Farmanova Maxtob Alimovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Brusellyoz infeksiyasida antioksidant tizimni klinik-biokimyoviy baholash va davolashni takomillashtirish», 14.00.10 - Yuqumli kasalliklar (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Tib1691.
Ilmiy rahbar: Kasimov Ilxamdjan Asamovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi:  Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami:  Toshkent tibbiyot akademiyasi, Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.01.
Rasmiy opponentlar: Axmedova Muboraxon Djalilovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Ibadova Gulnara Alievna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: brusellyozning surunkali shakllari bilan kasallanganlarda antioksidant tizimi holatini, kasallik klinik kechishi bilan bog‘liqligini baholash va davolashni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
brusellyozning ikkilamchi surunkali shakli bilan kasallangan bemorlarning 80% da tayanch-harakat tizimining shikastlanishi kuzatilib,  ularning 10,1% da yuqori, 69,8% da o‘rtacha va  21,1% da esa shikastlanish past faollikda ekanligi isbotlangan;
brusellyozning ikkilamchi o‘choqlari hisobiga, bemorlarni qonida tayoqcha yadroli neytrofillar va eozinofillar mikdorining kamayishi, monotsitlar sonining esa ortishi asoslangan;
brusellyozning surunkali shakli bilan kasallangan bemorlarda  kompensator mexanizm hisobiga malondial`degid va S-reaktiv oqsilning oshishi isbotlangan;
brusellyozning surunkali shakllari bilan kasallangan bemorlarda,  lipoperoksidatsiya jarayonlari jadallashib, umumiy antioksidant va katalaza faolligining pasayishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Buxoro davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashining 2023 yil 2 avgustdagi 23-Z/056-son xulosasiga ko‘ra:
Brusellyozning ikkilamchi surunkali shakli bilan kasallangan bemorlarning 80% da tayanch-harakat tizimining shikastlanishi kuzatilib,  ularning 10,1% da yuqori, 69,8% da o‘rtacha va  21,1% da esa shikastlanish past faollikda ekanligi isbotlangan. Buxoro viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasi bo‘yicha (21.07.2023 y.; № 71) va Jondor tumani tibbiyot birlashmasining (7.07.2023 y.; №77) buyruqlari  bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Brusellyozning surunkali shakllari bilan kasallangan bemorlarda tayanch-harakat tizimining zararlanishi DAS-28 kompyuter dasturi bo‘yicha aniqlash, tayanch harakat tizimining zararlanish darajasini aniqlaydi, ularni erta tashxislash, davo muolajalari samaradorligini muntazam nazorat kilish, asoratlar rivojlanishi va nogironlikni oldini oladi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: brusellyozning surunkali shakllari bilan kasallangan bemorlarda taklif etilgan innovatsion diagnostika usulini qo‘llash qimmat rentgen nuri va tomografiya usullarini kamaytirish hisobiga har bir bemorga 35100 so‘m sarf-xarajatlarni kamaytirish mumkin. Xulosa: brusellyozning surunkali shakllari bilan og‘rigan bemorlarda innovatsion tashxisot usullari yordamida tayanch-harakat tizimidagi o‘zgarishlar darajasini aniqlash, davolash, asoratlar va nogironlikni oldini olish, har bir bemorga 8 999 100 so‘m sarf xarajatlarni kamaytirish imkonini bergan.
Brusellyozning ikkilamchi o‘choqlari hisobiga, bemorlarni qonida tayoqcha yadroli neytrofillar va eozinofillar mikdorining kamayishi, monotsitlar sonining esa ortishi asoslangan. Buxoro viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasi bo‘yicha (21.07.2023 y.; № 71) va Jondor tumani tibbiyot birlashmasining (7.07.2023 y.; №77) buyruqlari  bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Fosfarginin suksinat preparatini qo‘llashda bemorlarining periferik qonida leykotsitozni bartaraf etilishi, tayoqchasimon neytrofillar sonini ortishi va monotsitlarni kamayishiga olib keldi.  Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: bemorning shifoxonadagi davri uchun bemorning shifoxonada qolish muddatini 17,0 kundan 15,9 kunga qisqartirtirib, shifoxonada qolish to‘lov miqdori taxminan 642818 so‘mga kamaytirilgan;  shifoxonada bo‘lish davrining bir necha kunga va boshqa dorilarning  qisqartirilishi hisobiga har bir bemorga bir kunda 58438 so‘m iqtisod qilingan. Xulosa: brusellyozning surunkali shakllari bilan kasallangan bemorlarda kasallik rivojlanishining zo‘rayishi va asoratlanishining oldini olish maqsadida tashxisot jarayonini takomillashtirish kasallikni jadallashib borishi va asoratlarni kamayishiga va har bir bemorga 642 818 so‘mni iqtisod qilish imkonini bergan.
Brusellyozning surunkali shakli bilan kasallangan bemorlarda  kompensator mexanizm hisobiga malondial`degid va S-reaktiv oqsilning oshishi isbotlangan. Buxoro viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasi bo‘yicha (21.07.2023 y.; № 71) va Jondor tumani tibbiyot birlashmasining (7.07.2023 y.; №77) buyruqlari  bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Fosfarginin suksinat preparatini qo‘llash yog‘larning perekisli oksidlanishini susaytirishi va antioksidant himoya tizimi kompensator mexanizmlarning faollashtirishi hisobiga an’anaviy davo muolajalari samaradorligining oshishiga olib keladi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: brusellyozning surunkali shakllari bilan kasallangan bemorlarda taklif etilgan davolash usulini qo‘llash davolash samaradorligini oshiradi. Iqtisodiy samaradorlik har bir bemor uchun 584380 so‘mni tashkil qildi. Xulosa: brusellyozning surunkali shakllari bilan og‘rigan bemorlarda Fosfarginin suksinat preparatining an’anaviy davo muolajalariga kiritilishi asoratlari va nogironlikni oldini olish, har bir bemorga 8 964 000 so‘m sarf xarajatlarni kamaytirish imkonini bergan.
Brusellyozning surunkali shakllari bilan kasallangan bemorlarda  lipoperoksidatsiya jarayonlari jadallashib, umumiy antioksidant va katalaza faolligining pasayishi isbotlangan. Buxoro viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasi bo‘yicha (21.07.2023 y.; № 71) va Jondor tumani tibbiyot birlashmasining (7.07.2023 y.; №77) buyruqlari  bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: tadqiqotga jalb qilingan bemorlarning qon zardobida LPO jarayonlarida malondial`degid miqdorining ortishi, antioksidant himoya tizimining susayishi va uning kompensator mexanizmlarining pasayish darajasi patologik jarayonning jadallashib borayotganidan va davo muolajalarining sustligidan dalolat beradi. Bu esa kasallikning tez-tez qaytalanishi, remissiya davrining qisqarishi, erta nogironlik va bemorlar hayoti sifatini susayishidan dalolat beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: brusellyozning surunkali shakllari bilan og‘rigan bemorlarda yog‘larning perekisli oksidlanishi, antioksidant himoya tizimi faolligining susayishi, hamda uning kompensator mexanizmining pasayishi organizmda yallig‘lanish va emirilish jarayonlarini baholash, davolash, asoratlari va nogironlikni oldini olish, hamda sarf xarajatlarni kamaytirish imkonini bergan. Xulosa: brusellyozning surunkali shakllari bilan kasallangan bemorlarda taklif qilingan maxsus tekshirish usullari asosida to‘g‘ri davolash imkoni ortadi, qaytalanishlarni nazorat qilish va asoratlar rivojlanishining oldini olish imkonini berdi.
M.A.Farmanovaning «Brusellyoz infeksiyasida antioksidant tizimni klinik-biokimyoviy baholash va davolashni takomillashtirish» mavzusidagi dissertatsiya tadqiqotida olingan yuqoridagi 4 ta ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Buxoro davlat tibbiyot institutining 2022 yil 16 iyuldagi 04/2642 - sonli xati Sog‘liqni saqlash vazirligiga taqdim etilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish