Xaydarova Sarvinoz Akramovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Atipik stenokardiyada immmun-endokrin holatining gender xususiyatlari», 14.00.36 – Allergologiya va immunologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Tib2586.
Ilmiy rahbar: Navro‘zova Shakar Istamovna tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi, IK raqami: Abu Ali ibn Sino Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04/30.04. 2022.Tib.93.01.
Rasmiy opponentlar: Abduraxmanov Mamur Mustafoevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Polevshhikov Aleksandr Vital`evich, biologiya fanlari doktori, professor (Rossiya federatsiyasi)
Yetakchi tashkilot: Ozarbayjon tibbiyot universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: atipik stenokardiyada jinsni hisobga olgan holda sitokin va endokrin holatni o‘rganish va uning og‘irligining mezonlari va indikatorlarini ishlab chiqishdan iborat bo‘lgan.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: atipik steonkardiyaga komorbid kechishning xos ekanligi isbotlangan. Komorbidlik tuzilishida jinsidan qat’i nazar, 3-darajali gipertoniya kasalligining ustunlik qilishi (95,2%) aniqlangan. Ikkinchi o‘rinni tishlar kariesi egallagan: erkaklarda - 72,5%, ayollarda - 84,9%. Erkaklarda uchinchi o‘rinni surunkali xolesistit - 60,8%, ayollarda - suyaklarning osteoporozi-54,7% egallaganligi aniqlangan;
jinsni hisobga olgan holda atipik stenokardiyadagi sitokinlarning bashoratlilik qiymati isbotlangan. Atipik stenokardiya bilan kasallangan ayollarda IL-6 2,0 baravarga, IL-10 1,92 baravarga ko‘paygan. Atipik stenokardiya bilan kasallangan erkaklarda IL-1, IL-6, IL-10 2,3 baravar va FNO-α 1,75 baravarga ko‘paygan. Atipik stenokardiya va YuIK da progesteron va testosteron darajasi genderli xususiyatlariga ega emasligi isbotlangan;
erkaklar uchun atipik stenokardiya og‘irligi mezonlari ishlab chiqilgan: bu o‘z navbatida IL-1>27,4 pg/ml, giperglikemiya va gipertrigliseridemiya bilan isbotlangan;
ayollar uchun atipik stenokardiya og‘irligi mezonlari ishlab chiqilgan: IL-1>25,4 pg/ml, anemiya, uremiya va aterogenlik indeksining oshishi >2,5 nis.birlikda ekanligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Atipik stenokardiya rivojlanishining immun - endokrin jihatlarini o‘rganish bo‘yicha olingan ilmiy natijalarga ko‘ra:
Ilmiy yangilikning mohiyati: atipik steonkardiyaga komorbid kechishning xos ekanligi isbotlangan. Komorbidlik tuzilishida jinsidan qat’iy nazar, 3-darajali gipertoniya kasalligining ustunlik qilishi (95,2%) aniqlangan. Ikkinchi o‘rinni tishlar kariesi egallagan: erkaklarda - 72,5%, ayollarda - 84,9%. Erkaklarda uchinchi o‘rinni surunkali xolesistit - 60,8%, ayollarda - suyaklarning osteoporozi-54,7% egallagan.
Ilmiy yangilikning ahamiyati: atipik stenokardiyada komorbid kechishning xos ekanligi aniqlangan bo‘lib, bu o‘z navbatida jinsidan qat`iy nazar  bemorlarning barchasida kasallikning asoratlarini oldini olishda komorbidlikni inobatga olinishi davolash natijalarini yaxshilashga ko‘maklashib, natijada kuzatilishi mumkin bo‘lgan asoratlar, o‘limni kamaytirib, shifo jarayonini tezlashtiradi.
Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Buxoro tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (07.11.2022 y.; № 15/2) hamda Buxoro tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (10.11.2022 y.; № 17/1) bilan amaliyotga joriy etildi.
Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: atipik stenokardiyada komorbid kechishning xos ekanligi aniqlangan bo‘lib, bu o‘z navbatida jinsidan qat`iy nazar  bemorlarning barchasida kasallikning asoratlarini oldini olishda komorbidlikni inobatga olinishidan foydalanish, bemorlarni tashxislash va davolash sifatini yaxshilaydi.
Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat:
atipik stenokardiyada komorbid kechishning xos ekanligi aniqlangan bo‘lib, bu o‘z navbatida jinsidan qat`iy nazar  bemorlarning barchasida kasallikning asoratlarini oldini olishda komorbidlikni inobatga olinib davolashning zamonaviy texnologiyalaridan foydalanish, kasallik asoratlarini oldini olishga hamda 1 bemorga sarflanadigan xarajatlarini 1 577 373 so‘mga kamaytirishga erishildi
Xulosa. Atipik stenokardiyada komorbid kechishning xos ekanligi aniqlangan bo‘lib, bu o‘z navbatida jinsidan qat`iy nazar  bemorlarning barchasida kasallikning asoratlarini oldini olishda komorbidlikni inobatga olinib davolashning zamonaviy texnologiyalaridan foydalanish, davolashda kuzatilishi mumkin bo‘lgan asoratlarni oldini olish hisobiga, 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 417 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 192 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi.
Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Atipik stenokardiyada immmun-endokrin holatining gender xususiyatlari» mavzusida ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Buxoro davlat tibbiyot instituti ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori tomonidan 2022 yil 10 dekabrdagi 04/8321-son xat yuborilgan.
Ilmiy yangilikning mohiyati:  jinsni hisobga olgan holda atipik stenokardiyadagi sitokinlarning bashoratlilik qiymati isbotlangan. Atipik stenokardiya bilan kasallangan ayollarda IL-6 2,0 baravarga, IL-10 1,92 baravarga ko‘paygan. Atipik stenokardiya bilan kasallangan erkaklarda IL-1, IL-6, IL-10 2,3 baravar va FNO-α 1,75 baravarga ko‘paygan. Atipik stenokardiya va YuIK da progesteron va testosteron darajasi genderli xususiyatlariga ega emasligi ko‘rsatilgan.
Ilmiy yangilikning ahamiyati: jinsni hisobga olgan holda atipik stenokardiyadagi sitokinlarning bashoratlilik qiymatini hisobga olinishi davolanish samarasini oshirishga imkon berishi isbotlangan.
Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Buxoro tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (07.11.2022 y.; № 15/2) hamda Buxoro tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (10.11.2022 y.; № 17/1) bilan amaliyotga joriy etildi.
Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: jinsni hisobga olgan holda atipik stenokardiyadagi sitokinlarning bashoratlilik qiymatini hisobga olinishi rivojlanishi mumkin bo‘lgan asoratlarning kamaytirish imkoniyatini beradi.
Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat:
jinsni hisobga olgan holda atipik stenokardiyadagi sitokinlarning bashoratlilik qiymatini hisobga olinishi: bemorning shifoxonada qolish muddatini o‘rtacha 3 kunga qisqartirib, shifoxonada qolish to‘lov miqdori 428 000 so‘mga kamaytirgan (RShTYoIMBF ning preyskurantiga ko‘ra shifoxonada 1 kun qolish 107.000 so‘mni tashkil qiladi); shifoxonada bo‘lish davrining bir necha kunga qisqartirilishi hisobiga dori-darmon kam talab etilgan (1 kunga o‘rtacha 36703) so‘m dori vositalari sarflanadi);
Xulosa. Jinsni hisobga olgan holda atipik stenokardiyadagi sitokinlarning bashoratlilik qiymatini hisobga olinishi davolanish samarasini oshirishga davolash natijalariga sezilarli ijobiy ta’sir ko‘rsatib, asoratlarning kamaytirish imkonini beradi.
Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Atipik stenokardiyada immmun-endokrin holatining gender xususiyatlari» mavzusida ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Buxoro davlat tibbiyot instituti ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori tomonidan 2022 yil 10 dekabrdagi 04/8321-son xat yuborilgan
Ilmiy yangilikning mohiyati: erkaklar uchun atipik stenokardiya og‘irligi mezonlari ishlab chiqilgan: IL-1>27,4 pg/ml, giperglikemiya va gipertrigliseridemiya aniqlangan.
Ilmiy yangilikning ahamiyati: erkaklar uchun atipik stenokardiya og‘irligi mezonlari ishlab chiqilgan bu o‘z navbatida mazkur kasallarda asoratlarning kamaytirishga imkon berishi isbotlangan.
Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Buxoro tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (07.11.2022 y.; № 15/2) hamda Buxoro tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (10.11.2022 y.; № 17/1) bilan amaliyotga joriy etildi.
Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: erkaklar uchun atipik stenokardiya og‘irligi mezonlari ishlab chiqilgan bu o‘z navbatida mazkur kasallarda asoratlarning kamaytirish hisobiga ijtimoiy samaradorlikni oshirish imkoniyatini beradi.
Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat:
erkaklar uchun atipik stenokardiya og‘irligi mezonlari ishlab chiqilgan usuli: bemorning shifoxonada qolish muddatini o‘rtacha 8,0 kundan 5,0 kungacha kunga qisqartirib, shifoxonada qolish to‘lov miqdori 428 000 so‘mga  kamaytirgan (RShTYoIM BF ning preyskurantiga ko‘ra shifoxonada 1 kun qolish 107.000 so‘mni tashkil qiladi); shifoxonada bo‘lish davrining bir necha kunga qisqartirilishi hisobiga dori-darmon kam talab etilgan (1 kunga o‘rtacha 36703 so‘m dori vositalari sarflanadi);
Xulosa. Erkaklar uchun atipik stenokardiya og‘irligi mezonlari ishlab chiqilgan usuli, ushbu bemorlarni davolash natijalariga sezilarli ijobiy ta’sir ko‘rsatib, kasallik asoratlarini  kamaytirish imkonini beradi.
Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Atipik stenokardiyada immmun-endokrin holatining gender xususiyatlari» mavzusida ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Buxoro davlat tibbiyot instituti ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori tomonidan 2022 yil 10 dekabrdagi 04/8321-son xat yuborilgan.
Ilmiy yangilikning mohiyati: ayollar uchun atipik stenokardiya og‘irligi mezonlari ishlab chiqilgan: IL-1>25,4 pg/ml, anemiya, uremiya va aterogenlik indeksining oshishi >2,5 nis.birlikdaligi  ko‘rsatilgan.
Ilmiy yangilikning ahamiyati ayollar uchun atipik stenokardiya og‘irligi mezonlari ishlab chiqilgan, bu o‘z navbatida, asoratlar rivojlanishi omilini kamaytirib, shifo jarayonini tezlashtirib, yotoq kunini qisqartirgan.
Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi Olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Buxoro tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (07.11.2022 y.; № 15/2) hamda Buxoro tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (10.11.2022 y.; № 17/1) bilan amaliyotga joriy etildi.
Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: ayollar uchun atipik stenokardiya og‘irligi mezonlari ishlab chiqilgan bo‘lib, ular o‘z navbatida, rivojlanish ehtimoli yuqori bo‘lgan hayotga xavf tug‘diruvchi asoratlarni oldini olish imkonini beradi.
Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat:  ayollar uchun atipik stenokardiya og‘irligi mezonlari ishlab chiqilgan bo‘lib,  rivojlanish ehtimoli yuqori bo‘lgan hayotga xavf tug‘diruvchi asoratlarni oldini olish hisobiga bemorning shifoxonada qolish muddatini o‘rtacha 3,0 kunga  qisqartirib, 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 428 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 110 100 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi.
Xulosa. Ayollar uchun atipik stenokardiya og‘irligi mezonlari ishlab chiqilgan, ularni qo‘llashni shifoxona amaliyotiga  joriy qilinishi 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 428 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 110 100 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi.
Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Atipik stenokardiyada immmun-endokrin holatining gender xususiyatlari» mavzusida ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Buxoro davlat tibbiyot instituti ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori tomonidan 2022 yil 10 dekabrdagi 04/8321-son xat yuborilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish