Madaminova Nigora Ergashevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Surunkali rinosinusitlarni tashxislash va davolashda burun bo‘shlig‘i mikrobiomining o‘rni» 14.00.04–Otorinolaringologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Tib1641.
Ilmiy rahbar: Shayxova Xalida Erkinovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat stomatologiya instituti, DSc.04/30.12.2019.Tib.59.01.
Rasmiy opponentlar: Shamsiev Djaxongir Fazlitdinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Ryazansev Sergey Valentinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: A.A.Aliev nomidagi Azerbaydjan davlat vrachlar malakasini oshirish instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: burun bo‘shlig‘i mikrobiomasining holatini hisobga olgan holda surunkali rinosinusitni tashxislash va kompleks davolash algoritmini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
burun bo‘shlig‘ining mikroflorasi va patogenlik xususiyatlarining disbiotik buzilishlari bilan tavsiflanganligi xamda turli hamroh kasalliklar bilan o‘zaro bog‘liqligi aniqlangan;
surunkali rinosinusitlarda yallig‘lanish jarayonining patofiziologiyasi turli mexanizmlarga ega ekanligi bois bu ushbu toifadagi bemorlarni olib borish va ularni korreksiyalashga qiyosiy yondashuv zarurligini isbotlangan;
surunkali rinosinusitlarda mikrobiota xususiyatlarini aniqlash maqsadida o‘tkazilgan 16S rRNK geni surunkali rinosinusit va allergiya fonidagi surunkali rinosinusitlar mikroflorasining o‘ziga xosligi isbotlangan;
ilmiy ishning natijalari burun bo‘shlig‘i mikrobiomasini tahlil qilish surunkali rinosinusit kechishining o‘ziga xos xususiyatlarini hamda omillarini aniqlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Andijon davlat tibbiyot institutining 2023 yil 4 yanvaragi 8n-z/3-sonli xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: burun bo‘shlig‘ining mikroflorasi va patogenlik xususiyatlarining disbiotik buzilishlari bilan tavsiflanganligi xamda turli hamroh kasalliklar bilan o‘zaro bog‘liqligi aniqlangan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: burun bo‘shlig‘i mikroflorasining kasallik kechimiga ta’siri aniqlangan va kasallikning og‘irlik darajasini baholash sifatida qo‘llanilishi mumkin. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: ushbu guruh bemorlar har yili qayta-qayta tashxislash va davolanishga majbur bo‘lishadi, o‘rta hisobda yiliga harajat 1560000 so‘mni tashkil qiladi, agar taklif qilingan usulda qilinsa harajat summasi 1253000 so‘mni tashkil qiladi, ya’ni o‘rta hisobda foyda 1560000-1253000=307000 so‘mni tashkil qildi. Xulosa: surunkali rinosinusit bo‘lgan bemorlarda burun bo‘shlig‘ida aniqlangan stafilokokklarning patogenlik xususiyatlarini baholash kasallik kechimidan dalolat beradi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan xolda foydalanish «Surunkali rinosinusitlarni tashxislash va davolashda burun bo‘shlig‘i mikrobiomining o‘rni» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Andijon davlat tibbiyot institutining 2022 yil 22 dekabrdagi 06\4577-sonli xati yuborilgan.
ikkinchi ilmiy yangilik: surunkali rinosinusitlarda yallig‘lanish jarayonining patofiziologiyasi turli mexanizmlarga ega ekanligi aniqlangan bo‘lib, bu ushbu toifadagi bemorlarni olib borish va ularni korreksiyalashga qiyosiy yondashuv zarurligini isbotlaydi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: surunkali rinosinusit bo‘lgan bemorlarni kasallikning kechimi, tashxislash natijalari asosida induvidual ravishda davolash choralarini tanlash davolash samaradorligini oshirish imkonini beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: ushbu guruh bemorlarini kompleks tashxislashda asoslangan usullarni qo‘llash ortiqcha sarf-xarajatni, ya’ni o‘rta hisobda bemor tashxislash uchun 820000 so‘m sarf qilinadi, taklif qilingan usullar yordamida 550000 so‘m talab qilinadi, shundan kelib chiqqan holda har bir bemordan 820000-550000=270000 so‘m tejalishiga erishiladi. Xulosa: bemorlarda patogenetik asoslangan klinik-tashxislash va davolash algoritmlarini qo‘llash davolash samaradorligini oshishiga, qaytalanishlar sonining kamayishiga va ularning tez tuzalishiga olib keladi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan xolda foydalanish «Surunkali rinosinusitlarni tashxislash va davolashda burun bo‘shlig‘i mikrobiomining o‘rni» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Andijon davlat tibbiyot institutining 2022 yil 22 dekabrdagi 06\4577-sonli xati yuborilgan.
uchinchi ilmiy yangilik: Curunkali rinosinusitlarda mikrobiota xususiyatlarini aniqlash maqsadida o‘tkazilgan 16S rRNK geni surunkali rinosinusit va allergiya fonidagi surunkali rinosinusitlar mikroflorasining o‘ziga xosligini ko‘rsatdi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: surunkali rinosinusit bo‘lgan bemorlarning burun bo‘shlig‘i mikrobiotasining genetik xususiyatlari kasallik turiga ko‘ra farqlanishi isbotlab berildi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: SRS bo‘lgan bemorlar burun bo‘shlig‘i mikrobiotasining xususiyatlarini to‘g‘ri baholash imkonini berdi. Xulosa: surunkali rinosinusitlarda mikrobiota xususiyatlarini aniqlash maqsadida o‘tkazilgan 16S rRNK geni surunkali rinosinusit va allergiya fonidagi surunkali rinosinusitlar mikroflorasining o‘ziga xosligini ko‘rsatdi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan xolda foydalanish «Surunkali rinosinusitlarni tashxislash va davolashda burun bo‘shlig‘i mikrobiomining o‘rni» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Andijon davlat tibbiyot institutining 2022 yil 22 dekabrdagi 06\4577-sonli xati yuborilgan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: ilmiy ishning natijalari burun bo‘shlig‘i mikrobiomasini tahlil qilish surunkali rinosinusit kechishining o‘ziga xos xususiyatlarini hamda omillarini aniqlangan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: surunkali rinosinusit kechishi va burun bo‘shlig‘i mikroflorasining holatiga qarab bemorlarda patogenetik asoslangan davolash algoritmlarini qo‘llash davolash samaradorligini oshishiga, qaytalanishlar sonining kamayishiga va ularning tez tuzalishiga olib keladi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: surunkali rinosinusit bo‘lgan bemorlarni davolashda mahalliy kortikosteroidlar va Sinupret hamda rinojermina dori vositalarini qo‘llash davolash samaradorligini oshiradi, davolash muddati qisqaradi, shunda an’anaviy davolashda o‘rta hisobda 7,4±0,8 kunni tashkil qilsa, taklif qilinayotgan usulda 4,6±0,8 kunni tashkil qiladi, unga ko‘ra o‘rtacha davolanish kuni 156000 so‘m bo‘lsa, taklif qilingan usulda olinadigan foyda 436800 so‘mni tashkil qiladi. Xulosa: Surunkali rinosinusiti bo‘lgan bemorlarda kasallik kechimi kasallikning davomiyligiga, uning qaytalanishlar soniga va burun bo‘shlig‘idagi mikrofloraning turiga bog‘liq hisoblanadi, organizmga allergik fon qo‘shilganda kasallik kechishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan xolda foydalanish «Surunkali rinosinusitlarni tashxislash va davolashda burun bo‘shlig‘i mikrobiomining o‘rni» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Andijon davlat tibbiyot institutining 2022 yil 22 dekabrdagi 06\4577-sonli xati yuborilgan.