Axmadjonova Gulnoza Murodovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): "Antifosfolipid sindromi aniqlangan ayollarda homila nobud bo‘lishida desidual qavat tuzilishining morfometrik xususiyatlari"; 14.00.02 – Morfologiya; 14.00.01-Akusherlik va ginekologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.DSc/Tib589.
 Ilmiy maslahatchilar: Teshaev Shuxrat Jumaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor. Najmutdinova Dilbar Kamariddinovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04/30.04. 2022.Tib.93.01
Rasmiy opponentlar: Zakirova Nargiza Baxodirovna tibbiyot fanlari doktori, professor; Shalina Raisa Ivanovna tibbiyot fanlari doktori, professor; Kurbonov Said Safarovich tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Antifosfolipid sindromi va homila tashlashda ayollarda ilk muddatlarda homila tashlashda desidual qobig‘ tuzilishining morfometrik xususiyatlarini o‘rganishdan iboratdir
II. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbekistonda yashovchi o‘zbek millatiga mansub homilador ayollarda antifosfolipid sindromida homiladorlikning 8 xaftaligiga qadar homilaning ultratovush anatomiyasining morfometrik xususiyatlari yuqori darajada ahamiyatga ega ekanligi isbotlangan;
antifosfolipid sindromi bo‘lgan ayollarda erta postabort endometriyning ultratovush anatomiyasi morfologik xususiyatlari o‘rganildi: (hajmi, endometriy birikish xududi, resisivligi va umumiy periferik tomir qarshiligi), regionar gemodinamika parametrlarining oshishi orqali namoyon bo‘ladigan klinik belgilari asosiy xavf omillari aniqlangan va asoratlarni keyingi homiladorlikkacha bartaraf etish va bashoratlash usullari ishlab chiqilgan;
AFS aniqlangan ayollarda EFMK, fibrinogen, D-Dimer, regionar gemodinamikadagi o‘zgarishlar zamirida endotelial disfunksiyaning kelib chiqishida ularning o‘zaro bog‘liqligi va bashoratga ega ahamiyati asoslangan;
AFS aniqlangan ayollarda spontan abortdan keyin desidualizatsiya jarayonining morfologik xususiyatlari o‘rganildi va antifosfolipid sindromi bo‘lgan homilador ayollarda klinik va laborator ko‘rsatkichlar (progesteron, estrodiol, EFMK, D-Dimer) omillarning oshishi, bachadon arterialarida rezistentlik indeksining ortishi va qon oqimining yomonlashuvi o‘z-o‘zidan spontan abort yuzaga kelishiga oiml bo‘la olishi isbotlangan;
anamnezida AFS bor ayollarda instrumental va laborator tekshiruv natijalari asosida, desidual stroma yonidagi bachadon tomirlariga trofoblastning kirib borishi va desidualizatsiya jarayonining buzilishi, spiral arteriyalar va bachadon arteriyalari, desidua qon tomirlarining shikastlanishi va desidualizatsiya jarayonining buzilishi va qon ketish joylari mavjudligi, Nitabux qatlami erta shakllanishi va xorion shokilalarini past shakllanishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Andijon davlat tibbiyot instituti ekspert kengashining 2023 yil 30 sentabridagi 06/25-sonli xulosasi asosida:
O‘zbekistonda yashovchi o‘zbek millatiga mansub homilador ayollarda antifosfolipid sindromida homiladorlikning 8 xaftaligiga qadar homilaning ultratovush anatomiyasining morfometrik xususiyatlari yuqori darajada ahamiyatga ega ekanligi isbotlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: O‘zbek millatiga mansub homilador ayollarda antifosfolipid sindromida homiladorlikning 8 xaftaligiga qadar homilaning nobud bo‘lish xavfini yuqoriligini ko‘rsatgan; antifosfolipid sindromi aniqlangan ayollarda erta muddatda  homilaning ultratovush anatomiyasining morfometrik xususiyatlari aniqlanganda davolanishga tug‘ruq komplekslari va kerakli shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsata oladigan muassasalarga yuborilgan, natijada kuzatilishi mumkin bo‘lgan asoratlarni kamaytirgan va shifo jarayonini tezlashtirgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Andijon shahar 2-son tug‘ruq majmuasiga 20.07.2022 yildagi 143/1-sonli buyruq hamda Buxoro viloyati Jondor tumani tibbiyot birlashmasining tug‘ruqxona bo‘limiga 20.07.2022 yildagi 247/1-sonli buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi taklif etilgan tekshirish usullari bemorlar salomatligining tez qayta tiklanishi va erta tashxislash hamda asoratlarning oldini olishdan iborat;   tadbiq etilgan kompleks yondashuv natijasida  davolash samardorligi oshgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat:    Antifosfolipid sindromi (AFS) aniqlangan homilador ayollarda samarali tekshiruv usuli bo‘lgan homilaning ultratovush anatomiyasining morfometrik xususiyatlarini tekshirish orqali homilaga havf soluvchi omillarni aniqlanishi, ya’ni boshqa tekshirish usullardan foydalanmaslik hisobiga iqtisod qilingan. Bunda bir bemorda 650000 sum iqtisod qilinib, tadqiqot jarayonida kuzatuvdagi 60 nafar bemorda 39000000 so‘m byujdetdan tashqari mablag‘lardan iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: antifosfolipid sindromi aniqlangan ayollarda homila erta nobud bo‘lishini prognozlashdagi instrumental (UTT) usuli, 1 nafar bemor hisobiga kiritilayotgan usulning iqtisodiy samaradorligi uning analogiga nisbatatan arzon, yani 72 % yuqoriligini ko‘rsatdi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: “Antifosfolipid sindromi aniqlangan ayollarda homila nobud bo‘lishida desidual qavat tuzilishining morfometrik xususiyatlari” mavzusidagi dissertatsiya ishi  natijalari asosida boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Andijon davlat tibbiyot institutining 2022 yil 12 sentyabrdagi 06/2587-sonli xat yuborilgan.
antifosfolipid sindromi bo‘lgan ayollarda erta postabort endometriyning ultratovush anatomiyasi morfologik xususiyatlari o‘rganildi: (hajmi, endometriy birikish xududi, resisivligi va umumiy periferik tomir qarshiligi), regionar gemodinamika parametrlarining oshishi orqali namoyon bo‘ladigan klinik belgilari asosiy xavf omillari aniqlangan va asoratlarni keyingi homiladorlikkacha bartaraf etish va bashoratlash usullari ishlab chiqilgan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: antiosfolipid sindromi aniqlangan ayollarda bachadon holatini baxolashda markaziy gemodinamika ko‘rsatkichlarini, regionar gemodinamika parametrlarini birgalikda o‘rganish kuzatilishi mumkin bo‘lgan asoratlarni oldini oladi, homiladorlikni asoratsiz o‘tishini va yotoq kunini qisqartirib, shifo jarayonini tezlashtiradi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Andijon shahar 2-son tug‘ruqxona majmuasining 22.07.2022 yildagi 328/1-sonli buyruq hamda Andijon viloyati Paxtaobod tuman tibbiyot birlashmasining 22.07.2022 yildagi 275/1-sonli buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: anitfosfolipid sindromi aniqlangan o‘z-o‘zidan abort bilan asoratlangan ayollar orasida instrumental-biokimyoviy markyorlarni qo‘llash orqali, xavf omillarini erta aniqlashga, ular asosida korreksiyalovchi terapiyani ishlab chiqish va asoratlarni oldini olishdan iborat.  Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Har bir nafar bemorda statsionar davo kunlari qisqarishi hisobidan 700000 ming so‘mgacha iqtisodiy samardorlikka erishilgan. Jami bemorlardan 42 000 000 sum mablag‘ iqtisod qilinishiga erishildi. Xulosa: anitfosfolipid sindromi aniqlangan o‘z-o‘zidan abort bilan asoratlangan ayollarda akusherlik asoratlarini bartaraf etish chora tadbirlari ishlab chiqilib, tadqiqotga jalb qilingan umumiy bemorlar hisobidan ja’mi 81 000 000 so‘m mablaq iqtisod qilinishiga erishilgan. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: “Antifosfolipid sindromi aniqlangan ayollarda homila nobud bo‘lishida desidual qavat tuzilishining morfometrik xususiyatlari” mavzusidagi dissertatsiya ishi  natijalari asosida boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Andijon davlat tibbiyot institutining 2022 yil 12 sentyabrdagi 06/2587-sonli xat yuborilgan.
AFS aniqlangan ayollarda EFMK, fibrinogen, D-Dimer, regionar gemodinamikadagi o‘zgarishlar zamirida endotelial disfunksiyaning kelib chiqishida ularning o‘zaro bog‘liqligi va bashoratga ega ahamiyati aniqlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: AFS aniqlangan ayollarda EFMK, fibrinogen, D-Dimer, regionar gemodinamikadagi o‘zgarishlar o‘rganilishi orqali olingan ko‘rsatkichlar korrelyasion tahlili o‘tkazilganligi va ivish tizimi markerlarini aniqlash natijasida AFS va uning asoratlarini erta tashxislash, davolash samaradorligini oshirishga erishiladi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Andijon shahar 2-son tug‘ruqxona majmuasiga 20.07.2022 yildagi 143/1-sonli buyruq hamda Buxoro viloyati Jondor tumani tibbiyot birlashmasining tug‘ruqxona bo‘limiga 20.07.2022 yildagi 247/1-sonli buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: AFS aniqlangan ayollarning 7 (10%) o‘z-o‘zidan abort kuzatilib, shundan 3 (42%) tasida abortning asoratlanish holati, 4 (58%) nafar ayolda abortdan keyingi birlamchi qon ketish kuzatildi; biokimyoviy, ul`tratovush yordamida tekshirish va asoratlarni erta tashxislash kiritilgan usullar, homilador ayollarni tashxislash va davolash sifatini yaxshilashga xizmat qilgan; homilada qo‘shma nuqsonlarni tashxislash va qo‘shimcha tekshiruv usulidan – ul`tratovush  tekshirish usulida tekshirish maqbul va samaraligigi isbotlangan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati abortdan keyingi davrda ayollarni samarali va bezarar tekshiruvlardan UTT o‘zi kifoya hisoblanib, iqtisod qilishga xizmat qiladi, ortiqcha tekshiruv usullaridan foydalanish zarurati yo‘qligi xisobiga sarf xarajatlarni 37% kamaytirish imkonini bergan. Xulosa: antiflsfolipid sindromi aniqlangan ayollarda yuqorida keltirilgan tekshiruv usullaridan foydalanish 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 35 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 23 000 so‘mga, ja’mi 1200000 so‘m mablag‘ni iqtisod qilish imkonini bergan. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: “Antifosfolipid sindromi aniqlangan ayollarda homila nobud bo‘lishida desidual qavat tuzilishining morfometrik xususiyatlari” mavzusidagi dissertatsiya ishi  natijalari asosida boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Andijon davlat tibbiyot institutining 2022 yil 12 sentyabrdagi 06/2587-sonli xat yuborilgan.
AFS aniqlangan ayollarda spontan abortdan keyin desidualizatsiya jarayonining morfologik xususiyatlari o‘rganildi va antifosfolipid sindromi bo‘lgan homilador ayollarda klinik va laborator ko‘rsatkichlar (progesteron, estrodiol, EFMK, D-Dimer) omillarning oshishi, bachadon arterialarida rezistentlik indeksining ortishi va qon oqimining yomonlashuvi o‘z-o‘zidan spontan abort yuzaga kelishiga oiml bo‘la olishi isbotlangan.  Ilmiy yangilikning ahamiyati: AFS aniqlangan ayollarni erta tashxislashda gemodinamika ko‘rsatkichlarini zarb indeksi, hajm fraksiyasi kamayishi, UPTQ oshishi, dopplerometriyada bachadon arteriyalarida IR va SDOning ortishi erta diastoliq botiqni juda erta hosil bo‘lishi bashoratlovchi prediktor bo‘lib, ularni erta aniqlanishi asoratlarni oldini olishga, spontan abortni oldini olishni, yotoq kunini qisqartirib, shifo jarayonini tezlashtiradi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Andijon shahar 2-son tug‘ruqxona majmuasining 22.07.2022 yildagi 328/1-sonli buyruq hamda Andijon viloyati Paxtaobod tuman tibbiyot birlashmasining 22.07.2022 yildagi 275/1-sonli buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: mamlakatimiz qishloq tumanlarida AFS aniqlangan tug‘ruq bo‘limlariga murojaat qiluvchi homilador ayollar orasida dopplerometrik usullarni qo‘llash, ular asosida korreksiyalovchi terapiyani ishlab chiqish, ushbu kasallik bilan bog‘liq bo‘lgan asoratlar kamayishiga olib kelgan. Undan tashqari shu natijalarga asoslanib, differensiallangan holatda spontan abortlar oldi olish imkonini beradi.  Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: shifoxonada bo‘lish davrining 5 kunga qisqartirilishi hisobiga 820 ming so‘mlik dori-darmon kam talab etiladi (1 kunga o‘rtacha 164 000 so‘m dori vositalari sarflanadi); shifoxonada bo‘lish davrining 5 kunga qisqartirilishi hisobiga 720 ming so‘mlik dori-darmon kam talab etiladi (1 kunga o‘rtacha 144 000 so‘m bog‘lanmalar sarflanadi. Xulosa: AFS aniqlangan ayollarda davolash va tug‘ruqni olib borish vaqtida yo‘l qo‘yilgan qator kamchiliklar spontan abortga olib kelishi mumkin bo‘lgan asoratlari aniqlanib, bartaraf etish chora tadbirlari ishlab chiqilib, 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 78 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 43 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: “Antifosfolipid sindromi aniqlangan ayollarda homila nobud bo‘lishida desidual qavat tuzilishining morfometrik xususiyatlari” mavzusidagi dissertatsiya ishi  natijalari asosida boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Andijon davlat tibbiyot institutining 2022 yil 12 sentyabrdagi 06/2587-sonli xat yuborilgan.
anamnezida AFS bor ayollarda instrumental va laborator tekshiruv natijalari asosida, desidual stroma yonidagi bachadon tomirlariga trofoblastning kirib borishi va desidualizatsiya jarayonining buzilishi, spiral arteriyalar va bachadon arteriyalari, desidua qon tomirlarining shikastlanishi va desidualizatsiya jarayonining buzilishi va qon ketish joylari mavjudligi va Nitabux qavatini erta shakllanishi, xorion shokildor tuklanishini pastligi isbotlangan shu jumladan ambulator va gospital sharoitda ushbu bemorlarni tashxislash va olib borish taktikasi algoritmi ishlab chiqilgan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: AFS aniqlangan ayollarda taklif etilgan markyorlar orqali kelgusida homiladorlik asoratlarini erta tashxislash, profilaktik davo maqsadida homiladorlik davrida antikoagulyant va antiagregant dori vositalarini kompleks qo‘llash, homiladorlikni asoratsiz kechishiga yordam berib, davolash jarayonini tezlashtiradi va yotoq kunini qisqartiradi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Andijon shahar 2-son tug‘ruqxona majmuasiga 20.07.2022 yildagi 143/1-sonli buyruq hamda Buxoro viloyati Jondor tumani tibbiyot birlashmasining tug‘ruqxona bo‘limiga 20.07.2022 yildagi 247/1-sonli buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: antifosfolipid sindromi aniqlangan ayollarda homila nobud bo‘lishida desidual qavat tuzilishi morfometrik xususiyatlarini aniqlash usullarini takomillashtirishga yo‘naltirilgan usullar yordamida, olingan natijalar spontan abort bilan asoratlangan bemorlarning hayotini yaxshilash hamda ularni statsionar davolash zaruriyatiga bo‘lgan ehtiyojini kamaytirishga olib kelgan; taklif etilgan kompleks yondashuvdan foydalanish ijobiy natijalar berib, davolash sifatini yaxshilagan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat:1) bemorning shifoxonadagi davri uchun: taklif etilgan tekshirish usullarini qo‘llaganimizdan so‘ng homilador ayollarning shifoxonada qolish muddatini 10 kundan 5 kunga qisqartirildi, oldingi tekshirish uchun qilingan xarajat 1 bemor uchun 1 430 000 so‘mni tashkil qilgan bo‘lsa, biz taklif qilgan usulda xarajatlar 720 000 so‘mni tashkil qildi, yil davomida har bir bemor uchun 710000 so‘m foyda bilan chiqdik; 2) bemorning shifoxonadan tashqaridagi davri uchun (boshqa tibbiy muassasalarda davolanishi, masalan gematologiya, nevrologiya bo‘limida) bir necha kunga qisqartirilishi hisobiga dori-darmon kam talab etilgan. Xulosa: Yuqoridagi barcha davolash usullari majmuaviy ishlatilinganida ushbu kasallik bilan bog‘liq bo‘lgan sarf-xarajat kamayib davo samaradorligi oshadi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: “Antifosfolipid sindromi aniqlangan ayollarda homila nobud bo‘lishida desidual qavat tuzilishi morfometrik xususiyatlari” mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Andijon davlat tibbiyot institutining 2022 yil 12 sentyabrdagi 06/2587-sonli xat yuborilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish