Arzieva Gulnora Borievnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Kuyish kasalligi bo‘lgan homilador ayollarni olib borishni maqbullashtirish” 14.00.01-Akusherlik va ginekologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/Tib1385.
Ilmiy raxbar: Negmadjanov Baxodur Boltaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor;
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti: DSc.04/30.12.2019.Tib.102.01.
Rasmiy opponentlar: professor Zufarova Shaxnoza Alimdjanovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Abdullaeva Lagiya Mirzatullaevna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi:nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi kuyish kasalligi bo‘lgan homilador ayollarda diagnostika va davolash tadbirlarini takomillashtirish asosida ularni olib borish taktikasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor akusherlik-ginekologiya amaliyotida termik shikastlanishning homiladorlikda uchrash chastotasi va o‘ziga xos klinik kechishi aniqlangan;
kuyish kasalligi bo‘lgan homilador ayollarda onalar va perinatal o‘limni kamaytirish uchun homilaning funksional va surunkali gipoksiya holatini o‘z vaqtida baholash maqsadida ul`tratovush va dopplerografiya tekshiruvi o‘tkazilishi zarurligi asoslangan;
kuygan xomilador ayollarda gipovolemiya oqibatida rivojlangan metabolik uzgarishlarni bartaraf etish maqsadida o‘tkaziladigan infuzion terapiyaning zaruriy xajmi (I trimestrda +500 ml, II trimestrda+1000 ml,III trimestrda+1800 ml) belgilangan;
termik shikastlangan barcha homilador ayollarga homilani saqlash maqsadida an’naviy davoga qo‘shimcha mikronizirlangan progesteron dori vositalarini kuyish joylashiga ko‘ra per.os., per.vag. yoki per.rectum qo‘llash orqali davolash usuli takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Samarqand davlat tibbiyot universiteti ekspert kengashining 2023 yil 27 sentyabr` 56-son xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: termik shikastlanishning homiladorlarda uchrash chastotasi aniklandi va termik shikastlanishni homiladorlikning o‘ziga xos klinik kechishidagi asoratlarini oldi olindi va yuzaga kelgan xavf kamaytirildi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Samarqand shahar tibbiyot birlashmasi bo‘yicha 01.03.2023 yildagi 115/1-sonli buyruq hamda RShTYoIM Samarqand filialining kombustiologiya bo‘limlarida bo‘yicha 03.05.2023 yildagi 35/1-sonli buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: termik kuygan homilador ayollarda homiladorlik va tug‘ruqni olib borish uchun ishlab chiqilgan davolash-profilaktik algoritmini qo‘llash orqali asoratlar erta tashxislangan va perinatal oqibatlar yaxshilangan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: uchrash chastotasi va o‘ziga xos klinik kechishini o‘rganish uchun nafaqat akusher-ginekolog va terapevtlar tomonidan aniqlanadi, ya’ni unga maxsus malaka oshirgan shifokorlar shart emasligi isbotlanib, ortiqcha sarf xarajatlar bilan yangi kadr tayyorlashga xojat yo‘qligi hisobiga davlat byudjeti mablag‘larini iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: yangi anketa so‘rovnomasining qo‘llanilishi 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 35 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 26 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi.
ikkinchi ilmiy yangilik:homiladorlikning II va III trimestrida kuyish kasalligi bo‘lgan homilador ayollarda ona-yӯldosh-homila tizimi gemodinamikasidagi ӯzgarishlar kuyish kasalligining og‘irlik darajasi bilan tӯg‘ri korrelyasion bog‘liqlikga ega bo‘lib, gemostaz tizimida koagulyasiyaning oshishi tomoniga siljishlar kuzatildi va kasallikning og‘irlik darajasi bilan korrelyasiyaga ega. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Samarqand shahar tibbiyot birlashmasi bo‘yicha 01.03.2023 yildagi 115/1-sonli buyruq hamda RShTYoIM Samarqand filialining kombustiologiya bo‘limlarida bo‘yicha 03.05.2023 yildagi 35/1-sonli buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 1) termik kuygan homilador ayollarda homiladorlikning II va III trimestrlarida ona-yo‘ldosh-xomila tizimidagi o‘zgarishlar oddiy va samarali tekshiruv usuli bo‘lgan UTT va dopplerografiya tekshiruvi orqali aniqlanishi hisobiga 53 000 so‘m iqtisod qilingan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat:kuyish kasalligi bo‘lgan homilador ayollarda ona-yӯldosh-homila tizimidagi buzilishlar erta aniqlanganda: 1) homilador ayollarning shifoxonada qolish muddatini 15,5 kundan 10,5 kungacha qisqartirib, shifoxonadagi yotoq kun miqdorini kamaytirgan; 2) shifoxonada bo‘lish davrining bir necha kunga qisqartirilishi hisobiga dori-darmon kam talab etilgan (1 kunga o‘rtacha 145 000 so‘m dori vositalari sarflanadi). Xulosa: yangi davolash-profilaktik algoritmining qo‘llanilishi 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 100 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 45 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi.
uchinchi ilmiy yangilik: kuyish kasalligi bo‘lgan homilador ayollarni olib borish uchun ishlab chiqilgan davolash-profilaktik algoritmini qo‘llash orqali asoratlar erta tashxislangan va perinatal oqibatlar yaxshilagan shu asosda yaratilgan EHM dasturi (DGU №10057, 26.01.2021) homilador ayollar uchun tanlangan davolashning xavfsiz usullarini tanlash orqali onalar va perinatal oqibatlari yaxshilangan. Ushbu homilador ayollarda homila rivojlanishdan orqada qolish sindromi, preeklampsiya, homilaning antenatal o‘limi va shu kabi boshqa asoratlar rivojlanishini kamaytirdi, perinatal natijalarning yaxshilanishiga erishilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Samarqand shahar tibbiyot birlashmasi bo‘yicha 01.03.2023 yildagi 115/1-sonli buyruq hamda RShTYoIM Samarqand filialining kombustiologiya bo‘limlarida bo‘yicha 03.05.2023 yildagi 35/1-sonli buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: kuygan xomilador ayollarda gipovolemiya oqibatida gemostaz va feto-platsentar tizimidagi o‘zgarishlarni erta tashxislash va adekvat davolash onaning umumiy holati yaxshilangan, homila tushishi kabi asoratlarni prognozlash va oldini olishga erishilgan; taklif etilgan kompleks yondashuvdan foydalanish 44,3% ayollarda homiladorlikni olib borish, davolash va profilaktika sifatini yaxshilagan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: kuyish kasalligi bo‘lgan homilador ayollarda gipovolemik buzilishlarni erta davolashni boshlaganda: 1) homilador ayollarning shifoxonada qolish muddatini 15,5 kundan 10,5 kungacha qisqartirib, shifoxonadagi yotoq kun miqdorini kamaytirgan; 2) shifoxonada bo‘lish davrining bir necha kunga qisqartirilishi hisobiga dori-darmon kam talab etilgan (1 kunga o‘rtacha 145 000 so‘m dori vositalari sarflanadi); homiladorlik to‘xtatilgan holatda reabilitatsiya xarajatlari kamaygan (1 kunga o‘rtacha reabilitatsiya uchun ishlatiladigan 45.000 so‘m dori vositalari sarflanadi). Xulosa: yangi davolash-profilaktik algoritmining qo‘llanilishi 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 110 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 55 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: kuyish kasalligi bo‘lgan homilador ayollarga homila tushish havfi holatini davolash maqsadida mikronizirlangan progesteron preparatini qo‘llash, ushbu bemorlarda homila tushishi va muddatdan oldingi tug‘ruq kabi asoratlar rivojlanishini kamaytirib, perinatal natijalarning yaxshilanishiga erishilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Samarqand shahar tibbiyot birlashmasi bo‘yicha 01.03.2023 yildagi 115/1-sonli buyruq hamda RShTYoIM Samarqand filialining kombustiologiya bo‘limlarida bo‘yicha 03.05.2023 yildagi 35/1-sonli buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: kuyish kasalligi bo‘lgan homilador ayollarga homila tushish havfi holatini davolash maqsadida mikronizirlangan progesteron preparatini qo‘llash, homiladorlik va tug‘ruq vaqtida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan asoratlarni oldini olish, profilaktika va prognostik tadbirlarini takomillashtirish, kuygan homilador ayollarda tirik, sog‘lom va yashashga layoqatli chaqaloqlar tug‘ilishiga, onalar va perinatal o‘lim darajasini kamaytirishga erishilgan, termik jaroxatlangan ayollarning hayot sifati yaxshilangan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 1) kuyish kasalligi bo‘lgan homilador ayollarni samarali va bezarar UT va dopplerografiya tekshiruvlaridan o‘tkazish 85 000 so‘m iqtisod qilinishiga xizmat qilgan: dopplerografiya kuygan homiladorlarda 32-39 haftalik muddatlarida o‘tkazildi; ortiqcha tekshiruv usullaridan foydalanish zarurati yo‘qligi xisobiga sarf xarajatlarni 23,5% kamaytirish imkonini bergan; 2) ona-yӯldosh-homila tizimidagi o‘zgarishlarni tez, kam xarajat va samarali tekshiruv usullaridan foydalanilish hisobiga erta aniqlash homiladorlarda kuzatilishi mumkin bo‘lgan asoratlarning oldi olish orqali ko‘p xarajatli va ko‘p vaqt talab qiluvchi tekshiruv va davolash usullarini qo‘llash hisobiga 120 000 so‘m iqtisod qilingan: koagulogramma 88 (100%) bemorda aniqlandi va bu o‘z navbatida vaqtni tejab, samaradorlikni oshirdi. Xulosa: yangi davolash-profilaktik algoritmining qo‘llanilishi 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 95 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 81 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish