Tadjixanova Dono Pulatovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bolalarda shifoxonaga bog‘liq bo‘lmagan zotiljamni cho‘ziluvchan kechishining oldini olishga va davolashga kompleks yondashuv (klinik-eksperimental tadqiqot)”, 14.00.09 – Pediatriya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4. DSc/Tib487.
Ilmiy maslahatchi: Shamsiev Furqat Muxitdinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti, DSc.04/30.12.2019.Tib.29.01
Rasmiy opponentlar: Aliev Axmadjon Lutfullaevich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Kamalov Zaynitdin Sayfutdinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Xodjimetov Abdugafur Axatovich, biologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: bolalarda cho‘ziluvchan kechuvchi shifoxonadan tashqari zotiljamni klinik-laborator, mikrobiologik aspektlarini, sitokinlar xolatini kompleks baholash va eksperimental tadqiqotlar asosida oldini olish va davolashning personallashtirilgan yondashuvini ishlab chiqish va olib borish usullarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bolalarda cho‘ziluvchan kechuvchi shifoxonadan tashqari zotiljamning asosiy qo‘zg‘atuvchisi 41,2% holatda Staphylococcus aureus va o‘tkir shifoxonadan tashqari zotiljamda 40,8% holatda Streptococcus pneumonia, cho‘ziluvchan kechuvchi shifoxonadan tashqari zotiljamda antibiotikka nisbatan rezistentlik makrolid va aminoglikozid dori vositalariga (88,1% va 83,3%), shuningdek, III va IV avlod sefalosporinlar, karbopenem antibakterial dori vositalariga yuqori sezuvchanligi (90,4%, 78,6%,73,8%) isbotlangan;
cho‘ziluvchan kechuvchi shifoxonadan tashqari zotiljam bilan og‘rigan bemorlarda yallig‘lanish biomarkerlari S-reaktiv oqsil hamda prokal`sitonin miqdorining oshishi (SRO – 13,0 barobargacha, PKT – 45,0 barobargacha; r<0,001), ularni boshqa laborator tekshirishlar bilan birga aniqlash diagnostik, prognostik ahamiyati va davolash samaradorligi monitoringida foydalanish mumkinligi isbotlangan;
kasallikning cho‘ziluvchan kechishini tashxislashning qo‘shimcha mezoni sifatida sitokinlar faollashishi (IL – 1β, IL – 4, IL – 6, IL – 8, TNFα) hamda IFNγ konsentratsiyasining kamayishi bilan namoyon bo‘luvchi cho‘ziluvchan kechuvchi shifoxonadan tashqari zotiljam bilan og‘rigan bolalarda sitokin xolatini o‘ziga xosligi isbotlangan;
cho‘ziluvchan kechuvchi shifoxonadan tashqari zotiljam bilan og‘rigan bolalarning qon zardobida D vitamini (25(ON)D) tanqisligi – 53,1%, etishmovchiligi – 40,6% ni tashkil etishi, shuningdek, rux va selen mikroelementlarining konsentratsiyasi ham taqqoslash guruhiga nisbatan 2,6 va 3,0 barobar kamayishi (r<0,001) va bu, o‘z navbatida, kasallikning salbiy omili bo‘lib xizmat qilishi isbotlangan;
cho‘ziluvchan kechuvchi shifoxonadan tashqari zotiljamni oldini olishga rinotin (beta-glyukan, rux, selen, S, E vitaminlari)ni, cho‘ziluvchan kechuvchi shifoxonadan tashqari zotiljam bo‘lgan bemorlarni davolashda xolekal`siferol va polioksidoniyni o‘z ichiga olgan ishlab chiqilgan personallashtirilgan yondashuvlarni qo‘llanilishi klinik va laborator samaradorlikni ko‘rsatgan (S-reaktiv oqsil, prokal`sitonin va IL – 1β, IL – 4, IL – 6, IL – 8, TNFα sitokinlari darajasini pasaytirish, IFNγ darajasini oshirish, qonda D vitaminini ko‘paytirish) va bu, o‘z navbatida, davolashni optimallashtirishga olib kelishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining 2023 yil 5 sentyabrdagi 05-09/7-son Ekspert kengashi xulosasiga ko‘ra (ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining 2023 yil 4 sentyabrdagi 01/06-501-sonli xati yuborilgan):
birinchi ilmiy yangilik: bolalarda cho‘ziluvchan kechuvchi shifoxonadan tashqari zotiljamning asosiy qo‘zg‘atuvchisi 41,2% holatda Staphylococcus aureus va o‘tkir shifoxonadan tashqari zotiljamda 40,8% holatda Streptococcus pneumonia, cho‘ziluvchan kechuvchi shifoxonadan tashqari zotiljamli bolalarda antibiotikka nisbatan rezistentlik makrolid va aminoglikozid dori vositalariga (88,1% va 83,3%), shuningdek, III va IV avlod sefalosporinlar, karbopenem antibakterial dori vositalariga yuqori sezuvchanligi (90,4%, 78,6%,73,8%) aniqlangan, davolashda bemorlarga bazis davo fonida III avlod himoyalangan sefalosporinlarni yoshiga nisbatan tizimli ravishda qo‘llash usulini Jizzax viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha 12.01.2021 yildagi 10-sonli buyruq xamda Toshkent viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha 26.08.2023 yildagi 163-sonli buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: taklif etilgan etiologik verifikatsiyaga bog‘liq holda shifoxonadan tashqari zotiljamni o‘tkir va cho‘ziluvchan kechishida Staphylococcus aureus, Streptococcus pneumonia qo‘zg‘atuvchilarini o‘z vaqtida aniqlash bemorlarda samarali davolashning taktikasini belgilashga va antibakterial preparatlarni to‘g‘ri tayinlashga imkon beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: cho‘ziluvchan kechuvchi shifoxonadan tashqari zotiljam kasalligida mikrobiologik tekshiruvlar orqali antibiotiklarga bo‘lgan sezuvchanlik aniqlangan, bemorlarga samarali antibakterial dori vositalari qo‘llanilgan. Davolashda samarali antibiotiklarni qo‘llashga sarf qilinadigan xarajati 70 nafar bemorga 2 975 000 so‘mni tashkil qilgan. Xulosa: cho‘ziluvchan kechuvchi shifoxonadan tashqari zotiljam bilan kasallangan bemorlarda to‘g‘ri tanlangan anibiotikni qo‘llash, 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larni 42 500 so‘m va byudjetdan tashqari mablag‘larni 42 500 iqtisod qilish imkonini bergan.
ikkinchi ilmiy yangilik: cho‘ziluvchan kechuvchi shifoxonadan tashqari zotiljam bilan og‘rigan bemorlarda yallig‘lanish biomarkerlari S-reaktiv oqsil hamda prokal`sitonin (SRO – 13,0 barobargacha, PKT – 45,0 barobargacha; r<0,001) miqdorining oshishi aniqlanishi orqali organizmda yallig‘lanish jarayonining aktivligi isbotlanganligi Jizzax viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha 12.01.2021 yildagi 10-sonli buyruq xamda Toshkent viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha 26.08.2023 yildagi 163-sonli buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: cho‘ziluvchan kechuvchi shifoxonadan tashqari zotiljam diagnostikasida informativ hisoblangan yallig‘lanish biomarkerlari ko‘rsatkichlari S-reaktiv oqsil va prokal`sitoninni davolashdan oldin va keyin aniqlash kasallikni tashxislash va davolash usulini to‘g‘ri tanlangnaligidan dalolat beradi va samarali personallashtirilgan davolash usulini qo‘llash imkonini yaratadi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: cho‘ziluvchan kechuvchi shifoxonadan tashqari zotiljamni oddiy va samarali tekshiruv usuli bo‘lgan S-reaktiv oqsil va prokal`sitoninni amaliyotda qo‘llanilishi orqali bemorlarda qo‘shimcha tekshiruvlardan foydalanish zarurati yo‘qligi hisobiga 36 nafar bemorga 8 280 000 so‘m ortiqcha sarf xarajatlarni iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: cho‘ziluvchan kechuvchi shifoxonadan tashqari zotiljam bo‘lgan bemorlarni to‘g‘ri va erta tashxislash, 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 230 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 230 000 iqtisod qilish imkonini bergan.
uchinchi ilmiy yangilik: kasallikning cho‘ziluvchan kechishini tashxislashning qo‘shimcha mezoni sifatida bolalarda cho‘ziluvchan kechuvchi shifoxonadan tashqari zotiljamda sitokinlar faollashishi (IL – 1β, IL – 4, IL – 6, IL – 8, TNFα miqdorlarining 1,3–2,1 barobarga oshishi) hamda IFNγ konsentratsiyasining 1,3 barobarga kamayishi orqali organizmning immun tizimi faoliyatini nomutanosiblik holati isbotlangan, davolashda bemorlarga immunkorreksiyalovchi – polioksidoniy dori vositasini yoshiga nisbatan tizimli ravishda qo‘llash usulini Jizzax viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha 12.01.2021 yildagi 10-sonli buyruq xamda Toshkent viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha 26.08.2023 yildagi 163-sonli buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: tadqiqotlar natijalariga ko‘ra cho‘ziluvchan kechuvchi shifoxonadan tashqari zotiljamli bolalarni immunkorreksiyalovchi polioksidoniy bilan kompleks davolash usuli bemor immun tizimi sitokinlari darajasini 1,3-3,0 barobar kamayishiga, IFNγ darajasini 1,9 barobar oshishiga olib keladi; asoratlar rivojlanish xavfini kamaytiradi va davolash samaradorligini oshirish imkonini beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: cho‘ziluvchan kechuvchi shifoxonadan tashqari zotiljam bilan kasallangan bemorning shifoxonada yotib davolanish muddatini 10 kundan 8 kungacha qisqartirib, shifoxonada qolish to‘lov miqdori taxminan 119 000 so‘mga kamaytirgan, shifoxonada bo‘lish davrining 2 kunga qisqartirilishi hisobiga 34 ta bemorni davolanishidan 4 046 000 so‘m so‘m iqtisod qilingan. Xulosa: cho‘ziluvchan kechuvchi shifoxonadan tashqari zotiljam bilan kasallangan bemorlarda statsionar sharoitida davolanishdagi yangi davolash usullarini qo‘llash 1 nafar bemor hisobiga 1 kunga byudjet mablag‘larini 119 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 119 000 iqtisod qilish imkonini bergan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: cho‘ziluvchan kechuvchi shifoxonadan tashqari zotiljam bilan og‘rigan bolalarning qon zardobida D vitamini (25(ON)D) D vitamini miqdorining taqqoslash guruhiga nisbatan 2,0 barobar kamayishi, rux va selen mikroelementlarining konsentratsiyasi taqqoslash guruhiga nisbatan 2,6 va 3,0 barobar kamayishi orqali organizmning vitamin va mikroelementlarga tanqisligi isbotlangan, davolashda cho‘ziluvchan kechuvchi shifoxonadan tashqari zotiljamni oldini olishga – rinotin va cho‘ziluvchan kechuvchi shifoxonadan tashqari zotiljamli bolalarda xolekal`siferol (akvadetrim) dori vositalarini yoshiga nisbatan tizimli ravishda qo‘llash usulini Jizzax viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha 12.01.2021 yildagi 10-sonli buyruq xamda Toshkent viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha 26.08.2023 yildagi 163-sonli buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: tadqiqotlar natijalariga ko‘ra cho‘ziluvchan kechuvchi shifoxonadan tashqari zotiljamni oldini olishga rinotin bilan kompleks davolash usuli rux va selen mikroelementlarining konsentratsiyasini 1,6 va 1,8 barobarga oshishini, cho‘ziluvchan kechuvchi shifoxonadan tashqari zotiljamli bolalarni xolekal`siferol (akvadetrim) bilan kompleks davolash usuli bemor qon zardobida D vitaminini 1,6 barobar oshishiga, olib keladi; asoratlar rivojlanish xavfini kamaytiradi va davolash samaradorligini oshirish imkonini beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: bemorning shifoxonada yotib davolanish muddatini 10 kundan 8 kungacha qisqartirib, shifoxonada bo‘lish davrining 2 kunga qisqartirilishi 69 nafar bemorga 8 211 000 so‘m ortiqcha sarf xarajatlarni iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: shifoxonaga bog‘liq bo‘lmagan zotiljam bilan kasallangan bemorlarda statsionar sharoitida davolanishdagi yangi davolash usullarini qo‘llanilishi 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 119 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 119 000 iqtisod qilish imkonini bergan.
beshinchi ilmiy yangilik: cho‘ziluvchan kechuvchi shifoxonadan tashqari zotiljamni oldini olishga rinotin (beta-glyukan, rux, selen, S, E vitaminlari)ni, cho‘ziluvchan kechuvchi shifoxonadan tashqari zotiljam bo‘lgan bemorlarni davolashda xolekal`siferol va polioksidoniyni o‘z ichiga olgan personallashtirilgan sxemasi ishlab chiqilishi Samarqand viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha 27.03.2023 yildagi 48-4-sonli buyruq xamda Jizzax viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha 18.04.2023 yildagi 53-sonli buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: klinik-laborator tadqiqotlar natijalariga ko‘ra ishlab chiqilgan va taklif etilgan cho‘ziluvchan kechuvchi shifoxonadan tashqari zotiljamni oldini olishga rinotinni, cho‘ziluvchan kechuvchi shifoxonadan tashqari zotiljam bo‘lgan bemorlarni davolashda xolekal`siferol va polioksidoniyni o‘z ichiga olgan ishlab chiqilgan personallashtirilgan yondashuvlarni qo‘llanilishi klinik va laborator (S-reaktiv oqsil, prokal`sitonin va IL – 1β, IL – 4, IL – 6, IL – 8, TNF – α sitokinlari darajasini pasaytirish, IFNγ darajasini oshirish, qonda D vitaminini ko‘paytirish, rux va selen mikroelementlarining konsentratsiyasini oshirish) samaradorlikni ko‘rsatadi va davolashni optimallashtirishga xissa qo‘shadi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: bemorning shifoxonada yotib davolanish muddatini 10 kundan 8 kungacha qisqartirib, shifoxonada bo‘lish davrining 2 kunga qisqartirilishi 105 nafar bemorga 12 495 000 so‘m ortiqcha sarf xarajatlarni iqtisod qilishga erishilgan. Cho‘ziluvchan kechuvchi shifoxonadan tashqari zotiljamli bolalarda olib borilgan personallashtirilgan davolash usuli kasallikning takroriy O‘RI va uning asoratlarini – 6,6 barobarga kamaytirgan. Xulosa: shifoxonaga bog‘liq bo‘lmagan zotiljam bilan kasallangan bemorlarda statsionar sharoitida davolanishdagi yangi davolash usullarini qo‘llanilishi 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 119 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 119 000 iqtisod qilish imkonini bergan.