Xasanov Bobur Rustam o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qashqadaryo viloyatining och tusli bo‘z tuproqlari sharoitida javdar etishtirish agrotexnikasini ishlab chiqish”, 06.01.08 – O‘simlikshunoslik (Qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/Qx627.
Ilmiy rahbar: Yodgorov Normumin G‘ulomovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Janubiy dehqonchilik ilmiy tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Don va dukkakli ekinlar ilmiy−tadqiqot instituti, PhD.05/31.03.2023.Qx.159.01.
Rasmiy opponentlar: Egamov Ilxomjon Urayimjonovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Azizov Baxrom Muzaparovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Qashqadaryo viloyatining sug‘oriladigan och tusli bo‘z tuproqlari sharoitida javdarning “Ns Savo” va “Vaxshskaya 116” navlaridan yuqori va sifatli don hosili etishtirishda urug‘larni ekishning maqbul muddati va me’yorlarini aniqlab, o‘suv davrida madanli o‘g‘itlar bilan oziqlantirishga bo‘lgan talabini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Qashqadaryo viloyatining sug‘oriladigan och tusli bo‘z tuproqlari sharoitida javdarning “Ns Savo” va “Vaxshskaya 116” navlaridan yuqori va sifatli don hosili etishtirishda urug‘larni maqbul ekish muddati va me’yori ishlab chiqilgan;
kuzgi javdarning “Ns Savo” va “Vaxshskaya 116” navlarini 1-5 oktyabr va 20-25 oktyabr muddatlarida gektariga 4,0-5,0-6,0 mln dona unuvchan urug‘ hisobida ekib parvarish qilinganida, o‘suv davrida ma’danli o‘g‘itlar bilan oziqlantirish me’yorlariga bo‘lgan talabi aniqlangan;
ko‘chatlarni qish davrida nobud bo‘lish darajasiga urug‘larni ekish muddatlari va me’yorlarining ta’siri sezilarli bo‘lib, «Ns Savo» navi urug‘lari 1-5.10 muddatida ekilganida 16,1 foizgacha, 20.25.10 muddatida ekilganida 22,4 foizgacha, «Vaxshskaya 116» navi urug‘lari 1-5.10 muddatida ekilganida 17,7 foizgacha, 20.25.10 muddatida ekilganida 23,5 foizgacha etishi kuzatilib, ma’danli o‘g‘itlarning N200P100K75 va N240P120K90 kg/ga me’yorlari bilan oziqlantirish ko‘chatlarning nobud bo‘lish darajasini «Ns Savo» navida 10,0-16,6 foizgacha, «Vaxshskaya 116» navida esa 13,0-17,6 foizgacha kamayishiga ta’sir etganligi isbotlangan;
Yuqori natijaga erishishda urug‘lar 1-5.10 muddatida gektariga 5,0 mln dona unuvchan urug‘ hisobida ekilib, o‘suv davrida ma’danli o‘g‘itlarning N200P100K75 kg/ga me’yorlari bilan oziqlantirilganda «Ns Savo» navida mahsuldor poyalar soni 544 dona/m2, 1000 dona don vazni 27,0 gr, don hosildorligi 57,5 s/ga, «Vaxshskaya 116» navida mahsuldor poyalar soni 455 dona/m2, 1000 dona don vazni 25,9 gr, don hosildorligi 56,5 s/ga, urug‘lar 20-25.10 muddatida gektariga 5,0 mln dona unuvchan urug‘ ekilib, o‘suv davrida ma’danli o‘g‘itlarning N240P120K90 kg/ga me’yorlari bilan oziqlantirilganda «Ns Savo» navida mahsuldor poyalar soni 518 dona/m2, 1000 dona don vazni 25,9 gr, don hosildorligi 55,2 s/ga, «Vaxshskaya 116» navida mahsuldor poyalar soni 467 dona/m2, 1000 dona don vazni 24,8 gr, don hosildorligi 54,0 s/ga etganligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qashqadaryo viloyatining sug‘oriladigan och tusli bo‘z tuproqlari sharoitida javdar etishtirish agrotexnikasini ishlab chiqish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijalari asosida:
g‘allachilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklari uchun «Qashqadaryo viloyatining och tusli bo‘z tuproqlari sharoitida javdar etishtirish agrotexnologiyasi bo‘yicha» nomli tavsiyanoma tasdiqlangan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 05 oktyabrdagi 07/23-04/7162-son ma’lumotnomasi). Mazkur tavsiyanoma bugungi kunda fermer xo‘jaliklarida kuzgi javdarning «Ns Savo» va «Vaxshskaya 116» navlaridan yuqori va sifatli don hosili etishtirishda muhim ko‘rsatma bo‘lib xizmat qilmoqda;
kuzgi javdarning «Ns Savo» va «Vaxshskaya 116» navlari ishlab chiqarish sharoitida Qarshi tumanida 60,5 gektar, Nishon tumanida 50,0 gektar, Yakkabog‘ tumanida 33,0 gektar, Ko‘kdala tumanida 14,5 gektar, Janubiy dehqonchilik ilmiy-tadqiqot institutining Qarshi tumani ishlab chiqarish uchastkasida 22,0 gektar, jami 180,0 gektar maydonga joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 05 oktyabrdagi 07/23-04/7162-son ma’lumotnomasi). Natijada urug‘larni 1-5.10 muddatida gektariga 5,0 mln dona unuvchan urug‘ hisobida ekib, o‘suv davrida ma’danli o‘g‘itlarning N200P100K75 kg/ga me’yorlari bilan oziqlantirilganda «Ns Savo» navidan 62,8 s/ga, «Vaxshskaya 116» navidan 56,7 s/ga don hosili olinib, yuqori samaradorlikka erishilgan;
kuzgi javdar navlarining urug‘larini 1-5.10 muddatida gektariga 5,0 mln dona unuvchan urug‘ hisobida ekib, o‘suv davrida ma’danli o‘g‘itlarning N200P100K75 kg/ga me’yorlari bilan oziqlantirish texnologiyasi Qarshi, Nishon, Yakkabog‘ tumanlarida joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 05 oktyabrdagi 07/23-04/7162-son ma’lumotnomasi). Natijada rentabellik darajasi «Ns Savo» navida 42,5 foizga, «Vaxshskaya 116» navda 38,3 foizga etganligi kuzatilgan. An’anaviy usulda etishtirilgan maydonlarga nisbatan rentabellik darajasi 4,7-5,9 foizgacha yuqori bo‘lishiga erishilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish