Vohidov Oybek Farxodjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): Yuqori oqim tezligida vakuum sharoitida ishlaydigan suv o‘tkazish inshootlarining samaradorligi, 05.09.07 – “Gidravlika va muhandislik gidrologiyasi” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/TZ405
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni:
texnika fanlari doktori, professor Bazarov Dilshod Rayimovich.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: «Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti» Milliy tadqiqot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti huzuridagi DSc.03/30.12.2019.T.10.02 raqamli Ilmiy Kengash,
Rasmiy opponentlar: Texnika fanlari doktori, professor Yangiev Asror Abdixamidovich (05.09.06.), texnika fanlari doktori, professor Xudaykulov Sovet Ishankulovich (05.09.07.);
Yetakchi tashkilot – Toshkent arixitektura qurilish universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi yuqori naporli suv o‘tkazish inshootlariga kavitatsiya jarayoni ta’sirini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
yuqori naporli suv o‘tkazish inshootlarida quvur keskin kengayishini inobatga olib, kavitatsiyaning rivojlanish bosqichlarini hisoblash usuli takomillashtirilgan;
yuqori naporli suv o‘tkazish inshootlarida kavitatsiya darajalarini inobatga olib, oqim tezligini chegaraviy qiymatini hisoblash usuli ishlab chiqilgan;
yuqori naporli suv o‘tkazish inshootlarining shakli o‘zgarishini inobatga olib, kavitatsiya jarayonini ifodalovchi ikki o‘lchamli matematik model` takomillashtirilgan;
ANSYS Fluent dasturi asosida suv o‘tkazish inshootida oqimning uyurmaviy xarakati natijasida kavitatsion eroziya sodir bo‘layotgan soxasini bashorat qilish usuli ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
yuqori naporli suv o‘tkazish inshootlari sohalarida yuzaga kelayotgan kavitatsion jarayonlarni bartaraf va ulardagi gidrodinamik zo‘riqishlarni hisoblashning takomillashtirilgan usuli “O‘zbekgidroenergo” AJ tasarrufiga kiruvchi “To‘polang GES” unitar korxonasiga qarashli To‘polang suv ombori sanitar suv o‘tkazish inshootlariga joriy etilgan (Suv xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 6 dekabrdagi 03/26-2670-son ma’lumotnomasi). Natijada To‘polang suv ombori sanitar suv o‘tkazish inshooti ishonchliligini oshirish imkoniyati yaratilgan;
eksperimental va dala tadqiqotlari asosida To‘polang suv ombori sanitar suv o‘tkazish inshooti sohalari uchun kavitatsiya jarayonini rivojlanish bosqichlari aniqlash usullari “O‘zbekgidroenergo” AJ tasarrufiga kiruvchi “To‘polang GES” unitar korxonasiga qarashli To‘polang suv ombori sanitar suv tashlash inshootlariga joriy etilgan (Suv xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 6 dekabrdagi 03/26-2670-son ma’lumotnomasi). Natijada, suv o‘tkazish inshootining notekis sohalarida kavitatsion jarayonlarning oldini olish imkoniyati yaratilgan;
yuqori naporli suv o‘tkazish inshootlaridagi mavjud notekisliklarni kamaytirish hamda inshootning vakuum sohasida hosil bo‘ladigan oqimning uyurmaviy harakatini barataraf etishning gidravlik va Ansys dasturi yordamida hisoblash usuli gidrotexnik inshootlarni loyihalashtirishda mavjud hisoblash uslublari qatorida foydalanish uchun O‘zbekiston Respublikasi “O‘zsuvloyiha” Aksiyadorik jamiyatida amaliyotga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi “O‘zsuvloyiha” Aksiyadorik jamiyatining 2022 yil 17 noyabrdagi 01/03-677-son ma’lumotnomasi). Natijada, kavitatsion jarayonlarning jadalligini aniqlash usuli suv o‘tkazish inshootidagi oqim harakat yo‘nalishini inobatga olgan holda takomillashtirilgan.