Kadirov Mirsulton Batirovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Yangi O‘zbekistonda davlat va fuqarolik jamiyati institutlari faoliyatining ijtimoiy-madaniy transformatsiyasi”, 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.DSc/Fal143.
Ilmiy maslahatchi: Karimov Baxtiyor Rahmonovich, falsafa fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.F.01.05.
Rasmiy opponentlar: Aliev Bekdavlat Alievich, falsafa fanlari doktori professor; Nazarov Qiyomiddin Normirzaevich falsafa fanlari doktori, professor; Qodirov Anvar Qaxxorovich, falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat transport universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy-amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Yangi O’zbekistonda davlat va fuqarolik jamiyati institutlari faoliyatining ijtimoiy-madaniy transformatsiyasini strukturaviy-funksional uyg‘unlashtirishning o’ziga xos xususiyatlari va ularning ilmiy-amaliy maqomini mustahkamlash va rivojlantirish yo’nalishlarini ijtimoiy-falsafiy nuqtai nazardan ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
davlat va fuqarolik jamiyati institutlarini shakllantirish borasida yaratilgan ilmiy, nazariy, falsafiy ta’limotlarda berilgan fundamental qonuniyatlarning jamiyat transformatsiyasi tufayli ijtimoiy-madaniy jarayonlardagi tuzilmaviy o‘zgarishlarga konstruktiv ta’siri ochib berilgan;
davlat va fuqarolik jamiyati institutlarini shakllantirishning me’yoriy-huquqiy asoslari va ular o’rtasidagi o’zaro hamkorlikni strukturaviy-funksional uyg‘unlashtirish asosiy vektorlarining institusional tizimlardagi amaliy faoliyatning islohotlar jarayonida ijtimoiy-madaniy ahamiyati asoslab berilgan;
fuqarolik jamiyati institutlari va davlat o’rtasidagi o’zaro hamkorlikni mustahkamlash mezonlari va yo’nalishlarini turkumlashtirish tamoyillarini jamiyat hayotiga, kishilar ongi va faoliyatiga ijtimoiy-madaniy shart-sharoitlar tufayli deterministik ta’sir etishi omillarning umumxalq manfaatlarining ifodasiga tizimli ravishda shakllantirishdagi ijtimoiy-madaniy transformatsiya jarayonlari uchun rekonstruktiv imkoniyatlari aniqlab berilgan;
davlat organlari va jamoat birlashmalarining o’rtasidagi ijtimoiy-madaniy sohadagi muammolarni hal qilishda davlat hokimiyati va fuqarolik jamiyati institutlarining o’zaro hamkorligini tuzilmaviy nuqtai nazardan mustahkamlash hamda uni rivojlantirishning ijtimoiy ahamiyatga ega ilmiy-falsafiy mezonlari, ko’rsatkichlari va indikatorlari asoslangan holda ularning mamlakatimiz taraqqiyotining yangi bosqichida amalga oshirilayotgan tizimli islohotlar tufayli jamiyatdagi transformatsion jarayonlarga hal qiluvchi ta’siri ochib berilgan;
Yangi O’zbekistonda davlat, fuqarolik jamiyati va jamiyat taraqqiyoti strategiyasi zamonaviy globalizatsiya sharoitlarida ma’naviy-mafkuraviy va madaniy islohotlarning fundamental negizi ekanligini institusional asoslari, konseptual bazasini tashkil etuvchi strukturaviy tamoyillarning ijtimoiy-falsafiy jihatlari, ular o’rtasidagi o’zaro munosabatlarining mavjud ijtimoiy-madaniy amaliyotga muvofiq turli tizimlarning dialektik uzviy bog‘liqligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yangi O‘zbekistonda davlat va fuqarolik jamiyati institutlari faoliyatining ijtimoiy-madaniy transformatsiyasi boʼyicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
davlat va fuqarolik jamiyati institutlarini shakllantirish borasida yaratilgan ilmiy, nazariy, falsafiy ta’limotlarda berilgan fundamental qonuniyatlarning jamiyat transformatsiyasi tufayli ijtimoiy-madaniy jarayonlardagi tuzilmaviy o‘zgarishlarga konstruktiv ta’siriga oid ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining 2022 yil 9 sentyabrdagi 4-13-23-2906-son ma’lumotnomasi). Natijalar mamlakatimiz yoshlarida davlat va fuqarolik jamiyati institutlari to‘g‘risidagi bilimlarni kengayishiga xizmat qilgan;
davlat va fuqarolik jamiyati institutlarini shakllantirishning me’yoriy-huquqiy asoslari va ular o’rtasidagi o’zaro hamkorlikni strukturaviy-funksional uyg‘unlashtirish asosiy vektorlarining institusional tizimlardagi amaliy faoliyatning islohotlar jarayonida ijtimoiy-madaniy ahamiyatiga oid ilmiy xulosalardan «Ijtimoiy fikr» Respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi tomonidan o‘tkazilgan targ‘ibot ishlarida, jumladan 2019 yil 22 fevraldagi «Sotsiologik tadqiqotlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-5667-son Farmonining 3 va 9 bandlarida ko‘rsatilgan vazifalarni hayotga tatbiq qilishda foydalanilgan («Ijtimoiy fikr» Respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish markazining 2022 yil 01 iyuldagi 01-16/163-son ma’lumotnomasi). Natijalar davlat va fuqarolik jamiyati institutlari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni strukturaviy-funksional uyg‘unlashtirish hamda mamlakatda qabul qilinayotgan qonun matnlarida jamoatchilik fikri va qarashlarini ifoda etishga erishilgan;
fuqarolik jamiyati institutlari va davlat o’rtasidagi o’zaro hamkorlikni mustahkamlash mezonlari va yo’nalishlarini turkumlashtirish tamoyillarini jamiyat hayotiga, kishilar ongi va faoliyatiga ijtimoiy-madaniy shart-sharoitlar tufayli deterministik ta’sir etishi omillarning umumxalq manfaatlarining ifodasiga tizimli ravishda shakllantirishdagi ijtimoiy-madaniy transformatsiya jarayonlari uchun rekonstruktiv imkoniyatlariga oid ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy-texnik instituti (hozirda O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti) kursantlari uchun «O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi. Fuqarolik jamiyati» nomli darslikni tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 28 dekabrdagi 676-son hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 27 dekabrdagi 1186-son guvohnomalari). Natijada, «O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi. Fuqarolik jamiyati» nomli darslik mavzulari mazmuni takomillashgan va o‘qitish sifati oshgan;
davlat organlari va jamoat birlashmalarining o’rtasidagi ijtimoiy-madaniy sohadagi muammolarni hal qilishda davlat hokimiyati va fuqarolik jamiyati institutlarining o’zaro hamkorligini tuzilmaviy nuqtai nazardan mustahkamlash hamda uni rivojlantirishning ijtimoiy ahamiyatga ega ilmiy-falsafiy mezonlari, ko’rsatkichlari va indikatorlari asoslangan holda ularning mamlakatimiz taraqqiyotining yangi bosqichida amalga oshirilayotgan tizimli islohotlar tufayli jamiyatdagi transformatsion jarayonlarga hal qiluvchi ta’siriga oid ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi faoliyatida hamda O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi faoliyatida, xususan, 2021 yil 4 martdagi «2021-2025 yillarda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida»gi PF-6181-son Farmonining birinchi ilovasi ikkinchi qismi «Fuqarolik jamiyati asoslari» fani bo‘yicha o‘quv dasturlarni va qo‘llanmalarni tayyorlash, uning asosida «davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari vakillari uchun doimiy ravishda maxsus o‘quv kurslarni tashkil etish» nomli 6-bandi ijrosi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi tizimida kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish maqsadida ko‘rsatilgan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining 2022 yil 05 sentyabrdagi 1/1-5149–son hamda O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiyasining 2022 yil 26 avgustdagi 01/397-22–son ma’lumotnomalari). Natijada harbiy xizmatchilarning huquqiy va ijtimoiy savodxonligini mustahkamlanishiga xizmat qilgan;
Yangi O’zbekistonda davlat, fuqarolik jamiyati va jamiyat taraqqiyoti strategiyasi zamonaviy globalizatsiya sharoitlarida ma’naviy-mafkuraviy va madaniy islohotlarning fundamental negizi ekanligini institusional asoslari, konseptual bazasini tashkil etuvchi strukturaviy tamoyillarning ijtimoiy-falsafiy jihatlari, ular o’rtasidagi o’zaro munosabatlarining mavjud ijtimoiy-madaniy amaliyotga muvofiq turli tizimlarning dialektik uzviy bog‘liqligiga oid ilmiy xulosadan O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi faoliyatida, xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 4 martdagi PF-6181-son «2021–2025 yillarda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida»gi Farmonining birinchi ilovasi ikkinchi qismi «Fuqarolik jamiyati asoslari» fani bo‘yicha o‘quv dasturlarni va qo‘llanmalarni tayyorlash, uning asosida «davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari vakillari uchun doimiy ravishda maxsus o‘quv kurslarni tashkil etish» nomli 6-bandi ijrosi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti kursantlari uchun tayyorlangan «Strategiya razvitiya Uzbekistana. Grajdanskaya obshestvo» nomli darslikni tayyorlashda hamda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2022 yil ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini I. Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini targ‘ib qilish, ushbu yo‘nalishdagi ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tizimli va samarali tashkil qilish chora-tadbirlarining 4-bandi 2022 yil yanvardan boshlab «Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi» kitobi asosida «Yangi O‘zbekistonning ma’naviy taraqqiyot strategiyasi» turkumida kitoblar, lug‘atlar va risolalar tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 23 noyabrdagi 500-son, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 13 maydagi 166-son guvohnomalari; Respublika Ma’naviy va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2022 yil 16 avgustdagi 21-son ma’lumotnomasi). Natijalar kursantlarning jamiyatdagi siyosiy, ma’naviy-axloqiy xavfsizligini ta’minlash va yoshlar ma’naviy salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan ishlar samaradorligini oshirishga xizmat qilgan.