laktoferrin va inulinning qin mikroflorasi va immun tizimiga ijobiy ta’siri tufayli bakterial vaginozning qaytalanish ehtimoli pasayib, dori-darmon xarajatlari 35,5%ga, akusherlik va perinatal asoratlar (bola tashlash, muddatidan oldingi tug‘ruq, homila suvlarining barvaqt ketishi) 28,6% dan 4,3% gacha kamayishiga erishilgan va qo‘shimcha antibakterial terapiyaga ehtiyojni bartaraf etish hisobiga reproduktiv salomatlik sifati yaxshilangan. Xulosa: bakterial vaginoz qaytalanishi xavf guruhidagi ayollarda inulin va laktoferrinni qo‘llash kasallik qaytalanishini oldini olishi natijasida ularning vrachga murojaati 2,8 baravarga, ambulator davo kunlari qisqarishi hisobidan 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 839000 so‘mga iqtisod qilishga erishildi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Homilador va homilador bo‘lmagan davrlarda bakterial vaginozni olib borish taktikasini tanlash va oldini olishga yangicha yondashuv» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Buxoro davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashi raisiga Buxoro davlat tibbiyot instituti ilmiy ishlar va innovatsiyalar prorektori tomonidan 2023 yil 18 maydagi O35893328-sonli xat yuborilgan.
To‘rtinchi ilmiy yangilik. Bakterial vaginoz prediktorlari ahamiyatlilik shkalasi asosida kasallik rivojlanishiga xavf kontingentini tabaqalashtirish orqali uning xavfini erta bartaraf etish hisobiga kasallanish ko‘rsatkichlari 80%ga, ambulator qatnovlar soni 3 baravarga, erta bola tashlash, chala tug‘ilish kabi asoratli tug‘ruq ko‘rsatkichlari 1,7 baravarga kamaygan. Bunda diagnostik-davolash tadbirlariga yo‘naltiriladigan sarf-xarajatlar 1 nafar bemor hisobiga 1121000 so‘mga iqtisod qilinishiga erishildi. Xulosa: ahamiyatlilik shkalasini qo‘llash 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 690800 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 430200 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Homilador va homilador bo‘lmagan davrlarda bakterial vaginozni olib borish taktikasini tanlash va oldini olishga yangicha yondashuv» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Buxoro davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashi raisiga Buxoro davlat tibbiyot instituti ilmiy ishlar va innovatsiyalar prorektori tomonidan 2023 yil 18 maydagi O35893328-sonli xat yuborilgan.
Beshinchi ilmiy yangilik. Qaytalanuvchi bakterial vaginozni bashorat qilish modeli asosida mikrobiologik, immunologik va genetik ko‘rsatkichlarni hisobga olgan holda homilador va homilador bo‘lmagan ayollarda qaytalanuvchi bakterial vaginozni tashxislash va oldini olish algoritmiga qadamma-qadam amal qilish har 2 nafar bemordan birida qaytalanish xavfini bartaraf etish, akusherlik va perinatal asoratlarni kamaytirish hisobiga ayollarning salomatligi va hayot sifatini yaxshilashga yordam bergan. Davolashga ketadigan sarf-xarajatlar (yil davomida 2164800 so‘m) bakterial vaginozning profilaktikasiga yo‘naltirilgan sarf-xarajatlardan (yil davomida 650000 so‘m) yuqoriligi inobatga olingan holda taklif etilgan algoritm qo‘llanilganda kasallanish oldi olinishi hisobiga yil davomida har bir bemor uchun 1514800 sum mablag‘ iqtisod qilingan. Xulosa: homilador va homilador bo‘lmagan ayollarda qaytalanuvchi bakterial vaginozni tashxislash va oldini olish algoritmini qo‘llash har 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 682000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 832800 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Homilador va homilador bo‘lmagan davrlarda bakterial vaginozni olib borish taktikasini tanlash va oldini olishga yangicha yondashuv» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Buxoro davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashi raisiga Buxoro davlat tibbiyot instituti ilmiy ishlar va innovatsiyalar prorektori tomonidan 2023 yil 18 maydagi O35893328-sonli xat yuborilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish