Uralov Akmal Tajikulovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Kardiospazm va kardiya axalaziyasi bo‘lgan bemorlarni kompleks davolashda past zichlikdagi lazer nurlanishning imkoniyatlari», 14.00.27 – Xirurgiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2. PhD /Tib2912.
Ilmiy rahbar: Ismailov Saidmurod Ibragimovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Akademik V.Voxidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi”.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Dsc.04/30.12.2019.Tib.49.01.
Rasmiy opponentlar: Berkinov Ulugbek Bazarbaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Gulamov Olimjon Mirzoxitovich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: «A.N. Sizganov nomidagi Milliy xirurgiya ilmiy markazi» AJ (Qozog‘iston Respublikasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi kardiospazm va kardiya axalaziyasi bo‘lgan bemorlarda disfagiya qaytalanishi xavf omillarini aniqlash hamda past intensiv lazerli nurlantirishni qo‘llash orqali kardiodilatatsiyaning uzoq muddatli natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
pnevmatik kardiodilatatsiyaning qoniqarsiz natijalari va axalaziyaning turli bosqichlarida muqarrar ravishda disfagiyaning qaytalanishiga olib keladigan alomatlar majmuining asosiy prediktorlari aniqlangan;
kardiospazm va kardiya axalaziyasi bo‘lgan bemorlarda kardiodilatatsiyadan keyin disfagiyaning qaytalanish chastotasi va xavf omillari kasallikning bosqichiga (kasallikning IV bosqichida disfagiya bemorlarning barchasida qayta paydo bo‘ladi, bunda esa kardiodilatatsiyani alohida shaklda qo‘llash imkonsiz) bog‘liq holda aniqlangan;
past intensivlikdagi lazerli nurlantirishning qizilo‘ngach va oshqozon kardiyasining shilliq va mushak qavatlaridagi morfologik o‘zgarishlar xususiyatlariga regeneratsiyani kuchaytirish hamda to‘qimalarning mikrotsirkulyasiyasini yaxshilash ko‘rinishidagi ijobiy ta’siri isbotlangan;
kardiospazm va kardiya axalaziyasi bilan og‘rigan bemorlarni davolashda past intensiv lazer bilan teri orqali nurlantirishning dastlabki seanslari kardiya va qizilo‘ngach devorlari mushaklarining bo‘shashishiga yordam berishi hamda pnevmatik kardiodilatatsiya jarayonini sezilarli darajada osonlashtirib, qizilo‘ngach va kardiya devorlarining kamroq shikastlanishi hamda yirtilishi bilan kuzatilishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
«Akademik V.Voxidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi» DM Ekspert kengashining 2023 yil 14 sentyabrdagi 2x/14-son xulosasiga ko‘ra («Akademik V.Voxidov nomidagi RIXIATM» DM tomonidan ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga 2023 yil 8 sentyabrda 775-sonli xat yuborilgan):
qizilo‘ngach va oshqozon kardial qismi shilliq hamda mushak qatlamlariga past intensiv lazerli nurlantirish ta’sirining morfologik o‘zgarish xususiyatlari o‘rganilib, mushaklar spazmining pasayishiga va chandiqlashish jarayonining sekinlashuviga olib kelishi tasdiqlandi, natijada kardiodilyatatsiya asoratlarining rivojlanish xavfini ikki barobar kamaytirish imkoni yaratildi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar “Akademik V.Voxidov nomidagi RIXIATM” DM bo‘yicha buyruq (08.09.2023y.; №776) bilan markaz va uning hududiy filiallari bo‘limlari amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: olib borilgan tajribalarda qizilo‘ngach va oshqozon kardial qismining shilliq hamda mushak qatlamlariga past intensiv lazerli nurlantirish ta’sirining asosiy morfologik o‘zgarishli xususiyatlari o‘rganilib, olingan xulosalar bo‘yicha mazkur patologiyalarda qo‘llash natijasida turli davolashdan keyingi uchraydigan umumiy asoratlarning uchrash darajasi 19.2% dan 9.6%ga (ikki barobar) kamaydi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: kardiospazm va kardiya axalaziyasi bo‘lgan bemorlarni va ularda yuzaga kelgan asoartlarni kompleks davolash usullari sifatida kardiodilyatatsiya amaliyotidan foydalanish hisobiga: 1 nafar bemorda bir kurs amaliyot o‘tkazish uchun jami sarflanadigan o‘rtacha xarajat 9 660 000 so‘mni tashkil etadi (“Akademik V.Voxidov nomidagi RIXIATM” DM preyskurantiga ko‘ra); olib borilgan tahlillar natijasida shu narsa aniqlandiki, kardiospazm va kardiya axalaziyasi bo‘lgan bemorlarni kompleks davolashda taklif etilayotgan usullarni birga qo‘llash natijasida umumiy asoratlarning qayta uchrash darajasi 9% dan 4.5% gacha (ikki barobar) kamaydi. Demak bunda mazkur patologiyali bemorlarda sarflanadigan xarajatlar 4 830 000 so‘mni tashkil etadi (1 nafar bemor uchun); (odatda mazkur patologiyada sarf qilinadigan o‘rtacha umumiy  xarajat – 9 660 000 so‘m; taklif etilgan usullar yordamida to‘g‘ri tanlangan davolash taktikasini amaliyotga joriy etilishi natijasidagi o‘rtacha umumiy  xarajat – 4 830 000 so‘m = 4 830 000 so‘m (iqtisod qilinadigan summa)); bunda 1 bemor uchun iqtisodiy samaradorlik 4 830 000 so‘mni tashkil etsa, yillik iqtisodiy ko‘rsatkich esa 24 150 000 so‘mni tashkil etdi (5 nafar bemor uchun). Yillik byudjet mablag‘laridan 7 245 000 so‘m, byudjetdan tashqari mablag‘lardan esa 16 905 000 so‘m miqdorda iqtisod qilindi. Xulosa: mazkur usulni amaliyotga joriy etish natijasida bir bemor uchun 4 830 000 so‘m iqtisod qilinishiga olib keldi. Tajribada keltirilgan 5 nafar bemor uchun, bu iqtisodiy tejash ko‘rsatgichi yillik 24 150 000 so‘mni tashkil etdi. Yillik byudjet mablag‘laridan 7 245 000 so‘m, byudjetdan tashqari mablag‘lardan esa 16 905 000 so‘m miqdorda iqtisod qilindi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanish: “Kardiospazm va kardiya axalaziyasi bo‘lgan bemorlarni kompleks davolashda past intensiv lazerli nurlantirish imkoniyatlari” mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga «Akademik V.Voxidov nomidagi RIXIATM» DM direktori tomonidan 08.09.2023y.; 775-sonli xat yuborilgan;
hayvonlarda (kalamushlar) o‘tkazilgan tajribaviy va morfologik tadqiqotlar yordamida past intensiv lazerli nurlantirish usuli ishlab chiqilib, kardiospazm va kardiya axalaziyasi asoratlarining kelib chiqishi va uzoq muddatda disfagiya qaytalanishi chastotasini pasaytirishda samaradorligi isbotlandi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar “Akademik V.Voxidov nomidagi RIXIATM” DM bo‘yicha buyruq (08.09.2023y.; №776) bilan markaz va uning hududiy filiallari bo‘limlari amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: yaqin va uzoq davr davomida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan asorat va xatolar sonini keskin kamaytirish; asoratlarning chastotasini kamaytirish orqali bemorlar muolajalardan keyingi reabilitatsiya vaqti tezlashishi natijasida faol ijtimoiy va mehnat faoliyatiga erta qaytarish; ushbu kasallika chalingan bemorlarning hayot sifatini yaxshilash. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: taklif etilgan kardiospazm va kardiya axalaziyasi bo‘lgan bemorlarni, ularda yuzaga kelgan asoratlarni kompleks davolash usullari sifatida kardiodilyatatsiya amaliyotidan foydalanish hisobiga: 1 nafar bemorda bir kurs amaliyot o‘tkazish uchun jami sarflanadigan o‘rtacha xarajat 9 660 000 so‘mni tashkil etadi (“Akademik V.Voxidov nomidagi RIXIATM” DM preyskurantiga ko‘ra); bemorda kardiodilyatatsiya amaliyoti vaqtida kardiospazm og‘ir darajalarida kardial sfinkter sohasida mushaklarning o‘ta taranglashganligi va chandiqlanish jarayonining boshlanganligi hisobiga, kardiodilyatatorning bosimi oshishi natijasida eng xavfli asorat hisoblangan – yatrogen shikastlanish, ya’ni qizilo‘ngach yorilishi asorati kuzatilsa, bemor qizilo‘ngachida shoshilinch sharoitda kerakli bo‘lgan rekonstruktiv operatsiya va undan keyingi davolanish uchun o‘rtacha umumiy 13 800 000 so‘m sarflanadi. Natijada har bir bemorda qo‘shimcha iqtisodiy xarajat 4 220 000 so‘m ((odatda mazkur patologiya asortalari yuzaga kelgandagi rekonstruktiv operatsiyada sarf qilingandigan o‘rtacha umumiy  xarajat) 13 800 000 so‘m  – (odatda asoratsiz mazkur patologiyada sarf qilingandigan o‘rtacha umumiy  xarajat) 9 660 000 so‘m = 4 830 000 so‘m (ortiqcha sarflanadigan iqtisodiy summa)) miqdorida ortiqcha sarflanadi. Olib borilgan tadqiqot ishimizda o‘tkazilgan statistik tadqiqotlarga ko‘ra, an’anaviy usulda kardiodilyatatsiya o‘tkazilishi natijasida qizilo‘ngach yorilishi asorati uch nafar bemorda kuzatilgan. Biz tavsiya qilgan lazerli davolash usuli yordamida o‘tkazilgan muolajalar natijasida yuqoridagi asorat kuzatilmagan. Bundan shu narsa aniq bo‘ladiki, demak: 1 nafar bemordan mazkur usul yordamida 4 220 000 so‘m iqtisod qilishga erishilsa, yillik iqtisodiy ko‘rsatkich 12 660 000 so‘mni tashkil etadi (3 nafar bemor uchun); mazkur usul tadbiq etish natijasida yillik byudjet mablag‘laridan 4 177 800 so‘m, byudjetdan tashqari mablag‘lardan esa 8 482 200 so‘m miqdorda iqtisod qilindi. Xulosa: bunda kardiospazm va kardiya axalaziyada past intensiv lazerli nurlantirish davo usulini amaliyotga joriy qilinishi natijasida bir bemor uchun 4 220 000 so‘m iqtisod qilinishiga olib keldi. Tajribada keltirilgan 3 nafar bemor uchun, bu iqtisodiy tejash ko‘rsatgichi yillik 12 660 000 so‘mni tashkil etdi. Yillik byudjet mablag‘laridan 4 177 800 so‘m, byudjetdan tashqari mablag‘lardan esa 8 482 200 so‘m miqdorda iqtisod qilindi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanish: “Kardiospazm va kardiya axalaziyasi bo‘lgan bemorlarni kompleks davolashda past intensiv lazerli nurlantirish imkoniyatlari” mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga «Akademik V.Voxidov nomidagi RIXIATM» DM direktori tomonidan 08.09.2023y.; 775-sonli xat yuborilgan;
kardiospazm va kardiya axalaziya bo‘lgan bemorlarda kasallik bosqichidan kelib chiqib, o‘tkazilishi lozim bo‘lgan past intensivli lazerli nurlantirishning davolash seanslari ishlab chiqilishi, bemorning kardiodilyatatsiya amaliyoti vaqtida va undan keyin kuzatilishi mumkin bo‘lgan asoratlarini kamayishi uchun zarurligi aniqlangan; Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar “Akademik V.Voxidov nomidagi RIXIATM” DM bo‘yicha buyruq (08.09.2023y.; №776) bilan markaz va uning hududiy filiallari bo‘limlari amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: kardiospazm va kardiya axalaziya bilan og‘rigan bemorlarda kardiodilyatatsiya amaliyoti vaqtida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan asoratlar sonini minimallashtirish; amaliyotdan keyingi reabilitatsiya sifatini oshirish; bemorlarning hayot sifatini yaxshilash va mehnat faoliyatiga qaytarish; Mazkur tavsiya qilingan davo usullari natijasida eng ko‘p uchraydigan asoratlardan hisoblangan qon ketish 11.2% dan 3.7% gacha (uch barobar) kamaydi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: kardiospazm va kardiya axalaziyasi bo‘lgan bemorda kardiodilyatatsiya amaliyotini o‘tkazish vaqtida kuzatilishi mumkin bo‘lgan asoratlar ichida eng uchraydigani – qon ketish bo‘lib, bizning kuzatilgan bemorlarimiz ichida jami 36 (25.6%) ta holatda qon ketish kuzatilgan. Shulardan 30 (12.1%) nafarida an’anaviy usuldagi kardiodilyatatsiya amaliyotidan keyin kuzatilgan bo‘lsa, past intensiv lazerli nurlantirish davo usuli qo‘llanilgan bemorlarning 6 (3.4%) nafarida qon ketish kuzatilgan, ya’ni tavsiya qilingan usulimiz orqali qon ketish asorati 12,1% dan 3,4% ga (to‘rt barobarga) kamaydi. Bu ko‘rsatgich asosiy guruhga qaraganda sezilarli darajada yuqori (χ2=8.36, p=0.004). Bunday holatlarda bemorlarga endoskopik tekshiruv o‘tkazilib, lozim bo‘lsa qon ketish manbalari eletrokoagulyasiya yo‘li bilan to‘xtatiladi. Bu usullaridan foydalanish hisobiga: 1 nafar bemorga o‘rtacha 203 400 so‘m (“Akademik V.Voxidov nomidagi RIXIATM” DM preyskurantiga ko‘ra) qo‘shimcha endoskopik xarajat sarflanadi; bemorning statsionarda bo‘lishining ortishi xsisobidan o‘rtacha 5 kunlik statsionar davolanishi, shuningdek, laborator va instrumental tekshirishlar, davolash amaliyotlari kabi harajatlar qo‘shilisi xisobidan umumiy o‘rtacha 1 554 000 so‘m xarajat sarflanadi (“Akademik V.Voxidov nomidagi RIXIATM” DM preyskurantiga ko‘ra); Bundan ko‘rinib turibdiki kardiospazm va kardiya axalaziyasi bo‘lgan bemorda kardiodilyatatsiya amaliyotini o‘tkazish vaqtida past intensiv lazerli nurlantirish davo usuli birga qo‘llanilgan bemorlarda o‘rtacha 1 nafar bemordan 1 757 400 so‘m iqtisod qilinsa, bunda yillik iqtisodiy ko‘rsatkich 7 029 600 so‘mni tashkil etadi (4 nafar bemor uchun).  Mazkur usulni amaliyotga tadbiq etish natijasida yillik byudjet mablag‘laridan 2 108 880 000 so‘m, byudjetdan tashqari mablag‘lardan esa 4 920 720 so‘m miqdorda iqtisod qilindi. Xulosa: kardiospazm va kardiya axalaziyada past intensiv lazerli nurlantirish davo usulini amaliyotga tadbiq etish natijasida yillik byudjet mablag‘laridan 2 108 880 000 so‘m, byudjetdan tashqari mablag‘lardan esa 4 920 720 so‘m miqdorda iqtisod qilindi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanish: “Kardiospazm va kardiya axalaziyasi bo‘lgan bemorlarni kompleks davolashda past intensiv lazerli nurlantirish imkoniyatlari” mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga «Akademik V.Voxidov nomidagi RIXIATM» DM direktori tomonidan 08.09.2023y.; 775-sonli xat yuborilgan;
kardiospazm va kardiya axalaziyasi bo‘lgan bemorlarda kasallik bosqichidan kelib chiqib, disfagiya qaytalanishi chastotasi va xavf omillari o‘rganildi, bu esa disfagiyani qaytalanishining kamayishiga va uzoq muddatli natijalarni yaxshilanishiga olib keldi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar “Akademik V.Voxidov nomidagi RIXIATM” DM bo‘yicha buyruq (08.09.2023y.; №776) bilan markaz va uning hududiy filiallari bo‘limlari amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: lazerli terapiyadan foydalanish disfagiyaning qaytalanishi sonini kamaytirishdan tashqari, uzoq muddatli natijalarni quyidagicha yaxshiladi: kardiodilatatsiyadan keyingi birinchi olti oy ichida disfagiyaning qaytalanishi kuzatilgan bemorlarning soni taqqoslash guruhida 67,4% dan 36,2% gacha ishonarli tarzda kamaydi (χ2=38.56, p˂0.05). Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: Agarda bemorda kardiodilyatatsiya amaliyoti samaradorligi past bo‘lsa, muolajadan keyingi uzoq davr mobaynida disfagiyaning qaytalanishiga va bemor umumiy ahvolining og‘irlashuviga olib keladi. Bunday vaziyatlarda qizilo‘ngach ekstirpatsiyasi va ezofagogastroanastomoz shakllantirish kabi operatsiyalarni o‘tkazish lozimligi qayd etilgan. Bunday vaziyatlarda har bir bemorga mazkur xolatlarni bartaray etish maqsadida o‘rtacha 16 560 000 so‘m sarflanadi. Bundan ko‘rinib turibdiki, bu kabi xolatlarda har bir bemorda 6 900 000 so‘m ortiqcha mablag‘lar sarfi yuzaga keladi (16 560 000-9 660 000=6 900 000). Tavsiya qilingan lazerli davolash usuli yordamida o‘tkazilgan muolajalar natijasida disfagiyaning qaytalanishi kuzatilgan bemorlarning soni taqqoslash guruhida 67,4% dan 36,2% gacha (ikki barobar) ishonarli tarzda kamayganligi (χ2=38.56, p˂0.05) aniqlangan. Yuqoridagilardan kelib chiqadiki, bunda mazkur usulni tadbiq etish natijasida: 1 nafar bemordan iqtisodiy tejash ko‘rsatgichi 6 900 000 so‘mni tashkil etsa, yillik iqtisodiy tejash ko‘rsatkich esa 13 800 000 so‘mni tashkil etdi (2 nafar bemor uchun). Mazkur taklif etilgan usullarni tadbig‘i natijasida yillik byudjet mablag‘laridan 4 140 000 so‘m, byudjetdan tashqari mablag‘lardan esa 9 660 000 so‘m miqdorda iqtisod qilindi. Xulosa: kardiospazm va kardiya axalaziyada past intensiv lazerli nurlantirish kompleks davo usulini amaliyotga joriy qilinishida yillik iqtisodiy tejash ko‘rsatkichi 13 800 000 so‘mni (2 nafar bemor uchun) tashkil etib, shundan byudjet mablag‘laridan 4 140 000 so‘m, byudjetdan tashqari mablag‘lardan esa 9 660 000 so‘m miqdorda iqtisod qilindi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanish: “Kardiospazm va kardiya axalaziyasi bo‘lgan bemorlarni kompleks davolashda past intensiv lazerli nurlantirish imkoniyatlari” mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga «Akademik V.Voxidov nomidagi RIXIATM» DM direktori tomonidan 08.09.2023y.; 775-sonli xat yuborilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish