Ismoilova Nigora Baxtiyorovna
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Miasteniya: klinik- nevrologik xususiyatlari, kognitiv funksiyani baholash va davolash usullarini optimallashtirish», 14.00.13 – Nevrologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Tib3161.
Ilmiy raxbar: Xodjieva Dilbar Tadjievna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi, IK raqami: Abu Ali ibn Sino Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04/30.04. 2022.Tib.93.02.
Rasmiy opponentlar: Xaydarova Dildora Kadirovna, tibbiyot fanlari doktori; Raimova Malika Muxammedjanovna, tibbiyot fanlari doktori
Yetakchi tashkilot: Janubiy Qozogiston tibbiyot akademiyasi (Qozogiston)
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: miasteniya klinik- nevrologik xususiyatlarini o‘rganish, kognitiv funksiyani baholash va davolashni optimallashtirish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
somatik kasalliklari mavjud bemorlarda kuzatilgan miosteniya kechishining yosh va genderga xos jihatlari aniqlanib, diagnostik markyor sifatida ahamiyati isbotlangan;
miasteniyada shakllangan kognitiv buzilishlar va ularning sifat va miqdoriy darajasi aniqlangan;
miasteniya bilan og‘rigan bemorlarda yosh, jins va qo‘shimcha somatik kasalliklarni e’tiborga olgan holda tahliliy neyrovizual va neyrofiziologik baholash tamoyillari aniqlangan;
miasteniyada kuzatiladigan kognitiv buzilishlar ambulator va statsionar sharoitda reabilitatsiyasining takomillashtirilgan algoritm ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Buxoro davlat tibbiyot instituti ekspert kengashining 2023 yil 9 oktyabrdagi 23-Z/065-son xulosasiga ko‘ra:
miasteniya bilan kasallangan bemorlarda klinik-nevrologik va neyropsixologik buzilishlarni dinamikada to‘g‘ri tahlil qilib borilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Samarqand davlat tibbiyot instituti ko‘p tarmoqli klinikasi buyrug‘i (20.04.2023 y.; №12/1), Buxoro tuman tibbiyot birlashmasi buyrug‘i (21.04.2023 y.; №3/1), Vobkent tuman tibbiyot birlashmasi buyrug‘i (23.04.2023 y.; №12/1) hamda Kogon tuman tibbiyot birlashmasi buyrug‘i (24.04.2023 y.; №15/1) bilan amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: miasteniya kasalligi klinik o‘ziga xosligini o‘rganish katta ahamiyatga ega bo‘lib, miasteniya klinik belgilari og‘irligini miqdoriy baholash shkalasidan foydalanish kasallik og‘irlik darajasini o‘z vaqtida aniqlash va unga muvofiq maqbul davo choralari qo‘llanilishini ta’minlagan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasining ambulator poliklinika va statsionar muassasalarining xarajatlar smetasidan olingan ma’lumotlarga qaraganda tumanlar xududidagi poliklinika, QOP, QVP lardagi qatnovlarga ajratilgan mablag‘ 6.827,90 so‘mni tashkil qilgan. Ambulator sharoitda tibbiy yordam uchun 1 ta bemor 1 ta tashrifi uchun 6827,90 so‘m mablag‘ sarflangan va davlat byudjeti xisobidan ajratilgan. Bemorda bosh miya MRT tekshiruvi 220.000 so‘m, EEG tekshiruvi 50.000 so‘m bo‘lsa, bemor uchun 270.000 so‘m mablag‘ sarflangan. Miasteniya mavjud bemorlar soni respublika miqyosida ko‘pligi xisobga olinsa, tejalgan iqtisodiy xarajat xar bir bemor uchun 275.827,90 so‘mni tashkil qilgan va kamaytirishga erishilgan. Xulosa: tadqiqot natijasi bemor yoshi va qo‘shimcha kasalligi orasida ishonchli statistik bog‘liqlik mavjudligini ko‘rsatdi. Ikki va undan ortiq qo‘shimcha kasalliklar 60 yoshdan kattalarda kuzatildi. Bir qo‘shimcha kasallik 18-59 yosh oralig‘ida ko‘p kuzatildi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Miasteniya klinik- nevrologik xususiyatlari, kognitiv funksiyani baholash va davolash usullarini optimallashtirish» mavzusida ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Buxoro davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashiga Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori tomonidan 2023 yil 25 apreldagi 01/2298-son xat yuborilgan.
Miasteniya bilan kasallangan bemorlarda kognitiv, shaxsiy-emotsional buzilishlarni kasallik klinik davrlari bo‘yicha dinamikada baholab borilgan va chuqur o‘rganilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Samarqand davlat tibbiyot instituti ko‘p tarmoqli klinikasi buyrug‘i (20.04.2023 y.; №12/1), Buxoro tuman tibbiyot birlashmasi buyrug‘i (21.04.2023 y.; №3/1), Vobkent tuman tibbiyot birlashmasi buyrug‘i (23.04.2023 y.; №12/1) hamda Kogon tuman tibbiyot birlashmasi buyrug‘i (24.04.2023 y.; №15/1) bilan amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: miasteniya mavjud bemorlarda kognitiv buzilishlarning o‘z vaktida arzon usulda aniqlanishi bemorlarga o‘z vaqtida adekvat davo choralari qo‘llanilishi, ularda turli ruxiyat bilan bog‘liq asoratlar kuzatilmasligiga, natijada bemorlar hayot sifati yaxshilanishiga olib kelgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: davolash chora-tadbirlari sarf-xarajatlarini kamayishi shifokor ko‘riklari, dori darmonlar, statsionarga murojaat kabi muolajalarning qisqarishi bilan belgilangan. Shifokorga murojaat sarf-xarajatining kamayishi ulushi 480.000 so‘m, bundan bir marta shifokorga murojaatning o‘rtacha qiymati 60.000 so‘m, bir kasallikni davolash uchun shifokorga murojaatlar soni umumiy 480.000 so‘m. Statsionarda davolanish kunining qisqarishidagi iqtisodiy ulush 220.000 so‘m. Statsionar bo‘limida bemorni davolanishining 1 o‘rin kuni o‘rtacha qiymati, asosiy va tavsiya etilayotgan variatlarda bir kasallikni davolash uchun statsionar bo‘limida o‘rin kunlari soni qisqargan. Xulosa: davolangunga qadar miasteniyada bemorlar kognitiv va neyropsixologik xolatini o‘rganishda qo‘llanilgan psixik statusni baholash qisqa shkalasi, MMSE shkalasi, peshona disfunksiyasi batareyasi testi, 10 so‘zni o‘rganish Luriya usuli ma’lumotlari interpretatsiyasi mosligini ko‘rsatgan. Neyropsixologik tekshiruv natijalari o‘rta kognitiv buzilishlar, engil demensiya ekanligini ko‘rsatgan. Xotirani aniqlash Reysberg shkalasi ma’lumotlari miasteniyada xotira buzilishlari, engil kognitiv buzilishlar bemorda mavjudligini, o‘rta kognitiv buzilishlar ko‘rsatgan. Spilberg-Xanin bo‘yicha bemor shaxs xavotiri yuqori darajasi prognostik ahamiyatga ega bo‘lgan, engil reaktiv xavotir aniqlangan, bu bemorlarning miastenik krizdan va ahvoli og‘irlashuvidan qo‘rqishi hisobiga bo‘lishi mumkin. Yuqori darajadagi shaxs xavotiri bo‘lgan bemorlar o‘tkazilgan terapiya natijasida pasayish tendensiyasi kuzatilgan. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Miasteniya klinik- nevrologik xususiyatlari, kognitiv funksiyani baholash va davolash usullarini optimallashtirish» mavzusida ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Buxoro davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashiga Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori tomonidan 2023 yil 25 apreldagi 01/2298-son xat yuborilgan.
Miasteniya bilan kasallangan bemorlarda qiyosiy tashxis qo‘yilgan, davolash muolajalarini o‘z vaqtida o‘tkazilgan, kasallikni davolashda antixolinesteraz va antioksidant, antigipoksant (meksidol)dan foydalanish kasallikning rivojlanishini kamaytirishi bilan izohlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Samarqand davlat tibbiyot instituti ko‘p tarmoqli klinikasi buyrug‘i (20.04.2023 y.; №12/1), Buxoro tuman tibbiyot birlashmasi buyrug‘i (21.04.2023 y.; №3/1), Vobkent tuman tibbiyot birlashmasi buyrug‘i (23.04.2023 y.; №12/1) hamda Kogon tuman tibbiyot birlashmasi buyrug‘i (24.04.2023 y.; №15/1) bilan amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: ishlab chiqilgan galantamin va meksidolni kombinatsiyada qo‘llash usuli psixik statusni baholash qisqa shkalasi, MMSE shkalasi, peshona disfunksiyasi batareyasi testi, 10 so‘zni o‘rganish Luriya usuli ma’lumotlari demensiya xolatlari ishonchliligi, Reysberg shkalasi bo‘yicha sub`ektiv kognitiv buzilishlar, engil kognitiv buzilishlar, o‘rta kognitiv buzilishlar kamayganligini ko‘rsatgan. Spilberg-Xanin shkalasi bo‘yicha past va engil xavotirning va Zung so‘rovnomasi bo‘yicha depressiyaning pasaygan, shuningdek Mak-Gigl so‘rovnomasi bo‘yicha og‘riqning affektiv emotsional tashkillashtiruvchilari kamayishi statistik ahamiyatli. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: tavsiya etilayotgan davolash chora tadbirining yillik samaradorligi qo‘yidagicha: tavsiya etilayotgan davolash usulining umumiy iqtisodiy ulushi 33.003.632 so‘m. Bundan: bir ish kunida 1 nafar bemor uchun yalpi ichki maxsulot o‘rtacha qiymati 80.500, asosiy va tavsiya etilayotgan variantlarda bir xodisa uchun mexnatga layoqatsizlikning o‘rtacha davomiyligi; vaqtinchalik mexnatga layoqatsizlikning bir kuni uchun o‘rtacha mablag‘ miqdori 1.982.227 so‘mni tashkil qilgan. Xulosa: neyrofiziologik tekshiruv miasteniyada bemorlar EEG kartinasida epilepsiyaga xos belgilar, hamda mahalliy o‘zgarishlar aniqlanmagan. Peshona sohasi teta ritmlari oshishi kognitiv buzilishlar kuzatilgan bemorlarda yuqoriligi aniqlangan. Peshona bo‘lagidagi o‘zgarishlar kasallik davomiyligiga, kognitiv va ruhiy tizim buzilishlariga, dori vositasini suiiste’mol qilishga bog‘liq. Galantamin va meksidolni qo‘llash sekin ritmlar pasayib, alfa ritm yaqqolligi oshishga olib kelgan, bu qo‘llanilgan terapiya samaradorligini baholash mezoni bo‘lishi mumkin bo‘lgan. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Miasteniya: klinik- nevrologik xususiyatlari, kognitiv funksiyani baholash va davolash usullarini optimallashtirish» mavzusida ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Buxoro davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashiga Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori tomonidan 2023 yil 25 apreldagi 01/2298-son xat yuborilgan.
Miasteniya kasalligida kognitiv buzilishlarning profilaktikasi, davolash va reabilitatsiya jarayonlarini takomillashtirish imkonini berganligi bilan izohlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Samarqand davlat tibbiyot instituti ko‘p tarmoqli klinikasi buyrug‘i (20.04.2023 y.; №12/1), Buxoro tuman tibbiyot birlashmasi buyrug‘i (21.04.2023 y.; №3/1), Vobkent tuman tibbiyot birlashmasi buyrug‘i (23.04.2023 y.; №12/1) hamda Kogon tuman tibbiyot birlashmasi buyrug‘i (24.04.2023 y.; №15/1) bilan amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: miasteniya kasalligi bemor hayot sifati keskin tushib ketishiga, jamiyatdan uzilib qolishiga, mexnatga layoqatsizlik kunlari ko‘payishiga olib keladi, jarayonga kognitiv buzilishlar qo‘shilishi yuqoridagi holatlar kuchliroq namoyon bo‘lishiga olib kelgan. Miasteniya klinik belgilari og‘irligini miqdoriy baholash shkalasi (QMGS) dan foydalanish kasallik og‘irlik darajasini o‘z vaqtida aniqlangan va unga muvofiq maqbul davo choralari qo‘llanilishini ta’minlangan. Pirovard natijada bemor hayot sifati yaxshilanishiga erishilgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: tavsiya etilayotgan davolash usulini ishlab chiqish va tadbiq etish uchun sarf-xarajatlar: 7.800.000 so‘m bo‘lgan. Davolash usulini ishlab chiqish uchun sarf-xarajatlar 6.800.000 so‘m; davolash usulini tadbiq etish uchun sarf-xarajatlar 1.000.000 so‘mni tashki qilgan. Tadbiq etilayotgan davolash usulining yillik iqtisodiy samaradorligi jami 25.203.632 so‘mgacha etgan. Xulosa: miasteniya turli og‘irlik darajalarida medikamentoz kompleks davolash usullari samaradorligini harakat buzilishlari QMGS shkalasi yordamida miqdoriy, hamda MGFA miasteniya xalqaro klinik tasnifi bo‘yicha kasallik kechish og‘irligini ishonchli kamaytirgan. Miasteniya kasalligida kognitiv buzilishlarni davolashda galantamin va meksidol vositasidan kasallikning qaysi bosqichda ekanligidan qat’iy nazar foydalanish mumkin bo‘lgan. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Miasteniya klinik- nevrologik xususiyatlari, kognitiv funksiyani baholash va davolash usullarini optimallashtirish» mavzusida ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Buxoro davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashiga Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori tomonidan 2023 yil 25 apreldagi 01/2298-son xat yuborilgan.