Rahmonov Nutfullo Xoliqovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ko‘krak qafasi jarohatlarida immunologik buzilishlar istiqbolini belgilovchi jihatlari va immunoterapiyani asoslash», 14.00.36 – Allergologiya va immunologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/Tib1460
Ilmiy rahbar: Abduraxmanov Mamur Mustafaevich, t.f.d., professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04/30.04.2022.Tib.93.01.
Rasmiy opponentlar: Nuraliev Nekkadam Abdullaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Ismailova Adolat Abduraximovna, tibbiyot fanlari doktori, professor
Yetakchi tashkilot: Yozef Shafarik nomidagi universitet (Slovakiya)
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ko‘krak kafasi jarohatlarida sitokinlar konsentratsiyasi va apoptozga tayyor limfotsitlar, periferik qondagi o‘lik leykotsitlarni aniqlash orqali immunologik buzilishlar istiqbolini belgilovchi jihatlar va immunoterapiyani asoslashdan iborat bo‘lgan.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ko‘krak qafasi shikastlangan bemorlar immun statusi o‘zgarishlarining ushbu shikastlanish tabiati va og‘irligiga uzviy bog‘liqligi isbotlangan, immun tizim parametrlari o‘zgarishlari dinamikasini qiyosiy aniqlash orqali immunodefisit darajasi aniqlangan hamda immunokorreksiya asoslari ishlab chiqilgan;
ilk bor ko‘krak qafasi shikastlangan bemorlarda apoptozga tayyor limfotsitlar va venoz qondagi o‘lik leykotsitlar miqdoriy ko‘rsatkichlari qiyosiy tahlil qilinish barobarida ushbu bemorlarda kuzatiladigan ikkilamchi immunodefisit shakllanishi va rivojlanishidagi o‘rni asoslangan;
ko‘krak qafasi shikastlangan bemorlarda yiringli-yallig‘lanishli o‘pka asoratlari rivojlanishini prognozlash va immunokorreksiyani asoslash maqsadida immun disfunksiya og‘irlik darajasi, immunokorreksiya samaradorligini aniqlashga imkon yaratuvchi immunologik mezonlar ishlab chiqilgan;
sitokin statusi va kortizol konsentratsiyasi o‘zgarishlari asosidagi immun-yallig‘lanish disfunksiyasi, ISS darajasi, SOFA ko‘rsatkichlarini inobatga olgan holda yiringli-o‘pka asoratlari, poliorgan etishmovchilik va a’zolar disfunksiyasi yakunini prognozlash algoritmi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Buxoro davlat tibbiyot instituti ekspert kengashining 2023 yil 29 iyul №23-Z/053 son xulosasiga ko‘ra:
Ilmiy yangilikning mohiyati: ko‘krak qafasi shikastlangan bemorlar immun statusi o‘zgarishlarining ushbu shikastlanish tabiati va og‘irligiga uzviy bog‘liqligi isbotlangan, immun tizim parametrlari o‘zgarishlari dinamikasini qiyosiy aniqlash orqali immunodefisit darajasi aniqlangan hamda immunokorreksiya asoslari ishlab chiqilgan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: ko‘krak qafasi shikastlangan bemorlarda shikastlanishning shokogenlik ko‘rsatkichi bilan uzviy bog‘liqlik aniqlanganda gospitalizatsiya qilish paytida qonda IL-6 oshishining 1-cho‘qqisi, asoratlarsiz va yiringli infeksiya o‘choqlari bo‘lganlarda shikastlanishlardan keyingi birinchi sutkadan so‘ng IL-6 oshishining 2-cho‘qqisi bo‘lishi isbotlangan, qachonki bu parametr og‘ir sepsis bo‘lganlarda me’yor oralig‘ida bo‘lganligi kuzatilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Vobkent tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (21.04.2021 y.; №12/1), Romitan tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (18.06.2021 y.; №15/1) hamda Buxoro tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (15.02.2021 y.; №3/1) bilan amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: taklif etilgan immun statusi o‘zgarishlari va immunokorreksiya mezonlaridan foydalanish, immunodefisit bo‘lgan ko‘krak qafasi shikastlangan bemorlarni davolash sifatini yaxshilaydi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: ko‘krak qafasi jarohatlari bor bemorlar qon zardobida dastlabki soatlarda yallig‘lanishni qo‘llovchi va yallig‘lanishga qarshi faollikka ega bo‘lgan sitokinlar konsentratsiyasini kasallik kechish dinamikasida turlicha o‘zgarib, disbalans borligi aniqlandi, IFN-γ miqdori asoratsiz bemorlar guruhida maksimal qiymatlarigacha oshishi kuzatildi, bemorlarni davolash amaliyotida vujudga kelishi mumkin bo‘lgan yallig‘lanish jarayonining generalizatsiyalanishining rivojlanishini tashhislash va jarohat infeksiyasini davolash usulini optimallashtirish orqali 1 nafar bemorni davolashda sarflanadigan xarajatlarini 1589000 so‘mga kamaytirishga erishildi. Xulosa: ko‘krak qafasi jarohatlari bor bemorlarda yallig‘lanishni qo‘llovchi sitokinlarning yallig‘lanish jarayoni va davomiyligini farqlash mezonlarini ishlab chiqilishining bemorlarni davolash amaliyotiga joriy etilishi kompleks jarrohlik usulida davolashda kuzatilishi mumkin bo‘lgan asoratlarni oldindan bashoratlash hisobiga, 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 1400000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 350000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Ko‘krak qafasi jarohatlarida immunologik buzilishlar istiqbolini belgilovchi jihatlari va immunoterapiyani asoslash» mavzusida ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Buxoro davlat tibbiyot instituti ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori tomonidan 2022 yil 21 iyundagi 04/2399-son xat yuborilgan.
Ilmiy yangilikning mohiyati: ilk bor ko‘krak qafasi shikastlangan bemorlarda apoptozga tayyor limfotsitlar va venoz qondagi o‘lik leykotsitlar miqdoriy ko‘rsatkichlari qiyosiy tahlil qilinish barobarida ushbu bemorlarda kuzatiladigan ikkilamchi immunodefisit shakllanishi va rivojlanishidagi o‘rni ko‘rsatib berilgan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: ko‘krak qafasi jarohatlari bor bemorlarda apoptozga tayyor limfotsitlar va venoz qondagi o‘lik leykotsitlar miqdoriy ko‘rsatkichlari qiyosiy tahlil qilingan natijalarini hamda immunodefisitning kechishini ob’ektivlashtirishi isbotlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Vobkent tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (21.04.2021 y.; №12/1), Romitan tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (18.06.2021 y.; №15/1) hamda Buxoro tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (15.02.2021 y.; №3/1) bilan amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: ko‘krak qafasi jarohatlari bor bemorlarda kuzatiladigan ikkilamchi immunodefisit shakllanishi va rivojlanishida davolash natijalarini hamda patologik jarayonning kechishini ob’ektivlashtirishi, amaliy sog‘liqni saqlash tizimidagi shifokorlarga bemorlarni mahalliy davolash taktikasini tanlashga maqsadli yondashuv imkoniyatini beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: ko‘krak qafasi jarohatlari bor bemorlarda, o‘tkir qon yo‘qotishi bo‘lgan patsientlar qon zardobida TNF-α, IL-1Ra, kortizol konsentratsiyasi birinchi sutkada ishonarli oshgan bo‘lib, 5-sutkada kamaygan, bu ma’lumotlar sepsis rivojlanishini prognozlash va ko‘krak qafasi jarhatidan keyingi dastlabki 3 soat davomida erta profilaktik davoni o‘tkazish imkonini berdi va bemorning shifoxonada qolish muddatini o‘rtacha qisqartirib, shifoxonada qolish to‘lov miqdori 1135000 so‘mgacha kamaytirgan (RShTYoAM BFning preyskurantiga ko‘ra shifoxonada 1 kun qolish 227000 so‘mni tashkil qiladi); shifoxonada bo‘lish davrining bir necha kunga qisqartirilishi hisobiga dori-darmon kam talab etilgan (1 kunga o‘rtacha 85.000 so‘m dori vositalari sarflanadi). Xulosa: ko‘krak qafasi jarohatlari bor bemorlarda tizimli yallig‘lanish sindromi bilan asoratlangan jarohat infeksiyasini davolash natijalarini baholashning ishlab chiqilgan usuli davolash natijalarini hamda patologik jarayonning kechishini ob’ektivlashtirishining taklif qilingan usuli, bemorlarning nisbatan yaxshi va qoniqarli davolash natijalarini oshirish, qoniqarsiz davolash natijalarini kamaytirish va kasallikning hayotga xavf tug‘diradigan asoratlarining rivojlanishini oldini olish imkonini bergan. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Ko‘krak qafasi jarohatlarida immunologik buzilishlar istiqbolini belgilovchi jihatlari va immunoterapiyani asoslash» mavzusida ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Buxoro davlat tibbiyot instituti ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori tomonidan 2022 yil 21 iyundagi 04/2399-son xat yuborilgan.
Ilmiy yangilikning mohiyati: ko‘krak qafasi jarohatlari bor bemorlarda yiringli-yallig‘lanishli o‘pka asoratlari rivojlanishini prognozlash va immunokorreksiyani asoslash maqsadida immun disfunksiya og‘irlik darajasi, immunokorreksiya samaradorligini aniqlashga imkon yaratuvchi immunologik mezonlar ishlab chiqilgan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: ko‘krak qafasi jarohatlari bor bemorlarda yiringli-yallig‘lanishli o‘pka bilan asoratlangan jarohat jarayonining bosqichini tashhislash uchun ishlab chiqilgan immunokorreksiya samaradorligini aniqlashga imkon yaratuvchi immunologik mezonlar qo‘llanilishi jaroxat jarayonining bosqichini tashhislash imkonini bergan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Vobkent tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (21.04.2021 y.; №12/1), Romitan tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (18.06.2021 y.; №15/1) hamda Buxoro tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (15.02.2021 y.; №3/1) bilan amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: ko‘krak qafasi jarohatlari bor bemorlarda yiringli-yallig‘lanishli o‘pka asoratlari jarohat jarayonining bosqichini tashhislash uchun ishlab chiqilgan takomillashtirilgan usulni qo‘llanilishi jaroxat jarayonining bosqichini tashhislash, jarohat tomonidan rivojlanish ehtimoli yuqori bo‘lgan asoratlarni oldini olish imkonini bergan, bu o‘z navbatida davolashning ijobiy natijalarini ko‘paytirib, davolash sifatini yaxshilaydi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: ko‘krak qafasi jarohatlari bor bemorlar qonidagi limfotsitlar va CD95+-limfotsitlar nisbiy soni bilan (mos ravishda ρ=0,72, va ρ=0,71) kuchli, to‘g‘ri korrelyasion bog‘liqlikka ega. Fas-reseptorini o‘z yuzasida olib yuradigan limfotsitlar miqdorining pasayishi yuqori leykotsitoz bilan birga kechadi. Yashovchan bo‘lmagan leykotsitlar miqdorining o‘rtacha o‘sishi ko‘krak qafasi jarohatlaridan keyingi 1-2 sutka ichida yiringli-yallig‘lanishli intoksikatsiya bilan yuzaga keladi, bunda 22% hollarda CD95+-limfotsitlar ulushining kamayishi ba’zi hujayralar o‘limining sodir bo‘lganligi bilan bog‘liqligi aniqlangan. Xulosa: ko‘krak qafasi jarohatlari bor bemorlarda tizimli yallig‘lanish reaksiyasi sindromi bilan asoratlangan jarohat jarayonining bosqichini tashhislash uchun ishlab chiqilgan takomillashtirilgan usulining amaliyotda qo‘llanilishi 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 1589000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 595000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Ko‘krak qafasi jarohatlarida immunologik buzilishlar istiqbolini belgilovchi jihatlari va immunoterapiyani asoslash» mavzusida ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Buxoro davlat tibbiyot instituti ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori tomonidan 2022 yil 21 iyundagi 04/2399-son xat yuborilgan.
Ilmiy yangilikning mohiyati: sitokin statusi va kortizol konsentratsiyasi o‘zgarishlari asosidagi immun-yallig‘lanish disfunksiyasi, ISS darajasi, SOFA ko‘rsatkichlarini inobatga olgan holda yiringli-o‘pka asoratlari, poliorgan etishmovchilik va a’zolar disfunksiyasi yakunini prognozlash algoritmi ishlab chiqilgan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: ko‘krak qafasi jarohatlari bor bemorlarda yiringli-o‘pka asoratlari, poliorgan etishmovchilik va a’zolar disfunksiyasi yakunini prognozlash algoritmi ishlab chiqilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Vobkent tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (21.04.2021 y.; №12/1), Romitan tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (18.06.2021 y.; №15/1) hamda Buxoro tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (15.02.2021 y.; №3/1) bilan amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: ko‘krak qafasi jarohatlari bor bemorlarda yiringli-yallig‘lanishli o‘pka bilan asoratlarni optimal mahalliy oldin olishning takomillashtirilgan usuli asosida prognozlash algoritmini qo‘llanilishi, mazkur jarohatlariga chalingan bemorlarning kompleks davolanish samaradorligini oshirilishi natijasida ularning reabilitatsiyasi va mehnat qilish faoliyatining tiklanish muddatlari tezlashtirgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: ko‘krak qafasi jarohatlari bor bemorlarda erta operatsiyadan keyingi davrda pentoksifillin va glyukozaminilmuramildipeptid bilan kompleks immunokorreksiya natijasida immun-yallig‘lanish disfunksiyasini ishonarli darajada tartibga solinishi, shikastlanishdan keyingi dastlabki 12-soatdan boshlab pentoksofillin va GMDP (likopid) yordamida erta immun korreksiyasi ko‘krak qafasi jarohatlari bor bemorlarda samarali patogenetik jihatdan asoslangan terapevtik taktika bo‘lib, immun-yallig‘lanish jarayoni disfunksiyasi bo‘yicha laborator ma’lumotlarini yaxshilashga yordam berib bemorlarning statsionarda davolanish muddatini o‘rtacha 5-7 kunga qisqarishiga zamin yaratib, davolashda kuzatilishi mumkin bo‘lgan asoratlarni oldini olish hisobiga, 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 1589 000so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 595 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi. Xulosa: ko‘krak qafasi jarohatlari bor bemorlarda tizimli yallig‘lanish reaksiyasi sindromi bilan asoratlangan jarohat infeksiyasini optimal mahalliy davolashning takomillashtirilgan usuli asosida prognozlash algoritmini qo‘llanilishi, kompleks davolanish samaradorligini oshirish olish imkonini berib, davolashda kuzatilishi mumkin bo‘lgan asoratlarni oldini olish orqali, 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 1589 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 595 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Ko‘krak qafasi jarohatlarida immunologik buzilishlar istiqbolini belgilovchi jihatlari va immunoterapiyani asoslash» mavzusida ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Buxoro davlat tibbiyot instituti ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori tomonidan 2022 yil 21 iyundagi 04/2399-son xat yuborilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish