Dexkkonov Mashrabjon Abdubakievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bolalarga ko‘rsatilgan tibbiy yordamni sud-tibbiy baholash», 14.00.24 – Sud tibbiyoti (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Tib3208.
Ilmiy rahbar: Giyasov Zaynitdin Asamutdinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy amaliy markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.03.
Rasmiy opponentlar: Ro‘ziev Sherzod Ibodullaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Masharipov Azamat Sobirovich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: komission sud-tibbiy ekspertizalarda bolalarga ko‘rsatilgan tibbiy yordamni sud-tibbiy baholashni takomillashtirishga qaratilgan ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor sud-tibbiy ekspertiza materiallari bo‘yicha bolalarga tibbiy yordam ko‘rsatilishidagi nuqsonlarining turli jihatlari (tashxislashdagi xatoliklar, ularning asoratlari, muddati) isbotlangan;
pediatr, umumiy amaliyot shifokorlari, neonatolog va o‘rta tibbiy xodimlar tomonidan asosan go‘daklarga tibbiy yordam ko‘rsatishda xatoliklarga yo‘l qo‘yilishi isbotlangan;
postneonatal davrdagi go‘daklarda hamda ambulator muassasalarda diagnostik, neonatal davrda va 1 yoshdan katta bolalarda, shuningdek statsionar bosqichda davolash nuqsonlarining ulushi kattaroq ekanligi asoslangan;
tibbiy yordam nuqsonlarining aksariyati sub’ektiv sabablar, bemorga e’tiborsizlik tufayli vujudga kelishi hamda go‘daklarga ambulator muassasalarda tibbiy yordam ko‘rsatishda pediatr va umumiy amaliyot shifokorlari tomonidan yo‘l qo‘yilgan tashxislash nuqsonlarning oqibatining yaqqol ko‘rinishga egaligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy amaliy markazi ekspert kengashining 2023 yildagi 20 iyundagi 6-son xulosasiga ko‘ra (ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy amaliy markazining 2023 yildagi 29 iyundagi 03/2385-sonli xati Sog‘liqni saqlash vazirligiga taqdim etilgan):
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor sud-tibbiy ekspertiza materiallari bo‘yicha bolalarga tibbiy yordam ko‘rsatilishidagi nuqsonlarining turli jihatlari (tashxislashdagi xatoliklar, ularning asoratlari, muddati) isbotlangani Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazining Andijon filiali bo‘yicha (01.06.2023 y.; № 185), Samarqand filiali bo‘yicha (04.06.2023 y.; №133), Toshkent shaxar filiali bo‘yicha (08.06.2023 y.; № 21-I) hamda Namangan filiali bo‘yicha (26.06.2023 y.; № 12) buyrug‘i bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: tadqiqot natijalari bo‘yicha sud tibbiy ekspertiza muassasalarida mazkur turdagi ekspertizalarni tashkillashtirish va o‘tkazishni takomillashtirish, ekspert xulosalarining asoslanganlik va ishonchlilik darajasini yaxshilash ta’minlangan. Bolalarga tibbiy yordam ko‘rsatish sifatini oshirish, bolalar o‘limini kamaytirishga qaratilgan aniq chora-tadbirlar uchun ilmiy asos yaratilgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: tadqiqot natijalari asosida ishlab chiqilgan algoritm bolalarga tibbiy yordam ko‘rsatilishi yuzasidan o‘tkaziladigan komission sud-tibbiy ekspertizalarni tayinlash, tashkillashtirish va o‘tkazish jarayonini optimallashtirish orqali ijro muddatini 15-20% ga, ya’ni 4-6 kunga qisqartirish imkonini beradi. Qo‘shimcha va qayta ekspertizalar tayinlash holatlarini 1,5-2 barobar kamaytiradi. Pirovard natijada qo‘shimcha mablag‘ sarflamasdan har bir holat bo‘yicha iqtisodiy samaradorlik o‘rtacha 200000-250000 so‘mni tashkil etadi. Xulosa: tadqiqot natijalari asosida ishlab chiqilgan algoritm bolalarga tibbiy yordam ko‘rsatilishi yuzasidan o‘tkaziladigan komission sud-tibbiy ekspertizalarni tayinlash, tashkillashtirish va o‘tkazish jarayoni optimallashtirilib, 1 holat hisobiga byudjet mablag‘larini 200000-250000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan;
ikkinchi ilmiy yangilik: pediatr, umumiy amaliyot shifokorlari, neonatolog va o‘rta tibbiy xodimlar tomonidan asosan go‘daklarga tibbiy yordam ko‘rsatishda xatoliklarga yo‘l qo‘yilishi isbotlangani Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazining Andijon filiali bo‘yicha (01.06.2023 y.; № 185), Samarqand filiali bo‘yicha (04.06.2023 y.; № 133), Toshkent shaxar filiali bo‘yicha (08.06.2023 y.; № 21-I) hamda Namangan filiali bo‘yicha (26.06.2023 y.; № 12) buyrug‘i bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: mutaxassislar, tibbiy muassasalar va bolaning yosh guruhlariga oid ma’lumotlar bolalarga tibbiy yordam ko‘rsatish sifatini yaxshilashda muayyan tibbiy muassasa va mutaxassislar kesimida samarali chora-tadbirlar o‘tkazish, o‘tkaziladigan komission sud-tibbiy ekspertizalarda ekspertlar komissiyasining aniqlashtirilgan xarakatlari uchun asos bo‘lgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: ishlab chiqilgan algoritmning qo‘llanilishi bolalarga tibbiy yordam ko‘rsatilishi yuzasidan o‘tkaziladigan komission sud-tibbiy ekspertizalar bilan bog‘liq jarayonlarni optimallashtirish va shu orqali ekspertizaning ijro muddatini 10-15%ga, ya’ni 3-5 kunga qisqartirish orqali qo‘shimcha mablag‘ sarflamasdan har bir holat bo‘yicha o‘rtacha 150000-200000 so‘m tejash imkonini bergan. Xulosa: tadqiqot natijalari asosida ishlab chiqilgan algoritm bolalarga tibbiy yordam ko‘rsatilishi yuzasidan o‘tkaziladigan komission sud-tibbiy ekspertizalarni tayinlash, tashkillashtirish va o‘tkazish jarayoni optimallashtirilib, 1 holat hisobiga byudjet mablag‘larini 150000-200000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan;
uchinchi ilmiy yangilik: postneonatal davrdagi go‘daklarda hamda ambulator muassasalarda diagnostik, neonatal davrda va 1 yoshdan katta bolalarda, shuningdek statsionar bosqichda davolash nuqsonlarining ulushi kattaroq ekanligi asoslangani Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy amaliy markazining Andijon filiali bo‘yicha (01.06.2023 y.; № 185), Samarqand filiali bo‘yicha (04.06.2023 y.; № 133), Toshkent shaxar filiali bo‘yicha (08.06.2023 y.; № 21-I) hamda Namangan filiali bo‘yicha (26.06.2023 y.; № 12) buyrug‘i bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: tadqiqot natijalari bolalarga tibbiy yordam ko‘rsatilishi yuzasidan o‘tkaziladigan komission sud-tibbiy ekspertizalarning ijro sifatini ko‘tarish, ekspertiza natijalarining asoslanganlik va ishonchlilik darajasini yaxshilash imkonini beradi. Shuningdek ulardan tibbiy yordam sifatini yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlar ishlab chiqishga sharoit yaratgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: tadqiqot natijalari asosida ishlab chiqilgan tavsiyalar, xususan bu turdagi ekspertizalarni o‘tkazish algoritmi bolalarga tibbiy yordam ko‘rsatilishi bilan bog‘liq komission sud-tibbiy ekspertizalarning ijrosini optimallashtirish va natijada ularning ijro muddatini 15-20% ga, ya’ni 4-6 kunga qisqartirish imkonini beradi. Qo‘shimcha ekspertizalar tayinlash holatlarini 1,5-2 martaga kamaytirish natijada qo‘shimcha mablag‘ sarflamasdan har bir holat bo‘yicha iqtisodiy samaradorlik o‘rtacha 200000-250000 so‘mni tashkil etgan. Xulosa: tadqiqot natijalari asosida ishlab chiqilgan algoritm bolalarga tibbiy yordam ko‘rsatilishi yuzasidan o‘tkaziladigan komission sud-tibbiy ekspertizalarni tayinlash, tashkillashtirish va o‘tkazish jarayoni optimallashtirilib, 1 holat hisobiga byudjet mablag‘larini 200000-250000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: tibbiy yordam nuqsonlarining aksariyati sub’ektiv sabablar, bemorga e’tiborsizlik tufayli vujudga kelishi hamda go‘daklarga ambulator muassasalarda tibbiy yordam ko‘rsatishda pediatr va umumiy amaliyot shifokorlari tomonidan yo‘l qo‘yilgan tashxislash nuqsonlarning oqibatining yaqqol ko‘rinishga egaligi isbotlangani Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy amaliy markazining Andijon filiali bo‘yicha (01.06.2023 y.; № 185), Samarqand filiali bo‘yicha (04.06.2023 y.; № 133), Toshkent shaxar filiali bo‘yicha (08.06.2023 y.; № 21-I) hamda Namangan filiali bo‘yicha (26.06.2023 y.; № 12) buyrug‘i bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: tadqiqot natijalari tibbiy yordam nuqsonlarining aksariyati sub’ektiv sabablar, bemorga e’tiborsizlik tufayli vujudga kelishi hamda go‘daklarga ambulator muassasalarda tibbiy yordam ko‘rsatishda pediatr va umumiy amaliyot shifokorlari tomonidan yo‘l qo‘yilgan tashxislash nuqsonlarning oqibatida amalga oshirilgan komission sud-tibbiy ekspertizalarning ijro sifatini ko‘tarish, ekspertiza natijalarining asoslanganlik va ishonchlilik darajasini yaxshilash imkonini yaratishga qaratilgan chora-tadbirlar ishlab chiqishga sharoit yaratganligi bilan ajralib turadi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: tadqiqot natijalari asosida ishlab chiqilgan tavsiyalar, xususan bu turdagi ekspertizalarni o‘tkazish algoritmi bolalarga tibbiy yordam ko‘rsatilishi bilan bog‘liq komission sud-tibbiy ekspertizalarning ijrosini optimallashtirish va natijada ularning ijro muddatini 15-20% ga, ya’ni 4-6 kunga qisqartirish imkonini beradi. Qo‘shimcha ekspertizalar tayinlash holatlarini 1,5-2 barobar kamaytiradi. Natijada qo‘shimcha mablag‘ sarflamasdan har bir holat bo‘yicha iqtisodiy samaradorlik o‘rtacha 200000-250000 so‘mni tashkil etadi. Xulosa: tadqiqot natijalari asosida ishlab chiqilgan algoritm bolalarga tibbiy yordam ko‘rsatilishi yuzasidan o‘tkaziladigan komission sud-tibbiy ekspertizalarni tayinlash, tashkillashtirish va o‘tkazish jarayoni optimallashtirilib, 1 holat hisobiga byudjet mablag‘larini 150000-180000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.