Xakkulov Erkin Bekmurzaevichning

fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bolalarda ureterogidronefrozni tashxislash va jarrohlik usullari taktikasini optimallashtirish», 14.00.35–Bolalar xirurgiyasi (tibbiyot fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.DSc/Tib27.

Ilmiy maslahatchi: Akilov Xabibulla Ataullaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti, DSc.27.06.2017.Tib.29.01.

Rasmiy opponentlar: Zorkin Sergey Nikolaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Ergashev Nasriddin Shamsiddinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Axmedov Yusufjon Maxmudovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: I.I.Pirogov nomidagi Rossiya milliy tadqiqot universiteti (Rossiya Federatsiyasi).

Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: bolalardagi ureterogidronefrozni tashxislash va ureterotsistoneoanastomozning modifikatsiyalangan usulini takomillashtirish orqali davolash natijalarini yaxshilash.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

bolalardagi ureterogidronefrozning klinik kechishi ularning antropometrik hamda kasallikning og‘irlik darajasi kabi parametrlar kesimida baholangan;

turli shakldagi ureterogidronefroz patogenezi va uning asoratlari haqidagi tasavvurlarning sonografik, kompyuter-tomografik, dopplerografik, radioizotop, uroflourometrik, morfologik semiotika yo‘llari orqali spesifik xususiyatlari  yoritilgan;

ureterogidronefroz zamirida pielonefritning uchrashi yuqoriligi, bu toifadagi bemorlarda uropatogenlarning antibakterial sezgirligi va siydik ajratish yo‘llarida bakteriyalar urchishining zamonaviy manzarasi isbotlangan;

obstruktiv ureterogidronefroz va qovuq-siydik yo‘li refleksi zamirida bola o‘sishi va rivojlanishi bilan birga siydik yo‘lining turli sohalarida yuzaga keladigan morfologik o‘zgarishlar isbotlangan;

bolalarda ureterotsistoneoanastomozning shakllantirish usullari ishlab chiqilib, rekonstruktiv-tiklovchi operatsiyalar asosiy bosqichlarining texnik echimlari takomillashtirilgan va ularning an’anaviy operatsiyalarga nisbatan samarali ekanligi asoslangan;

ushbu og‘ir jarrohlik patologiyasida a’zoni asrab qoluvchi operatsiyalarga ko‘rsatma va moneliklar optimallashtirilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:

Bolalarda ureterogidronefrozni tashxislash va jarrohlik usullari taktikasini optimallashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

«Bolalarda ureterotsistoneoanastomoz usuli» bo‘yicha ixtiro patenti olingan (O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi №IAP 05059). Ushbu usul bolalarda siydik yo‘llaridagi tug‘ma bukilma to‘siqlarini to‘g‘irlash va siydik oqimini yaxshilash taktikasini optimallashtirish orqali adekvat urodinamikini tiklashga imkon bergan hamda qovuq-siydik yo‘li reflyuksini bartaraf qiluvchi klapanli mexanizm yaratilgan;

bolalarda tug‘ma uretrogidronefroz kasalligi, uning oqibatida siydik yo‘llarida kelib chiqadigan o‘zgarishlarning oldini olish va samarali davolash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida «Bolalarda uretragidronefroz diagnostikasi va davolash» uslubiy qo‘llanma ishlab chiqilgan va sog‘liqni saqlash amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2016 yil 24 apreldagi 8 d-3/62-son ma’lumotnomasi). Mazkur qo‘llanma uretrogidronefroz rivojlanganda siydik yo‘llaridagi o‘zgarishlarni erta tashxislash va jarrohlik yo‘li bilan bartaraf qilish imkonini bergan;

bolalarda ureterogidronefrozni tashxislash va jarrohlik usullari taktikasini optimallashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazida va Toshkent shahridagi 2-son bolalar jarrohlik klinik shifoxonasida tibbiyot amaliyotiga tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2016 yil 24 apreldagi 8d-3/62-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalarining amaliyotga tatbiq etilishi asoratlar sonini 22,1% dan 9,6% gacha kamaytirish va davolanish muddatini o‘rtacha 1,4 kunga qisqartirish, davolanishdan keyingi samarali natijalar 85,4% dan 95,8% gacha oshirish, uzoq muddat kechuvchi qovuq-siydik yo‘li reflyuksi 3,7% dan 1,7% gacha kamaytirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish