Jumaniyozova Muhayyo Tojievnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Uzliksiz malaka oshirish jarayonida ijtimoiy-gumanitar yo‘nalish pedagoglarining kreativ kompetentligini takomillashtirish”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.DSc/Ped516.
Ilmiy maslahatchi: Musurmanova Aynisa Musurmanovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK nomi: O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti, DSc.28/05.05.2023.Ped.165.01.
Rasmiy opponentlar: Mardonov Shukrullo Qo‘ldashevich, pedagogika fanlari doktori, professor;  Ismailova Zuhra Qaraboevna, pedagogika fanlari doktori, professor; Abdullaev Safibullo  Xabibulloevich, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi uzlyuksiz malaka oshirish jarayonida oliy ta’lim muassasalari ijtimoiy-gumanitar yo‘nalish pedagoglarining kreativ kompetentligini takomillashtirishdan iborat.  
III.  Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uzlyuksiz malaka oshirish jarayonida ijtimoiy-gumanitar yo‘nalish pedagoglari kreativ kompetentligining motivatsion, kognitiv, ijtimoiy, aksiologik, emotsional va introspeksiya kompanentlari ta’limning andragogik, kompetensiyaviy, aksiologik, innovatsion, tizimli  va evtagogik paradigmalari asosida, kreativlikning falsafiy, pedagogik va psixologik xususiyatlariga mos holda aniqlangan;
uzlyuksiz malaka oshirish jarayonida ijtimoiy-gumanitar yo‘nalish pedagoglari kreativ kompetentligini (analitik tahlil, konsentratsiya, g‘oyalar inkubatsiyasi, g‘oyalar qidirish yo‘lidagi past-balandliklar, to‘lqinli taraqqiyot, analiz va sintez asosida) rivojlanish bosqichlari (motivatsion-hissiy, taqlid qilish, ta’sirlarni uzatish, kasbiy transformatsiya va kreativlikni uyg‘unlashtirish) va ularning mazmuni andragogik talablar asosida takomillashtirilgan;
rasmiy, norasmiy va informal ta’lim muhitida adekvatlik, aniqlik, universallik talablariga mos ravishda  “Kreativ kompetentlikni rivojlantirishga yo‘naltirilgan ta’lim jarayon modeli” ijtimoiy-gumanitar yo‘nalish pedagoglarining kreativligini rivojlanish bosqichlariga ustivorlik berish asosida takomillashtirilgan;
ijtimoiy-gumanitar yo‘nalish pedagoglarining shaxsiy-kasbiy ta’lim traektoriyasi va individual-kasbiy rivojlanish dasturi ta’limdagi raqamli transformatsiya jarayonlari, ijtimoiy-gumanitar fanlarni o‘qitishning integral xususiyatlari, uzlyuksiz malaka oshirish tizimida kasbiy rivojlanishga bo‘lgan ehtiyojni aniqlash vositalari, individual ta’lim manbalarini belgilash asosida rivojlantirilgan;
ijtimoiy-gumanitar yo‘nalish pedagoglari kreativ kompetentligini takomillashtirish indikatorlari (o‘z-o‘zini rivojlantirish, empatiya, refleksiv, kognitiv, natijadorlik, adekvat metodlardan foydalanish, tizimli fikrlash), darajalari (yuqori, o‘rta, quyi)  hamda kreativ kompetentlikni diagnostika qilishga qaratilgan didaktik resurslar va elektron uslubiy ta’minot ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oliy ta’lim muassasalari ijtimoiy-gumanitar yo‘nalish pedagoglarining kreativ kompetentligini uzlyuksiz malaka oshirish jarayonlarida takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
uzlyuksiz malaka oshirish jarayonida  ijtimoiy-gumanitar yo‘nalish pedagoglari kreativ kompetentligining kompanentlari (motivatsion, kognitiv, ijtimoiy, aksiologik, emotsional va introspeksiya) ta’limning andragogik, kompetensiyaviy, aksiologik, innovatsion, tizimli va evtagogik paradigmalari tamoyillari orqali shaxs kreativligining falsafiy, pedagogik va psixologik xususiyatlari asosida olingan ilmiy natijalar, xulosa va tavsiyalar 2019-2022-yillar davomida Evropa Ittifoqi Evropa ijtimoiy jamg‘armasining “PPI/RM/2019/1/00004 – 3D Digital Silk Road” mavzusidagi xalqaro loyiha doirasida foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 21-iyundagi 02/14-1219-son ma’lumotnomasi). Natijada tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha jarayonida  ijtimoiy-gumanitar yo‘nalish pedagog kadrlar tayyorgarligiga qo‘yiladigan davlat ta’lim talablari mazmuni boyitilgan;
uzlyuksiz malaka oshirish jarayonida ijtimoiy-gumanitar yo‘nalish pedagoglari kreativ kompetentligini (analitik tahlil, konsentratsiya, g‘oyalar inkubatsiyasi, g‘oyalar qidirish yo‘lidagi past-balandliklar, to‘lqinli taraqqiyot, analiz va sintez asosida) rivojlanish bosqichlari (motivatsion-hissiy, taqlid qilish, ta’sirlarni uzatish, kasbiy transformatsiya va kreativlikni uyg‘unlashtirish) va ularning mazmuni andragogik talablar asosida  takomillashtirishga  oid xulosa va tavsiyalar 2019-2022-yillar davomida Evropa Ittifoqi Evropa ijtimoiy jamg‘armasining “PPI/RM/2019/1/00004 – 3D Digital Silk Road” mavzusidagi xalqaro loyiha doirasida foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 21-iyundagi 02/14-1219-son ma’lumotnomasi). Natijada, ijtimoiy-gumanitar yo‘nalish pedagoglarining kasbiy kompetensiyalari tarkibi takomillashtirishga erishilgan;
rasmiy, norasmiy va informal ta’lim muhitida ijtimoiy-gumanitar yo‘nalish pedagoglarining kreativligini rivojlanish bosqichlariga ustivorlik berish asosida adekvatlik, aniqlik, universallik talablariga mos ravishda  “Kreativ kompetentlikni rivojlantirishga yo‘naltirilgan ta’lim jarayon modeli”ni  takomillashtirishga oid xulosa va tavsiyalardan O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining OT-A1-118 “O‘zbekiston  Respublikasida  ko‘p qirrali madaniy ta’lim muhitida o‘qitishning samarali usullarini ishlab chiqish va amaliyotga tadbiq etish” (2019-2021-yy) mavzusidagi amaliy loyiha doirasida foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 21-iyundagi 02/14-1219-son ma’lumotnomasi). Natijada uzlyuksiz ta’lim tizimida ijtimoiy-gumanitar yo‘nalish pedagoglarining kreativ kompetentligi  samarali rivojlantirilgan;
ijtimoiy-gumanitar yo‘nalish pedagoglarining shaxsiy-kasbiy ta’lim trayektoriyasi va individual-kasbiy rivojlanish dasturi ta’limdagi raqamli transformatsiya jarayonlari, ijtimoiy-gumanitar fanlarni o‘qitishning integral xususiyatlari, uzlyuksiz malaka oshirish tizimida kasbiy rivojlanishga bo‘lgan ehtiyojni aniqlash vositalari, individual ta’lim manbalarini belgilash asosida rivojlantirishga oid xulosa va tavsiyalar “Umumiy pedagogika” (II-qism) darsligi mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 21-iyundagi 02/14-1219-son ma’lumotnomasi). Natijada, oliy ta’lim muassasalari ta’lim, ijtimoiy va gumanitar fanlar sohalari pedagog kadrlari uchun “Pedagogning kreativ kompetentligini rivojlantirish” mavzusida ochiq ta’lim resurslari yaratilgan va amaliyotga tadbiq etilgan;
ijtimoiy-gumanitar yo‘nalish pedagoglari kreativ kompetentligini takomillashtirish indikatorlari (o‘z-o‘zini rivojlantirish, empatiya, refleksiv, kognitiv, natijadorlik, adekvat metodlardan foydalanish, tizimli fikrlash), darajalari (yuqori, o‘rta, quyi)  hamda kreativ kompetentlikni diagnostika qilishga qaratilgan didaktik resurslarga oid ilmiy xulosa va tavsiyalar “Umumiy pedagogika” (II-qism) darsligi mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 21-iyundagi 02/14-1219-son ma’lumotnomasi). Natijada pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish  ta’limi va umumiy pedagogika fanining mazmuni boyitilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish