Kuldashev Sherzod Alimardonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ta’lim xizmatlari bozorida oliy ta’lim muassasalari raqobatbardoshligini oshirish”, 08.00.05 – Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/Iqt1416
Ilmiy rahbar: Arabov Nurali Uralovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti, PhD.03/28.02.2022.I.18.01.
Rasmiy opponentlar: Ergashev Raxmatilla Xidirovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; G‘aniev Ibragim Mamadievich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent
Yetakchi tashkilot: Jizzax politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: innovatsion iqtisodiyotni shakllantirish sharoitida oliy ta’lim xizmatlarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oliy ta’lim raqobatbardoshligiga ta’sir etuvchi omillarni baholash va tasniflash yondashuvi omillarning raqobatbardoshlikka ta’sir etish davri va ko‘lami, qamrab olish miqyosi, qo‘llash sohasi, moliyalashtirish tavsifi hamda ta’sir etish xususiyatiga ko‘ra alohida yo‘nalishlar bo‘yicha guruhlashga ko‘ra takomillashtirilgan;
oliy ta’lim muassasalari raqobatbardoshligini reyting baholash yondashuvi muassasalar salohiyatini tavsiflovchi ko‘rsatkichlarni ahamiyatlilik darajasiga ko‘ra tizimlashtirish va ularning o‘zgarish dinamikasini aniqlash asosida takomillashtirilgan;
ilmiy tajriba va ilmiy loyihalar natijalarini tijoratlashtirish, iqtisodiy-ijtimoiy muammolar echimiga yo‘naltirilgan ta’lim dasturini amalga oshirish orqali bilimlar transferi platformasi asosida ilmiy-ta’lim klasterini tashkil etishning maqsadga muvofiqligi asoslangan;
oliy ta’lim xizmatlari bozorida potensial raqobatchilarni baholash yondashuvi xizmatlarga talab va taklif nisbati hamda raqobatchilar imkoniyatlariga ko‘ra ta’lim muassasasining resurs salohiyatini mustahkamlash asosida takomillashtirilgan hamda raqobatbardoshligini oshirish mexanizmi, jumladan bakalavr, magistr, tayanch doktorant va doktorantlarni izchil ravishda tayyorlashning uzlyuksizligi yo‘nalishlari asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ta’lim xizmatlari bozorida oliy ta’lim muassasalari raqobatbardoshligini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
oliy ta’lim raqobatbardoshligiga ta’sir etuvchi omillarni baholash va tasniflash yondashuvi omillarning raqobatbardoshlikka ta’sir etish davri va ko‘lami, qamrab olish miqyosi, qo‘llash sohasi, moliyalashtirish tavsifi hamda ta’sir etish xususiyatiga ko‘ra alohida yo‘nalishlar bo‘yicha guruhlashga ko‘ra takomillashtirish tasnifi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan “2022-2023 yillarda oliy ta’lim muassasalarida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 27 iyundagi 02/02-01-18-son ma’lumotnomasi). Taklifdan foydalanish oliy ta’lim muassasalari raqobatbardoshligiga ta’sir etuvchi omillarni tasnifiy belgilari bo‘yicha guruhlash asosida ularning raqobat ustunliklarini baholash imkonini bergan;
    oliy ta’lim muasasalari raqobatbardoshligini reyting baholash yondashuvi muassasalar salohiyatini tavsiflovchi ko‘rsatkichlarni ahamiyatlilik darajasiga ko‘ra tizimlashtirish va ularning o‘zgarish dinamikasini aniqlash asosida takomillashtirish taklifi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidn “2022-2023 yillarda oliy ta’lim muassasalarida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 27 iyundagi 02/02-01-18-son ma’lumotnomasi). Taklifdan foydalanish oliy ta’lim muassasalarida raqobatbardoshlikni reyting baholash orqali salohiyatini ifodalovchi ko‘rsatkichlarda yuzaga kelgan o‘zgarishlarning aniqligini muayyan darajaga  oshirish imkoni kengaytirilgan;
 ilmiy tajriba va ilmiy loyihalar natijalarini tijoratlashtirish, iqtisodiy-ijtimoiy muammolar echimiga yo‘naltirilgan ta’lim dasturini amalga oshirish orqali bilimlar transferi platformasi asosida ilmiy-ta’lim klasterini tashkil etish Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidn “2022-2023 yillarda oliy ta’lim muassasalarida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 27 iyundagi 02/02-01-18-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifdan foydalanish OTMlarining innovatsion faoliyatini rivojlantirish va raqobatdosh ustunliklarini aniqlash jarayonlarini baholash imkonini bergan;
oliy ta’lim xizmatlari bozorida potensial raqobatchilarni baholash yondashuvi xizmatlarga talab va taklif nisbati hamda raqobatchilar imkoniyatlariga ko‘ra ta’lim muassasasining resurs salohiyatini mustahkamlash asosida takomillashtirilgan hamda raqobatbardoshligini oshirish mexanizmi, jumladan bakalavr, magistr, tayanch doktorant va doktorantlarni izchil ravishda tayyorlashning uzlyuksizligi yo‘nalishlari bo‘yicha takliflar Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidn “2022-2023 yillarda oliy ta’lim muassasalarida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 27 iyundagi 02/02-01-18-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifdan foydalanish ta’lim xizmatlari bozori ishtirokchilari o‘rtasida samarali hamkorlikni ta’minlash orqali oliy ta’lim muassasalarining raqobatbardoshlik salohiyatini muayyan darajaga  oshirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish