Musoev Toxir Yaxyoevichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Sepsis bilan asoratlangan pankreonekroz kuzatilgan bemorlarni davolashning diagnostik va xirurgik taktikasini optimallashtirish», 14.00.27 – Xirurgiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.DSc/Tib874.
Ilmiy maslahatchi: Xamdamov Baxtiyor Zarifovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi, IK raqami: Abu Ali ibn Sino Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04/30.04. 2022.Tib.93.01.
Rasmiy opponentlar: Ligay Ruslan Efimovich, tibbiyot fanlari doktori; Xadjibaev Farxod Abduxakimovich, tibbiyot fanlari doktori, professor, Muslumov Gurbanxan Fatali ogli, tibbiyot fanlari doktori, professor (Ozarbayjon respublikasi)
Yetakchi tashkilot: N.V.Sklifosovskiy nomidagi tez yordam ilmiy tekshirish instituti (Rossiya Federatsiyasi)
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Sepsis bilan asoratlangan pankreonekroz kuzatilgan bemorlarni davolash natijalarini, kechishni tashhislash va ushbu kasallikning oqibatini bashorat qilishda taktik usullarni optimallashtirish, shuningdek optimal davolash usulini tanlash orqali takomillashtirishdan iborat bo‘lgan.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tajribaviy hayvonlar orasida pankreatitning steril va infisirlangan bosqichlarida pankreonekrozni yuzaga keltirishning usullari takomillashtirilgan hamda makroorganizmning reaktivligini dastlab o‘zgartirib keyinchalik infeksion agentni kiritish yo‘li orqali sepsis bilan asoratlangan pankreonekrozni yuzaga keltirish modeli ishlab chiqilgan;
poliorganli disfunksiya sindromining rivojlanish dinamikasi va chastotasining ob’ektiv mezonlariga, shuningdek, davolash tadbirlarining umumiy tuzilishidagi yiringli asoratlarning uchrashi va og‘irligiga asoslangan sepsis bilan asoratlangan pankreonekroz kuzatilgan bemorlar ahvolini baholash usuli hamda oshqozon osti bezining anatomik va funksional holatining ob’ektiv mezonlari, yallig‘lanish jarayonining va davolanishdan keyingi asoratlarning mavjudligiga asoslangan sepsis bilan asoratlangan pankreonekroz bo‘lgan bemorlarni davolashning bevosita natijalarini baholashning yangi usuli ishlab chiqilgan;
pankreonekroz kuzatilgan bemorlarda sepsis rivojlanishini bashorat qilishning yangi usuli ishlab chiqilgan bo‘lib, bu endotelial disfunksiya rivojlanish darajasini va sepsis bilan asoratlangan pankreonekrozning rivojlanish ehtimolini, davolashning taktikasi va shartlarini, dinamik nazoratni o‘tkazishning sharoitlari va xronologiyalarini tanlash asoslangan;
pankreonekroz kuzatilgan bemorlarda endotelial tizimning buzilish darajasini hisobga olgan holda davolash-tashhisot algoritmidan foydalanish yotoq kunlarini 12,2±5,8 ga kamaytirish imkonini bergan. Bunda agar pankreonekrozning infisirlangan shakli bo‘lgan bemorlar orasida bu ko‘rsatkich 10,6±5,7 yotoq-kunga kamaytirilgan bo‘lsa (r<0,05), pankreonekrozning steril shakli bo‘lgan bemorlar orasida esa - 13,8±4,5 yotoq-kunga (r<0,05) qisqargan, bu abdominal sepsis bilan asoratlangan pankreonekroz kuzatilgan bemorlarni davolashda optimallashtirilgan tashhisot va jarrohlik taktikasining yuqori samaradorligi aniqlangan;
pankreonekrozning rivojlanishi bilan qon zardobidagi qon-tomir hujayralararo adgeziya molekulasi-1 va assimetrik dimetilarginin molekulasining ko‘payishi boshqa hayotiy muhim a’zolarda (yurak, buyrak, o‘pka) endoteliotsitlarning shikastlanishiga olib kelishi va shu bilan poliorganli disfunksiya sindromining rivojlanishining buzilgan doirasini keltirib chiqarishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Sepsis bilan asoratlangan pankreonekroz kuzatilgan bemorlarni davolashning diagnostik va xirurgik taktikasini optimallashtirish bo‘yicha ilmiy natijalarga ko‘ra:
Ilmiy yangilikning mohiyati: tajribaviy hayvonlar orasida pankreatitning steril va infisirlangan bosqichlarida pankreonekrozni yuzaga keltirishning usullari takomillashtirilgan hamda makroorganizmning reaktivligini dastlab o‘zgartirib keyinchalik infeksion agentni kiritish yo‘li orqali sepsis bilan asoratlangan pankreonekrozni yuzaga keltirish modeli ishlab chiqilgan.
Ilmiy yangilikning ahamiyati: sepsis bilan asoratlangan pankreonekrozni yuzaga keltirish modeli ishlab chiqilishi mazkur bemorlarda kasallikning asoratlarini oldini olinishi davolash natijalarini yaxshilashga ko‘maklashib, natijada kuzatilishi mumkin bo‘lgan asoratlar, o‘limni kamaytirib, shifo jarayonini tezlashtiradi.
Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro filiali bo‘yicha buyruq (29.06.2023 y.; № 15/1), Navoiy filiali bo‘yicha buyruq (30.06.2023 y.; № 12), hamda Samarqand filiali bo‘yicha buyruq (03.07.2023 y.; № 17/2) bilan amaliyotga joriy etildi.
Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat sepsis bilan asoratlangan pankreonekrozni yuzaga keltirish modeli ishlab chiqilishi bemorlarning barchasida kasallikning asoratlarini oldini olishni bemorlarni davolash sifatini yaxshilaydi.
Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: sepsis bilan asoratlangan pankreonekrozni yuzaga keltirish modeli ishlab chiqilishi mazkur bemorlarda kasallikning asoratlarini oldini olinishi davolash natijalarini yaxshilashga ko‘maklashib, natijada kuzatilishi mumkin bo‘lgan asoratlar, o‘limni kamaytirib, shifo jarayonini tezlashtiradi hamda bemorlarni davolashda sarflanadigan xarajatlarini 2 500 000 so‘mga kamaytirishga erishildi.
Xulosa: sepsis bilan asoratlangan pankreonekrozni yuzaga keltirish modeli ishlab chiqilishi mazkur bemorlarda kasallikning asoratlarini oldini olinishi davolash natijalarini yaxshilashga ko‘maklashib, natijada kuzatilishi mumkin bo‘lgan asoratlar oldini olish hisobiga, 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 2 500 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 1 254 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi.
Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Sepsis bilan asoratlangan pankreonekroz kuzatilgan bemorlarni davolashning diagnostik va xirurgik taktikasini optimallashtirish» mavzusida ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Buxoro davlat tibbiyot instituti ekspert kengashi raisiga Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori tomonidan 2023 yil 26 iyundagi 01/04/3450-son xat yuborilgan.
Ilmiy yangilikning mohiyati: poliorganli disfunksiya sindromining rivojlanish dinamikasi va chastotasining ob’ektiv mezonlariga, shuningdek, davolash tadbirlarining umumiy tuzilishidagi yiringli asoratlarning uchrashi va og‘irligiga asoslangan sepsis bilan asoratlangan pankreonekroz kuzatilgan bemorlar ahvolini baholash usuli hamda oshqozon osti bezining anatomik va funksional holatining ob’ektiv mezonlari, yallig‘lanish jarayonining va davolanishdan keyingi asoratlarning mavjudligiga asoslangan sepsis bilan asoratlangan pankreonekroz bo‘lgan bemorlarni davolashning bevosita natijalarini baholashning yangi usuli ishlab chiqilgan.
Ilmiy yangilikning ahamiyati: sepsis bilan asoratlangan pankreonekroz kuzatilgan bemorlar ahvolini ishlab chiqilgan baholash usulidan foydalanilishi poliorgan disfunksiya rivojlanish ehtimolini bashoratlab davolanish samarasini oshirishga imkon berishi hamda sepsis bilan asoratlangan pankreonekroz bo‘lgan bemorlarni davolashning bevosita natijalarini baholashning yangi usuli kasallarda asoratlarning kamaytirishga imkon berishi isbotlangan.
Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro filiali bo‘yicha buyruq (29.06.2023 y.; № 15/1), Navoiy filiali bo‘yicha buyruq (30.06.2023 y.; № 12), hamda Samarqand filiali bo‘yicha buyruq (03.07.2023 y.; № 17/2) bilan amaliyotga joriy etildi.
Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: poliorganli disfunksiya sindromining rivojlanish dinamikasi va chastotasining ob’ektiv mezonlariga, shuningdek davolash tadbirlarining umumiy tuzilishidagi yiringli asoratlarning uchrashi va og‘irligiga asoslangan sepsis bilan asoratlangan pankreonekroz kuzatilgan bemorlar ahvolini baholash usulini hisobga olinishi rivojlanishi mumkin bo‘lgan asoratlarning hamda oshqozon osti bezining anatomik va funksional holatining ob’ektiv mezonlari, yallig‘lanish jarayonining va davolanishdan keyingi asoratlarning mavjudligiga asoslangan sepsis bilan asoratlangan pankreonekroz bo‘lgan bemorlarni davolashning bevosita natijalarini baholashning yangi usulining ishlatilishi intraoperatsion va operatsiyadan keyingi davrda asoratlarning kamaytirish imkoniyatini beradi
Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat:
sepsis bilan asoratlangan pankreonekroz kuzatilgan bemorlar ahvolini baholash usulini hamda bemorlarni davolashning bevosita natijalarini baholashning yangi usuli hisobga olinishi: rivojlanishi mumkin bo‘lgan asoratlarni oldini olib, bemorning shifoxonada qolish muddatini o‘rtacha 5 kunga qisqartirib, shifoxonada qolish to‘lov miqdori 535 000 so‘mga kamaytirgan (RShTYoIM BF ning preyskurantiga ko‘ra shifoxonada 1 kun qolish 107.000 so‘mni tashkil qiladi); shifoxonada bo‘lish davrining bir necha kunga qisqartirilishi hisobiga dori-darmon kam talab etilgan (1 kunga o‘rtacha 185 000 so‘m dori vositalari sarflanadi);
Xulosa: sepsis bilan asoratlangan pankreonekrozli bemorlar ahvolini baholash usulini hamda bemorlarni davolashning bevosita natijalarini baholashning yangi usuli hisobga olinishi davolanish samarasini oshirishga davolash natijalariga sezilarli ijobiy ta’sir ko‘rsatib, asoratlarning kamaytirish imkonini beradi.
Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Sepsis bilan asoratlangan pankreonekroz kuzatilgan bemorlarni davolashning diagnostik va xirurgik taktikasini optimallashtirish» mavzusida ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Buxoro davlat tibbiyot instituti ekspert kengashi raisiga Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori tomonidan 2023 yil 26 iyundagi 01/04/3450-son xat yuborilgan.
Ilmiy yangilikning mohiyati: pankreonekroz kuzatilgan bemorlarda sepsis rivojlanishini bashorat qilishning yangi usuli ishlab chiqilgan bo‘lib, bu endotelial disfunksiya rivojlanish darajasini va sepsis bilan asoratlangan pankreonekrozning rivojlanish ehtimolini, davolashning taktikasi va shartlarini, dinamik nazoratni o‘tkazishning sharoitlari va xronologiyalarini tanlash imkonini bergan.
Ilmiy yangilikning ahamiyati: pankreonekroz kuzatilgan bemorlarda sepsis rivojlanishini bashorat qilishning yangi usuli ishlab chiqilgan bo‘lib, bu endotelial disfunksiya rivojlanish darajasini va sepsis bilan asoratlangan pankreonekrozning rivojlanish ehtimolini, davolashning taktikasi va shartlarini, dinamik nazoratni o‘tkazishning sharoitlari va xronologiyalarini tanlash imkonini berishi bilan izohlangan. Bu o‘z navbatida, shifo jarayonini tezlashtirib, yotoq kunini qisqartirgan.
Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro filiali bo‘yicha buyruq (29.06.2023 y.; № 15/1), Navoiy filiali bo‘yicha buyruq (30.06.2023 y.; № 12), hamda Samarqand filiali bo‘yicha buyruq (03.07.2023 y.; № 17/2) bilan amaliyotga joriy etildi.
Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: pankreonekroz kuzatilgan bemorlarda sepsis rivojlanishini bashorat qilishning yangi usuli o‘z navbatida, rivojlanish ehtimoli yuqori bo‘lgan hayotga xavf tug‘diruvchi asoratlarni oldini olish imkonini beradi.
Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: pankreonekroz kuzatilgan bemorlarda endotelial disfunksiya rivojlanish darajasini va sepsis bilan asoratlangan pankreonekrozning rivojlanish ehtimolini, davolashning taktikasi va shartlarini, dinamik nazoratni o‘tkazishning sharoitlari va xronologiyalarini tanlash imkonini beradigan sepsis rivojlanishini bashorat qilishning yangi usulidan foydalanish bemorning shifoxonada qolish muddatini o‘rtacha 12,2 kunga qisqartirib, 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 1 305 400 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 2 257 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi.
Xulosa: pankreonekroz kuzatilgan bemorlarda endotelial disfunksiya rivojlanish darajasini va sepsis bilan asoratlangan pankreonekrozning rivojlanish ehtimolini, davolashning taktikasi va shartlarini, dinamik nazoratni o‘tkazishning sharoitlari va xronologiyalarini tanlash imkonini beradigan sepsis rivojlanishini bashorat qilishning yangi usulining joriy qilinishi 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 1 305 400 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 2 257 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi.
Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Sepsis bilan asoratlangan pankreonekroz kuzatilgan bemorlarni davolashning diagnostik va xirurgik taktikasini optimallashtirish» mavzusida ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Buxoro davlat tibbiyot instituti ekspert kengashi raisiga Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori tomonidan 2023 yil 26 iyundagi 01/04/3450-son xat yuborilgan.
Ilmiy yangilikning mohiyati: pankreonekroz kuzatilgan bemorlarda endotelial tizimning buzilish darajasini hisobga olgan holda davolash-tashhisot algoritmidan foydalanish yotoq kunlarini 12,2±5,8 ga kamaytirish imkonini bergan. Bunda agar pankreonekrozning infisirlangan shakli bo‘lgan bemorlar orasida bu ko‘rsatkich 10,6±5,7 yotoq-kunga kamaytirilgan bo‘lsa (r<0,05), pankreonekrozning steril shakli bo‘lgan bemorlar orasida esa - 13,8±4,5 yotoq-kunga (r<0,05) qisqargan, bu abdominal sepsis bilan asoratlangan pankreonekroz kuzatilgan bemorlarni davolashda optimallashtirilgan tashhisot va jarrohlik taktikasining yuqori samaradorligini tasdiqlagan.
Ilmiy yangilikning ahamiyati: pankreonekroz kuzatilgan bemorlarda endotelial tizimning buzilish darajasini hisobga olgan holda davolash-tashhisot algoritmidan foydalanish yotoq kunlarini 12,2±5,8 ga kamaytirish imkonini bergan. Bu o‘z navbatida, shifo jarayonini tezlashtirib, bemorlar reabilitatsiyasini tezlashtirgan.
Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro filiali bo‘yicha buyruq (29.06.2023 y.; № 15/1), Navoiy filiali bo‘yicha buyruq (30.06.2023 y.; № 12), hamda Samarqand filiali bo‘yicha buyruq (03.07.2023 y.; № 17/2) bilan amaliyotga joriy etildi.
Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: pankreonekroz kuzatilgan bemorlarda endotelial tizimning buzilish darajasini hisobga olgan holda davolash-tashhisot algoritmidan foydalanish, rivojlanish ehtimoli yuqori bo‘lgan hayotga xavf tug‘diruvchi asoratlarni oldini olish imkonini beradi.
Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: pankreonekroz kuzatilgan bemorlarda endotelial tizimning buzilish darajasini hisobga olgan holda davolash-tashhisot algoritmidan foydalanish bemorning shifoxonada qolish muddatini o‘rtacha 12,2±5,8 kunga qisqartirib, 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 1 305 400 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 2 257 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi.
Xulosa: pankreonekroz kuzatilgan bemorlarda endotelial tizimning buzilish darajasini hisobga olgan holda davolash-tashhisot algoritmidan foydalanish usulining joriy qilinishi 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 1 305 400 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 2 257 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi.
Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Sepsis bilan asoratlangan pankreonekroz kuzatilgan bemorlarni davolashning diagnostik va xirurgik taktikasini optimallashtirish» mavzusida ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Buxoro davlat tibbiyot instituti ekspert kengashi raisiga Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori tomonidan 2023 yil 26 iyundagi 01/04/3450-son xat yuborilgan.
Ilmiy yangilikning mohiyati: pankreonekrozning rivojlanishi bilan qon zardobidagi qon-tomir hujayralararo adgeziya molekulasi-1 va assimetrik dimetilarginin molekulasining ko‘payishi boshqa hayotiy muhim a’zolarda (yurak, buyrak, o‘pka) endoteliotsitlarning shikastlanishiga olib kelishi va shu bilan poliorganli disfunksiya sindromining rivojlanishining buzilgan doirasini keltirib chiqarishi aniqlangan.
Ilmiy yangilikning ahamiyati: pankreonekrozning rivojlanishi bilan qon zardobidagi qon tomir hujayralararo adgeziya molekulasi-1 va assimetrik dimetilarginin molekulasining ko‘payishi boshqa hayotiy muhim a’zolarda (yurak, buyrak, o‘pka) endoteliotsitlarning shikastlanishiga olib kelishi va shu bilan poliorganli disfunksiya sindromining rivojlanishining buzilgan doirasini keltirib chiqarishini inobatga olinishi hayotga xavf tug‘diruvchi asoratlarni oldini olish hamda sepsis bilan asoratlangan pankreonekroz kuzatilgan bemorlarda yangi davolash va diagnostika algoritmini ishlab chiqish va amalga oshirish ijobiy davolash natijalarini 2,2 baravar oshirish, qoniqarsiz davolash natijalari chastotasini 2,4 baravar va o‘limni 1,8 baravar kamaytirish imkonini berishi isbotlangan.
Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro filiali bo‘yicha buyruq (29.06.2023 y.; № 15/1), Navoiy filiali bo‘yicha buyruq (30.06.2023 y.; № 12), hamda Samarqand filiali bo‘yicha buyruq (03.07.2023 y.; № 17/2) bilan amaliyotga joriy etildi.
Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: pankreonekrozda endoteliotsitlarning shikastlanishiga olib kelishi va shu bilan poliorganli disfunksiya sindromining rivojlanishining buzilgan doirasini keltirib chiqarishini inobatga olinishi hayotga xavf tug‘diruvchi asoratlarni kamaytirish hamda rankreotogen sepsis rivojlanishi istiqbolini belgilash va o‘z vaqtida majmuaviy konservativ terapiya hamda xirurgik aralashuvlarni bajarilishi olis davrlarda bemorlar hayot sifatini yaxshilash ularni mehnatga layoqatliligini tiklashni ishonarli darajada oshirish imkoniyatini beradi.
Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat:
pankreonekrozda endoteliotsitlarning shikastlanishiga olib kelishi va shu bilan poliorganli disfunksiya sindromining rivojlanishining buzilgan doirasini keltirib chiqarishini hamda sepsis bilan asoratlangan pankreonekroz kuzatilgan bemorlarda yangi davolash va diagnostika algoritmini ishlab chiqish va amalga oshirishni inobatga olinishi: hayotga xavf tug‘diruvchi asoratlarni kamaytirish imkoniyatini berib davolash samaradorligini yaxshilash hisobiga 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 1 305 400 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 2 257 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi.
Xulosa: pankreonekrozda endoteliotsitlarning shikastlanishiga olib kelishi va shu bilan poliorganli disfunksiya sindromining rivojlanishining buzilgan doirasini keltirib chiqarishini hamda sepsis bilan asoratlangan pankreonekroz kuzatilgan bemorlarda yangi davolash va diagnostika algoritmini ishlab chiqish va amalga oshirishni inobatga olinishi hayotga xavf tug‘diruvchi asoratlarni kamaytirish, pankreotogen sepsis rivojlanishi istiqbolini belgilash va o‘z vaqtida majmuaviy konservativ davo hamda xirurgik aralashuvlarni bajarilishi olis davrlarda bemorlar hayot sifatini yaxshilash ularni mehnatga layoqatliligini tiklashni ishonarli darajada oshirib davolash samaradorligini yaxshilash hisobiga 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 1 305 400 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 2 257 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini beradi.