Zuparov Kamoliddin Farxadovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Operatsiyadan keyingi ventral churralarda allogernioplastikani klinik-immunologik xususiyatlari» 14.00.27 – Xirurgiya va 14.00.36 -Allergologiya va immunologiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Tib2301.
Ilmiy rahbar: Tursumetov Abdusattar Abdumalikovich, tibbiyot fanlari doktori., Fayzullaeva Nigora Yax’yaevna, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04/30.04.2022.Tib.93.01.
Rasmiy opponentlar: Gulamov Olimjon Mirzaxitovich, tibbiyot fanlari doktori; Lebedeva Mayya Nikolaevna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Kuban davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: operatsiyadan keyingi ventral churralarda allogernioplastika klinik-immunologik xususiyatlarini o‘rganish asosida allogernioplastika uchun optimal polipropilen to‘rni tanlashni asoslash orqali ushbu patologik holat kuzatilgan bemorlarni davolash natijalarini yaxshilashdan iborat bo‘lgan.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
infeksiya tushgan jarohatda Miramistin bilan birgalikda gemogubkani mahalliy qo‘llash orqali polipropilen implantni himoya qilish, shuningdek, jarohat asoratlarini oldini olishning yangi texnologik jihatdan sodda, samarali va ishonchli usuli ishlab chiqilgan;
engil to‘rdan foydalanish operatsiyadan keyingi ventral churralarni jarrohlik usulida davolash natijalarini yaxshilashi va amaliyotdan keyingi jarohat asoratlarini 1,78 martagacha, infeksiya sharoitida jarrohlik amaliyoti o‘tkazilgan bemorlar guruhida esa 2,0 martagacha kamaytirishi isbotlangan;
ilk bor operatsiyadan keyingi ventral churralar bilan kasallangan bemorlarda ishlatiladigan polipropilen to‘rli endoprotez xiliga qarab CD3+-, CD4+-, CD16+-limfotsitlar, laktoferrin miqdorlarida ishonarli darajada immunodefisit, CD20+-limfotsitlar, IgG, IgA, IL-1β, IL-6, IL-4, TNF-α konsentratsiyalarida, shuningdek superoksiddismutaza miqdorida ham ko‘payish tendensiyasi kuzatilgani isbotlangan;
qo‘llanilgan allotransplantant turiga qarab lokal yallig‘lanishga qarshi va yallig‘lanishni qo‘llovchi sitokinlar va oksidlanish bilan bog‘liq stress indeksi o‘rtasida musbat, kuchli korrelyasion bog‘liqlik aniqlangan, yara suyuqligidagi sitokinlar va superoksiddismutaza o‘rtasidagi muhim korrelyasion bog‘liqliklarga IL-1β/SOD va IL-4/SOD kirishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Toshkent pediatriya tibbiyot instituti ekspert kengashining 2023 yil 03 iyuldagi 03-61-son xulosasiga ko‘ra: infeksiya tushgan jarohatda Miramistin bilan birgalikda gemogubkani mahalliy qo‘llash orqali polipropilen implantni himoya qilish, shuningdek, jarohat asoratlarini oldini olishning yangi texnologik jihatdan sodda, samarali va ishonchli usuli ishlab chiqilgan bo‘lib «Vitamed medikal» hususiy klinikasi bo‘yicha (30.06.2023 y.: №10), hamda Buxoro viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha buyruq (30.06.2023 y.: №12) bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagidan iborat: miramistin bilan birgalikda gemogubkani mahalliy qo‘llash ventral churrasi bo‘lgan bemorlarni jarrohlik davolash taktikasini optimallashtirishga imkon bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagidan iborat: operatsiyadan keyingi ventral churrasi bilan bemorlarni jarrohlik davolashning taktik va texnik jihatlarini takomillashtirish orqali tadqiqot natijalarini amaliyotga tatbiq etish operatsiyadan keyingi erta yiringli-yallig‘lanishli asoratlar chastotasini kamaytirish imkonini berish orqali davolashga sarflangan xarajatlarini 1 250 000 so‘mga kamaytirishga erishilgan. Xulosa: “Onlay” usulidagi allogernioplastikadan keyingi jarohat yiringli-yallig‘lanishli asoratlarini oldini olishga qaratilgan kompozit materialli gemogubka va miramistin kombinasiyasidan iborat bo‘lgan yangi usulni amaliyotga tadbiq etilishi, jarohatdagi infeksiya va yallig‘lanish jarayonlarini keskin 13,3% dan 3,3% gacha kamaytirish hisobiga 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 1 250 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larini 220 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Operatsiyadan keying ventral churralarda allogernioplastikani klinik-immunologik hususiyatlari» mavzusida ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Toshkent pediatriya tibbiyot instituti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar prorektori tomonidan Ekspert Kengashiga 2023 yil 01 iyuldagi 03/1189-sonli xat yuborilgan.
Engil to‘rdan foydalanish operatsiyadan keyingi ventral churralarni jarrohlik usulida davolash natijalarini yaxshilashi va amaliyotdan keyingi jarohat asoratlarini 1,78 martagacha, infeksiya sharoitida jarrohlik amaliyoti o‘tkazilgan bemorlar guruhida esa 2,0 martagacha kamaytirishi isbotlangan bo‘lib, olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar «Vitamed medikal» hususiy klinikasi bo‘yicha (30.06.2023 y.: №10), hamda Buxoro viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha buyruq (30.06.2023 y.: №12) bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagidan iborat: engil polipropilen to‘rni qo‘llash ventral churrasi bo‘lgan bemorlarni jarrohlik davolash taktikasini optimallashtirishga imkon bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagidan iborat: engil to‘rdan foydalanish operatsiyadan keyingi ventral churralarni jarrohlik usulida davolashning bevosita natijalarini yaxshilashi va amaliyotdan keyingi jarohat asoratlarini kamaytirishi imkonini berish orqali davolashga sarflangan xarajatlarni 250 000 so‘mga kamaytirish erishilgan. Xulosa: Esfil-engil va Esfil-og‘ir to‘rlari bilan endoprotezlash amaliyotidan keyingi asoratlar tahlilida Esfil-og‘ir polipropilen to‘ridan foydalanish oqibatidagi asoratlar ortishi aniqlangan, jumladan: amaliyotdan keyingi jarohat seromasi 4,1% dan 12,5% gacha (p≤0,01), amaliyotdan keyingi jarohat yiringlashi 1,4% dan 3,1% gacha (p≤0,01), bularning barchasi Esfil-engil to‘rining Esfil-og‘ir to‘riga qaraganda yuqoriroq biomutanosib ekanligini isbotlagan. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Operatsiyadan keying ventral churralarda allogernioplastikani klinik-immunologik hususiyatlari» mavzusida ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Toshkent pediatriya tibbiyot instituti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar prorektori tomonidan Ekspert Kengashiga 2023 yil 01 iyuldagi 03/1189-sonli xat yuborilgan.
Ilk bor operatsiyadan keyingi ventral churralar bilan kasallangan bemorlarda ishlatiladigan polipropilen to‘rli endoprotez xiliga qarab CD3+-, CD4+-, CD16+-limfotsitlar, laktoferrin miqdorlarida ishonarli darajada immunodefisit, CD20+-limfotsitlar, IgG, IgA, IL-1β, IL-6, IL-4, TNF-α konsentratsiyalarida, shuningdek superoksiddismutaza miqdorida ham ko‘payish tendensiyasi kuzatilgani isbotlangan bo‘lib, olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar «Vitamed medikal» hususiy klinikasi bo‘yicha (30.06.2023 y.: №10), hamda Buxoro viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha buyruq (30.06.2023 y.: №12) bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagidan iborat: immunologik reaktivlik va oksidlanish bilan bog‘liq stressni polipropilan implant turiga qarab o‘rganish ventral churrasi bo‘lgan bemorlarni jarrohlik davolash taktikasini optimallashtirishga imkon bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagidan iborat: operatsiyadan keying ventral churra bilan kasallangan bemorlarda ishlatiladigan polipropilen to‘rli endoprotez turiga qarab immunologik reaktivlik va oksidlanish bilan bog‘liq stressning qiyosiy tahlili o‘tkazish kuzatilishi mumkin bo‘lgan spesifik asoratlarni rivojlanishini bashorat qilish hisobiga bemorning shifoxonada davolash muddatini qisqartirish orqali 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 1 119 564 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larini 220 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa: jarohat suyuqligi tarkibidagi superoksiddismutaza va sitokin status ko‘rsatkichlari (IL-1β, TNF-α, IL-6, IL-4) dinamikadagi tahlil natijalari shuni ko‘rsatadiki, polipropilen Esfil-engil to‘ri qo‘llanilganida ko‘rsatkichlar nisbatan tez me’yorga qaytadi, demak, alloplastika uchun ishlatilgan material miqdori organizmning oksidlanish bilan bog‘liq stressi darajasini belgilagan. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Operatsiyadan keying ventral churralarda allogernioplastikani klinik-immunologik hususiyatlari» mavzusida ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Toshkent pediatriya tibbiyot instituti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar prorektori tomonidan Ekspert Kengashiga 2023 yil 01 iyuldagi 03/1189-sonli xat yuborilgan.
Qo‘llanilgan allotransplantant turiga qarab yallig‘lanishga qarshi va yallig‘lanishni qo‘llovchi sitokinlar va oksidlanish bilan bog‘liq stress indeksi o‘rtasida musbat, kuchli korrelyasion bog‘liqlik aniqlangan, yara suyuqligidagi sitokinlar va superoksiddismutaza o‘rtasidagi muhim korrelyasion bog‘liqliklarga IL-1β/SOD va IL-4/SOD kirishi aniqlangan bo‘lib, olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar «Vitamed medikal» hususiy klinikasi bo‘yicha (30.06.2023 y.: №10), hamda Buxoro viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha buyruq (30.06.2023 y.: №12) bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagidan iborat: immunologik reaktivlik va oksidlanish bilan bog‘liq stressni bog‘liqligi ventral churrasi bo‘lgan bemorlarni jarrohlik davolash taktikasini optimallashtirishga imkon bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagidan iborat: qo‘llanilgan allotransplantant turiga qarab yallig‘lanishga qarshi va yallig‘lanishni kuchaytiruvchi sitokinlarning mahalliy ishlab chiqarilishi va oksidlanish bilan bog‘liq stress indeksi o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqlik aniqlangan. Jarohat suyuqligidagi sitokinlar va superoksiddismutaza o‘rtasidagi eng muhim korrelyasiya munosabatlariga IL-1β/SOD va IL-4/SOD ega bo‘lib, mazkur korrelyasiya munosabatlarini inobatga olinishi operatsion jarohat tomonidan kuzatilishi mumkin bo‘lgan asoratlarni oldini olish bo‘yicha chora tadbirlarni o‘tkazilishi hisobiga, 1 nafar bemor hisobiga byudjed mablag‘laridan 511 239 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larini 220 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa: operatsiyadan keying ventral churra bilan kasallangan bemorlarda jarohat suyuqligida yallig‘lanishni kuchaytiruvchi va yallig‘lanishga qarshi sitokinlar va SOD darajasini aniqlash ko‘proq o‘ziga xos diagnostik belgilar bo‘lib, davolash va profilaktik muolajalarni tanlash va asoratlarni oldini olish samaradorligini oshirgan. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Operatsiyadan keying ventral churralarda allogernioplastikani klinik-immunologik hususiyatlari» mavzusida ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Toshkent pediatriya tibbiyot instituti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar prorektori tomonidan Ekspert Kengashiga 2023 yil 01 iyuldagi 03/1189-sonli xat yuborilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish