Rixsiboev Nozimbek Abdurasul o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Transport-logistika tizimining iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish” mavzusidagi, 08.00.03 – “Sanoat iqtisodiyoti” ixtisosligi bo‘yicha (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Iqt1076
Ilmiy rahbar: Xodiev Baxodir Yunusovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.07.2022.I.16.05 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Fayzullaev Javlonbek Sultonovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent; Gulamov Abdulaziz Abdullaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: transport-logistika tizimining iqtisodiy mexanizmini takomillashirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra transport-logistika sohasini iqtisodiy rivojlantirish yo‘nalishlarini tarkibiga olgan dekompozisiyasi asosida tizim salohiyatini baholashning asosiy ko‘rsatkichlari tasniflangan hamda tizim salohiyatiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar, xizmat ko‘rsatish sifat darajasini baholash, optimal modelni ishlab chiqish jihatlarini qamrab oluvchi transport-logistika tizimini rivojlantirishning nazariy asosi takomillashtirilgan;
sanoat korxonalarining temir yo‘l transport-logistik xarajatlarini maqbullashtirishda tashish (TTLX≤50%), omborlar va zaxiralarni boshqarish (OZBTLX≤20%), yuk ortish-tushirish ishlari (YTTLX≤8%), qadoqlash va markirovkalash (QMTLX≤7%), sug‘urtalash (STLX≤7%), bojxona ishlovi (BITLX≤8%)ning maqbul chegara diapazonlarini belgilash orqali faoliyat barqarorligini ta’minlash taklifi asoslangan;
logistika infratuzilmalarini modernizatsiya qilishning asosiy xususiyatlari va mahsulotlarini etkazib berishda logistika jihatdan tashkillashtirish mezonlarini joriy etish orqali sanoat korxonalari yuklarini kuzatib borish va nazorat xarajatlarini 15-20 foizga qisqartirish taklifi asoslangan;
O‘zbekistonda zamonaviy logistika texnologiyalari, intermodal yuk tashuvlarini rivojlantirish hamda qo‘shimcha yuk oqimlarini jalb qilish va tranzit salohiyatidan samarali foydalanishga asoslangan transport-logistika tizimining iqtisodiy rivojlanish modeli negizida 2027-yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Transport-logistika tizimini iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy takliflar asosida:
transport-logistika sohasini iqtisodiy rivojlantirish yo‘nalishlarini tarkibiga olgan dekompozisiyasi asosida tizim salohiyatini baholashning asosiy ko‘rsatkichlarini tasniflash hamda tizim salohiyatiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar, xizmat ko‘rsatish sifat darajasini baholash, optimal modelni ishlab chiqish jihatlarini qamrab oluvchi transport-logistika tizimini rivojlantirishning nazariy asoslarini takomillashtirish bo‘yicha uslubiy yondashuvdan oliy o‘quv yurti talabalari uchun mo‘ljallangan “Transport iqtisodiyoti” nomli o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda foydalanilgan (Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektorining 2023-yil 14-iyuldagi 228-sonli buyrug‘i). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi natijasida oliy o‘quv yurti talabalarida transport-logistika tizimining iqtisodiy salohiyatini baholash bo‘yicha nazariy-uslubiy bilim va ko‘nikmalarni kengaytirish imkoni yaratilgan;
sanoat korxonalarining temir yo‘l transport-logistik xarajatlarini maqbullashtirishda tashish (TTLX≤50%), omborlar va zaxiralarni boshqarish (OZBTLX≤20%), yuk ortish-tushirish ishlari (YTTLX≤8%), qadoqlash va markirovkalash (QMTLX≤7%), sug‘urtalash (STLX ≤7%), bojxona ishlovi (BITLX≤8%)ning maqbul chegara diapazonlarini belgilash orqali faoliyat barqarorligini ta’minlash taklifidan “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning 2023-yil 19-apreldagi 52-sonli buyrug‘iga asosan tarmoq faoliyatini rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning 2023-yil 20-iyundagi 04/18-59-23-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi natijasida aksiyadorlik jamiyatida boshqaruv samaradorligini 12-14 foizga oshirish imkonini bergan;
logistika infratuzilmalarini modernizatsiya qilishning asosiy xususiyatlari va mahsulotlarini etkazib berishda logistika jihatdan tashkillashtirish mezonlarini joriy etish orqali sanoat korxonalari yuklarini kuzatib borish va nazorat xarajatlarini 15-20 foizga qisqartirish taklifidan ““O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tarmoq faoliyatini rivojlantirish dasturlari”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning 2023-yil 20-iyundagi 04/18-59-23-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi natijasida tarmoqda kutilayotgan risklarning oldini olish va risk ta’sirchanligini kamaytirish imkonini bergan;
O‘zbekistonda zamonaviy logistika texnologiyalari, intermodal yuk tashuvlarini rivojlantirish hamda qo‘shimcha yuk oqimlarini jalb qilish va tranzit salohiyatidan samarali foydalanishga asoslangan transport-logistika tizimining iqtisodiy rivojlanish modeli negizida ishlab chiqilgan 2027-yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlaridan ““O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tarmoq faoliyatini rivojlantirish dasturlari”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning 2023-yil 20-iyundagi 04/18-59-23-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi natijasida ta’minot zanjiriga jalb qilingan barcha logistik kompaniyalar integratsiyasini ta’minlash va etkazib berish vaqtini 25 foizga qisqartirish imkonini bergan.