Meliqo‘ziev Oybek Erqo‘zievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bolalarda pnevmokokkli zotiljamda endogen intoksikatsiya xususiyatlari» 14.00.10 – Yuqumli kasalliklar (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Tib2444.
Ilmiy rahbar: [Daminov Tungunpulat Obidovich], tibbiyot fanlari doktori, professor, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat stomatologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.01.
Rasmiy opponentlar: Axmedova Xalida Yuldashevna, tibbiyot fanlari doktori; Ibadova Gulnara Alievna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: bolalarda pnevmokokkli zotiljamda endogen intoksikatsiya xususiyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
pnevmokokka qarshi emlanmagan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarda (46,5%) zotiljamning rivojlanishida yetakchi etiologik omil Streptococcus pneumoniae ekanligi asoslangan;
bolalarda pnevmokokkli zotiljamda yallig‘lanishning o‘tkir fazasida mikroblarga qarshi endogen peptidlarni ko‘rsatkichlarini ortishi kasallikning asoratlarini rivojlanishida ahamiyatliligi isbotlangan;
ilk bor endogen intoksikatsiya sindromida sistatsin S, transaminaza, o‘rtacha molekulyar peptidlar, lipokalin kabi peshob markerlari asosida buyrakning tuzilish-funksional holati asoslangan;
ilk bor pnevmokokkli pnevmoniya bilan kasallangan bolalarda endogen intoksikatsiya markerlarini ortishi, kasallikni asoratli kechish xavfi ekanligi isbotlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Toshkent davlat stomatologiya instituti ekspert kengashining 2023 yildagi 24 avgustdagi 13-son xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: pnevmokokka qarshi emlanmagan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarda (46,5%) zotiljamning rivojlanishida yetakchi etiologik omil Streptococcus pneumoniae ekanligi asoslangan. Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasi bo‘yicha 2023 yil 21 iyuldagi 75-sonli buyruq va Toshkent shahar 1- sonli bolalar klinik shifoxonasi bo‘yicha 2023 yil 24 iyuldagi 87-sonli buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: etti yoshgacha bo‘lgan bolalarda pnevmoniyaning rivojlanishida yetakchi etiologik omilni erta aniqlash va uning natijasida asosiy qo‘zg‘atuvchi Streptococcus pneumoniae ekanligi, pnevmoniyaning klinik-morfologik shakli o‘pkaning pastki bo‘lagining zararlanishi bilan kechishi erta tashhislangan va davolash sifatini yaxshilagan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: pnevmokokkli zotiljam bilan kasallangan etti yoshgacha bo‘lgan bolalarda erta tashxisot jarayonida yetakchi etiologik omil Streptococcus pneumoniae ni aniqlash va kasallikni asoratlarini oldini olishga erishish orqali sarflanadigan xarajatlarini 148 000 so‘mga kamaytirishga erishiladi. Xulosa: bolalarda yetakchi etiologik omil sifatida Streptococcus pneumoniae ning pnevmoniyani keltirib chiqarishi natijasidagi asoratlarni oldini olish maqsadida 1 nafar bemor uchun sarflanadigan byudjet mablag‘larini 148.000 so‘mga, bir kurs davolanish uchun davlat byudjetidan 1.480.000 so‘mni iqtisod qilish imkonini bergan.
ikkinchi ilmiy yangilik: bolalarda pnevmokokkli zotiljamda yallig‘lanishning o‘tkir fazasida mikroblarga qarshi endogen peptidlarni ko‘rsatkichlarini ortishi, kasallikning asoratlarini rivojlanishida ahamiyatliligi isbotlangan. Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasi bo‘yicha 2023 yil 21 iyuldagi 75-sonli buyruq va Toshkent shahar 1- sonli bolalar klinik shifoxonasi bo‘yicha 2023 yil 24 iyuldagi 87-sonli buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: pnevmokokkli pnevmoniya bilan kasallangan bolalarda yallig‘lanishning o‘tkir fazasida mikroblarga qarshi endogen peptidlarni ko‘rsatkichlarini o‘zgarishini baholash, pnevmokokk infeksiyasini erta tashhislash va davolash sifatini yaxshilagan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: pnevmokokkli pnevmoniya bilan xastalangan bolalarda yallig‘lanishning o‘tkir fazasida mikroblarga qarshi endogen peptidlarni ko‘rsatkichlarini o‘zgarishini o‘rganish, peshobda eriydigan pnevmokokk C-polisaxarid antigenini baholash va samarali davolashni amalga oshirish natijasida bemorlarni shifoxonada bo‘lish vaqtini 1-2 kunga qisqartiradi (Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasining preyskurantiga binoan ovqat uchun 17.225 so‘m va dori-dormonlar uchun 10 775 so‘m, o‘rin joy uchun bir kunlik sarf xarajatlari uchun 120000 so‘m sarflanib, umumiy sarf xarajatlarning miqdorini 148.000 ming so‘m tashkil qiladi). Xulosa: bolalarda pnevmoniya oqibatida kelib chiqadigan asoratlarni oldini maqsadida 1 nafar bemor uchun sarflanadigan byudjet mablag‘larini 148.000 so‘mga, bir kurs davolanish uchun davlat byudjetidan 1.480.000 so‘mni iqtisod qilish imkonini bergan.
uchinchi ilmiy yangilik: ilk bor endogen intoksikasiya sindromida sistasin S, transaminaza, o‘rtacha molekulyar peptidlar, lipokalin kabi peshob markerlari asosida buyrakning tuzilish-funksional holati asoslangan. Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasi bo‘yicha 2023 yil 21 iyuldagi 75-sonli buyruq va Toshkent shahar 1- sonli bolalar klinik shifoxonasi bo‘yicha 2023 yil 24 iyuldagi 87-sonli buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: taklif etilgan kompleks yondashuvdan foydalanish bolalar o‘rtasida pnevmoniyada endogen intoksikasiya sindromida sistasin S, transaminaza, o‘rtacha molekulyar peptid, lipokalin kabi peshob markerlari asosida buyrakning funksional holati baholash orqali kasallikni davolash yaxshilangan, o‘tkir buyrak etishmovchiligi kabi asoratlarini rivojlanishini oldi olingan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: bolalar o‘rtasida pnevmokkokli zotiljam natijasida endogen intoksikasiya sindromida sistasin S, transaminaza, o‘rtacha molekulyar peptidlar, lipokalin kabi peshob markerlari asosida buyrakning funksional holatidagi o‘zgarishlarni davolash uchun Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasining preyskurantiga binoan ovqat uchun 17.225 so‘m va dori-dormonlar uchun 10 775 so‘m, o‘rin joy uchun bir kunlik sarf xarajatlari uchun 120000 so‘m sarflanishi, umumiy 148.000 ming so‘m sarf xarajatlarning tejalishiga erishilgan. Xulosa: bolalarda pnevmoniya oqibatida kelib chiqadigan asoratlarni oldini maqsadida 1 nafar bemor uchun sarflanadigan byudjet mablag‘larini 148.000 so‘mga, bir kurs davolanish uchun davlat byudjetidan 1.480.000 so‘mni iqtisod qilish imkonini bergan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: ilk bor pnevmokokkli pnevmoniya bilan kasallangan bolalarda endogen intoksikasiya markerlarini ortishi, kasallikni asoratli kechish xavfi ekanligi isbotlangan. Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasi bo‘yicha 2023 yil 21 iyuldagi 75-sonli buyruq va Toshkent shahar 1- sonli bolalar klinik shifoxonasi bo‘yicha 2023 yil 24 iyuldagi 87-sonli buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: pnevmoniya bilan kasallangan bolalarda endogen intoksikasiya markerlarini ortishini erta aniqlash orqali kasallikni asoratlarini oldini olish va kasallikni avj olishini pasaytirishga xizmat qilgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: pnevmoniya bilan kasallangan bolalarda endogen intoksikasiya markerlarini ortishini erta aniqlash va davolash uchun Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasining preyskurantiga binoan ovqat uchun 17.225 so‘m va dori-dormonlar uchun 10 775 so‘m, o‘rin joy uchun bir kunlik sarf xarajatlari uchun 120000 so‘m sarflanishi, umumiy 148.000 ming so‘m sarf xarajatlarning tejalishiga erishilgan.