Abduraimova Gulzoda Abduvalievaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tug‘ruqqa yordam berish tizimining tibbiy-ijtimoiy jihatlarini optimallashtirish va perinatal yordam ko‘rsatish sifatini yaxshilash istiqboli”, 14.00.33-Jamiyat salomatligi. Sog‘liqni saqlashda menejment (tibbiyot fanlari).
Disertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Tib1005.
Ilmiy raxbar: Bekbaulieva Gulistan Niyatbaevna,tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti huzuridagi DSc.04/30.12.2019.Tib.29.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Rizaev Jasur Alimjanovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Kattaxodjaeva Maxmuda Xamdamovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi onalik parvarishi tizimining tibbiy va tashkiliy jihatlarini baholash asosida ante- va perinatal parvarishni zamonaviy texnologiyalar asosida optimallashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tug‘ruq yoshidagi va homilador ayollarni homiladorligi kechishini kuzatish hamda tug‘ruq jarayonida asoratlarni oldini olishni baholash antenatal yordam anketasi asosida homilador ayollarga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifatini yaxshilash, ayollarning tibbiy yordam sifatidan qoniqishi, ushbu xizmatdan norozilikni kamayishiga olib kelishi ichki audit o‘tkazishning maqsadga muvofiqligi asoslangan;
tug‘ruqdan keyingi davrda yangi tug‘ilgan chaqaloqni doimiy ona qaramog‘ida bo‘lishini ta’minlash, ko‘krak suti bilan erta oziqlantirishni boshlash kasalxona ichi infeksiyasini kamaytirish, chaqaloqlarda yiringli septik va tuqqan ayolllarda qayd qilingan gestatsiya davri asoratlarini keskin kamayishiga olib kelishi isbotlangan;
bachadon chandig‘i bilan tug‘ruqni tabiiy yo‘l orqali olib borilganda, bachadon bo‘shlig‘ini qo‘l bilan tozalashga ko‘rsatma bo‘lganda, antibiotikni faqatgina bir martalik yuqori dozada qo‘llashga ko‘ra kundalik antibiotikoterapiya o‘tkazish ehtiyojini yo‘qotish, uzaytirilgan ta’sir etuvchi antibiotik bilan davolash usulining samaradorligi isbotlangan;
kesarcha kesishda kosmetik chok qo‘yish, jarohatni kundalik tozalash va choklarni olish zaruriyatini mavjud emasligi, epiziotomiyani qo‘llashni cheklash orqali tug‘ishdan keyingi davrda tug‘ruq kompleksida bo‘lish o‘rin-kunlari muddatini qisqartirishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Toshkent tibbiyot akademiyasi ekspert kengashining 2023 yildagi 24 avgustdagi 01-08/022-son xulosasiga ko‘ra (ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Toshkent tibbiyot akademiyasining 2023 yil 5 sentyabrdagi 08981-sonli xati yuborilgan):
birinchi ilmiy yangilik tug‘ruq yoshidagi va homilador ayollarni homiladorligi kechishini kuzatish hamda tug‘ruq jarayonida asoratlarni oldini olishni baholash antenatal yordam anketasi asosida homilador ayollarga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifatini yaxshilash, ayollarning tibbiy yordam sifatidan qoniqishi, ushbu xizmatdan norozilikni kamayishiga olib kelishi ichki audit o‘tkazishning maqsadga muvofiqligi asoslanganligi Toshkent shahridagi 9-sonli tug‘ruq kompleksi bo‘yicha 2023 yil 4 yanvardagi 4-sonli buyruq bilan, Toshkent shahridagi 57-sonli oilaviy poliklinika bo‘yicha 2022 yil 4 yanvardagi 1-sonli buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: tug‘ruq yoshidagi ayollar, homilador va tug‘ruqdan keyingi davrini nazorat qilish uchun yaratilgan maxsus anketa tibbiy yordamni sifatiga bo‘lgan fikrlaridagi bildirgan kamchiliklarini hisobga olgan holda tibbiy xizmatni rejalashtirish ayollarning tibbiy yordam sifatidan qoniqishi oshishiga hamda aholi orasidagi norozilikni 1,5 baravarga kamayishiga olib keladi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: tug‘ruq yoshidagi ayollar, homilador va tug‘ruqdan keyingi davrini nazorat qilish uchun yaratilgan maxsus anketa tibbiy yordamni sifatiga bo‘lgan fikrlaridagi bildirgan kamchiliklarini xisobga olgan holda tibbiy xizmatni rejalashtirish ayollarning tibbiy yordam sifatidan qoniqishi oshishiga hamda aholi orasidagi norozilikni 1,5 baravarga kamayishiga olib kelgan, 58 nafar tuqqan ayolga 4756000 so‘m ortiqcha sarf xarajatlarini iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: tug‘ruq yoshidagi ayollar, homilador va tug‘ruqdan keyingi davrini nazorat qilish uchun yaratilgan maxsus anketa tibbiy yordamni sifatiga bo‘lgan fikrlaridagi bildirgan kamchiliklarini xisobga olgan holda tibbiy xizmatni rejalashtirish ayollarning tibbiy yordam sifatidan qoniqishi oshishiga hamda aholi orasidagi norozilikni 1,5 baravarga kamayishiga olib kelib, tavsiya etilgan davolash tartibi asosida 1 nafar tuqqan ayolga tug‘ruqxonada dori-darmon sarf harajatini kamaytirish orqali, byudjet mablag‘laridan 82000 so‘m iqtisod qilgan.
ikkinchi ilmiy yangilik tug‘ruqdan keyingi davrda yangi tug‘ilgan chaqaloqni doimiy ona qaramog‘ida bo‘lishini ta’minlash, ko‘krak suti bilan erta oziqlantirishni boshlash kasalxona ichi infeksiyasini kamaytirish, chaqaloqlarda yiringli septik va tuqqan ayolllarda qayd qilingan gestatsiya davri asoratlarini keskin kamayishiga olib kelishi Toshkent shahridagi 57-sonli oilaviy poliklinika bo‘yicha 2022 yil 4 yanvardagi 1-sonli buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: tug‘ruqga yordam berish tizimini takomillashtirish chaqaloqlar yiringli septik asoratlari kamayishi natijasida sog‘lom rivojlanishi va tuqqan ayollarda homiladorlik asoratlarini kamayishiga erishiladi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: tug‘ruqga yordam berish tizimini takomillashtirish chaqaloqlar yiringli septik asoratlari kamayishi natijasida sog‘lom rivojlanishi va tuqqan ayollarda homiladorlik asoratlarni kamayishiga erishiladi davolash tartibida tug‘adigan ayolga 58 nafar tuqqan ayolga 4756000 so‘m ortiqcha sarf xarajatlarini iqtisod qilishga erishilgan, bir nafar tuqqan ayolga tug‘ruqxonada dori-darmon sarf xarajatini kamaytirish orqali, byudjet mablag‘laridan 82000 so‘m iqtisod qilgan. Xulosa: tug‘ruqga yordam berish tizimini takomillashtirish chaqaloqlar yiringli septik asoratlari kamayishi natijasida sog‘lom rivojlanishi va tuqqan ayollarda homiladorlik asoratlarni kamayishiga erishiladi, bir nafar tuqqan ayolga tug‘ruqxonada dori-darmon sarf xarajatini kamaytirish orqali, byudjet mablag‘laridan 82000 so‘m iqtisod qilgan.
uchinchi ilmiy yangilik bachadon chandig‘i bilan tug‘ruqni tabiiy yo‘l orqali olib borilganda, bachadon bo‘shlig‘ini qo‘l bilan tozalashga ko‘rsatma bo‘lganda, antibiotikni faqatgina bir martalik yuqori dozada qo‘llashga ko‘ra kundalik antibiotikoterapiya o‘tkazish ehtiyojini yo‘qotish, uzaytirilgan ta’sir etuvchi antibiotik bilan davolash usulining samaradorligi Toshkent shahridagi 9-sonli tug‘ruq kompleksi bo‘yicha 2023 yil 4 yanvardagi 4-sonli buyruq bilan, Toshkent shahridagi 57-sonli oilaviy poliklinika bo‘yicha 2022 yil 4 yanvardagi 1-sonli buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: bachadon chandig‘i orqali tabbiy yo‘l bilan tug‘ruqda bachadon bo‘shlig‘ini qo‘l bilan tozalamaslik, kundalik antibiotikoterapiya o‘tkazish ehtiyojini yo‘qotish natijasida bachadon ichi infeksiyalari va septik asoratlarni kamaytirish orqali dori dormonlar zaxirasini oshirish, ayollar orasida disbakteriozni oldini olish va tuqqan ayollarda homiladorlik asoratlarni kamayishiga erishiladi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: bachadon chandig‘i orqali tabbiy yo‘l bilan tug‘ruqda bachadon bo‘shlig‘ini qo‘l bilan tozalamaslik, kundalik antibiotikoterapiya o‘tkazish ehtiyojini yo‘qotish natijasida bachadon ichi infeksiyalari va septik asoratlarini kamaytirish natijasida 58 nafar tuqqan ayolga 4756000 so‘m ortiqcha sarf xarajatlarini iqtisod qilishga erishildi, natijada davlat byudjetidan bir nafar tuqqan ayolga tug‘ruqxonada dori-darmon sarf xarajatini kamaytirish orqali, byudjet mablag‘laridan 82000 so‘m iqtisod qilgan. Xulosa: bir nafar tuqqan ayolga tug‘ruqxonada dori-darmon sarf xarajatini kamaytirish orqali, byudjet mablag‘laridan 82000 so‘m iqtisod qilgan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik kesarcha kesishda kosmetik chok qo‘yish, jarohatni kundalik tozalash va choklarni olish zaruriatini mavjud emasligi, epiziotomiyani qo‘llashni cheklash orqali tug‘ishdan keyingi davrda tug‘ruq kompleksida bo‘lish o‘rin-kunlari muddatini qisqartirish Toshkent shahridagi 9-sonli tug‘ruq kompleksi bo‘yicha 2023 yil 4 yanvardagi 4-sonli buyruq bilan, Toshkent shahridagi 57-sonli oilaviy poliklinika bo‘yicha 2022 yil 4 yanvardagi 1-sonli buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: kesarcha kesishda kosmetik chok qo‘yish, jarohatni kundalik tozalash va choklarni olish zaruriatini mavjud emasligi, epiziotomiyani qo‘llashni cheklash orqali tug‘ishdan keyingi davrda tug‘ruq kompleksida bo‘lish o‘rin-kunlarlari muddati qisqartiradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: kesarcha kesishda kosmetik chok qo‘yish natijasida jarohatni kundalik tozalash va choklarni olish zaruratini mavjud emasligi, epiziotomiyani qo‘llashni cheklash orqali tug‘ishdan keyingi davrda tug‘ruq kompleksida bo‘lish o‘rin-kunlari muddatini qisqartirish oqibatida 58 nafar tuqqan ayolga 5705286 so‘m, natijada davlat byudjetidan bitta ayol uchun tug‘ruqxonadan chiqish rejalashtirilganligi uchun 98367 so‘m iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa: tug‘ishdan keyingi davrda tug‘ruq kompleksida bo‘lishiga qaratilgan o‘rin-kunlarning darajasini qisqartirish oqibatida bir kunlik o‘rin kun uchun byudjet mablag‘laridan 1 nafar tuqqan ayolga 98367 so‘m iqtisod qilish imkonini bergan.