Kuchimova Charos Azamatovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Uzoq vaqt cho‘zilgan subdepressiyaning klinik xususiyatlari va differensial davolash variantlari», 14.00.18 – Psixiatriya va narkologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Tib1544.
Ilmiy raxbar: Xodjaeva Nazira Islamovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.31.01
Rasmiy opponentlar: Alimov Ulug‘bek Xudoyarovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Magzumova Shaxnoza Shaxzadeevna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Toshkent Pediatriya tibbiyot instituti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: uzoq vaqt cho‘zilgan subdepressiyalarning klinik-psixopatologik xususiyatlarini, uning tarkibida somatizatsiyalangan buzilishlar mavjud bo‘lganda hamda mavjud bo‘lmaganda baxolash va differensial davo variantlarini aniqlash bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chikishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
somatizatsiyalangan subdepressiv buzilishlar tarkibidagi generalizatsiyalashgan vahima buzilishlarga turg‘un vahimali, panik va ijtimoiy fobiyalarning qo‘shilishi somatizatsiyalangan subdepressiv buzilishlarni progredientlanishiga va rezistentligiga olib kelishi aniqlangan;
somatik va ruhiy kasallliklarga moyillik bo‘lgan bemorlarda somatizatsiyalangan va somatizatsiyalanmagan subdepressiv buzilishlarni rivojlanish xavfini prognoz qilish 79% aniqlik bilan xavf omillar gradisiyalangan yig‘indisi aniqlangan;
somatizatsiyalangan subdepressiv buzilishlarda bemorlar faoliyati “qiymatli yo‘nalishlar” mezoni bilan baholanganda ijtimoiy ajralganlik, ijtimoiy sohada o‘zini o‘zi anglash istagi yo‘qligi, shaxsiy farovonlik qadriyatlari yetakchi o‘ringa chiqishi aniqlangan;
cho‘zilgan somatizatsiyalangan va somatizatsiyalanmagan subdepressiv buzilishlarning psixopatologik tuzilishini murakkabligini (rezidual serebral etishmovchilik) va yuqori residivlanish xavfini hisobga olgan holda nootrop va normotimik preparatlar bilan bazis davo takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Samarkand davlat tibbiyot universiteti ekspert kengashining 2023 yil 2 iyundagi 19-son xulosasiga ko‘ra (ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligi Samarqand davlat tibbiyot universitetining 2022 yil 15 fevraldagi 61-sonli xati yuborilgan):
birinchi ilmiy yangilik: somatizatsiyalangan subdepressiv buzilishlar tarkibidagi generalizatsiyalashgan vahima buzilishlarga turg‘un vahimali, panik va ijtimoiy fobiyalarning qo‘shilishi somatizatsiyalangan subdepressiv buzilishlarni progredientlanishiga va rezistentligiga olib kelishi aniqlanib, bu o‘z navbatida qiyosiy va erta tashxisni amalga oshirilgan va kerakli adekvat muolajalarni ko‘rsata oladigan muassasalarga yuborilgan, natijada kuzatilishi mumkin bo‘lgan asoratlarni kamaytirganligi Samarqand viloyati ruxiy kasalliklar shifoxonasi bo‘yicha 12.10.2021 yildagi 936-sonli dalolatnoma bilan va Buxoro viloyati ruxiy-asab kasalliklari dispanseri bo‘yicha 23.12.2021 yildagi 1308-sonli dalolatnoma bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: uzoq vaqt davom etgan subdepressiv bemorlarni olib borish taktikasi uchun ishlab chiqilgan davolash-profilaktik algoritmini qo‘llash orqali bemorlar salomatligi tez qayta tiklangan va erta tashxislash hamda shaxsiyat dezadaptatsiyasi oldi olingan, ruxiy bemorlar son jihatdan kamaygan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: somatizatsiyalangan subdepressiv bemorlar adekvat samarali kompleks davo olishi bilan birgalikda, ularni davolash uchun sarflanadigan xarajatlari qiskardi, bemorlarni takror shifokorlarga murojaat qilishi, kasallik residivlanishi susaydi va boshqa qo‘shimcha tekshiruvlardan foydalanmaslik hisobiga iqtisod qilingan. Somatizatsiyalangan subdepressiv bemorlarga erta tashxis qo‘yish nafaqat psixiatrlar, balki oilaviy poliklinika shifokori va terapevtlar tomonidan amalga oshiriladi va erta adekvat davolash taktikasi qo‘llanilib, kasallikning surunkali shakllarga o‘tib ketishi oldi olinadi, statsionar davo olishga muhtoj emasligi hisobiga iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: uzoq vaqt davom etgan subdepressiv buzilishlari mavjud bo‘lgan bemorlarda adekvat samarali kompleks davo olishi bilan birgalikda ularni davolash uchun sarflanadigan xarajatlari qiskargan, bemorlarni takror shifokorlarga murojaat qilishi, kasallik residivlanishi susaygan, boshqa qo‘shimcha tekshiruvlardan foydalanmaslik hisobiga iqtisod qilingan va erta aniqlash orqali yuzaga kelishi mumkin bulgan asoratlarning oldini olinib, bir davolanish kursiga ketadigan xarajatlar 1 bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 721 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.
ikkinchi ilmiy yangilik: somatik va ruhiy kasallliklarga moyillik bo‘lgan bemorlarda somatizatsiyalangan va somatizatsiyalanmagan subdepressiv buzilishlarni rivojlanish xavfini prognoz qilish bilan xavf omillar gradisiyalangan yig‘indisi baxolanganligi Samarqand viloyati ruxiy kasalliklar shifoxonasi bo‘yicha 12.10.2021 yildagi 936-sonli dalolatnoma bilan va Buxoro viloyati ruxiy-asab kasalliklari dispanseri bo‘yicha 23.12.2021 yildagi 1308-sonli dalolatnoma bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: bemorlarda somatizatsiyalangan subdepressiv buzilishlarni rivojlanish xavfini bashorat qilishni matematik modeli ishlab chiqarilishi somatik, ruhiy kasallliklarga moyillik, shaxsiyatni premorbid xususiyatlari, miyani ekzogen kompromentatsiyalari, rezidual serebral etishmovchiliklar, psixosotsial stressorlar kabi prediktorlarni mavjudligini aniqlash asosida takomillashtirilganligi sababli mazkur buzlishlarni o‘z vaqtida tashxislash orqali kognitiv asoratlarni kamayishiga erishilgan; taklif etilgan matematik model kasallikni uzoq davom etib kechishini oldini oladi, asoratlarning kamayishiga va uzoq muddatli davolash natijalarini takomillashishiga yordam beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: kasallik kechishi prognoz qilish mezoni bilan besh yillik davrida gospitalizatsiya oralig‘idagi davrlarni oylardagi o‘rtacha davomiyligi o‘rganilganda birinchi guruh bemorlarida ikkinchi besh yillikdan boshlab, gospitalizatsiya orasidagi davrlar ancha qisqardi va uchinchi, to‘rtinchi besh yillikda 13,2 oygacha qisqargan. 2-guruh bemorlari uchun birinchi 15 yil davomida gospitalizatsiyalar oralig‘idagi davrlar davomiyligi 20,5-21,0 oy atrofida saqlanib qoldi, to‘rtinchi besh yillikda bu ko‘rsatgich 17,1 oygacha qisqargan. Ruxiy shifoxonada yotishlar soni qisqargan va davolanishlar orasidagi vaqt uzaygan, bir davolanish kursiga ketadigan xarajatlar 1 bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 719 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa: uzoq vaqt davom etgan subdepressiv bemorlarda kasallik kechishi prognostik gradatsiya yordamida tekshirilib, kasallik kechishi qisqargan, asoratlar oldi olingan, davolash sifati yaxshilangan.
uchinchi ilmiy yangilik: somatizatsiyalangan subdepressiv buzilishlarda bemorlar faoliyati “qiymatli yo‘nalishlar” mezoni bilan baholanganda ijtimoiy ajralganlik, ijtimoiy sohada o‘zini o‘zi anglash istagi yo‘qligi, shaxsiy farovonlik qadriyatlari yetakchi o‘ringa chiqishi aniqlanganganligi Samarqand viloyati ruxiy kasalliklar shifoxonasi bo‘yicha 12.10.2021 yildagi 936-sonli dalolatnoma bilan va Buxoro viloyati ruxiy-asab kasalliklari dispanseri bo‘yicha 23.12.2021 yildagi 1308-sonli dalolatnoma bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: uzoq vaqt cho‘zilgan subdepressiv bemorlarni davolanishidan keyingi mehnatga layoqatlilik va muloqot doirasi holati qiymatli yunalishlar usuli bilan o‘rganilganda bemorlarda mazkur ko‘rsatgichlar bo‘yicha ijobiy natijalarga erishildi. Birinchi guruh bemorlarda nogironlikning yuqori ko‘rsatgichlariga ega bo‘lishi isbotlandi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: bemorlarni hayot sifati, mehnatga layoqatlilik darajasi va muloqot doirasi o‘rganilganda bemorlarning shifoxonada qolish muddatini 38,5 kundan 12 kungacha qisqartirtirib, shifoxonadagi yotoq kun miqdorini kamaytirgan; shifoxonada bo‘lish davrining bir necha kunga qisqartirilishi hisobiga dori-darmon kam talab etilgan, bir davolanish kursiga ketadigan xarajatlar 1 bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 610 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan. (1 kunga o‘rtacha 175 000 so‘m dori vositalari, oziq-ovqat mahsulotlari sarflanadi). Xulosa: uzoq vaqt cho‘zilgan subdepressiv bemorlarda kuzatilishi mumkin bo‘lgan asoratlarning oldi olingan, bartaraf etish chora tadbirlari ishlab chiqilib, nogironlik ko‘rsatgichlari kamaygan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: cho‘zilgan somatizatsiyalangan va somatizatsiyalanmagan subdepressiv buzilishlarning psixopatologik tuzilishini murakkabligini (rezidual serebral etishmovchilik) va yuqori residivlanish xavfini hisobga olgan holda nootrop va normotimik preparatlar bilan bazis davo takomillashtirilganligi Samarqand viloyati ruxiy kasalliklar shifoxonasi bo‘yicha 12.10.2021 yildagi 936-sonli dalolatnoma bilan va Buxoro viloyati ruxiy-asab kasalliklari dispanseri bo‘yicha 23.12.2021 yildagi 1308-sonli dalolatnoma bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: cho‘zilgan somatizatsiyalangan va somatizatsiyalanmagan subdepressiv buzilishlarning psixopatologik tuzilishini murakkabligini va yuqori residivlanish xavfini hisobga olgan holda ularni farmakoterapiyasida selektiv antidepresantlar, nootroplar, normotimiklar, trankvilizatorlar, neyroleptiklarni kombinatsiyalangan holatda qo‘llash orqali musbat terapevtik dinamikaga erishilgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: uzoq vaqt davom etgan subdepressiv buzilishlari mavjud bo‘lgan bemorlarda adekvat samarali kompleks davo olishi bilan birgalikda ularni davolash uchun sarflanadigan xarajatlari qiskargan, bemorlarni takror shifokorlarga murojaat qilishi, kasallik residivlanishi susaygan, boshqa qo‘shimcha tekshiruvlardan foydalanmaslik hisobiga iqtisod qilingan va erta aniqlash orqali yuzaga kelishi mumkin bulgan asoratlarning oldini olinib, ambulator davo mezonlari ishlab chiqilishi hisobiga dori-darmon nisbatan kam talab etilgan, bir davolanish kursiga ketadigan xarajatlar 1 bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 701 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa: cho‘zilgan somatizatsiyalangan va somatizatsiyalanmagan subdepressiv buzilishlarning psixopatologik tuzilishini murakkabligini (rezidual serebral etishmovchilik) va yuqori residivlanish xavfini hisobga olgan holda nootrop va normotimik preparatlar bilan bazis davo takomillashtirildi va ijobiy terapevtik dinamikaga erishildi.