Pulatova Surayyo Yuldashevna
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Madaniy turizmni rivojlantirishning iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish (Surxondaryo viloyati misolida)”, 08.00.17- Turizm va mehmonxona faoliyati (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Iqt1193
Ilmiy rahbar: Muxammedov Murod Muxammedovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti, PhD.03/28.02.2022.I.18.01
Rasmiy opponentlar: Tuxliev Iskandar Suyunovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor;
Ibragimov Nutfullo Salimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Surxondaryo viloyatida madaniy turizmni rivojlantirishning iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish bo'yicha takliflar va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
    mintaqaning o‘ziga xosligi, turistik resurslaridan to‘la foydalanish, turistik mahsulotlar diversifikatsiyasi va turistik destinatsiya rivojiga ko‘ra madaniy turizmni ichki va xalqaro bozorlarda targ‘ib etish bo‘yicha “Surxondaryo bo‘ylab sayohatning oltin uchburchagi” (Golden Triangle travel in Surkhandarya) turistik mahsuloti kompleksi ishlab chiqlgan;
    mintaqa turistik resurslaridan maqsadli foydalanish, ichki va xalqaro turizmi samaradorligi va sohaning mintaqa ijtimoiy-iqtisodiy rivojidagi hissasini oshirishda madaniy, etnomadaniy, qishloq, tibbiyot, ijtiomiy va boshqa maqsadli yo‘nalishlardagi kichik turistik zonalar negizida Surxondaryo viloyati madaniy turizm klasterini tashkil etishning maqsadga muvofiqligi asoslangan;
    madaniy turizmni samarali rivojlantirishni rag‘batlantirishda Boysun tumani tadbirkorlik sub’ektlari (umumiy ovqatlanish, mehmonxona, savdo, ko‘ngilochar, turoperator va turagent xizmatlari) uchun aylanmadan olinadigan soliq stavkasini bir foiz, yuridik shaxslarning mol-mulkidan olinadigan soliq va er solig‘i miqdorlarini bir foiz miqdorida belgilash taklif qilingan;
    madaniy turizm samaradorligini oshirishda turizm infratuzilmasini loyihaviy boshqaruv, davlat-xususiy sherikchilik va klaster negizida rivojlantirishning maqsadga muvofiqligi asoslangan hamda sohaga investisiyalar jalb etish samaradorligini oshirish va kadrlar tayyorlash sifatini yaxshilash yo‘llari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
    Surxondaryo viloyati madaniy turizmni rivojlantirishning iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
    mintaqaning o‘ziga xosligi, turistik resurslaridan to‘la foydalanish, turistik mahsulotlar diversifikatsiyasi va turistik destinatsiya rivojiga ko‘ra madaniy turizmni ichki va xalqaro bozorlarda targ‘ib etish bo‘yicha “Surxondaryo bo‘ylab sayohatning oltin uchburchagi” (Golden Triangle travel in Surkhandarya) turistik mahsuloti kompleksi bo‘yicha taklif O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 27 maydagi 332-son “Surxondaryo viloyatining turizm salohiyatidan samarali foydalanish va uni rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Turizm va madaniy meros vazirligining 2022 yil 18 iyuldagi 04-18/3510-sonli ma’lumotnomasi). Loyihani amalga oshirilishi natijasida viloyatning o‘ziga xos turistik imkoniyatlaridan samarali foydalanishga ko‘ra turistik mahsulot bo‘yicha 2021 yilda turistlar sonining 2923 kishiga ko‘payishiga erishilgan va realizatsiya qilingan turistik xizmatlar hajmi 1385,9 million so‘mga oshirishga imkon bergan;
    mintaqa turistik resurslaridan maqsadli foydalanish, ichki va xalqaro turizmi samaradorligi va sohaning mintaqa ijtimoiy-iqtisodiy rivojidagi hissasini oshirishda madaniy, etnomadaniy, qishloq, tibbiyot, ijtimoiy va boshqa maqsadli yo‘nalishlardagi kichik turistik zonalar negizida Surxondaryo viloyatida madaniy turizm klasterini tashkil etish bo‘yicha tavsiyalar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 27 maydagi 332-son “Surxondaryo viloyatining turizm salohiyatidan samarali foydalanish va uni rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Turizm va madaniy meros vazirligining 2022 yil 18 iyuldagi 04-18/3510-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur tavsiyalarning amaliyotga tadbiq etilishi natijasida hudud turistik jozibadorligini oshirishga, maqsadli auditoriya qamrovini kengaytirishga, viloyatda turistlarning qolish muddatini ko‘paygishiga xizmat qilgan;    
madaniy turizmni samarali rivojlantirishni rag‘batlantirish maqsadida Boysun tumani tadbirkorlik sub’ektlari (umumiy ovqatlanish, mehmonxona, savdo, ko‘ngilochar, turoperator va turagent xizmatlari) uchun aylanmadan olinadigan soliq stavkasini bir foiz, yuridik shaxslarning mol-mulkidan olinadigan soliq va er solig‘i miqdorlarini bir foiz miqdorida belgilash taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 27 yanvardagi PQ-104-son “Xizmatlar sohasini rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida foydalanilgan (Turizm va madaniy meros vazirligining 2022 yil 18 iyuldagi 04-18/3510-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga tatbiq etilishi kichik tadbirkorlik sub’ektlari foliyatini rivojlantirish imkoniyatlarining kengaytirishga xizmat qilishi bilan izohlanadi;    
madaniy turizm samaradorligini oshirishda turizm infratuzilmasini loyihaviy boshqaruv, davlat-xususiy sherikchilik va klaster negizida rivojlantirishning maqsadga muvofiqligi asoslangan hamda sohaga investisiyalar jalb etish samaradorligini oshirish va kadrlar tayyorlash sifatini yaxshilash yo‘llari bo‘yicha tavsiyalar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 27 maydagi 332-son “Surxondaryo viloyatining turizm salohiyatidan samarali foydalanish va uni rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Turizm va madaniy meros vazirligining 2022 yil 18 iyuldagi 04-18/3510-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur tavsiyalarning amaliyotga tadbiq etilishi natijasida turistlarni jalb qiladigan omillar va ustuvor yo‘nalishlarni aniqlash, turistlarning ehtiyojlarini to‘laroq qondirish uchun zarur bo‘lgan sharoitlarni yaratish va istiqbolli turistik hududlarni aniqlash imkonini kengaytirgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish