Bobojanova Nodira Quramboy Qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zan suv omboriga loyqa o‘tirishining gidrouzel tarkibiga kiruvchi inshootlardan ishonchli foydalanishga ta`siri (Tuyamuyun gidrouzeli misolida)”, 05.09.06 - “Gidrotexnika va melioratsiya qurilishi” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/T3520
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni:
Qoraqalpog‘iston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan fan arbobi texnika fanlari doktori, professor: Bakiev Masharif Ruzmetovich
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti huzuridagi DSc.03/30.12.2019.T.10.02 raqamli Ilmiy Kengash,
Rasmiy opponentlar: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muxandislari instituti”Milliy tadqiqot universiteti «Nasos stansiyalari va gidroelektrostansiyalar» kafedra mudiri professor t.f.d.,: Bozarov Dilshod Rayimovich (05.09.07)
Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti professor, t.f.d., : Xo‘jaqulov Rustam (05.09.06)
Yetakchi tashkilot :Toshkent arxitektura qurilish universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zan suv omborining loyqaga to‘lishini O‘ng qirg‘oq suv olish tizimining ishlashiga ta’siri, tuproq to‘g‘onining va Tuyabo‘yin gidrouzeli beton inshootlari zamini fil`tratsiya ishonchliligini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
o‘zan suv ombori loyqaga to‘lgan hamda kam suvlik yillarida suv tashlama to‘g‘on tomonidan dimlash jarayoni yo‘qligi sharoitida O‘ng qirg‘oq suv olish inshooti va o‘zan oqimi o‘zaro ta’sir mexanizmi ochib berilgan;
tuproq to‘g‘on ishlash ishonchliligini baholash usuli pezometrlarni loyqaga to‘lishi natijasida ekspluatatsiya qoidalari buzilishini inobatga olib takomillashtirilgan;
gidrouzel beton inshootlari zaminini mustahkamligini baholash usuli dalada aniqlangan maksimal napor gradienti asosida baholangan;
o‘zan suv ombori foydali hajmini oshirish usuli GAT texnologiyalari va rel`efning rakamli modeli asosida ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zan suv omborining loyqaga to‘lishining gidrouzel inshootlarining ishonchli ishlashi sharoitiga ta’sirini o‘rganish asosida:
O‘ng qirg‘oq suv olish inshooti ekspluatatsiya rejimini yaxshilash, tuproq to‘g‘on va beton to‘g‘on zaminini fil`tratsiya mustahkamligini yaxshilash bo‘yicha tavsiyalar, O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi tasarrufidagi “Tuyamo‘yin suv omboridan foydalanish boshqarma” sida ishlab chiqarishga joriy qilingan. (Suv xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 19- maydagi N 03/37-1510 sonli ma`lumotnomasi.)
Natijada, kam suvlik davrida gidrouzel inshootlaridan foydalanish samaradorligi oshishiga va suvning loyqalik darajasi pasayishiga erishilgan.
O‘ng qirg‘oq kanali ekspluatatsiya rejimini yaxshilash bo‘yicha tavsiyalar O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi tasarrufidagi Paxta-Arna Nayman ITBda ishlab chiqarishga joriy qilingan. (Suv xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 19- maydagi N 03/37-1510 sonli ma`lumotnomasi.)
Natijada, kanalni cho‘kindilardan tozalashga va qirg‘oqlarni yuvilishdan himoya qilishga ketadigan kapital mablag‘lar kamayishiga erishilgan. Ekin maydonlarni suv ta’minoti yaxshilangan.
Dimlovchi inshoot bilan birlashgan gidravlik yuviladigan tindirgich o‘rnatish to‘g‘risidagi tavsiyalar MChJ “Qoraqalpog‘istonda suv ta’minoti” da ishlab chiqarishga joriy qilingan. (Suv xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 19- maydagi N 03/37-1510 sonli ma`lumotnomasi.)
Tadqiqotlar natijalarini joriy qilish natijasida loyqalikni kamayishiga, ichimlik suv sifatini oshishiga va suv sarfini oshishiga erishilgan.