Zakirxodjaeva Shirin Akmalovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Hayotni sug‘urta qilish sohasini rivojlantirish yo‘nalishlari», 08.00.07 – «Moliya, pul muomalasi va kredit».
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Iqt2569.
Ilmiy rahbar: Teshabaev To‘lqin Zakirovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent moliya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01. Rasmiy opponentlar: Jo‘raev Abdug‘affor Safarovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Qo‘ldoshev Qamariddin Mansurovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent shahridagi filiali.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: hayotni sug‘urta qilish sohasini rivojlantirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
uzoq muddatli (besh yil va undan ortiq) hayot sug‘urtasi turlari bo‘yicha sug‘urta mukofotlari hisobidan shakllangan mablag‘larni investisiya qilish maqsadida inflyasiyaga bog‘langan davlat qimmatli qog‘ozlariga yo‘naltirish taklif etilgan;
keksa yoshdagi fuqarolarning ijtimoiy himoyasini ta’minlash maqsadida ixtiyoriy (qo‘shimcha) pensiya sug‘urtasini joriy qilish zarurligi asoslangan;
sug‘urta kompaniyalari tomonidan ixtiyoriy tibbiy sug‘urtani amalga oshirishda sug‘urta shartnomasini tuzish, sug‘urta qoplamasini to‘lash va risklarni nazorat qilish jarayonini amalga oshirishning raqamlashtirilgan ekotizimi ishlab chiqilgan;
hayot sug‘urtasi sohasida faoliyat yuritayotgan sug‘urta tashkilotlarining mazkur faoliyati qismi uchun hisoblanadigan foyda solig‘i bo‘yicha belgilangan soliq stavkasini 50 foizga kamaytirish taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Hayotni sug‘urta qilish sohasini rivojlantirish yo‘nalishlari bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy takliflar va amaliy tavsiyalar asosida:
uzoq muddatli (besh yil va undan ortiq) hayot sug‘urtasi turlari bo‘yicha sug‘urta mukofotlari hisobidan shakllangan mablag‘larni investisiya qilish maqsadida inflyasiyaga bog‘langan davlat qimmatli qog‘ozlariga yo‘naltirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 23 oktyabrdagi “Sug‘urta bozorini raqamlashtirish va hayot sug‘urtasi sohasini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5265-son qarori bilan tasdiqlangan “2021-2023 yillarda O‘zbekiston Respublikasining hayot sug‘urtasi sohasini hamda shaxsiy sug‘urta turlarini rivojlantirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ning 18-bandida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston sug‘urta bozorining professional ishtirokchilari uyushmasining 2023 yil 29 maydagi 41-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida, hayot sug‘urtasi kompaniyalari tomonidan davlat qimmatli qog‘ozlariga yo‘naltirilgan investisiyalar hajmi oshgan, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan investision xatarlar kamaygan va yuqori investision daromad olish imkoniyati yuzaga kelgan hamda respublikamizda faoliyat yuritayotgan hayot sug‘urtasi kompaniyalarining investisiya portfelidagi mablag‘lar hajmi 20 foizga oshgan;  
keksa yoshdagi fuqarolarning ijtimoiy himoyasini ta’minlash maqsadida ixtiyoriy (qo‘shimcha) pensiya sug‘urtasini joriy qilish bo‘yicha taklif O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 23 oktyabrdagi “Sug‘urta bozorini raqamlashtirish va hayot sug‘urtasi sohasini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5265-son qarori bilan tasdiqlangan “2021-2023 yillarda O‘zbekiston Respublikasining hayot sug‘urtasi sohasini hamda shaxsiy sug‘urta turlarini rivojlantirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ning 5-bandida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston sug‘urta bozorining professional ishtirokchilari uyushmasining 2023 yil 29 maydagi 41-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning joriy etilishi keksa aholini samarali ijtimoiy muhofaza qilish, qo‘shimcha pensiya ta’minotini joriy etish hamda iqtisodiyotga qo‘shimcha mablag‘larni jalb qilish imkonini bergan;
sug‘urta kompaniyalari tomonidan ixtiyoriy tibbiy sug‘urtani amalga oshirishda sug‘urta sharnomasini tuzish, sug‘urta qoplamasini to‘lash va risklarni nazorat qilish jarayonini amalga oshirishning raqamlashtirilgan ekotizimini joriy qilish taklifi «EUROASIA LIFE INSURANCE»  AJ sug‘urta kompaniyasi tomonidan amaliyotga joriy qilingan («EUROASIA LIFE INSURANCE»  AJ sug‘urta kompaniyasining 2023 yil 12 maydagi  01/01-102-son ma’lumotnomasi). Natijada, ixtiyoriy tibbiy sug‘urta bo‘yicha elektron ilova yaratilgan, masofaviy biometrik identifikatsiya (Face-ID) tizimi ishga tushirilgan, doimiy mijozlarining ishonchi va sadoqatini oshirish maqsadida cashback tizimi bo‘yicha mahsulot narxining 15 foizgacha bo‘lgan miqdorda bonuslar belgilangan. Bu esa, sug‘urta tashkilotining ixtiyoriy tibbiy sug‘urta bo‘yicha risklarni aniq prognoz qilish, risklarni kamaytirish va oldini olish orqali ixtiyoriy tibbiy sug‘urta bo‘yicha harajatlarining 50 foizga kamayishiga olib kelgan;
hayot sug‘urtasi sohasida faoliyat yuritayotgan sug‘urta tashkilotlarining mazkur faoliyati qismi uchun hisoblanadigan foyda solig‘i bo‘yicha belgilangan soliq stavkasini 50 foizga kamaytirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 23 oktyabrdagi “Sug‘urta bozorini raqamlashtirish va hayot sug‘urtasi sohasini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5265-son qarorining 2-bandida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston sug‘urta bozorining professional ishtirokchilari uyushmasining 2023 yil 29 maydagi 41-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida, hayot sug‘urtasi kompaniyalari foyda solig‘i summasining 50 foizi ularning ixtiyorida qoldirilishiga hamda ularning yanada samarali ishlashiga imkon bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish