Azimova Muhabbat Latifovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Turli yosh guruxlarida pastki jag‘ sinishlarida autotrombotsitar massadan foydalanib davolash samaradorligini asoslash», 14.00.21 – Stomatologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Tib2141.
Ilmiy rahbar: Inoyatov Amrillo Shodievich, tibbiyot fanlari doktori, professor;
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04/30.04.2022.Tib.93.01.
Rasmiy opponentlar: Saidov Akbar Axadovich, tibbiyot fanlari doktori (DSc)., Dr. Abubekir Eltas tibbiyot fanlari doktori., professor
Yetakchi tashkilot: Samarkand davlat tibbiyot universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Turli yosh guruxlarida pastki jag‘ suyagi sinishlari klinik xususiyatlarinini o‘rganish barobarida autotrombotsitar massani mahalliy qo‘llash orqali kompleks davolash samaradorligini asoslashdan iborat bo‘lgan.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor chaynov apparati faoliyatini o‘lchash - gnatodinamometriya pastki jag‘ sinishlarida davolash samaradorligini aniqlashda ahamiyatli ekanligi isbotlangan, kuzatuv muddati oshib borishi bilan (yaqin - 2 hafta, 1 va 3 oy, olis natijalar - 6 va 12 oy) gnatodinamometrik ko‘rsatkichlar ijobiy tomonga o‘zgarish tendensiyasi va intensivligi oshib borganligi aniqlangan;
pastki jag‘ sinishlari kuzatilgan bemorlarda osteosintez operatsiyasi orqali davolash samaradorligi Tigershtedt shinasi qo‘yish bilan yaqin hamda olis natijalar taqqoslanganda bir xil bo‘lgan; osteosintez operatsiyasidan keyingi gnatodinamometrik ko‘rsatkichlar erkaklarda 60,0% va ayollarda 73,33% holatda qiyoslanayotgan usulga nisbatan ishonarli darajada yuqori bo‘lgani aniqlangan;
pastki jag‘ sinishlarida davolash majmuasiga autotrombotsitar massa qo‘shilganda yallig‘lanish belgilarining kamayishi 86,96% dan 2,17% gacha, asoratlar kuzatilishi 21,31% dan 0,72% gacha, statsionarda bo‘lish muddati 6 o‘rin-kunga kamaygani ushbu usulning samaradorligi asoslangan;
ilk bor pastki jag‘ sinishlari tashhislangan bemorlarni autotrombotsitar massa yordamida davolash samaradorligi ishonarli darajada yaxshilangani isbotlangan, davolashning olis natijalari asosiy guruhda 94,20% holatda «a’lo», 0,72% holatda «qoniqarsiz», qiyoslash guruhida 49,18% holatda «a’lo», 18,03% holatda «qoniqarsiz» bo‘lganligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi ekspert kengashining 2023 yil 9sentyabrdagi №23-Z/061 xulosasiga ko‘ra:
Ilmiy yangilikning ahamiyati: pastki jag‘ sinishlari kuzatilgan turli yoshli bemorlar chaynov apparati faoliyatini baholovchi usul - gnatodinamometriya yordamida davolash samaradorligini aniqlashda ahamiyatli ekanligi isbotlangan, yaqin natijalar (2 hafta, 1 oy va 3 oy), olis natijalar (6 oy va 12 oy) gnatodinamometrik ko‘rsatkichlarning ijobiy tomonga o‘zgarishi tendensiyasi borligi, intensivligi oshib borganligini ko‘rsatgan. Demak, bu usul bemorlar chaynov apparati faoliyati tiklanish darajasini ko‘rsatuvchi usuldir;
Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy natijalar Buxoro viloyati Vobkent tuman tibbiyot birlashmasi stomatologiya poliklinikasi bo‘yicha buyruq (06.10.2022-y.; №22/7) bilan, Buxoro tuman tibbiyot birlashmasi stomatologiya poliklinikasi bo‘yicha buyruq (06.09.2022-y.; №28/7) bilan hamda Kogon tuman tibbiyot birlashmasi stomatologiya poliklinikasi bo‘yicha buyruq (29.09.2022-y.; №26/9) bilan amaliyotga joriy etildi.
Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: pastki jag‘ sinishlarini davolashning tavsiya etilgan davolash texnikasi bemorlarning tezroq tiklanishi, kasalxonaga bo‘lish kunlarini qisqartirishga va shu bilan bemorlar hayot sifatini yaxshilashga imkon berdi.
Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 1 nafar bemor uchun pastki jag‘ sinishlari kuzatilgan turli yoshli bemorlarda davolash bilan bog‘liq bo‘lib, ishlab chiqilgan davolash amaliyoti davolash xarajatlarining quyidagicha iqtisod bo‘lishiga olib keldi: pastki jag‘ sinishlari kuzatilgan turli yoshli bemorlarda tashxislash uchun xarajatlar miqdori 40 000 so‘m; bir kunlik stasionarda davolash harajati 180 000 so‘m. kompleks davolashda davo muddati 6 o‘rin-kunga qisqarishi hisobiga iqtisodiy samaradorlik belgilandi va umumiy tadqiqot hisobiga byudjet mablag‘larining 49 956 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi.
Xulosa: yangi davolash amaliyotining joriy qilinishi bir nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 540 500 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.
Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanish: «Turli yosh guruxlarida pastki jag‘ sinishlarida autotrombotsitar massadan foydalanib davolash samaradorligini asoslash» mavzusida ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Buxoro davlat tibbiyot instituti ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori tomonidan 2022-yil 27-dekabrdagi RN50660563-son xat yuborilgan.
Ilmiy yangilikning ahamiyati: pastki jag‘ sinishlari kuzatilgan bemorlarda osteosintez operatsiyasidan keyingi gnatodinamometrik ko‘rsatkichlar asosiy guruhda qiyoslanayotgan usulga nisbatan ishonarli darajada yuqori bo‘lgani ko‘rsatilgan;
Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy natijalar Buxoro viloyati Vobkent tuman tibbiyot birlashmasi stomatologiya poliklinikasi bo‘yicha buyruq (06.10.2022-y.; №22/7) bilan, Buxoro tuman tibbiyot birlashmasi stomatologiya poliklinikasi bo‘yicha buyruq (06.09.2022-y.; №28/7) bilan hamda Kogon tuman tibbiyot birlashmasi stomatologiya poliklinikasi bo‘yicha buyruq (29.09.2022-y.; №26/9) bilan amaliyotga joriy etildi.
Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat:mandibulyar sinishlarni davolashning tavsiya etilgan texnikasi bemorlarning tezroq tiklanishiga, kasalxonaga yotqizish kunlarini qisqartirishga va shu bilan bemorlar va ularning oila a’zolarining hayot sifatini yaxshilashga, ularning tiklanish holatiga imkon beradi.
Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 1 nafar bemor uchun pastki jag‘ sinishlari kuzatilgan turli yoshli bemorlarda tashxislash va davolash bilan bog‘liq bo‘lib, ishlab chiqilgan davolash amaliyoti davolash xarajatlarining quyidagicha iqtisod bo‘lishiga olib keldi: pastki jag‘ sinishlari kuzatilgan turli yoshli bemorlarda tashxislash uchun xarajatlar miqdori 40 000 so‘m; bir kunlik statsionarda davolash harajati 180 000 so‘m, kompleks davolashda davo muddati 6 o‘rin-kunga qisqarishi hisobiga byudjet mablag‘larini 49 956 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi.
Xulosa: yangi davolash amaliyotining joriy qilinishi bir nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 540 500 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi.
Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi:«Turli yosh guruxlarida pastki jag‘ sinishlarida autotrombotsitar massadan foydalanib davolash samaradorligini asoslash»mavzusida ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Buxoro davlat tibbiyot instituti ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori tomonidan 2022-yil 27-dekabrdagi RN50660563-son xat yuborilgan.
Ilmiy yangilikning ahamiyati:pastki jag‘ sinishlarida davolash majmuasiga autotrombotsitar massa qo‘shilganda yallig‘lanish belgilarining kamayishi 86,96% dan 2,17% gacha, asoratlar kuzatilishi 21,31% dan 0,72% gacha, statsionarda bo‘lish muddati 6 o‘rin-kunga kamaygani ushbu usulning samaradorligidan dalolat bergan va ushbu bemorlar davolash majmuasiga kiritish zarurligi ko‘rsatilgan.
Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy natijalar Buxoro viloyati Vobkent tuman tibbiyot birlashmasi stomatologiya poliklinikasi bo‘yicha buyruq (06.10.2022-y.; №22/7) bilan, Buxoro tuman tibbiyot birlashmasi stomatologiya poliklinikasi bo‘yicha buyruq (06.09.2022-y.; №28/7) bilan hamda Kogon tuman tibbiyot birlashmasi stomatologiya poliklinikasi bo‘yicha buyruq (29.09.2022-y.; №26/9) bilan amaliyotga joriy etildi.
Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: pastki jag‘ sinishlarni davolashning tavsiya etilgan texnikasi bemorlarning tezroq tiklanishiga, kasalxonaga yotqizish kunlarini qisqartirishga va shu bilan bemorlar va ularning oila a’zolarining hayot sifatini yaxshilashga imkon berdi.
Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 1 nafar bemor uchun pastki jag‘ sinishlari kuzatilgan turli yoshli bemorlarda davolash bilan bog‘liq bo‘lib, ishlab chiqilgan davolash amaliyoti davolash xarajatlarining quyidagicha iqtisod bo‘lishiga olib keldi: pastki jag‘ sinishlari kuzatilgan turli yoshli bemorlarda tashxislash uchun xarajatlar miqdori 40 000 so‘m; bir kunlik statsionarda davolash harajati 180 000 so‘m. kompleks davolashda davo muddati 3 o‘rin-kunga qisqarishi hisobiga iqtisodiy samaradorlik belgilandi va umumiy tadqiqot hisobiga byudjet mablag‘larini 49 956 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi.
Xulosa: yangi davolash amaliyotining joriy qilinishi bir nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 540 500 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi.
Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi:«Turli yosh guruhlarida pastki jag‘ sinishlarida autotrombotsitar massadan foydalanib davolash samaradorligini asoslash»mavzusida ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Buxoro davlat tibbiyot instituti ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori tomonidan 2022-yil 27-dekabrdagi RN50660563-son xat yuborilgan.
Ilmiy yangilikning ahamiyati: pastki jag‘ sinishlari tashhislangan bemorlarni autotrombotsitar massa yordamida davolash samaradorligi yaxshilangani isbotlangan, davolashning olis natijalari asosiy guruhda 94,20% holatda “a’lo”, 0,72% holatda “qoniqarsiz”, qiyoslash guruhida 49,18% holatda “a’lo”, 18,03% holatda “qoniqarsiz” bo‘lganligi isbotlangan.
Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy natijalar Buxoro viloyati Vobkent tuman tibbiyot birlashmasi stomatologiya poliklinikasi bo‘yicha buyruq (06.10.2022-y.; №22/7) bilan, Buxoro tuman tibbiyot birlashmasi stomatologiya poliklinikasi bo‘yicha buyruq (06.09.2022-y.; №28/7) bilan hamda Kogon tuman tibbiyot birlashmasi stomatologiya poliklinikasi bo‘yicha buyruq (29.09.2022-y.; №26/9) bilan amaliyotga joriy etildi.
Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: pastki jag‘ sinishlarini davolashning tavsiya etilgan texnikasi bemorlarning tezroq tiklanishiga, kasalxonaga yotqizish kunlarini qisqartirishga va shu bilan bemorlar va ularning oila a’zolarining hayot sifatini yaxshilashga, ularning tiklanish holati imkon beradi.
Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 1 nafar bemor uchun pastki jag‘ sinishlari kuzatilgan turli yoshli bemorlarda tashxislash va davolash bilan bog‘liq bo‘lib, ishlab chiqilgan davolash amaliyoti davolash xarajatlarining quyidagicha iqtisod bo‘lishiga olib keldi: pastki jag‘ sinishlari kuzatilgan turli yoshli bemorlarda tashxislash uchun xarajatlar miqdori 40 000 so‘m; bir kunlik statsionarda davolash harajati 180 000 so‘m. kompleks davolashda davo muddati 3 o‘rin-kunga qisqarishi natijasida 1 nafar bemor hisobiga davlat byudjetidan 540 500 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 2 400 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi.
Xulosa: yangi davolash amaliyotining joriy amaliyotga joriy qilinishi davolashda kuzatilishi mumkin bo‘lgan asoratlarni oldini olish hisobiga natijasida 1 nafar bemor hisobiga davlat byudjetidan 540 500 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 2 400 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi.
Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Turli yosh guruxlarida pastki jag‘ sinishlarida autotrombotsitar massadan foydalanib davolash samaradorligini asoslash»mavzusida ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Buxoro davlat tibbiyot instituti ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori tomonidan 2022-yil 27-dekabrdagi RN50660563-son xat yuborilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish