Nigmatullin Elnar Il`darovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Disfagiya sindromi bilan bemorlarda miniinvaziv davo muolaja taktikalarini takomillashtirish», 14.00.27 – Xirurgiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3. PhD /Tib1449.
Ilmiy rahbar: Ligay Ruslan Efimovich, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Akademik V.Voxidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi”.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Dsc.04/30.12.2019.Tib.49.01.
Rasmiy opponentlar: Djuraev Mirjalol Dexkanovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Akbarov Mirshavkat Mirolimovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: «A.N. Sizganov nomidagi Milliy xirurgiya ilmiy markazi» AJ (Qozog‘iston Respublikasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: taktikani optimallashtirish hamda yangi kam invaziv endoskopik texnologiyalarni joriy etish orqali xavfli va xavfsiz sifatli disfagiya bilan og‘rigan bemorlarni davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
disfagiya sindromi bilan namoyon bo‘luvchi qizilo‘ngachning yaxshi va yomon sifatli kasalliklarining tipologik xususiyatlari joylashuvi, davomiyligi, shuningdek torayishning rivojlanish turi kabi omillarni hisobga olgan holda aniqlangan;
endoskopik stentlashdan so‘ng turli muddatlarlarda kimyoviy kuyishlar fonida kuyishdan keyingi chandiqli torayishi mavjud bemorlarda qizilo‘ngach devoridagi o‘zgarishlarning morfologik xususiyatlari aniqlashtirilgan;
qizilo‘ngachning yaxshi sifatli torayishlarida kam invaziv aralashuvlardan so‘ng uzoq muddatlarda chandiqlanish jarayonining rivojlanish ehtimoliga, shuningdek davolash turi va davomiyligiga bog‘liq holda residiv disfagiyaning rivojlanish xavf omillari aniqlangan;
turli kam invaziv davolash usullarining taktik va texnik xususiyatlariga bog‘liq holda qaytalanish shakllanishining sabab-oqibat aloqalarini verifikatsiyalash bilan qizilo‘ngachning yaxshi sifatli torayishlari soxasini stentlashdan keyin chandiqli jarayon rivojlanishining klinik va morfologik jihatlari aniqlashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
“Akademik V.Voxidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi” Ekspert kengashining 2023 yil 26 sentyabrdagi 2x/16 son xulosasiga ko‘ra (“Akademik V.Voxidov nomidagi RIXIATM” DM tomonidan ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga 2023 yil 25 sentyabrda 834-sonli xat yuborilgan):
qizilo‘ngachning yaxshi va yomon sifatli onkologik kasalliklarining xususiyatlari, tarqalish darajasi, shuningdek torayishning rivojlanish varianti kabi omillarni hisobga olgan holda, tavsiya qilingan metall stentlardan foydalanish natijasida og‘riq sindromining kuzatilishini uch barobarga kamaytirish imkonini berdi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: disfagiya sindromi mavjud bemorlarni davolashning kam invaziv usullari taktikasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, xususan, “Akademik V.Vohidov nomidagi RIXIATM” DM ning “Qizilo‘ngach va oshqozon xirurgiyasi bo‘limi”, Samarqand shahar tibbiyot birlashmasi va Guliston tibbiyot klasteri xirurgiya bo‘limlari amaliyotiga joriy etildi (“Akademik V.Voxidov nomidagi RIXIATM” davlat muassasasi markazi bo‘yicha 2023 yil 25 sentyabrdagi 833-sonli buyruq). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: qizilo‘ngach yaxshi va yomon sifatli onkologik kasalliklari tarqalish darajasi, qizilo‘ngach bo‘shlig‘ining torayishini tipologik kechishida erta aniqlab, metall Nittinol stentini disfagiya og‘ir darajalariga olib kelmasdan qo‘yilishi natijasida uzoq davrdagi asoratlardan biri bo‘lgan kuchli og‘riqning rivojlanishi 8.7% dan 3.3% ga kamaytirildi, natijada bunday bemorlarning umumiy holati engillashuviga va keyingi davolanish uchun ketadigan iqtisodiy xarajatlar kamayishiga katta ta’sir qiladi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: qizilo‘ngach kimyoviy kuyishidan keyingi chandiqli torayish holati bilan bemorlarda metall Nittinol stentining endoskopik o‘rnatish amaliyotiga talab qilinadi. Metall Nittinol stentining qo‘llanilishi oddiy silikonli stentlarga nisbatan muolajadan keyingi davr morfo-fiziologik hamda klinik kechishi kuzatilganda, bunda mazkur muolajalardan keyingi tuzalish davri qisqarishi, turli og‘riq qoldiruvchi prepatlar sarfining kamayishi va qayta endoskopik amaliyotlar o‘tkazilishi kamayishini shuningdek og‘riq sindromining rivojlanishi 8.7% dan 3.3% ga qisqarishiga olib keldi. Yuqoridagilarni inobatga olib: 1 bemorda mazkur patologiyalarda mazkur usulda stentlash natijasida 1 bemor uchun o‘rtacha 5 520 000 so‘m iqtisod qilishga erishiladi. Shunda yillik iqtisodiy ko‘rsatkich 11 040 000 so‘mni tashkil etadi (2 nafar bemor uchun). Xulosa: qizilo‘ngach kimyoviy kuyishidan keyingi chandiqli torayish holati bilan bemorlarda metall Nittinol stentining qo‘llanilishi endoskopik usullaridan foydalanishni amaliyotga joriy qilinishi 1 yilda 11 040 000 so‘mni iqtisod qilish (2 nafar bemorda) imkonini berdi. Shunda yillik byudjet mablag‘laridan 3 312 000 so‘mni, byudjetdan tashqari mablag‘lardan esa 7 728 000 so‘mni tejash imkonini berdi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: “Disfagiya sindromli bemorlarni davolashning kam invaziv usullari taktikasini takomillashtirish” mavzusidagi dissertatsiya tadqiqotida olingan ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga “Akademik V.Voxidov nomidagi RIXIATM” DM direktori tomonidan 25.09.2023y.; №834 sonli xat yuborilgan.
qizilo‘ngach kimyoviy kuyishidan keyingi chandiqli torayish bilan bemorlarda qizilo‘ngach devoridagi o‘zgarishlarning morfologik xususiyatlari o‘rganilib, natijada kaminvaziv bujlash davo muolajasidan keyin rivojlanadigan turli asoartlar, shular orasida jiddiy asoratlaridan biri qon ketishning rivojlanishini ikki barobar kamaytirish imkonini berdi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: disfagiya sindromi mavjud bemorlarni davolashning kam invaziv usullari taktikasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, xususan, “Akademik V.Vohidov nomidagi RIXIATM” DM ning “Qizilo‘ngach va oshqozon xirurgiyasi bo‘limi”, Samarqand shahar tibbiyot birlashmasi va Guliston tibbiyot klasteri xirurgiya bo‘limlari amaliyotiga joriy etildi (“Akademik V.Voxidov nomidagi RIXIATM” davlat muassasasi markazi bo‘yicha 2023 yil 25 sentyabrdagi 833-sonli buyruq). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: qizilo‘ngach kimyoviy kuyishidan keyingi chandiqli torayish bilan bemorlarda qizilo‘ngach devoridagi o‘zgarishlarning morfologik xususiyatlari o‘rganish natijasida kaminvaziv davo usuli hisoblangan bujlash amaliyoti vaqtini kamaytiradi, davo sifatini yaxshilaydi va kuzatilishi mumkin bo‘lgan qon ketish kabi asoratlarning uchrashini 12.3%dan 6.7% ga sezilarli (χ2=1,704, p=0,192) kamaytirdi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: qizilo‘ngach kimyoviy kuyishidan keyingi chandiqli torayish holati bilan bemorlarning statsionar sharoitda davolash (kompleks bujlash amaliyoti) odatda umumiy o‘rtacha 6 900 000 so‘m. Bu summa ichiga bemorlarning barcha laborator-instrumental tekshirishlari, o‘rin kunlari (xirurgik bo‘limda va reanimatsiya bo‘limida bo‘lish kunlari), dori-darmon va bujlash muolajasiga ketgan xarajatlar kiradi. Bemorlarda qizilo‘ngach devoridagi o‘zgarishlarning morfologik xususiyatlari o‘rganish natijasi shuni ko‘rsatdiki, bujlash amaliyotida taklif qilingan usullar natijasida kuzatilishi mumkin bo‘lgan qon ketish kabi asoratlarning uchrashini 12.3% dan 6.7% ga sezilarli (χ2=1,704, p=0,192) kamaydi.  Yuqoridagilardan xulosa qilib aytsak, 1 nafar bemor uchun: mazkur patlogiyalarda sarflanadigan xarajat 6 900 000 so‘m; taklif qilingan usullar natijasida mazkur patologiyaning qaytalanishi va asoartlanishi 12.3% dan 6.7% ga kamaygan bo‘lsa bunda xarajatlar 3 450 000 so‘mga qisqarishi natijasida iqtisodiy ko‘rsatgich 3 450 000 so‘mni tashkil etdi. Ya’ni bunda: ((odatda mazkur patologiyada sarf qilingandigan o‘rtacha umumiy  xarajat) 6 900 000 so‘m  – (taklif etilgan usullar yordamida to‘g‘ri tanlangan davolash taktikasini amaliyotga joriy etilishi natijasidagi o‘rtacha umumiy  xarajat) 3 450 000 so‘m = 3 450 000 so‘m (iqtisod qilinadigan summa));  Agarda qizilo‘ngach kimyoviy kuyishidan keyingi chandiqli torayish holatlaridagi bemorlarda bir yilda o‘rtacha 3 martagacha bujlash amaliyotini bajarilishini inobatga oladigan bo‘lsak, 1 bemor uchun iqtisodiy samaradorlik 10 350 000 so‘mni tashkil etadi (3 450 000 so‘m (iqtisod qilinadigan summa) x 3 (1 yilda o‘rtacha bujlash amaliyoti) = 10 350 000 so‘m). Yillik iqtisodiy ko‘rsatkich esa 31 050 000 so‘mni tashkil etdi (3 nafar bemor uchun). Mazkur taklif etilgan usullarni (3 nafar bemor uchun) amaliyotga tadbig‘i natijasida yillik byudjet mablag‘laridan 9 315 000 so‘m, byudjetdan tashqari mablag‘lardan esa 21 735 000 so‘m miqdorda iqtisod qilindi. Xulosa: disfagiya sindromi mavjud bemorlarni davolashning kam invaziv usullari taktikasini takomillashtirish holati bilan bemorlarda tavsiya qilingan davo usulini amaliyotga joriy qilinishi 1 yilda 1 bemordan 10 350 000 so‘mni tejash imkonini bersa, 3 ta bemor uchun yillik 31 050 000 so‘m (byudjet mablag‘laridan 9 315 000 so‘m, byudjetdan tashqari mablag‘lardan esa 21 735 000 so‘m)ni iqtisod qilish yo‘li orqali iqtisodiy samaradorlikka erishish  imkonini berdi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: “Disfagiya sindromli bemorlarni davolashning kam invaziv usullari taktikasini takomillashtirish” mavzusidagi dissertatsion tadqiqotda olingan ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga “Akademik V.Voxidov nomidagi RIXIATM” DM direktori tomonidan 25.09.2023y.; №834 sonli xat yuborilgan.
qizilo‘ngachning yaxshi sifatli torayishlari bilan bemorlarda disfagiyani kamaytirish uchun o‘rnatilgan stentlarning mahalliy to‘qimalarga ta’sir xususiyatlari o‘rganilib, davo usuli davomiyligi va sifat darajasi yaxshilanishiga olib keldi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: disfagiya sindromi mavjud bemorlarni davolashning kam invaziv usullari taktikasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, xususan, “Akademik V.Vohidov nomidagi RIXIATM” DM ning “Qizilo‘ngach va oshqozon xirurgiyasi bo‘limi”, Samarqand shahar tibbiyot birlashmasi va Guliston tibbiyot klasteri xirurgiya bo‘limlari amaliyotiga joriy etildi (“Akademik V.Voxidov nomidagi RIXIATM” davlat muassasasi markazi bo‘yicha 2023 yil 25 sentyabrdagi 833-sonli buyruq). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: qizilo‘ngachning yaxshi sifatli torayishlari bilan bemorlarda kaminvaziv davo usullarining samaradorligini va sifatini oshirishiga, muolajadan keyingi uzoq davrda stentlarning mahalliy to‘qimalarga ta’siri o‘rganilib, 3 oygacha stentlarning ijobiy holati natijalari 12.1% dan 42.9% ga (to‘rta barobarga) oshirishga erishildi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: qizilo‘ngach kimyoviy kuyishidan keyingi chandiqli torayish holati bilan bemorlarda metall Nittinol stentining endoskopik o‘rnatish amaliyotiga 5 520 000 so‘m (“Akademik V.Voxidov nomidagi RIXIATM” DM preyskurantiga ko‘ra) talab qilinadi. Metall Nittinol stentining qo‘llanilishi oddiy silikonli stentlarga nisbatan muolajadan keyingi davr kuzatilganda, bemorlarda 3 oygacha stentlarning ijobiy holati natijalari 12.1% dan 42.9% ga ko‘proq ekanligini inobatga olib, bunda o‘rtacha umumiy yillik iqtisodiy ko‘rsatkich 16 560 000 so‘mni tashkil etadi (3 nafar bemor uchun). Xulosa: Metall Nittinol stentining qo‘llanilishi 1 yilda (3 nafar bemor uchun) 16 560 000 so‘mni, shundan 4 968 000 so‘m byudjet mablag‘lari, 11 592 000 so‘m byudjetdan tashqari mablag‘larini iqtisod qilish imkonini berdi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: “Disfagiya sindromli bemorlarni davolashning kam invaziv usullari taktikasini takomillashtirish” mavzusidagi dissertatsion tadqiqotda olingan ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga “Akademik V.Voxidov nomidagi RIXIATM” DM direktori tomonidan 25.09.2023y.; №834 sonli xat yuborilgan.
qizilo‘ngachning yaxshi sifatli torayishlari soxasida chandiqli jarayon rivojlanishining klinik va morfologik jihatlari aniqlanib, stentlash muolajasining takomillashishi disfagiyaning qaytalanishining pasayishiga olib keldi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: disfagiya sindromi mavjud bemorlarni davolashning kam invaziv usullari taktikasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, xususan, “Akademik V.Vohidov nomidagi RIXIATM” DM ning “Qizilo‘ngach va oshqozon xirurgiyasi bo‘limi”, Samarqand shahar tibbiyot birlashmasi va Guliston tibbiyot klasteri xirurgiya bo‘limlari amaliyotiga joriy etildi (“Akademik V.Voxidov nomidagi RIXIATM” davlat muassasasi markazi bo‘yicha 2023 yil 25 sentyabrdagi 833-sonli buyruq). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: qizilo‘ngachning yaxshi sifatli torayishlari bilan bemorlarda metall Nittinol stentining qo‘llanilishi oddiy silikonli stentlarga nisbatan muolajadan keyingi uzoq davrdagi natijalari ichida disfagiyaning qaytalanishini 33.3%dan 18.5%ga (ikki barobarga) sezilarli kamayishi (χ2=4,146, p=0,047) aniqlandi. Bunda qo‘shimcha tekshirish usullari, o‘rin kunlarining ko‘payishi va operatsiya xajmining oshishi xisobiga, umumiy o‘rtacha 16 560 000 so‘m sarflanadi. Mazkur vaziyatda takliya etilayotgan usullarni qo‘llash yordamida esa 1 bemor uchun umumiy xarajtlar 6 900 000 so‘m (“Akademik V.Voxidov nomidagi RIXIATM” DM preyskurantiga ko‘ra) ni tashkil etadi. Shunda yuqoridagilarga asosan tahlil natijasida mazkur tadqiqotning ilmiy-amaliy natijalarini joriy qilish hisobiga: 1 bemor uchun o‘rtacha xisobda 9 660 000 so‘m mablag‘ iqtisod qilinishga olib keladi, ya’ni: bunda bu kabi xolatlarda rivojlangan turli asoratlarni davolashda bajariladigan jarrohlik amaliyoti o‘rta xarajtlari 1 bemor uchun 16 560 000 so‘mni tashkil etadi. taklif etilgan stentlash muolajasining takomillashishi yordamida to‘g‘ri tanlangan davolash taktikasi amaliyotining joriy etilishi natijasidagi o‘rtacha umumiy  xarajatlar: 6 900 000 so‘mga teng bo‘ladi. ((odatda mazkur patologiyada bajariladiga kompleks operativ davo muolajalari o‘rtacha umumiy  xarajati) 16 560 000 so‘m  – (taklif etilgan stentlash yordamida to‘g‘ri tanlangan davolash taktikasi natijasida, yangi amaliyotining joriy etilishi natijasidagi o‘rtacha umumiy  xarajat) 6 900 000 so‘m = 9 660 000 so‘m (iqtisod qilinadigan summa)), bunda esa yillik iqtisodiy ko‘rsatkich 28 980 000 so‘mni tashkil etdi (3 nafar bemor uchun). Shunda yillik byudjet mablag‘laridan 8 694 000 so‘m, byudjetdan tashqari mablag‘lardan esa 20 286 000 so‘m miqdorda iqtisod qilindi. Xulosa: bunda mazkur usulni amaliyotga joriy etish natijasida bir bemor uchun 9 660 000 so‘m iqtisod qilinishiga olib keldi. Tajribada keltirilgan 3 nafar bemor uchun, bu iqtisodiy tejash ko‘rsatgichi yillik 28 980 000 so‘mni tashkil etdi. Yillik byudjet mablag‘laridan 8 694 000 so‘m, byudjetdan tashqari mablag‘lardan esa 20 286 000 so‘m miqdorda iqtisod qilindi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: “Disfagiya sindromli bemorlarni davolashning kam invaziv usullari taktikasini takomillashtirish” mavzusidagi dissertatsion tadqiqotda olingan ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga “Akademik V.Voxidov nomidagi RIXIATM” DM direktori tomonidan 25.09.2023y.; №834 sonli xat yuborilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish