Klichova Firuza Karimovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Farmakokinetikaning genetik markyorlarini hisobga olgan holda oshqozon va 12 barmoq ichak yara kasalligi farmakoterapiyasini personifikatsiyalash yo‘llari” 14.00.17 – Farmakologiya va klinik farmakologiya  (tibbiyot fanlari).     
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Tib1932.
Ilmiy rahbar: Musaeva Dilfuza Maxmudovna, tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019Tib30.02.
Rasmiy opponentlar: Daminova Lola Turgunpulatovna, tibbiyot fanlari doktori, professor, Ismailova Jadida Axmedjanovna, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Kursk davlat tibbiyot universiteti.(Rossiya)
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Oshqozon va o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligi mavjud bemorlarda  CYP2C19 genining CYP2C19:681G>A*2, CYP2C19:636 G>A*3 va CYP2C19:806C>T*17 polimorfizmlari genotiplari asosida metabolizatorlar turini hisobga olgan holda davolash samaradorligini  baholash va farmakoterapiyani personifikatsiyalash usullarini aniqlashdan iborat.
 III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor yara kasalligi bo‘lgan bemorlarning 2/3 qismida CYP2C19 geni CYP2C19:681 G>A*2, CYP2C19:636G>A*3 va CYP2C19:806C>T*17 polimorfizmlarining “me’yoriy” allelini saqlovchi va “tezkor” metabolizator xususiyatini namoyon qiluvchi genotiplar va 1/3 qismida esa “o‘rtacha” va “sekin” metabolizator xususiyatini namoyon qilib, ferment funksional faolligini pasaytiruvchi allel` saqlovchi genotiplar uchrashi aniqlangan;
ilk bor yara kasalligi bo‘lgan bemorlarda  CYP2C19 genining “tezkor” va “sekin” metabolizator xususiyatini namoyon qiluvchi genotiplari erkak va ayol bemorlarda turlicha uchrashi tufayli kasallikning klinik namoyon bo‘lishi, kechish xususiyatlari va davo natijalarida tafovutlar kelib chiqishi asoslangan;
CYP2C19 genining “tezkor”, “o‘rtacha” va “sekin” metabolizator xususiyatini namoyon qiluvchi genotiplari mavjud bemorlarda kasallikning klinik namoyon bo‘lishida tafovutlar mavjudligi tufayli “an’anaviy” davo kompleksida qo‘llangan dori vositalari strukturasi ham turlicha ekanligi aniqlangan;
ilk bor yara kasalligi mavjud bemorlarda  CYP2C19 geni polimorfizmlarining turli darajada metabolizator xususiyatini namoyon qiluvchi genotiplarini uchrashiga mos ravishda kasallik farmakoterapiyasi natijasi turlicha bo‘lganligi aniqlangan hamda ushbu kasallik farmakoterapiyasi  samaradorligini ta’minlash uchun  CYP2C19 geni polimorfizmlari genotiplariga muvofiq “personal” davo sxemalarini ishlab chiqish zaruriyati asoslangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi
Buxoro davlat tibbiyot instituti muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining  2023-yil  20 iyuldagi  №23-Z/052  son xulosasiga ko‘ra:
Birinchi ilmiy yangilik: ilk bor oshqozon va 12 barmoqli ichak yara kasalligi bo‘lgan bemorlarning 2/3 qismida CUR2C19 geni CUR2C19:681G>A*2, CYP2C19:636G>A*3 va CYP2C19:806C>T*17 polimorfizmlarining “me’yoriy” allelini saqlovchi va “tezkor” metabolizator xususiyatini namoyon qiluvchi genotiplar va 1/3 qismida esa “o‘rtacha” va “sekin” metabolizator xususiyatini namoyon qilib, ferment funksional faolligini pasaytiruvchi allel saqlovchi genotiplar uchrashi aniqlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi:  Buxoro tuman tibbiyot birlashmasiga  2022 yilning 23-sentyabridagi 429-sonli buyruq bilan, Buxoro shahar tibbiyot birlashmasiga 2022 yilning 28-sentyabridagi 251-sonli buyruq bilan hamda Jondor   tuman tibbiyot birlashmasiga 2022 yilning 26-sentyabridagi 201-sonli buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: taklif etilgan usul oshqozon va o‘n ikki barmoqli ichak yara kasalligi mavjud bemorlarda metabolizatorlar turini aniqlash orqali davo samaradorligi va xavfsizligini oshirishga yordam beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: taklif etilgan farmakokinetikaning genetik markyorlarini hisobga olgan holda oshqozon va 12 barmoq ichak yara kasalligi farmakoterapiyasini personifikatsiyalash usullarini amaliyotga joriy qilish orqali davo samaradorligini oshirish hisobiga iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: farmakoterapiyani personifikatsiyalash oshqozon va 12 barmoq ichak yara kasalligini samarali davolash usuli sifatida tibbiy, ijtimoiy va iqtisodiy samaradorlikka ega innovatsion ishlanma sarflangan mablag‘larni oqlaydi. Yuqoridagilardan kelib chiqib xulosa qilish mumkinki,  farmakokinetikaning genetik markyorlarini hisobga olgan holda davoni olib borish usuli samarali bo‘lib, u klinik amaliyotga tadbiq qilingan.
Ikkinchi ilmiy yangilik: ilk bor yara kasalligi bo‘lgan bemorlarda CUR2C19 genining “tezkor” va “sekin” metabolizator xususiyatini namoyon qiluvchi genotiplari erkak va ayol bemorlarda turlicha uchrashi tufayli kasallikning klinik namoyon bo‘lishi, kechish xususiyatlari va davo natijalarida tafovutlar kelib chiqishi asoslangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Buxoro tuman tibbiyot birlashmasiga  2022 yilning 23-sentyabridagi 429-sonli buyruq bilan, Buxoro shahar tibbiyot birlashmasiga 2022 yilning 28-sentyabridagi 251-sonli buyruq bilan hamda Jondor   tuman tibbiyot birlashmasiga 2022 yilning 26-sentyabridagi 201-sonli buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: CUR2C19 geni metabolizatorlari mavjudligining bemor jinsiga bog‘liqligi  genetik omillarning  oshqozon va 12 barmoq ichak yara kasalligi klinik kechishini va farmakoterapiyasi samaradorligini bashorat qilish imkonini beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: Oshqozon va 12 barmoq ichak yara kasalligi bilan og‘rigan bemorda o‘rtacha kunlik xarajat 120 000 so‘mni, to‘liq eradikatsiyaga erishish uchun 10 kun davomida 1 200 000 so‘mni tashkil etsa, metabolizator turiga ko‘ra davoni olib borish muolajalar davomiyligini 2-3 kunga qisqartiradi. Davolanayotgan 10 ta bemorlarning 6 tasi erkak ekanligini inobatga olsak, har bir erkak bemor uchun byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘lardan 360 000 so‘m tejab qolindi. Xulosa: Metabolizator turining gender xususiyatini  amaliyotga joriy qilish gender xususiyatiga ko‘ra har bir bemor uchun byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘larni 360 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini beradi.
Uchinchi ilmiy yangilik: CYP2C19 genining “tezkor”, “o‘rtacha” va “sekin” metabolizator xususiyatini namoyon qiluvchi genotiplari mavjud bemorlarda kasallikning klinik namoyon bo‘lishida tafovutlar mavjudligi tufayli “an’anaviy” davo kompleksida qo‘llangan dori vositalari strukturasi ham turlicha ekanligi aniqlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Buxoro tuman tibbiyot birlashmasiga  2022 yilning 23-sentyabridagi 429-sonli buyruq bilan, Buxoro shahar tibbiyot birlashmasiga 2022 yilning 28-sentyabridagi 251-sonli buyruq bilan hamda Jondor tuman tibbiyot birlashmasiga 2022 yilning 26-sentyabridagi 201-sonli buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: Oshqozon va 12 barmoq ichak yara kasalligi farmakoterapiyasini mavjud metabolizator turiga ko‘ra o‘tkazish proton pompasi ingibitorlarini, ayniqsa ularning dozasini to‘g‘ri tanlashga va samarali ishlatishga yordam beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: Oshqozon va 12 barmoq ichak yara kasalligi mavjud bemorlarda asosiy guruh dorilari - proton pompasi ingibitori bo‘lgan omeprozol preparati  metabolizator turiga ko‘ra dozalanganda, preparatni qo‘llash “sekin” metabolizatorli har bir bemor uchun 22 800 so‘m, yil davomida 50 ta bemordan 5 tasida “sekin” metabolizator bo‘lganligi hisobidan, umumiy iqtisodiy samaradorlik 114 000 so‘mni tashkil etdi. Xulosa: Metabolizator turiga ko‘ra proton pompasi ingibitorlari turini va dozasini tanlash har bir bemor uchun asosiy guruh dorilaridan 114 000 so‘m byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘larni tejab qolish imkonini beradi.  
To‘rtinchi ilmiy yangilik: ilk bor yara kasalligi mavjud bemorlarda  CYP2C19 geni polimorfizmlarining turli darajada metabolizator xususiyatini namoyon qiluvchi genotiplarini uchrashiga mos ravishda kasallik farmakoterapiyasi natijasi turlicha bo‘lganligi aniqlangan, hamda ushbu kasallik farmakoterapiyasi  samaradorligini ta’minlash uchun  CYP2C19 geni polimorfizmlari genotiplariga muvofiq “personal” davo sxemalarini ishlab chiqish zaruriyati asoslangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Buxoro tuman tibbiyot birlashmasiga  2022 yilning 23-sentyabridagi 429-sonli buyruq bilan, Buxoro shahar tibbiyot birlashmasiga 2022 yilning 28-sentyabridagi 251-sonli buyruq bilan hamda Jondor   tuman tibbiyot birlashmasiga 2022 yilning 26-sentyabridagi 201-sonli buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: Oshqozon va 12 barmoqli ichak yara kasalligi farmakoterapiyasini personifikatsiyalash  yo‘llarini joriy etish, ayniqsa davo samaradorligini oshirish bilan birga, tuzalishning tezlashishi, asoratlarning keskin kamayishiga, dori vositalari nojo‘ya ta’sirlari oldini olish va xavfsizligini ta’minlashga xizmat qiladi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: oshqozon va 12 barmoq ichak yara kasalligi mavjud bemorlarda davoni “personifikatsiyalash” orqali davo kursi 3 kunga qisqardi va 1 nafar bemor uchun xarajatlar 360 000 so‘mga tejaldi. Bu ko‘rsatkich yil davomida 50 ta bemorda 18 000 000 so‘mni  iqtisod qilinishiga olib keldi.  Xulosa: Personal davo natijasida 18 000 000 so‘m byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘larni iqtisod qilish imkoniyati yaratildi. Klichova Firuza Karimovnaning “Farmakokinetikaning genetik markyorlarini hisobga olgan holda oshqozon va 12 barmoqli ichak yara kasalligi farmakoterapiyasini personifikatsiyalash yo‘llari” mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori tomonidan 2022 yil 22 sentyabrdagi 03/6824-sonli xati yuborilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish