Jumaev Muxtor Fatullaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekiston Respublikasi janubiy hududlarida o‘pka tuberkulyozining  rezistent shaklarini tashxislash murakkabligi va davolash muammolari», 14.00.26 - Ftiziatriya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Tib1745.
Ilmiy rahbar: Usmonov Isomiddin Xaydarovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami:  Toshkent tibbiyot akademiyasi, Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.01.
Rasmiy opponentlar: Sadikov Abduvaxit Sadikovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Muxtorov Davron Zuxurovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Respublika ixtisoslashtirilgan ftiziatriya va pul`monologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.  
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: respublikaning janubiy hududlaridagi keskin kontinental iqlim sharoitida dorilarga mul`tirezistent shaklli o‘pka tuberkulyozining tashxisot va davolashni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotdagi ilmiy yangiligi:
ilk bor keskin kontinental iqlim hukmron bo‘lgan respublikaning janubiy mintaqalarida mul`tirezistent shaklli o‘pka tuberkulyozining  klinik kechishida anemiya, gipoproteinemiya, EChT, SRO, IF miqdorining davomiy ortishi isbotlangan;
 ilk bor mul`tirezistent shaklli o‘pka tuberkulyozini davolashda maxsus nafas gimnastikasi va jismoniy badantarbiya mashqlarining ahamiyati isbotlangan;
ilk bor mul`tirezistent shaklli o‘pka tuberkulyozida  olti daqiqalik yurish testining bemorlardagi nafas etishmovchiligini baholashda ahamiyati aniqlangan;
ilk bor keskin kontinental iqlim sharoitida mul`tirezistent shaklli o‘pka tuberkulyozi bilan kasallangan bemorlarning o‘pka, bronx va al`veolalardagi chuqur sklerotik va fibrotik morfologik o‘zgarishlar aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Buxoro davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashining 2023 yil 2 avgustdagi 23-Z/055-son xulosasi asosida:
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor keskin kontinental iqlim hukmron bo‘lgan respublikaning janubiy mintaqalarida mul`tirezistent shaklli o‘pka tuberkulyozining  klinik kechishida anemiya, gipoproteinemiya, EChT, SRO, IF miqdorining davomiy ortishi isbotlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: tadqiqot natijalari O‘zbekiston Respublikasining janubiy hududlarida o‘pka tuberkulyozining dorilarga turg‘un shakllarini klinik kechish xususiyati, tashxislash va davolash murakkabligiga asoslanganligi Buxoro viloyat ftiziatriya va pul`monologiya markazi (02.06.2023 y.; №49-sonli buyruq) bo‘yicha, Navoiy viloyat ftiziatriya va pul`monologiya markazi (07.07.2023 y.; №42-sonli buyruq) bo‘yicha, Qashqadaryo viloyat ftiziatriya va pul`monologiya markazi (18.07.2023 y.; №38-I-sonli buyruq) bo‘yicha hamda Surxondaryo viloyat ftiziatriya va pul`monologiya markazi (05.06.2023 y.; №31-sonli buyruq) bo‘yicha buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: taklif etilgan usul o‘pka tuberkulyozining turg‘un shakllari bilan kasallangan bemorlarni tashxislash va davolashni takomillashtirish imkonini bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: o‘pka tuberkulyozining dorilarga turg‘un shakli bilan kasallangan bemorlar davolashda 1 nafar birlamchi aniqlangan bemor uchun o‘rtacha 3 000 000 so‘m, residiv o‘pka tuberkulyozining turg‘un shakli bilan kasallangan  bemorga o‘rtacha 5 000 000 so‘m iqtisod qilindi. Xulosa: yangi aniqlangan o‘pka tuberkulyozining dorilarga turg‘un shakli bilan kasallangan bir nafar bemorga foydalanish amaliyotining joriy qilinishi uchun byudjet mablag‘larini 3 000 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini beradi. Residiv o‘pka tuberkulyozining turg‘un shakli bilan kasallangan bemorlarga esa byudjetdan tashqari mablag‘ hisobidan 5 000 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.
Ikkinchi ilmiy yangilik: ilk bor mul`tirezistent shaklli o‘pka tuberkulyozini davolashda maxsus nafas gimnastikasi va jismoniy badantarbiya mashqlarining ahamiyati isbotlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: mul`tirezistent shaklli o‘pka tuberkulyozini davolashda nafas gimnastikasi va jismoniy badantarbiya mashqlarining tartibi ishlab chiqildi, hamda kompleks davoning samaradorligini oshirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Tadqiqot natijalari O‘zbekiston Respublikasining janubiy hududlarida o‘pka tuberkulyozining dorilarga turg‘un shakllarini klinik kechish xususiyati, tashxislash va davolash murakkabligiga asoslanganligi Buxoro viloyat ftiziatriya va pul`monologiya markazi (02.06.2023 y.; №49-sonli buyruq) bo‘yicha, Navoiy viloyat ftiziatriya va pul`monologiya markazi (07.07.2023 y.; №42-sonli buyruq) bo‘yicha, Qashqadaryo viloyat ftiziatriya va pul`monologiya markazi (18.07.2023 y.; №38-I-sonli buyruq) bo‘yicha hamda Surxondaryo viloyat ftiziatriya va pul`monologiya markazi (05.06.2023 y.; №31-sonli) bo‘yicha buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: taklif etilgan usul o‘pka tuberkulyozining turg‘un shakllari bilan kasallangan bemorlarni tashxislash va davolashni takomillashtirish imkonini bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: o‘pka tuberkulyozining dorilarga turg‘un shakli bilan kasallangan bemorlar davolashda 1 nafar birlamchi aniqlangan bemor uchun o‘rtacha 3 000 000 so‘m, residiv o‘pka tuberkulyozining turg‘un shakli bilan kasallangan  bemorga o‘rtacha 5 000 000 so‘m iqtisod qilingan.  Xulosa: yangi aniqlangan o‘pka tuberkulyozining dorilarga turg‘un shakli bilan kasallangan bir nafar bemorga foydalanish amaliyotining joriy qilinishi uchun byudjet mablag‘larini 3 000 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan. Residiv o‘pka tuberkulyozining turg‘un shakli bilan kasallangan bemorlarga esa byudjetdan tashqari mablag‘ hisobidan 5 000 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini beradi.
Uchinchi ilmiy yangilik: ilk bor mul`tirezistent shaklli o‘pka tuberkulyozida  olti daqiqalik yurish testining bemorlardagi nafas etishmovchiligini baholashda ahamiyati aniqlangan; Ilmiy yangilikning ahamiyati: O‘pka tuberkulyozining dorilarga multirezistent shakli bilan kasallangan bemorlarga tashxislash va davolash imkonini bergan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Tadqiqot natijalari Buxoro viloyat ftiziatriya va pul`monologiya markazi (02.06.2023 y.; №49-sonli buyruq) bo‘yicha, Navoiy viloyat ftiziatriya va pul`monologiya markazi (07.07.2023 y.; №42-sonli buyruq) bo‘yicha, Qashqadaryo viloyat ftiziatriya va pul`monologiya markazi (18.07.2023 y.; №38-I-sonli buyruq) bo‘yicha hamda Surxondaryo viloyat ftiziatriya va pul`monologiya markazi (05.06.2023 y.; №31-sonli) bo‘yicha buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: taklif etilgan usul o‘pka tuberkulyozining turg‘un shakllari bilan kasallangan bemorlarni tashxislash va davolashni takomillashtirish imkonini yaratgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: O‘pka tuberkulyozining dorilarga turg‘un shakli bilan kasallangan bemorlar davolashda birlamchi aniqlangan 1 nafar bemor uchun o‘rtacha 3 000 000 so‘m, residiv o‘pka tuberkulyozining turg‘un shakli bilan kasallangan  1 nafar bemorga o‘rtacha 5 000 000 so‘m iqtisod qilingan. Xulosa: yangi aniqlangan o‘pka tuberkulyozining dorilarga turg‘un shakli bilan kasallangan bir nafar bemorga foydalanish amaliyotining joriy qilinishi uchun byudjet mablag‘larini 3 000 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini beradi. Residiv o‘pka tuberkulyozining turg‘un shakli bilan kasallangan bemorlarga esa byudjetdan tashqari mablag‘ hisobidan 5 000 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.
To‘rtinchi ilmiy yangilik: ilk bor keskin kontinental iqlim sharoitida mul`tirezistent shaklli o‘pka tuberkulyozi bilan kasallangan bemorlarning o‘pka, bronx va al`veolalardagi chuqur sklerotik va fibrotik morfologik o‘zgarishlar aniqlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: keskin kontinental iqlim sharoitida yashovchi bemorlarning o‘pkasi, bronxlar va al`veolalardagi morfologik o‘zgarishlar asosida kompleks davolash va adekvat reabilitatsiyaning samaradorligi chora-tadbirlari ishlab chiqish va davo jarayonida qo‘llashdan iborat. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: tadqiqot natijalari Buxoro viloyat ftiziatriya va pul`monologiya markazi (02.06.2023 y.; №49-sonli buyruq) bo‘yicha, Navoiy viloyat ftiziatriya va pul`monologiya markazi (07.07.2023 y.; №42-sonli buyruq) bo‘yicha, Qashqadaryo viloyat ftiziatriya va pul`monologiya markazi (18.07.2023 y.; №38-I-sonli buyruq) bo‘yicha hamda Surxondaryo viloyat ftiziatriya va pul`monologiya markazi (05.06.2023 y.; №31-sonli) bo‘yicha buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: olingan ma’lumotlarning amaliy ahamiyati ulardan sezgir shaklli o‘pka tuberkulyozi bilan kasallangan bemorlarni o‘z vaqtida aniqlab davolash samaradorligiga erishish va nazorat qilishdan iborat bo‘lib, olingan ma’lumotlarning kompleks qo‘llanilishi o‘pka tuberkulyozining dorilarga turg‘un shakli bilan kasallangan bemorlarda kasallik rivojlanishini differensial baholash imkonini bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: o‘pka tuberkulyozining dorilarga turg‘un shakli bilan kasallangan bemorlar davolashda birlamchi aniqlangan 1 nafar bemor uchun o‘rtacha 3 000 000 so‘m, residiv o‘pka tuberkulyozining turg‘un shakli bilan kasallangan  1 nafar bemorga o‘rtacha 5 000 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa: yangi aniqlangan o‘pka tuberkulyozining dorilarga turg‘un shakli bilan kasallangan 1 nafar bemorga foydalanish amaliyotining joriy qilinishi uchun byudjet mablag‘larini 3 000 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini beradi. Residiv o‘pka tuberkulyozining turg‘un shakli bilan kasallangan 1 nafar bemorga esa byudjetdan tashqari mablag‘ hisobidan 5 000 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan. Jumaev Muxtor Fatullaevich «O‘zbekiston Respublikasi janubiy hududlarida o‘pka tuberkulyozining turg‘un shakllarini tashxislash murakkabligi va davolash muammolari» mavzusida ilmiy tadqiqotida olingan yuqoridagi 4 ta ilmiy yangilik boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Buxoro davlat tibbiyot institutining 2022 yil 31 maydagi 04 № 2131-sonli xati Sog‘liqni saqlash vazirligiga taqdim etilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish