Ergashev Otabek Mirzapo‘latovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Oqova suvlarni tozalash jarayonining texnologik parametrlarini nazorat qiluvchi va boshqaruvchi sistemasining ko‘pparametrli optoelektron o‘zgartirgichlari», 05.03.01 – Asboblar. O‘lchash va nazorat qilish usullari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/T1444.
Ilmiy rahbar: Shipulin Yuriy Gennadevich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.03/30.12.2019.T.03.02.
Rasmiy opponentlar: Matyakubova Paraxat Maylievna, texnika fanlari doktori, professor; Nurov Siroj Sobirovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: oqova suvlarni tozalashning texnologik parametrlarini nazorat qilish va boshqarish tizimlarida ko‘p parametrli optoelektron o‘zgartirgichlarni qo‘llash va takomillashtirish yo‘li bilan oqova suvlarni tozalash ob’ektlariga salbiy ta’sirlarni pasaytiruvchi usullar va algoritmlarni ishlab chiqarishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘lchov asboblarini kompleks avtomatlashtirishda qo‘llash imkoniyatlarini oshiruvchi oqova suvlarning sarfi, sathi, konsentratsiyasi va zichligining ko‘p parametrli optoelektron o‘zgartkichlari ishlab chiqilgan;
texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va boshqarish tizimlarini tipik loyihalash usulidan foydalanib, nazorat qilish va avtomatlashtirish tizimlari, asboblarini turini, ierarxik qurilishi tarkibini aniq ta’riflash, shuningdek tanlashni sifat va miqdorini oshirish imkonini beruvchi tozalash inshootlarining strukturalari tarkibidagi elementlarni bir-biriga bog‘liqliklarini turlicha o‘zgartirish usuli taklif etilgan;
tolali va g‘ovak yorug‘lik o‘tkazgichlar asosida o‘zgartkichning chiqish signali parametrlarini oqova suvni tozalash parametrlari, shuningdek o‘zgartkichning optik yo‘lini geometrik parametrlari bilan o‘zaro aloqasini belgilab beruvchi suyuqliklar sarfi va sathining optoelektron o‘zgartkichini konstruktiv tuzilishi va konstruksiyasini matematik modeli ishlab chiqilgan;
ko‘p parametrli optoelektron o‘zgartkichlarni loyihalashtirish jarayonini Gauss-Zeydel usuli asosida strukturaviy va parametrik sintezlash algoritmlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oqova suvlarning parametrlarini nazorat qilish va boshqarishning ko‘p parametrli optoelektron o‘zgartirgichlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
ishlab chiqilgan o‘lchov asboblarini kompleks avtomatlashtirishda qo‘llash imkoniyatlarini oshiruvchi oqova suvlarning sarfi, sathi, konsentratsiyasi va zichligining ko‘p parametrli optoelektron o‘zgartkichlari “Toshkent suv ta’minoti” MChJning Salar stansiyasida joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy va kommunal xo‘jalik vazirligining 2021 yil 11 noyabrdagi ma’lumotnomasi). Natijada optoelektoron o‘lchovchi qurilmalar kompleksini va suv sifatini aniqlash darajasini monitoring qilish imkonini bergan.
ishlab chiqilgan ko‘p parametrli optoelektron o‘zgartkichlarni loyihalashtirish jarayonini Gauss-Zeydel usuli asosida strukturaviy va parametrik sintezlash algoritmlari “Toshkent suv ta’minoti” MChJning Salar stansiyasida joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy va kommunal xo‘jalik vazirligining 2021 yil 11 noyabrdagi ma’lumotnomasi). Natijada sifat mezonlarini aniqlash va o‘zgartirgichlarning mazkur sinfidagi yangi konstruksiyalar uchun optimal parametrlarni tanlash imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish