Alimbekova Lobarxon O‘tkur qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘tkir pankreatitda jigar monooksigenaza tizimi holati va uni korreksiya qilish yo‘llari», 03.00.01–Biokimyo (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Tib2602.
Ilmiy rahbar: Sabirova Rixsi Abdukadirovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.03.
Rasmiy opponentlar: Yuldashev Nosirjon Muxammedjanovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Aripov Abdumalik Nigmatovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat stomatalogiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: o‘tkir pakreatitda monooksigenaza tizimi faoliyati pasayishining darajasi jigar shikastlanishiga ta’sirini aniqlash va davolash usullarini optimallashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘tkir eksperimental pankreatit rivojlanishida sitoxrom s ning jigar monooksigenaza tizimiga korregirlovchi ta’siri isbotlangan;
o‘tkir eksperimental pankreatitning rivojlanish dinamikasida va sitoxrom s ta’sirida jigar mikrosomalariga antitanalar miqdori aniqlangan;
eksperimental o‘tkir pankreatitda monooksigenaza tizimining holati va jigar destruksiyasi faolligi o‘rtasida korrelyasiya bog‘liqlik aniqlangan;
o‘tkir eksperimental pankreatitda sitoxrom s ning jigar va me’da osti bezidagi o‘zgarishlarga korregirlovchi ta’siri morfologik jihatdan isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Toshkent tibbiyot akademiyasi ekspert kengashining 2023 yil 20 iyundagi 6-son xulosasiga ko‘ra (ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassalariga joriy etish bo‘yicha Toshkent tibbiyot akademiyasining 2022 yil 29 iyundagi 03/2385-sonli xati Sog‘liqni saqlash vazirligiga taqdim etilgan):
birinchi ilmiy yangilik: o‘tkir eksperimental pankreatit rivojlanishida sitoxrom s ning jigar monooksigenaza tizimiga korregirlovchi ta’siri isbotlangani Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli shifoxonasi bo‘yicha (19.06.2023 y.; № 57) hamda Buxoro viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha (16.06.2023 y.; № 61) buyrug‘i bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: tajribada o‘tkir eksperimental pankreatitni rivojlanishida jigarning monooksigenaza tizimiga sitoxrom c ning korregirlovchi ta’sirini hisobga olish o‘tkir pankreatit asoratlarini, pankreonekroz va ko‘p a’zolar etishmovchigini erta tashxislash imkonini beradi va o‘tkir pankreatitni davolash sifatini yaxshilaydi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: tajribada monooksigenaza tizimi buzilishi o‘tkir pankretitda rivojlanayotgan mitoxondrial apoptozning sababi va ko‘p a’zolar etishmovchiligiga olib kelishi hamda sitoxrom c dori vositasini o‘tkir pankreatitni davolashda qo‘llanilganda, uning monooksigenaza tizimiga korregirlovchi xususiyatlari aniqlanganligi, sitoxrom c va sandostatinni birgalikda qo‘llaganda bemorning shifoxonada qolish muddatini 10 kundan 7 kungacha qisqartirib, shifoxonada qolish to‘lov miqdorini 660000 so‘mga kamaytirdi (Toshkent tibbiyot akademiyasining ko‘p tarmoqli shifoxonasining preyskurantiga ko‘ra shifoxonada 1 kun qolish 220000 so‘mni tashkil qiladi); shifoxonada bo‘lish davrining bir necha kunga qisqartirilishi hisobiga dori-darmon kam talab etiladi (1 kunga o‘rtacha 250000 so‘m dori vositalari sarflanadi); reabilitatsiya harajatlarini kamaytiradi (1 kunga o‘rtacha reabilitatsiya uchun ishlatiladigan 65000 so‘m dori vositalari sarflanadi). Xulosa: tajribada chaqirilgan o‘tkir eksperimental pankreatitda jigar va me’da osti bezidagi o‘zgarishlarga sitoxrom c ning korregirlovchi ta’sirini morfologik jihatdan isbotlanganligi to‘g‘ri tashxis qo‘yish, qo‘shimcha tekshiruvlar va davolanish xarajatlarini kamaytirishi, bemorlar mehnat faoliyatini erta tiklashi, bemorni shifoxonada qolish muddatini 10 kundan 7 kungacha qisqarishi hamda dori-darmon kam talab etilishi natijasida, 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 660000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan;
ikinchi ilmiy yangilik: o‘tkir eksperimental pankreatitning rivojlanish dinamikasida va sitoxrom s ta’sirida jigar mikrosomalariga antitanalar miqdori aniqlangani Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli shifoxonasi bo‘yicha (19.06.2023 y.; № 57) hamda Buxoro viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha (16.06.2023 y.; № 61) buyrug‘i bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: tajribada chaqirilgan o‘tkir pankreatitning rivojlanish dinamikasida va sitoxrom c ta’sirida jigar mikrosomalariga qarshi antitanalar miqdorini hisobga olish taklif etilgan usul va kompleks yondashuvdan foydalanish o‘tkir pankreatit asoratlarini tashxislash va o‘tkir pankreatitni davolash sifatini yaxshilash imkonini beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: tajribada o‘tkir pankreatitni davolashda sitoxrom c va sandostatin birgalikda qo‘llanilganda, yaqqol farmakokorregirlovchi ta’siri isbotlangan. Shuningdek, dori vositalari birgalikda qo‘llanilganda qayta kasallanish soni sitoxrom c bilan davolaganga nisbatan 12,5%ga, sandostatin bilan esa - 16,7%ga kamaygan. Sandostatin va sitoxrom c birga qo‘llanilganda qayta kasallanish kuzatilmagan. Ushbu davolash usuli kasallik qaytalanishini kamaytiradi va bemorning shifoxonada bo‘lish davrini bir necha kunga qisqartiradi. O‘tkir pankreatit bilan kasallangan bemorlarda jigarning shikastlanishini oldini olish usullari ishlab chiqilib, bemorlarning kasalxonada qolish muddatini kamaytiradi va kasallik asoratlarini oldini oladi, bu esa bemorlar orasida ishga layoqatsizlikni kamaytiradi. Shifoxonada bo‘lish davrining bir necha kunga qisqartirilishi hisobiga dori-darmon kam talab etiladi (1 kunda o‘rtacha 250000 so‘m dori vositalari sarflanadi); reabilitatsiya harajatlari kamayadi (1 kunda o‘rtacha reabilitatsiya uchun ishlatiladigan 65000 so‘m dori vositalari sarflanadi). Xulosa: tajribada chaqirilgan o‘tkir pankreatitda jigar va me’da osti bezidagi o‘zgarishlarga sitoxrom c ning korregirlovchi ta’sirini morfologik jihatdan isbotlanganligi to‘g‘ri tashxis qo‘yish, qo‘shimcha tekshiruvlar va davolanish harajatlarini kamaytirishi, bemorlar mehnat faoliyatini erta tiklashi, bemorni shifoxonada qolish muddatini 10 kundan 7 kungacha qisqarishi hamda dori-darmon kam talab etilishi natijasida, 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 660000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan;
uchinchi ilmiy yangilik: eksperimental o‘tkir pankreatitda monooksigenaza tizimining holati va jigar destruksiyasi faolligi o‘rtasida korrelyasiya bog‘liqlik aniqlangani Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli shifoxonasi bo‘yicha (19.06.2023 y.; № 57) hamda Buxoro viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha (16.06.2023 y.; № 61) buyrug‘i bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: jigar va me’da osti bezining (anti-SLA/LP) erigan antigenlariga nisbatan antitanachalar miqdorini hamda glutation-S-transferaza faolligini aniqlash orqali o‘tkir pankreatit va uning asoratlarida rivojlanadigan jigar shikastlanishini erta va samarali aniqlash, boshqa qo‘shimcha tekshiruvlardan foydalanmaslik hisobiga iqtisod qilinadi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 1) tajribada chaqirilgan o‘tkir pankreatitni tashxislashda o‘rganiladigan diagnostik ko‘rsatkichlar tashxislash tadbirlarini to‘g‘ri o‘tkazish va bir nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 120000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan; 2) bemorning shifoxonadagi davri uchun: bemorning shifoxonada qolish muddati 10 kundan 7 kungacha qisqarib, shifoxonada qolish to‘lov miqdori taxminan 660000 so‘mga kamayadi (Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasining preyskurantiga ko‘ra shifoxonada 1 kun qolish 220000 so‘mni tashkil qiladi); shifoxonada bo‘lish davrining bir necha kunga qisqartirilishi hisobiga dori-darmon kam talab etiladi (1 kunga o‘rtacha 250000 so‘m dori vositalari sarflanadi); reabilitatsiya harajatlari kamayadi (1 kunga o‘rtacha reabilitatsiya uchun ishlatiladigan 65000 so‘m dori vositalari sarflanadi). Xulosa: tajribada chaqirilgan o‘tkir pankreatitda jigar va me’da osti bezidagi o‘zgarishlarga sitoxrom c ning korregirlovchi ta’siri morfologik jihatdan isbotlanganligi to‘g‘ri tashxis qo‘yish imkonini berib, qo‘shimcha tekshiruvlar va davolanish harajatlarini kamaytirishi, bemorlar mehnat faoliyatini erta tiklashi, bemorni shifoxonada qolish muddatini 10 kundan 7 kungacha qisqarishi hamda dori-darmon kam talab etilishi natijasida, 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 660000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: o‘tkir eksperimental pankreatitda sitoxrom s ning jigar va me’da osti bezidagi o‘zgarishlarga korregirlovchi ta’siri morfologik jihatdan isbotlangani Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli shifoxonasi bo‘yicha (19.06.2023 y.; № 57) hamda Buxoro viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha (16.06.2023 y.; № 61) buyrug‘i bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: tajribada chaqirilgan o‘tkir pankreatitda jigar va me’da osti bezidagi o‘zgarishlarga sitoxrom c ning korregirlovchi ta’sirini morfologik jihatdan isbotlanganligi o‘tkir pankreatitni davolashning yangi usullarini ishlab chiqish va reabilitatsiya choralarini belgilashga yordam beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 1) bemorning shifoxonadagi davri uchun: bemorning shifoxonada qolish muddati 10 kundan 7 kungacha qisqartirtirib, shifoxonada qolish to‘lov miqdori taxminan 660000 so‘mga kamayadi (Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasining preyskurantiga ko‘ra shifoxonada 1 kun qolish 220000 so‘mni tashkil qiladi); shifoxonada bo‘lish muddatining bir necha kunga qisqarishi hisobiga dori-darmon kam talab etiladi (1 kunga o‘rtacha 250000 so‘m dori vositalari sarflanadi); reabilitatsiya harajatlari kamayadi (1 kunga o‘rtacha reabilitatsiya uchun ishlatiladigan 65000 so‘m dori vositalari sarflanadi); 2) bemorning shifoxonadan tashqaridagi davri uchun (boshqa tibbiy muassasalarda davolanishi, masalan gastroenterologiya bo‘limida) bir necha kunga qisqartirilishi hisobiga dori-darmon kam talab etiladi. Xulosa: tajribada chaqirilgan o‘tkir pankreatitda jigar va me’da osti bezidagi o‘zgarishlarga sitoxrom c ning korregirlovchi ta’sirini morfologik jihatdan isbotlanganligi to‘g‘ri tashxis qo‘yish, qo‘shimcha tekshiruvlar va davolash harajatlarini kamaytirishi, bemorlar mehnat faoliyatini erta tiklashi, bemorni shifoxonada qolish muddatini 10 kundan 7 kungacha qisqarishi hamda dori-darmon kam talab etilishi natijasida, 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 660000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.