Mamadjanov Shuxrat Jalolidinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonda kichik biznes va va xususiy tadbirkorlikni sug‘urtaviy himoyalash masalalari” 08.00.15 – Tadbirkorlik va kichik biznes iqtisodiyoti.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.I.PhD/Iqt2062
Ilmiy rahbar: Sayitbaev Shermirza Datkamirzaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhandislik-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-texnologiya instituti, PhD.03/27.05.2020.I.66.03.
Rasmiy opponentlar: Sotvoldiev Nodirbek Jo‘raboevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Isroilov Rustamjon Ibragimovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon mashinasozlik instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarini sug‘urtaviy himoyalash bo‘yicha ilmiy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tadbirkorlik faoliyatini turli risklardan ishonchli himoyalashni ta’minlashda kichik biznes ish faoliyatining tezkorligi tavsifiga muvofiq keluvchi elektron polislarni sotishda axborot xavfsizligi, ma’lumot olish tezligi hamda sug‘urta polislarini soxtalashtirishning oldini olishga imkon yaratuvchi elektron turdagi sug‘urta xizmatlarini ko‘rsatish taklifi asoslangan;
qishloq xo‘jaligi tarmog‘ida faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik sub’ektlarining texnik ekinlar etishtirish bo‘yicha bo‘lajak hosilini sug‘urtalash shartnomalariga ko‘ra sug‘urta xarajatlarining bir qismini byudjetdan subsidiyalash orqali sug‘urtaviy himoyalash taklifi asoslangan;
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatining bozor sharoitidagi beqarorligini oldini oluvchi bank, transport xizmatlari va axborot texnologiyalari bilan bog‘liq risklardan mikrosug‘urtalashning yangi “kompleks” hamda “investision” innovatsion turlarini joriy etish taklifi asoslangan;
Namangan viloyati kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari moliyaviy ko‘rsatkichlariga sug‘urtaviy jarayonlar ta’sirining 2026 yilga qadar ko‘p variantli prognoz parametrlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarini sug‘urtalash jarayonlari samaradorligini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tadbirkorlik faoliyatini turli risklardan ishonchli himoyalashni ta’minlashda kichik biznes ish faoliyatining tezkorligi tavsifiga muvofiq keluvchi elektron polislarni sotishda axborot xavfsizligi, ma’lumot olish tezligi hamda sug‘urta polislarini soxtalashtirishning oldini olishga imkon yaratuvchi elektron turdagi sug‘urta xizmatlarini ko‘rsatish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 2 avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasining sug‘urta bozorini isloh qilish va uning jadal rivojlanishini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4412-son qarori 1-ilovasi 41-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2023 yil 7 avgustdagi 01/00-04/08-7037-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida E-polislarni sotuvchi sug‘urtalovchilarda tegishli axborot tizimlari va ma’lumotlar bazasi natijasida shakllantirilgan va buning natijasida masofaviy texnologiyalarni qo‘llagan holda mazkur polislarning haqiqiyligini tekshirish imkoniyati yuzaga kelgan;
qishloq xo‘jaligi tarmog‘ida faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik sub’ektlarining texnik ekinlar etishtirish bo‘yicha bo‘lajak hosilini sug‘urtalash shartnomalariga ko‘ra sug‘urta xarajatlarining bir qismini byudjetdan subsidiyalash orqali sug‘urtaviy himoyalash taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 2 avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasining sug‘urta bozorini isloh qilish va uning jadal rivojlanishini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4412-son qarori 1-ilovasi 12-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2023 yil 7 avgustdagi 01/00-04/08-7037-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida sug‘urta xarajatlarining bir qismini byudjetdan subsidiyalash masalalarini ko‘rib chiqish bo‘yicha idoralararo komissiya tuzishga asos bo‘lib xizmat qilgan;
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatining bozor sharoitidagi beqarorligini oldini oluvchi bank, transport xizmatlari va axborot texnologiyalari bilan bog‘liq risklardan mikrosug‘urtalashning yangi “kompleks” hamda “investision” innovatsion turlarini joriy etish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 2 avgustdagi PQ-4412-son “O‘zbekiston Respublikasining sug‘urta bozorini isloh qilish va uning jadal rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorining 30-bandida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2023 yil 7 avgustdagi 01/00-04/08-7037-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida hududlarni yanada mutanosib rivojlantirish uchun aholi jon boshiga YaHM, sanoat mahsuloti va daromadlar, aholi daromadlari va xarajatlar tarkibi ko‘rsatkichlarini yaxshilash imkoni yaratilgan;
Namangan viloyati kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari moliyaviy ko‘rsatkichlariga sug‘urtaviy jarayonlar ta’sirining 2026 yilga qadar ishlab chiqilgan ko‘p variantli prognoz parametrlaridan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2022 yil 25 aprelda qabul qilingan “2022-2026 yillarda Namangan viloyati hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 211-son Qarori loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2023 yil 7 avgustdagi 01/00-04/08-7037-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida viloyatdagi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari moliyaviy ko‘rsatkichlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish parametrlariga muvofiqligini ta’minlash imkoni yaratilgan.