Siddiqov Olim Abdullaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Nafas yo‘llari kasalliklarida antibakterial preparatlar farmakoepidemiologiyasi asosida antibakterial terapiyani optimallashtirish», 14.00.17 – Farmakologiya va klinik farmakologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Tib1837.
Ilmiy rahbar: Daminova Lola Turg‘unpo‘latovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.02.
Rasmiy opponentlar: Po‘latova Nargiza Isxanovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Fayzieva Ziyoda To‘raevna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi shifoxonadan tashqari pnevmoniya va o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligi qo‘zg‘alish davri bilan davolangan bemorlarda antibakterial preparatlarning farmakoepidemiologik tahlilini o‘tkazish va ushbu patologiyalarda empirik antibakterial terapiyani optimallashtirish yo‘llarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
shifoxonadan tashqari pnevmoniya va o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligi qo‘zg‘alish davrida qo‘llanilgan antibakterial preparatlarning retrospektiv farmakoepidemiologik tahlil natijalari Samarqand shahri misolida asoslangan;
shifoxonadan tashqari pnevmoniya va o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligi qo‘zg‘alish davri antibakterial terapiyasining VEN tahlili o‘tkazilgan va hayotiy zarur, asosiy va kam samarali antibakterial preparatlarning terapiyadagi ulushi muqobil emasligi (40%/33%/27%) isbotlangan;
shifoxonadan tashqari pnevmoniya va o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligi qo‘zg‘alish davri farmakoterapiyasida antibakterial preparatlarni dozalash miqdori 28% holatlarda, dozalash tartibi 25% holatlarda hamda kombinirlangan antibakterial terapiya o‘tkazish 9% holatlarda klinik tavsiyalarga rioya qilinmaganligi isbotlangan;
shifoxonadan tashqari pnevmoniyada va o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligining qo‘zg‘alish davri bilan davolangan bemorlarda o‘tkazilgan bakteriologik tekshiruvlarda Streptococcus pneumoniaening antibakterial preparatlarga o‘rtacha sezgirlik darajasi 56%ni tashkil etishi va 10% tahlillarda rezistent shtammlari uchrashi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Samarqand davlat tibbiyot universitetining Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 2023-yil 11-sentyabrdagi 54-sonli xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: shifoxonadan tashqari pnevmoniya va o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligi qo‘zg‘alish davrida qo‘llanilgan antibakterial preparatlarning retrospektiv farmakoepidemiologik tahlil natijalari Samarqand shahri misolida asoslangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Samarqand viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2022-yil 3-oktyabrdagi №324-U/1 buyrug‘i hamda SamDTU ko‘p tarmoqli klinikasi bo‘yicha 2022-yil 14-oktyabrdagi №124 buyrug‘i bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: pastki nafas yo‘llari kasalliklarini davolashda qo‘llaniladigan antibakterial preparatlarning retrospektiv farmakoepidemiologik tahlilini o‘rganish natijasida antibakterial terapiyada polipragmaziya, kam samarali antibakterial preparatlardan foydalanish, ularni monand dozalarda qo‘llamaslik holatlari oldi olindi; shifoxonadan tashqari pnevmoniya va o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligi qo‘zg‘alish davri bilan og‘rigan bemorlarni davolash va hayot sifatini yaxshilashga erishildi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: shifoxonadan tashqari pnevmoniya va o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligi qo‘zg‘alish davrini davolashda qo‘llanilgan muqobil antibakterial preparat sababli bemorlarni shifoxonada davolanish kunlari o‘rtacha 1 kunga va natijada davolanish uchun sarf-xarajatlar 11%ga (1 kun x 100% / 9 kun (o‘rtacha davolanish kuni) = 11%) qisqaradi. Xulosa: pastki nafas yo‘llari kasalliklarini davolashda muqobil antibakterial preparatni tanlash va qo‘llash shifoxona yoki bemorning davolanish uchun sarf-xarajatlarini 11%ga qisqartirish imkoni yaratildi, ya’ni 1 nafar bemor hisobiga 250000-300000 so‘m iqtisod qilish imkonini berdi.
ikkinchi ilmiy yangilik: shifoxonadan tashqari pnevmoniya va o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligi qo‘zg‘alish davri antibakterial terapiyasining VEN tahlili o‘tkazildi va hayotiy zarur, asosiy va kam samarali antibakterial preparatlarning terapiyadagi ulushini monand emasligi (40%/33%/27%) isbotlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Samarqand viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2022-yil 3-oktyabrdagi №324-U/1 buyrug‘i hamda SamDTU ko‘p tarmoqli klinikasi bo‘yicha 2022-yil 14-oktyabrdagi №124 buyrug‘i bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: shifoxonadan tashqari pnevmoniya va o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligi qo‘zg‘alish davrini davolashda qo‘llanilgan antibakterial preparatlarning V, E va N kategoriyalari aniqlangan; pastki nafas yo‘llari infeksion kasalliklarini samarali va xavfsiz davolash uchun mikroblarning antibakterial preparatlarga regionar sezgirligini hisobga olgan holda hayotiy zarur va asosiy antibakterial preparatlar taklif etilgan; ushbu preparatlardan foydalanish natijasida bemorlarning hayot sifati sezilarli darajada yaxshilanganligi, shuningdek, davolanishdan keyingi davrda kasallikning asoratlari bo‘lmaganligi va davolanish kunlarining qisqarganligi VEN tahlilini amaliyotda keng qo‘llashni tavsiya qilish uchun asosdir. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: shifoxonadan tashqari pnevmoniya va o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligi qo‘zg‘alish davri antibakterial terapiyasida kam samarali antibakterial preparatlarning terapiyadagi ulushini 3 barobar (27% dan 9% gacha) qisqartirish davolashda antibakterial preparatlarga qilingan sarf-xarajatlarni 10%ga kamaytirish imkonini berdi. Xulosa: shifoxonadan tashqari pnevmoniya va o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligi qo‘zg‘alish davri antibakterial terapiyasining VEN tahlilini o‘tkazish orqali kam samarali antibakterial preparatlarning terapiyadagi ulushini 27% dan 9% gacha qisqartirish, ularga qilingan sarf-xarajatlarni 10%ga kamaytirish imkonini berdi, ya’ni 1 yilda nafas yo‘llari kasalliklari uchun qo‘llaniladigan antibakterial preparatlarga qilinadigan sarf-xarajatlardan 2060900 so‘m iqtisod qilishga erishiladi.
uchinchi ilmiy yangilik: shifoxonadan tashqari pnevmoniya va o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligi qo‘zg‘alish davri farmakoterapiyasida 28% holatlarda antibakterial preparatlarni dozalash miqdori va 25% holatlarda dozalash tartibi, hamda kombinirlangan antibakterial terapiya o‘tkazish 9% holatlarda zamonaviy klinik tavsiyalarga amal qilinmaganligi aniqlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Samarqand viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi va SamDTU ko‘p tarmoqli klinikasi bo‘yicha buyruq (03.10.2022 y. №324-U/1 hamda 14.10.2022 y. №124) bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: antibakterial preparatlarni ratsional buyurish va dozalash mikroblarning antibakterial preparatlarga chidamliligining rivojlanishini oldini oladi, bu esa kasallikning asoratlarini rivojlanishi yoki uning surunkali ko‘rinishga o‘tishini, buning natijasida nogironlik kelib chiqishini oldini olish imkonini bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Adabiyotlarda keltirilgan ayrim prognozlarga ko‘ra antibiotiklarga chidamlilik 2050 yilga kelib butun dunyo bo‘yicha 100 trln. dollar zarar keltirishi mumkin. Antibakterial preparatlarni ratsional buyurish va dozalash nafaqat mikroblarning antibakterial preparatlarga chidamliligi rivojlanishini oldini oladi, balki bemorlarni shifoxonada davolanish kunlarini, antibakterial terapiya davomiyligini uzayib ketishini, shuningdek monand bo‘lmagan kombinatsiyalarni oldini oladi. Xulosa: pastki nafas yo‘llari kasalliklarini davolashda antibakterial preparatlarni ratsional dozalash va qo‘llash bemorlarni sog‘ayishini tezlashtirdi, bu shifoxona yoki bemorning davolanish uchun sarf-xarajatlarini 11%ga qisqartirish imkonini berdi, ya’ni 1 nafar bemor hisobiga 250000-300000 so‘m iqtisod qilish imkonini berdi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: shifoxonadan tashqari pnevmoniyada va o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligi qo‘zg‘alish davri bilan davolangan bemorlarda o‘tkazilgan bakteriologik tekshiruvlarda Streptococcus pneumoniaening antibakterial preparatlarga o‘rtacha sezgirlik darajasi (56%) va rezistent shtammlarining uchrash soni (10%) aniqlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Samarqand viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi va SamDTU ko‘p tarmoqli klinikasi bo‘yicha buyruq (03.10.2022 y. №324-U/1 hamda 14.10.2022 y. №124) bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Streptococcus pneumoniaega nisbatan sezgirligi past antibakterial preparatlarni erta aniqlash Streptococcus pneumoniaening rezistent shtammlarini va kasallik asoratlarini rivojlanishini oldini oladi, o‘lim sonini kamayishiga, bemorlarni davolash va hayot sifatini yaxshilashga olib keladi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: bemorlarni shifoxonada davolanish kunlari qisqaradi, natijada davolanish uchun sarf-xarajatlar qisqaradi. Xulosa. Streptococcus pneumoniaening antibakterial preparatlarga chidamli shtammlari rivojlanishi to‘xtatiladi, bu esa yuzaga keladigan asoratlarni oldini olishda katta axamyatga ega va natijada iqtisodiy samaradorlikga erishilgan. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Pastki nafas yo‘llari kasalliklarida antibakterial terapiyani empirik tanlashni optimallashtirish yo‘llarini ishlab chiqish» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga SamDTU tomonidan 2022-yil 6-oktyabrdagi №3362-sonli xati yuborilgan.