Dusboev Utkir Xidirovichning
 falsafa doktori (PhD) Dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekistonda mikromoliyalash tashkilotlarini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari», 08.00.07 – «Moliya, pul muomalasi va kredit».
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Iqt2965.
Ilmiy rahbar: Omonov Akrom Abdinazarovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent moliya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01. Rasmiy opponentlar: Jumaev Nodir Xosiyatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Karimov Norboy G‘anievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: G.V. Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent shahridagi filiali.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekistondagi mikromoliyalash tashkilotlari faoliyatini rivojlantirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqish hisoblanadi.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
kam ta’minlangan aholi qatlamlariga «chyota’lim mikroqarzi» xizmatini joriy etish taklifi asoslangan;
mikromoliyalash tashkilotlari sof foydasining 25 foizini ustav kapitalini oshirishga yo‘naltirish taklifi berilgan;
chekka hududlarda o‘z biznesini boshlayotgan xotin-qizlarga «startap krediti»ni berish maqsadida bankning taqsimlanmagan foydasi hisobidan kreditlash fondini tashkil etish taklif etilgan;
kredit muassasalari moliyaviy resurslari manbalarini korporativ obligatsiyalar emissiyasi hisobiga diversifikatsiyalash orqali mikrokreditlash hajmini 10 foizgacha oshirish taklifi ishlab chiqilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mikromoliyalash muassasalari faoliyatini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
kam ta’minlangan aholi qatlamlariga «ta’lim mikroqarzi» xizmatini joriy etish taklifi AT «Xalq banki»ning 2021-yil 3-martdagi «O‘zbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat Xalq banki tizimida jismoniy shaxslarga kreditlar ajratish to‘g‘risida»gi tartibni ishlab chiqishda foydalanilgan (AT «Xalq banki»ning 2023-yil 19-apreldagi 6-23/719-sonli ma’lumotnomasi). Buning natijasida, bankning kredit portfelida jismoniy shaxslarga berilgan kreditlar hajmi 2023-yil 1-aprelda o‘tgan hisobot davriga nisbatan 8 foizga ortgan;
mikromoliyalash tashkilotlari sof foydasining 25 foizini ustav kapitalini oshirishga yo‘naltirish taklifi «Interaktiv progress» mikromoliyalash tashkilotida amaliyotga joriy etilgan. («Interaktiv progress» MChJ MMT ning 2023-yil                      23-iyundagi 42/1-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, mikromoliyalash tashkilotining jismoniy shaxslarni mikrokreditlash hajmi 2023-yil 1-aprelda o‘tgan hisobot davriga nisbatan 12 foizga oshgan;
chekka hududlarda o‘z biznesini boshlayotgan xotin-qizlarga «startap krediti»ni berish maqsadida bankning taqsimlanmagan foydasi hisobidan kreditlash fondini tashkil etish taklifi AT «Xalq banki»ning 2021-yil 3-martdagi «O‘zbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat Xalq banki tizimida jismoniy shaxslarga kreditlar ajratish to‘g‘risida»gi tartibni ishlab chiqishda foydalanilgan (AT «Xalq banki»ning 2023-yil 19-apreldagi 6-23/719-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, 2023-yil 1-aprel holatiga ko‘ra 2,0 mlrd so‘mlik kreditlash fondi shakllantirilib, uning hisobidan
1,2 mlrd so‘mlik «startap kredit»lari taqdim etilgan;
kredit muassasalari moliyaviy resurslari manbalarini korporativ obligatsiyalar emissiyasi hisobiga diversifikatsiyalash orqali mikrokreditlash hajmini 10 foizgacha oshirish taklifi AT «Xalq banki»ning 2021 yil 3 martdagi «O‘zbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat Xalq banki emission siyosati»ni ishlab chiqishda foydalanilgan (AT «Xalq banki»ning 2023-yil 19-apreldagi 6-23/719-sonli ma’lumotnomasi). Buning natijasida, AT «Xalq banki»da 2023-yil 1-aprelda o‘tgan hisobot davriga nisbatan berilgan mikrokreditlar hajmi hududlar kesimida 5 foizga ortgan va yangi ish o‘rinlari yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish