Valieva Sayyora Xushbaqovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekistonda investisiya loyihalarining iqtisodiy samardorligini takomillashtirish», 08.00.07 – «Moliya, pul muomalasi va kredit».
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Iqt1794
Ilmiy rahbar: Tuxliev Bozor Karimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Karlibaeva Raya Xodjabaevna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Iminov Odil Karimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Toshkent moliya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekistonda investisiya loyihalarining iqtisodiy samaradorligini oshirish bo‘yi¬cha ilmiy-uslubiy va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “Investisiya loyihalarining iqtisodiy samaradorligi”ga konseptual yondashuv investisiyalarning iqtisodiy mazmuni, milliy iqtisodiyotni rivojlantirishdagi zaruriyati va ularning samaradorligini baholashga oid nazariy-uslubiy asoslarni o‘zida mujassamlashtiruvchi ilmiy qarashlar asosida takomillashtirilgan;
investisiya loyihalari doirasida jalb qilinayotgan investisiya resurslari samaradorligining kapital sig‘imi, investisiya akseleratori, investisiya multiplikatori ko‘rsatkichlari bo‘yicha umumiy natijasini shakllantirishda har bir ko‘rsatkichning ahamiyatlilik darajasi va solishtirma vazniga ko‘ra hisobga olish taklifi asoslangan;
“Olmaliq KMK” AJda boshqaruvni takomillashtirish, moliyaviy-iqtisodiy ahvolni mustahkamlash, debitorlik va kreditorlik qarzdorlikni kamaytirish orqali amalga oshirilayotgan investisiya loyihalari iqtisodiy samaradorligini oshirishning 2027 yilga qadar prognoz qiymatlari aniqlangan;
O‘zbekiston hududlari bo‘yicha asosiy kapitalga kritilgan investisiyaga ta’sir qiluvchi omillar ta’sirini baholash asosida 2030 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekistonda investisiya loyihalarining iqtisodiy samaradorligini oshirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy-uslubiy takliflar va amaliy tavsiyalar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra investisiyalarning iqtisodiy mazmuni, milliy iqtisodiyotni rivojlantirishdagi zaruriyati va ularning samaradorligini baholashga oid nazariy-uslubiy asoslarni o‘zida mujassamlashtiruvchi ilmiy qarashlar asosida takomillashtirilgan “Investisiya loyihalarining iqtisodiy samaradorligi”ga konseptual yondashuv oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun mo‘ljallangan “Introduction to taxation” nomli darslikni tayyorlashda foydalanilgan (Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining 2022 yil 24 oktyabrdagi 328-sonli buyrug‘i). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida talabalarda investisiyalarning iqtisodiy mazmuni, milliy iqtisodiyotni rivojlantirishdagi zaruriyati va ularning samaradorligini baholashga oid nazariy-uslubiy asoslar bo‘yicha bilimlarni kengaytirish hamda investisiya loyihalarining iqtisodiy samaradorligini hisoblash yuzasidan amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish imkoni yaratilgan;
investisiya loyihalari doirasida jalb qilinayotgan investisiya resurslari samaradorligining kapital sig‘imi, investisiya akseleratori, investisiya multiplikatori ko‘rsatkichlari bo‘yicha umumiy natijasini shakllantirishda har bir ko‘rsatkichning ahamiyatlilik darajasi va solishtirma vazniga ko‘ra hisobga olish taklifi Olmaliq kon-metallurgiya kombinati AJ amaliyotiga joriy etilgan (Olmaliq kon-metallurgiya kombinati AJning 2023 yil 11 martdagi KS-0312-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida Olmaliq kon-metallurgiya kombinati AJda mis katodini ishlab chiqarish 100,3% (shu jumladan, o‘z xom ashyosi hisobiga 100,4%), metalli rux 90,0% (shu jumladan, o‘z xom ashyosi hisobiga 101,6%), sulfat kislotasi 104,8%, affinajli oltin 100,9%, affinajli kumush 101,1%, portlandsement 91,3% ni tashkil etib, 2021 yil yakuni bo‘yicha mahsulotlar eksporti rejaga nisbatan 133,7%ni tashkil etgan;
Olmaliq kon-metallurgiya kombinati AJda boshqaruvni takomillashtirish, moliyaviy-iqtisodiy ahvolni mustahkamlash, debitorlik va kreditorlik qarzdorlikni kamaytirish orqali amalga oshirilayotgan investisiya loyihalari iqtisodiy samaradorligini oshirishning 2027 yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz qiymatlaridan Olmaliq kon-metallurgiya kombinati AJ amaliyotida foydalanilgan (Olmaliq kon-metallurgiya kombinati AJning 2023 yil 11 martdagi KS-0312-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida Olmaliq kon-metallurgiya kombinati faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha uzoq muddatli konsepsiya va strategiyalarni shakillantirish imkoni yaratilgan;
O‘zbekiston xududlari bo‘yicha asosiy kapitalga kiritilgan investisiyaga ta’sir qiluvchi omillar ta’sirini baholash asosida 2030 yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlaridan Olmaliq kon-metallurgiya kombinati AJ amaliyotida foydalanilgan (Olmaliq kon-metallurgiya kombinati AJning 2023 yil 11 martdagi KS-0312-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida investisiya resurslari iqtisodiy samaradorligini, investisiya muhitini yaxshilash, rivojlantirish strategiyasi va konsepsiyaning asosiy yo‘nalishlarini aniqlash imkoni yaratilgan.