Ortiqov Uyg‘un Davlatovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tijorat banklarining moliyaviy  resurslarini boshqarishni takomillashtirish», 08.00.07 – «Moliya, pul muomalasi va kredit».
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.DSc/Iqt540.
Ilmiy maslahatchi: Abdullaeva Sharbat Zulpikarovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent moliya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: Gulyamov Saidaxror Saidaxmedovich, iqtisodiyot fanlari doktori, akademik; Jumaev Nodir Xosiyatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Berdiyarov Baxriddin Tavasharovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Tijorat banklarining moliyaviy resurslarini samarali boshqarishni takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
tijorat banklari barqaror resursi sifatida subordinar qarzlarni ulushi jami majburiyatlar tarkibida 8 foizdan yuqori bo‘lishi ta’minlash zarurligi asoslangan;
tijorat banklarida jismoniy shaxslarning omonatlarini keng jalb qilish maqsadida onlayn omonatlar hajmini oshirib borish va jismoniy shaxslarning jami omonatlari qoldig‘idagi ulushini 50 foiz etib belgilash taklif etilgan;
tijorat banklarida yagona vakillik hisobvarag‘ini joriy etish orqali ularning muddatsiz depozitlar bo‘yicha tizimli taqchilligini bartaraf etish asoslangan;
tijorat banklarida resurslarni jalb qilish bilan bog‘liq passiv operatsiyalar va xizmatlarni sotish jarayonida AIDA konsepsiyasini qo‘llash asosida bir yil va undan ortiq muddatga saqlanadigan muddatli depozitlar ulushini kuyi chegarasini jami resurslar tarkibida 40 foiz etib belgilash taklif etilgan;
tijorat banklari moliyaviy barqarorligi o‘zgarish dinamikasiga ta’sir qiluvchi asosiy ya’ni, muddatli depozitlar, jamg‘arma depozitlar, banklararo kreditlar, emissiya qilingan obligatsiyalar ko‘rsatkichlari yordamida banklar barqaror mablag‘larining 2030-yillarga mo‘ljallangan prognozi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tijorat banklarining resurslarini boshqarishni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tijorat banklari barqaror resursi sifatida subordinar qarzlarni ulushi jami majburiyatlar tarkibida 8 foizdan yuqori bo‘lishi ta’minlash taklifi AT “Aloqabank” Kuzatuv kengashining 2022-yil 6-apreldagi 17-sonli yig‘ilish bayonnomasi bilan tasdiqlangan 756-sonli “Aktivlar va passivlarni boshqarish to‘g‘risida”gi siyosatda inobatga olingan. Natijada, AT “Aloqabank”ning majburiyatlari tarkibida jalb qilingan uzoq muddatli resurslar, ya’ni subordinar qarzlar hajmi 2023 yil 1 iyul` holatiga 149,3 mlrd.so‘mni tashkil etdi.
tijorat banklarida jismoniy shaxslarning omonatlarini keng jalb qilish maqsadida onlayn omonatlar hajmini oshirib borish va jismoniy shaxslarning jami omonatlari qoldig‘idagi ulushi 50 foizdan yuqori bo‘lishi taklifi AT “Aloqabank” Kuzatuv kengashining 2023-yil 14-fevraldagi 8-sonli yig‘ilish bayonnomasi bilan tasdiqlangan 579-sonli “Depozit siyosati to‘g‘risida”gi tartibida foydalanilgan (AT “Aloqabank”ning 2023-yil 7-avgustdagi 25-04/2667-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, bankning jismoniy shaxslardan jalb qilingan onlayn omonatlarni jami omonatlarga nisbatan ulushini 69,5 foizga etkazish imkonini bergan;
tijorat banklarida yagona vakillik hisobvarag‘ini joriy etish orqali ularning muddatsiz depozitlar bo‘yicha tizimli taqchilligini bartaraf etish taklifi “Turonbank” ATB boshqaruv kengashining 2023-yil 12-yanvardagi K-4-sonli qarori bilan amaliyotga joriy qilingan (“Turonbank” ATBning 2023-yil 4-sentyabrdagi 19/0-273-sonli ma’lumotnomasi). Natijada vaqtinchalik bo‘sh pul mablag‘larni jalb qilish va foydalanish (manipulsiya) darajasi 15 foizga oshgan va moliyaviy resurslar taqchilligi bilan bog‘liq holatlar 1,5 baravarga kamaygan;
tijorat banklarida resurslarni jalb qilish bilan bog‘liq passiv operatsiyalar va xizmatlarni sotish jarayonida AIDA konsepsiyasini qo‘llash asosida bir yil va undan ortiq muddatga saqlanadigan muddatli depozitlar ulushini jami resurslar tarkibida 40 foizga etkazish to‘g‘risidagi taklifi AT “Aloqabank” Kuzatuv kengashining 2023-yil 14-fevraldagi 8-sonli yig‘ilish bayonnomasi bilan tasdiqlangan 579-sonli “Depozit siyosati to‘g‘risida”gi tartibini ishlab chiqishda inobatga olingan (AT “Aloqabank”ning 2023-yil 7-avgustdagi 25-04/2667-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni joriy etilishi natijasida muddatli depozitlarning ulushini o‘tgan hisobot davriga nisbatan 201 foizga oshirish imkonini bergan;
tijorat banklari moliyaviy barqarorligi o‘zgarish dinamikasiga ta’sir qiluvchi asosiy ko‘rsatkichlar ya’ni, muddatli depozitlar, jamg‘arma depozitlar, banklararo kreditlar, emissiya qilingan obligatsiyalar yordamida banklar barqaror mablag‘larining 2030-yillarga mo‘ljallangan prognozi bo‘yicha taklifi “Turonbank” ATB Kuzatuv kengashining 2023-yil 12-yanvardagi K-4-sonli qarori bilan tasdiqlangan 1023-sonli “Turonbank” ATB aktiv va passivlarni boshqarish siyosati”da inobatga olingan (“Turonbank” ATBning 2023-yil 4-sentyabrdagi 19/0-273-sonli ma’lumotnomasi). Natijada vujudga kelishi mumkin bo‘lgan transformatsion risk darajasini pasaytirish hamda barqaror mablag‘lar hajmini maqsadli ko‘rsatkichlarini shakllantirish imkoniyati yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish