Usmonova Nilufar Abdig‘anievnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “chap qorincha otish fraksiyasi pasaygan va saqlangan yurak etishmovchiligi va ruhiy buzilishlari bo‘lgan bemorlarning hayot sifati va prognozi”, 14.00.06 – Kardiologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PHD/Tib2408.
Ilmiy rahbar: Abdullaev Timur Atanazarovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi. DSc.04/30.12.2019.Tib.64.01.
Rasmiy opponentlar: Nurillaeva Nargiza Muxtarxanovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Raimova Malika Muxammedjanovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi chap qorincha otish fraksiyasi (ChQOF) pasaygan, o‘rtacha pasaygan va saqlangan SYuE bor bemorlarda psixosomatik buzilishlarning o‘ziga xosligini va surunkali yurak etishmovchiligining optimal dori vositalari bilan davolash fonida o‘zgarishini baholash orqali bunday komorbid bemorlarni olib borish algoritmini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk marotaba surunkali yurak etishmovchiligi bemorlarida xavotir-depressiv buzilishlar chastotasi va tabiati bilan chap qorincha otish fraksiyasi, kasallikning klinik kechishi, qon zardobidagi NPproBNP miqdori va hayot sifati ko‘rsatkichlari orasidagi o‘zaro aloqalar borligi aniqlangan;
SYuE ning optimal dori vositalari (sakubitril/val`sartan, al`desteron antagonisti, beta-blokatorlar, 2 tur kotransporterni natriy-glyukozali ingibitorlari) terapiyasi fonida ChQOF past va o‘rtacha pasaygan SYuE bor bemorlarda xavotir- depressiv buzilishlarning regressiyasi isbotlangan;
SYuE bemorlarida ChQOF past va depressiv reaksiya uyg‘un kelishida prognostik jihatdan kasallikning noxush kechishini tavsiflaydigan ishonchli korrelyasion aloqa borligi aniqlangan;
komorbid kechuvchi SYuE va xavotir depressiv buzilishlari bo‘lgan bemorlarning erta tashxislash va olib borish taktikasi algoritmi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Sog‘liqni saqlash vazirligining 28 mart 2022 yilda 8p-z/143 sonli xulosasi asosida  (Sog‘liqni saqlash vazirligiga Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi ekspert kengashining 2022 yil 1 martda 39-IK sonli xati junatilgan) boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etildi:
ilmiy natijalarning amaliyotga tadbiq etilishi orqali surunkali yurak etishmovchiligi bemorlarida xavotir-depressiv buzilishlar chastotasi va tabiati  chap qorincha otish fraksiyasi, kasallikning klinik kechishi, qon zardobidagi NPproBNP miqdori va hayot sifati ko‘rsatkichlari orasidagi o‘zaro aloqalar borligi aniqlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: surunkali yurak etishmovchiligi bemorlarida, ushbu kasallikni og‘irlashishiga, o‘lim ko‘rsatkichini oshishiga, xayot sifati va prognozini yomonlashishiga olib keladigan psixosomatik o‘zgarishlarning (xavotir va tushkinlik) erta tashxislash imkonini beradi. Umumklinik amaliyotga psixometrik tashxislash uslublarini joriy qilinishi (skrining so‘rovnomalari- xavotir va depressiyaning HADS gospital shkalasi) ruxiy –patologik buzilishlarning mazkur shakllarini aniqlashni engillashtiradi, statsionar davolanish muddatlarini qisqartiradi, hayot sifatini, prognozini yaxshilaydi va o‘lim ko‘rsatkichini kamaytirish imkonini beradi. Ilmiy yangilikni amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar RIKIATM Jizzax viloyati filialida 30.12.2021y №72 buyruq va Farg‘ona viloyati filialida 30.12.2021y №57 buyruq bilan markaz va uning xududiy filiallari klinik bo‘limlari amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: ChQOF past, o‘rtacha pasaygan va saqlangan SYuE bemorlarda psixosomatik buzilishlarni erta tashxislash, bunday komorbid bemorlarni holatini baholash, davolash taktikasini tanlash va dinamikada baxolash mezonlaridan foydalanish   asosiy kasallikning kechishini osonlashtiradi, statsionar davolanish muddatini qisqartiradi, hayot sifati va prognozini yaxshilaydi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: “Surunkali yurak etishmovchiligi va ruhiy- somatik buzilishlar: tarqalganligi, patogenezi va standart bazis terapiya fonida dinamikasi”ni o‘rganish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar amaliyotga joriy qilinishi hisobiga 1 nafar bemor uchun  740800 sum iqtisod qilingan. Xulosa: tadqiqot natijalariga ko‘ra bemorni shifoxonada davolash kunlari 4 kunga qiskartiriladi. Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi filiallarida davolanayotgan har bir bemorning 1 kunlik davolanishini (koyka kuni) 185200 so‘mga to‘g‘ri kelishi hisobiga, har bir bemor uchun 740800 so‘mni tejash imkonini beradi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Surunkali yurak etishmovchiligi va ruhiy- somatik buzilishlar: tarqalganligi, patogenezi va standart bazis terapiya fonida dinamikasi» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga RIKIATM direktori tomonidan 2022 yil 1 martdagi 39-IK sonli xat yuborilgan;
ChQOF past va o‘rtacha pasaygan SYuE bor bemorlarda SYuE ning 4 komponentli (sakubitril/val`sartan, al`desteron antagonisti, beta-blokatorlar, 2 tur kotransporterni natriy-glyukozali ingibitorlari) medikamentoz terapiyasi fonida xavotir- depressiv buzilishlarning regressiyasi aniqlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: SYuE ning standart davosi ChQOF past va o‘rtacha pasaygan bemorlarda hech qanday psixotrop, antidepressiv dori vositalarisiz psixosomatik buzilishlarni yaxshilanishiga, ya’ni  HADS gospital shkalasi bo‘yicha xavotir/depressiyaning ballarini kamayishiga olib keladi. Ilmiy yangilikni amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar RIKIATM Jizzax viloyati filialida 30.12.2021y №72 buyruq va Farg‘ona viloyati filialida 30.12.2021y №57 buyruq bilan markaz va uning xududiy filiallari klinik bo‘limlari amaliyotiga joriy etildi. Hamda surunkali yurak etishmovchiligini optimal dori  vositalari bilan davolash fonida ruhiy-somatik buzilishlar xususiyatlari va ularning dinamikasini o‘rganish bo‘yicha olingan ilmiy ish natijalari asosida O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligidan IAP20210166 va IAP20210164 raqamli 2 ta patent olindi (Kashfiyot. Rasmiy byulleten`, №9, 30.09.2022). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: ChQOF past, o‘rtacha pasaygan SYuE bor bemorlarda optimal medikamentli davo fonida nafaqat ChQOF oshishi, NPproBNP miqdorini kamayishi, klinik holatni baholash shkalasi (ShOKS), 6 minutlik yurish testi (TShX) ko‘rsatkichlarini  yaxshilanishi, bemorning dorilarga bo‘lgan komplaensini oshishi, shuningdek maxsus antidepressantlarsiz psixosomatik buzilishlarning regressiyasi ham kuzatildi. Bu esa ogir guruxga kiruvchi ChQOF past, o‘rtacha pasaygan bemorlarda antidepressantlar fonida bo‘ladigan asoratlarni oldini oladi va dori vositalariga ketadigan mablag‘ni tejaydi. Buning oqibatida esa  statsionar davolanish muddatlarini qisqarishi, har xil qimmat tekshiruv va dorilarga ketadigan xarajatlar, hamda sog‘liqni saqlashga tushayotgan yuklama kamayishi kuzatildi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Surunkali yurak etishmovchiligi va ruhiy- somatik buzilishlar: tarqalganligi, patogenezi va standart bazis terapiya fonida dinamikasini o‘rganish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar amaliyotga joriy qilinishi hisobiga 1 nafar bemor uchun  kasallikni davolash  uchun ketadigan xarajatni 445 000 so‘mga iqtisod qiladi va ularning statsionarda davolanish muddatini 12 kundan 8 kungacha qisqartirish orqali 740800 so‘mdan tejab qolishga imkon beradi. Xulosa: tadqiqot natijalaridan foydalanish har 1 nafar bemordan 1.185.800 so‘mga iqtisod qilish imkonini beradi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Surunkali yurak etishmovchiligi va ruhiy- somatik buzilishlar: tarqalganligi, patogenezi va standart bazis terapiya fonida dinamikasi» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga RIKIATM direktori tomonidan 2022 yil 1 martdagi 39-IK sonli xat yuborilgan;
SYuE bemorlarida ChQOF past bo‘lishi depressiyali reaksiya bilan uyg‘un kelganda prognostik jihatdan kasallikning noxush kechishini tavsiflaydigan ishonchli korrelyasion aloqa boligi aniqlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: SYuE bor bemorlarning fenotipi, bioximik laboratoriya ko‘rsatkichlari, klinik belgilaridan tashqari psixoemotsional xolatning turi va og‘irlik darajasiga qarab kasallikning xavf omillarini va prognozni og‘irlashtiradigan prediktorlarini aniqlash mumkinligi aniqlandi.  Ilmiy yangilikni amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar RIKIATM Jizzax viloyati filialida 30.12.2021y №72 buyruq va Farg‘ona viloyati filialida 30.12.2021y №57 buyruq bilan markaz va uning xududiy filiallari klinik bo‘limlari amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: bu ilmiy yangilik kasalxona (statsionar), poliklinika shifokorlariga ChQOF pasayishi depressiya bilan uyg‘un kelganda kasallikning og‘irroq kechishi tufayli ushbu guruh bemorlarini alohida monitoringiga, hamda  tashxisot va davolash masalalariga malakali, aniq yondashuvni ta’minlashga yordam beradi (chunki bu guruhga mansub bemorlarda to‘satdan o‘lim, qayta infarkt miokardi, SYuE bo‘yicha dekompensatsiya holatlari ko‘proq uchraydi). Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: SYuE darajasi tashxisoti va o‘tkazilgan zarur tekshiruvlar uchun sarflanadigan shifokor vaqti qisqaradi, kardiolog-shifokorga qatnovlar kamayadi, ularning yuklamasi qisqaradi, har bir SYuE kuzatilgan bemorlarda xavotir va depressiya bilan komorbid kelgandagi asoratlarni davolash uchun ketadigan mablag‘ni 86 % gacha tejashga yordam beradi. Xulosa: tadqiqot natijalariga ko‘ra 1 nafar bemor uchun mablag‘larini 545.444.277 so‘mga iqtisod qilish imkonini beradi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Surunkali yurak etishmovchiligi va ruhiy- somatik buzilishlar: tarqalganligi, patogenezi va standart bazis terapiya fonida dinamikasi» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga RIKIATM direktori tomonidan 2022 yil 1 martdagi 39-IK sonli xat yuborilgan;
Komorbid kechuvchi SYuE va xavotir depressiv buzilishlari bo‘lgan bemorlarni erta tashxislash, olib borish va davolash taktikasi algoritmi ishlab chiqilgan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: ilmiy natijalarning amaliyotga tadbiq qilinishi SYuE bemorlarida ruhiy-somatik buzilishlarni erta tashxislash shifoxonaga qayta yotish xavfini kamayishiga, shifoxonada qolish muddatlarini qisqarishiga, hamda kasallik prognozi va hayot sifatini yaxshilanishiga yordam beradi.  Ilmiy yangilikni amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar RIKIATM Jizzax viloyati filialida 30.12.2021y №72 buyruq va Farg‘ona viloyati filialida 30.12.2021y №57 buyruq bilan markaz va uning xududiy filiallari klinik bo‘limlari amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: ilmiy natijalarning amaliyotga tadbiq qilinishi SYuE bor bemorlarda ruhiy-somatik buzilishlarni erta tashxislash, oldini olish, davolash algoritmini ishlab chiqish birlamchi tizim shifokorlari, kardiolog, nevrolog, terapevt va boshqa soha vakillariga to‘g‘ri diagnostika, hamda davolash taktikasini tanlashga yordam beradi. Buning hisobiga tibbiyot vakillarining ishi osonlashadi, bemorlarda shiforkorga bo‘lgan ishonch hissini va komplaens oshadi. Bu esa o‘z navbatida bemorlarning shifokor maslahatiga tug‘ri va to‘liq rio qilish fonida kasallikdan tezroq tuzalishga, destabilizatsiyalar sonini kamaytirishga, shifoxonada qolish muddatlarini qisqarishiga, hamda kasallik prognozi va hayot sifatini yaxshilanishiga yordam beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Surunkali yurak etishmovchiligi va ruhiy- somatik buzilishlar: tarqalganligi, patogenezi va standart bazis terapiya fonida dinamikasini o‘rganish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar amaliyotga joriy qilinishi hisobiga 1 nafar bemor uchun tadqiqot natijalariga ko‘ra bu holat bemorni shifoxonada davolash kunlarini 4 kunga qiskartiradi. Shifoxonada 1 kunlik davolash 730.644 so‘mga to‘g‘ri kelishi hisobiga, har bir bemor uchun 2.922.577  so‘mni tashkil etadi. Xulosa: tadqiqot natijalariga ko‘ra umumiy 1 nafar bemor uchun mablag‘larini 1.276.088 so‘mga  iqtisod qilish imkonini beradi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Surunkali yurak etishmovchiligi va ruhiy- somatik buzilishlar: tarqalganligi, patogenezi va standart bazis terapiya fonida dinamikasi» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga RIKIATM direktori tomonidan 2022 yil 1 martdagi 39-IK sonli xat yuborilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish