Musashayxov Umidjon Xusanovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Metabolik sindrom patogenezining klinik-biokimyoviy va molekulyar-genetik xususiyatlari va uning yurak ishemik kasalligi bilan aloqasi» 14.00.05 – Ichki kasalliklar (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.DSc/Tib839.
Ilmiy maslahatchi: Nabieva Dildora Abdumalikovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat tibbiyot instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib30.02.
Rasmiy opponentlar: Nurillaeva Nargiza Muxtarxanovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Muxamedova Muyassar Gafurjanovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Gil`dieva Margarita Sabirovna biologiya fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: metabolik sindromning rivojlanish patogenezida plazma gomotsisteinining, shuningdek lipid metabolizmini va folat siklini tartibga soluvchi genlarni rolini va uning YuIK bilan o‘zaro bog‘liqligini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
gipergomotsisteinemiya metabolik sindrom xavfini oshirishi va asosiy patologiyaning salbiy kechishi xamda YuIK xavfi, xususan ushbu gurux bemorlarda miokard infarkti rivojlanishiga olib kelishi asoslangan;
metabolik sindrom mavjud bemorlarda plazma gomotsisteini darajasining ortishi qondagi past zichlikdagi lipoproteidlar, trigliseridlar va NOMA-IR indeksining ortishi bilan bevosita bog‘liqligi, shuningdek yuqori zichlikdagi lipoproteidlar darajasi bilan manfiy bog‘liqligi aniqlangan;
MTHFR (C677T) faolligini kodlovchi genlarning noqulay genotipik variantlarining mavjudligi gomotsistein darajasining ortishi uchun qo‘shimcha triggerligi, xamda metabolik sindrom va YuIK, shu jumladan miokard infarkti rivojlanishi xavfining mustaqil ko‘rsatkichlari ekanligi aniqlangan;
PPARG2 genidagi Pro12Ala xamda FABP2 genidagi Ala54Thr polimorfizmlarining noqulay genotiplari aniqlangan shaxslarda metabolik sindrom rivojlanish xavfi yuqori bo‘lishi isbotlangan;
ADRB3 (Try64Arg) polimorfik markerining noqulay Try/Arg, Arg/Arg genotiplari va ADRB2 genidagi Gln27Glu polimorfizmining gomozigotli Glu/Glu genotipi metabolik sindrom va miokard infarkti rivojlanishi xavfini sezilarli oshirishi, Gln/Gln genotipi esa ushbu patologik xolatlar rivojlanishi uchun himoya belgisi ekanligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Andijon davlat tibbiyot instituti Ekspert Kengashining 2023 yil 30 sentyabrdagi 06/26-sonli xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: gipergomotsisteinemiya metabolik sindrom xavfini oshirishi va asosiy patologiyaning salbiy kechishi xamda YuIK xavfi, xususan ushbu gurux bemorlarda miokard infarkti rivojlanishiga olib kelishi asoslangan; Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Namangan filiali 03.07.2023y, 33-sonli buyrug‘i va Farg‘ona shahar 1-son shahar shifoxonasi 07.07.2023y; 28-sonli buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: qondagi gomotsistein darajasini o‘rganish 82,8% gacha diagnostika sifatini yaxshilash va yurak qon-tomirlari kasalligiga olib keladigan metabolik sindrom rivojlanish xavfini bashorat qilish imkonini berdi, bu esa ushbu toifadagi bemorlarning hayot sifatini sezilarli darajada yaxshilaydi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: metabolik sindromni bashorat qilish va kerakli tekshiruvlarni o‘tkazish uchun shifokorga ajratilgan vaqt va terapevtlarga tashriflar kamayadi, ularning tibbiy yukini kamaytiradi, profilaktika choralari maqsadli ravishda amalga oshiriladi, metabolik sindromning mumkin bo‘lgan yurak-qon tomir asoratlarini qimmat davolash zaruriyati ishhonchli kamayadi. Xulosa: sog‘liqni saqlash tizimining birlamchi bo‘g‘inida metabolik sindrom va uning klinik kechishini kompleks tashxisoti va prognozi byudjet hisobidan bir bemor uchun 280 000 so‘m va byudjetdan tashqari 320 000 so‘mni tejashga imkon bergan.
ikkinchi ilmiy yangilik: metabolik sindrom mavjud bemorlarda plazma gomotsisteini darajasining ortishi qondagi past zichlikdagi lipoproteidlar, trigliseridlar va NOMA-IR indeksining ortishi bilan bevosita bog‘liqligi, shuningdek yuqori zichlikdagi lipoproteidlar darajasi bilan manfiy bog‘liqligi aniqlangan; Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Namangan filiali 03.07.2023y, 33-sonli buyrug‘i va Farg‘ona shahar 1-son shahar shifoxonasi 07.07.2023y; 28-sonli buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: qo‘shimcha laborator tekshiruvlar va yuqori malakali mutaxassislarning ishtirokisiz gomotsistein darajasini hisobga olgan holda bemorlarda metabolik jarayonlarning buzilishlarini bashorat qilish usuli metabolik sindromning xavf darajasini va uning klinik kechishini, davolash va oldini olish usullarini, maqsadli dori vositalaridan foydalanishni inmkonini bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: metabolik sindromi mavjud bemorlarda klinik ko‘rinishlaridan oldin metabolik kasalliklarni erta aniqlash uchun qo‘shimcha laborator-instrusental tekshiruvlar va ixtisoslashgan mutaxassislarning tekshiruvlari talab qilinmaydi, sinamalar va qimmat dori-darmonlar uchun vaqt hamda moddiy xarajatlarni kamaytirish orqali tejashga erishiladi. Xulosa: metabolik sindrom shakllanishi xavfini baholash prognozni aniqlashga, salbiy oqibatlarning oldini olish imkonini bergan, bu esa metabolik sindrom bilan og‘rigan bemorlarning hayot sifati va davomiyligini yaxshilagan.
uchinchi ilmiy yangilik: MTHFR (C677T) faolligini kodlovchi genlarning noqulay genotipik variantlarining mavjudligi gomotsistein darajasining ortishi uchun qo‘shimcha triggerligi, xamda metabolik sindrom va YuIK, shu jumladan miokard infarkti rivojlanishi xavfining mustaqil ko‘rsatkichlari ekanligi aniqlangan; Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Namangan filiali 03.07.2023y, 33-sonli buyrug‘i va Farg‘ona shahar 1-son shahar shifoxonasi 07.07.2023y; 28-sonli buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: genetik marker va gomotsistein darajasi o‘rtasidagi bog‘liqlikni o‘rganish kasallikni bashorat qilish uchun yanada malakali, ishonchli yondashuvni ta’minlaydi, profilaktika choralari samaradorligini oshiradi va metabolik sindrom rivojlanishining oldini oladi, bu esa o‘z navbatida shifoxonalarga yuklamani kamaytiradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: MTHFR genidagi C677T polimorfizmining noqulay genotiplarini tashuvchilarning qonidagi gomotsistein darajasini o‘z vaqtida o‘rganish metabolik sindrom uchun xavf omillarini erta aniqlash, zarur profilaktika choralarini ko‘rish va davolanishni individual darajada tuzatish tufayli bemorlar va davlat uchun katta iqtisodiy samara beradi. Shu bilan birga, shifoxonada davolanish muddatining 16,5 kundan 10,5 kunga qisqarishi davolanish uchun to‘lov miqdorining 1080000 so‘mga kamayishi (preyskurantga ko‘ra, 1 kunlik joy 180000 so‘mni tashkil qiladi) shifoxonada davolanish muddatining qisqarishi hisobiga dori vositalaridan foydalanish (1 150 000 so‘mga) ham kamaygan. Xulosa: MTHFR genidagi C677T polimorfizmining noqulay genotiplarini tashuvchilarining qonidagi gomotsistein darajasini o‘rganish ixtisoslashgan shifoxonalarni jalb qilmasdan birlamchi bug‘inda erta muddatlarda davolash va profilaktika choralarini rejalashtirish imkonini berdi. Ushbu bemorlarning farmakoterapiyasini nazorat qilish kasallikning og‘irlashishini oldini olish, kasalxonaga yotqizmaslik, agar yotqizilsa yotoq kunlari sonini kamaytirish orqali bitta bemorga xisoblaganda byudjet mablag‘larini 530 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 350 000 so‘mga tejashga imkon yaratgan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: PPARG2 genidagi Pro12Ala xamda FABP2 genidagi Ala54Thr polimorfizmlarining noqulay genotiplari aniqlangan shaxslarda metabolik sindrom rivojlanish xavfi yuqori bo‘lishi isbotlangan; Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Namangan filiali 03.07.2023y, 33-sonli buyrug‘i va Farg‘ona shahar 1-son shahar shifoxonasi 07.07.2023y; 28-sonli buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: genetik xavf omillari va klinik kechishining rivojlanish omillarini aniqlash metabolik sindromning birlamchi, ikkilamchi va uchlamchi darajali profilaktikasi masalalariga yanada tabaqalashtirilgan va sifatli yondoshishga imkon beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: molekulyar genetik tadqiqotlardan foydalanish PPARG2 genidagi Pro12Ala va FABP2 genidagi Ala54Thr polimorfizmlarining faolligini kodlovchi noqulay genotiplar tashuvchilarida metabolik sindromni rivojlanish xavfini malakali, aniq va o‘z vaqtida kuzatish va oldini olish imkonini beradi. S yil = ((Md x (Adx – Adu) + K x (Xdx - Xdu)) x S = ((200000 x (3-1) + 180000 x (10-0)) x 10= 22000000 so‘m. Bu erda Md- bitta diagnostik tekshiruvning o‘rtacha narxi; Adx va Adu-bemorga tashxis qo‘yishdan oldin tekshiruvlar soni, asosan va taklif qilingan variantlar; K-kasalxonada yotoq kunining o‘rtacha narxi; Cdx va Cdu-bemorning kasalxonada bo‘lishining o‘rtacha davomiyligi, asosan va taklif qilingan variantlar; C-bemorlar soni. Xulosa: metabolik sindromning irsiy moyilligini hisobga olgan holda amaliyotda metabolik sindrom xavfini va ushbu kasallikning yurak-qon tomir kasalliklari bilan birga kelishini erta bashorat qilishga qaratilgan holda molekulyar-genetik tadqiqotlarni qo‘llash profilaktika choralarining samaradorligini oshirgan, metabolik sindrom va uning asoratlarini rivojlanishini oldini olish imkonini bergan.
beshinchi ilmiy yangilik: ADRB3 (Try64Arg) polimorfik markerining noqulay Try/Arg, Arg/Arg genotiplari va ADRB2 genidagi Gln27Glu polimorfizmining gomozigotli Glu/Glu genotipi metabolik sindrom va miokard infarkti rivojlanishi xavfini sezilarli oshirishi, Gln/Gln genotipi esa ushbu patologik xolatlar rivojlanishi uchun himoya belgisi ekanligi asoslangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Namangan filiali 03.07.2023y, 33-sonli buyrug‘i va Farg‘ona shahar 1-son shahar shifoxonasi 07.07.2023y; 28-sonli buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: ADRB2 genida noqulay Glu/Glu genotipini aniqlash metabolik sindrom va miokard infarkti hosil bo‘lish xavfini 3,9 barobar oshiradi, bu metabolik sindrom va uning yurak-qon tomir asoratlari xavfini kamaytirish uchun yuqori sifatli va o‘z vaqtida profilaktika choralarini ko‘rish imkonini beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Amaliy sog‘liqni saqlashda ADRB2 genida tavsiya etilgan Gln27Glu polimorfik markeridan foydalanish metabolik sindrom bilan kasallangan bemorlarning prognozi, oldini olish va davolash sifatini yaxshiladi. Kef = C yil / X = 22000000 / 2000000= 11.0. Bu erda Kef-yangi diagnostika usulini ishlab chiqish va amalga oshirish uchun iqtisodiy samaradorlik koeffisienti; C-yillik iqtisodiy samaradorlik; X- yangi diagnostika usulini (Xr + Xv) ishlab chiqish va amalga oshirish uchun xarajatlar miqdori. Xulosa: molekulyar genetik tadqiqotlar yordamida metabolik sindromning rivojlanishi va rivojlanishini bashorat qilish usulini o‘z vaqtida qo‘llash har bir bemorga 315 000 so‘m byudjet mablag‘larini va 135 000 so‘m byudjetdan tashqari mablag‘larni tejash imkonini bergan. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: Musashayxov Umidjon Xusanovichning “Metabolik sindrom patogenezining klinik-biokimyoviy va molekulyar-genetik xususiyatlari va uning yurak ishemik kasalligi bilan aloqasi” mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Andijon davlat tibbiyot institutining 2023 yil 31 avgustdagi 6i-14/x-sonli xati yuborilgan.