Sotvoldiev Xusniddin Ibragimovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Nostatsionar texnologik obektlarni muntazam usullar asosida identifikatsiyalash va boshqarish algoritmlari», 05.01.08 – Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishlarni avtomatlashtirish va boshqarish (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/T2846.
Ilmiy rahbar: Igamberdiev Xusan Zakirovich, O‘zR FA akademigi, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.03/30.12.2019.T.03.02.
Rasmiy opponentlar: texnika fanlari doktori, professor Baratov Dilshod Xamidullaevich, texnika fanlari doktori, professor Varlamova Lyudmila Petrovna.
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: nostatsionar texnologik obektlarni muntazam usullar asosida identifikatsiyalash va boshqarish algoritmlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
chiqish matrisasiga psevdoteskari reja matrisasini hisoblash asosida nostatsionar dinamik tizim holatining xarakteristikalarini muntazam identifikatsiyalash algoritmlari ishlab chiqilgan;
matrisa operatorini o‘ngdan elementar ortogonal aylanish matrisalariga va chap tomonda almashtirish matrisalariga yoyishlar asosida nostatsionar tizimlarni turg‘un parametrik identifikatsiyalash algoritmlari ishlab chiqilgan;
boshqarish jarayonlarining sifat ko‘rsatkichlarini oshirishga yordam beruvchi psevdoag‘darish konsepsiyasi asosida nostatsionar obektlarni adaptiv suboptimal boshqarishni sintezlash algoritmi ishlab chiqilgan;
yuqori darajali aprior noaniqligi mavjud jarayonlarni klassik boshqarish usullarining samarasizligi sharoitlarida boshqarish qarorlarini optimallashtirishga imkon beruvchi nostatsionar obektlarni boshqarishning turg‘un algoritmlari o‘yin usullari konsepsiyasi asosida ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Nostatsionar texnologik obektlarni muntazam usullar asosida identifikatsiyalash va boshqarish algoritmlari ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
nostatsionar dinamik tizim holatining xarakteristikalarini turg‘un identifikatsiyalash algoritmlari “Yangi-Angren IES” da joriy qilingan (“Issiqlik elektr stansiyalari” AJning 2023 yil 7 fevraldagi 04-25/456-son ma’lumotnomasi). Natijada, kuzatish ma’lumotlari bo‘yicha nostatsionar dinamik tizim holatining tavsiflarini identifikatsiyalash algoritmlari aniqligini oshirish imkonini bergan;
nostatsionar tizimlarni turg‘un parametrik identifikatsiyalash algoritmlari “Yangi-Angren IES” da joriy qilingan (“Issiqlik elektr stansiyalari” AJning 2023 yil 7 fevraldagi 04-25/456-son ma’lumotnomasi). Natijada, tasodifiy parametrlarga ega bo‘lgan chiziqli dinamik tizimni turg‘un identifikatsiyalash imkonini bergan;
nostatsionar obektlarni turg‘un boshqarish algoritmlari “Yangi-Angren IES” da joriy qilingan (“Issiqlik elektr stansiyalari” AJning 2023 yil 7 fevraldagi 04-25/456-son ma’lumotnomasi). Natijada, klassik boshqarish usullari samarasiz bo‘lgan va jarayonlarning aprior noaniqligining yuqori darajasi sharoitlarida boshqarish qarorlarini optimallashtirish imkonini berdi.