Xasanov Nazirjon Nabijanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Kontentni etkazib berish tarmog‘ining samaradorligini sun’iy intellekt asosida oshirish model va algoritmlari”, 05.04.01 – Telekommunikatsiya va kompyuter tizimlari, telekommunikatsiya tarmoqlari va qurilmalari. Axborotlarni taqsimlash”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/T3797
Ilmiy rahbar: Maxkamov Baxtiyor Shuxratovich, iqtisod fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, DSc.13/30.12.2019.T.07.02:
Rasmiy opponentlar F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni:
Amirsaidov Ulug‘bek Boburovich., texnika fanlari doktori, dotsent.
Abdullaev Mirjamol Mirkomilovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: kontentni etkazib berish tarmoqlarida samaradorlikni sun’iy intellekt asosida oshirish imkonini taqdim etuvchi model va algoritmlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kontentni etkazib berish tarmoqlarida samarali keshlashni amalga oshiruvchi usul va kontentni keshga joylashtirish algoritmi ishlab chiqilgan;
sun’iy intellekt asosida kontentni etkazib berish tarmoqlarida videokontentlarni samarali keshlash algoritmi ishlab chiqilgan;
sun’iy intellekt asosida kontentni etkazib berish tarmoqlarida video ma’lumotlarning ommabopligini bashorat qilish modeli va interfeysi ishlab chiqilgan;
keshlarga kontentni optimal joylashtirish asosida energiya iste’moli samaradorligini oshiruvchi yondashuv ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Kontentni etkazib berish tarmog‘ining samaradorligini sun’iy intellekt asosida oshirish model va algoritmlari boʻyicha olingan natijalari asosida:
kontentni etkazib berish tarmoqlarida samarali keshlashni amalga oshiruvchi usul va kontentni keshga joylashtirish algoritmi hamda keshlarga kontentni optimal joylashtirish asosida energiya iste’moli samaradorligini oshiruvchi yondashuv Raqamli texnologiyalar vazirligi tasarrufidagi korxonalarda, xususan “Oʻzbektelekom” AK “Telekommunikatsiya transport tarmog‘i” filialiga joriy etilgan (Raqamli texnologiyalar vazirligi 2023-yil 4-sentyabrdagi 33-8/6042-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijasida keshlarga kontentni optimal joylashtirsh asosida energiya iste’moli samaradorligini oshirish modeli lokal kesh-serverga foydalanuvchilarning so‘rov qilayotgan kontentga tushmaslik yoki tushishi hisobiga keshlardagi energiya samaradorlik mavjud usullarga nisbatan 40% gacha oshirish imkonini bergan;
sun’iy intellekt asosida kontentni etkazib berish tarmoqlarida videokontentlarni samarali keshlash algoritmi va keshlarga kontentni optimal joylashtirish asosida energiya iste’moli samaradorligini oshiruvchi yondashuv Raqamli texnologiyalar vazirligi tasarrufidagi korxonalarda, xususan “OʻzTTBRM” DUKga joriy etilgan (Raqamli texnologiyalar vazirligi 2023-yil 4-sentyabrdagi 33-8/6042-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijasida kontentni etkazib berish tarmoqlarida videokontentlarni sun’iy intellekt asosida samarali keshlash yordamida magistral kanallari orqali uzatiladigan trafik hajmini qisqartirish va video kontentlarning ommabop bo‘lish ehtimolligini 98 % gacha aniqlikda bashorat qilish imkoni yaratilgan;
sun’iy intellekt asosida kontentni etkazib berish tarmoqlarida video ma’lumotlarning ommabopligini bashorat qilish modeli va interfeysi hamda videokontentlarni samarali keshlash algoritmi Raqamli texnologiyalar vazirligi tasarrufidagi korxonalarda, xususan “UZDIGITAL TV” MChJga joriy etilgan (Raqamli texnologiyalar vazirligi 2023-yil 4-sentyabrdagi 33-8/6042-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijasida foydalanuvchi va kontent orasidagi masofani qisqartirish, uskuna hamda dasturiy ta’minotni optimallashtirsh va ma’lumot uzatishni yaxshilah hisobiga resurslaridan foydalanish samaradorligini 10-12 % gacha oshirgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish