Samiev Siroj Saitovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Hududlarda ishbilarmonlik turizmini rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish (Samarqand viloyati misolida)”, 08.00.17 – Turizm va mehmonxona faoliyati (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Iqt2846
Ilmiy rahbar: Turaev Baxodir Xatamovich, iqtbsodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti, DSc.33/01.02.2022.I.145.01
Rasmiy opponentlar: Alieva Mahbuba To‘ychievna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Xamidov Obidjon Hafizovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mamlakatimizda hududiy ishbilarmonlik turizmini rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
xorijiy mamlakatlardan tashrif buyurgan ishbilarmon turistlarga mamlakatimizning ishbilarmonlik muhitini, investision salohiyatini, turistik jozibadorligini namoyon qilish hamda seminar, simpozium, forum va kongresslarni o‘tkazish bo‘yicha ixtisoslashgan “Ishbilarmonlik turizm axborot markazi”ni tashkil etishning afzalliklari asoslangan;
“Samarqand – Yangi O‘zbekistonning turizm darvozasi” targ‘iboti asosida turistik destinatsiyalarda muzeylar, galereyalar, madaniy-tomosha va madaniy-ma’rifiy tashkilotlar hamda 10 ming nafar ishbilarmon turistlarni qabul qilish imkonini beradigan maxsus ko‘ngilochar va sport maskanlarini tashkil etish bo‘yicha takliflar asoslangan;
ishbilarmonlik va gastranomik turizmi yo‘nalishidagi tadbirlarni tashkil etish hamda o‘tkazish asosida Samarqand shahrida, Urgut va Payariq tumanlaridagi aholi gavjum bo‘lgan hududlarda “Tungi mobil bozor”lar faoliyatini yo‘lga qo‘yish negizida turistlarga ko‘rsatiladigan xizmatlar hajmini ikki baravar oshirish yuzasidan takliflar dalillangan;
Samarqand viloyatida ishbilarmonlik turizmini rivojlantirishga ta’sir ko‘rsatuvchi hududiy omillar tahlili asosida ishbilarmonlik turizm tashriflarning 2027 yilgacha prognoz parametlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Hududiy ishbilarmonlik turizmini rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar amaliyotda qo‘llanildi, jumladan:
xorijiy mamlakatlaridan tashrif buyurgan ishbilarmon turistlarga mamlakatimizning ishbilarmonlik muhitini, investision salohiyatini, turistik jozibadorligini namoyon qilish hamda seminar, simpozium, forum va kongresslarni o‘tkazish bo‘yicha ixtisoslashgan “Ishbilarmonlik turizm axborot markazi”ni tashkil etish bo‘yicha ilmiy asoslangan takliflar 2020-yil 09-martdagi O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi “Turizm sohasida tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish” 01-09/3-11 sonli buyrug‘i ijrosi nazorat rejasiga kiritilgan (Madaniyat va turizm vazirligining 2023-yil 15-martdagi 02-12-02-1536-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur takliflarning amaliyotga joriy etilishi natijasida ishbilarmonlik turizm bozorida turistik xizmatlar ko‘rsatish samaradorligi 10% ga oshgan;
“Samarqand – Yangi O‘zbekistonning turizm darvozasi” targ‘iboti asosida turistik destinatsiyalarda muzeylar, galereyalar, madaniy-tomosha va madaniy-ma’rifiy tashkilotlar hamda 10 ming nafar ishbilarmon turistlarni qabul qilish imkonini beradigan maxsus ko‘ngilochar va sport maskanlarini tashkil etish bo‘yicha takliflar “Samarqand – Yangi O‘zbekistonning turizm darvozasi” konsepsiyasi asosida rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-455-son qarori ijrosi yuzasidan 2023-yil 9-yanvardagi 01-04/3-01-sonli nazorat rejasida kiritilgan (Madaniyat va turizm vazirligining 2023-yil 15-martdagi 02-12-02-1536-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur takliflarni amaliyotga joriy etish natijasida hududlarda, jumladan Samarqand viloyatida ishbilarmonlik turizmi infratuzilmasi subektlari faoliyatini rivojlantirish choralarining natijaviyligi ikki barovarga oshirilgan;
ishbilarmonlik va gastranomik turizmi yo‘nalishidagi tadbirlarni tashkil etish hamda o‘tkazish asosida Samarqand shahrida, Urgut va Payariq tumanlaridagi aholi gavjum bo‘lgan hududlarda “Tungi mobil bozor”lar faoliyatini yo‘lga qo‘yish negizida turistlarga ko‘rsatiladigan xizmatlar hajmini ikki baravar oshirish yuzasidan takliflar 2022-yil 30-apreldagi “Ichki turizm xizmatlarini diversifikatsiya qilishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PQ-232 qaror ijrosi dasturiga kiritilgan (Madaniyat va turizm vazirligining 2023-yil 15-martdagi 02-12-02-1536-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur takliflarni amaliyotga joriy etish natijasida hududlarda, jumladan Samarqand viloyatida, ishbilarmonlik turizmini rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar samaradorligini 12 % ga oshirish imkoni yaratilgan. Natijada turizm infratuzilmasi va xo‘jalik subektlarining iqtisodiy manfaatlarini yaqinlashtirish va ularning aloqalarini rivojlantirishga erishilgan;
Samarqand viloyatida ishbilarmonlik turizmini rivojlantirishga ta’sir ko‘rsatuvchi hududiy omillar tahlili asosida ishbilarmonlik turizm tashriflarning 2027 yilgacha ishlab chiqilgan prognoz parametlari O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi tomonidan qo‘llash bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan «2023-2025 yillarda hududlarning turizm salohiyatini izchil o‘rganish natijasida amalga oshirilishi rejalashtirilgan chora-tadbirlar» dasturi va «Yo‘l xaritalariga»ga kiritilgan (Madaniyat va turizm vazirligining 2023-yil 15-martdagi 02-12-02-1536-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur takliflarni amaliyotga joriy etish natijasida hududlarda, jumladan Samarqand viloyatida, ishbilarmonlik turizmini rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar samaradorligini oshirish imkoni yaratilgan va turistik oqimlari hisob-kitoblarning aniqlik darajasi oshgan. Natijada prognoz ko‘rsatkichlaridan foydalanish mamlakatimizda turizm sohasi xizmatlarini, eksport hajmini hamda mehmonxona va boshqa joylashtirish vositalarini rivojlantirish choralari ishlab chiqilgan.