Xoliqov Sarvar Mingishovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekiston Respublikasi milliy xavfsizligini ta’minlashda parlament faoliyatining tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish”, 23.00.05 – “Milliy xavfsizlikning tizimli tahlili va istiqbolini belgilash muammolari” (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Ss372.  
Ilmiy maslahatchi: Xakimov Raximjon Rasuljonovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Strategik tahlil va istiqbolni belgilash oliy maktabi.
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, Ilmiy kengash raqami: O‘zbekiston Respublikasi Strategik tahlil va istiqbolni belgilash oliy maktabi, PhD.30.11.2021.Ss/I.89.02.
Rasmiy opponentlar: Bekov Ixtiyor Rustamovich, yuridik fanlari doktori, professor; Maxkamov Nodir Baxodirovich, yuridik fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot nomi: O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston Respublikasi milliy xavfsizligini ta’minlashda parlament faoliyatining tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi holati to‘g‘risidagi axborotini vazirlik tomonidan yiliga ikki marotaba Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasiga kiritilishi hamda ularni dastlabki tarzda ko‘rib chiqqan holda eshitilishiga doir huquqiy mexanizmlar asoslangan;
jamiyat va davlatning eng muhim manfaatlariga daxl qiluvchi, mamlakat xavfsizligi asoslariga, uning barqaror rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan muayyan faktlarni yoki voqealar yuzasidan Qonunchilik palatasi va Senatning qarori bilan parlament tekshiruvi o‘tkazilish mexanizmlari asoslangan;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining favqulodda holat joriy etish to‘g‘risidagi farmonini tasdiqlash haqidagi masala O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining ikkala palatasi qo‘mitalarida dastlabki tarzda muhokama qilinmasdan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisida ko‘rib chiqilishi lozimligi asoslangan;
mamlakatda favqulodda holat joriy etilgan vaqtda parlament palatalari favqulodda holat amal qilishining butun davri mobaynida o‘z faoliyatini davom ettirishi va tarqatib yuborilmasligi asoslangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Dissertatsiya ishi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar quyidagilarda foydalanilgan:
O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi holati to‘g‘risidagi axborotini vazirlik tomonidan yiliga ikki marotaba Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasiga kiritilishi hamda ularni dastlabki tarzda ko‘rib chiqqan holda eshitilishiga doir huquqiy mexanizmlar ishlab chiqilib, unga oid takliflar O‘zbekiston Respublikasining «Parlament nazorati to‘g‘risida»gi Qonuni 10-moddasi to‘rtinchi xatboshisi va «Ichki ishlar organlari to‘g‘risida»gi Qonuni
13-moddasi to‘rtinchi qismida o‘z ifodasini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2022 yil 27 avgustdagi 06-13/46-son va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2022 yil 10 avgustdagi 02/4-143-son dalolatnomasi). Ushbu takliflar O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi holati to‘g‘risidagi axborotini O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasida dastlabki tarzda ko‘rib chiqqan holda yiliga ikki marta eshitishiga doir tartibni belgilashga xizmat qilgan;
jamiyat va davlatning eng muhim manfaatlariga daxl qiluvchi, mamlakat xavfsizligi asoslariga, uning barqaror rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan muayyan faktlarni yoki voqealarni o‘rganish maqsadida Qonunchilik palatasi va Senatning qarori bilan parlament tekshiruvi o‘tkazilishi mumkinligiga oid ishlab chiqilgan ilmiy takliflar O‘zbekiston Respublikasining «Parlament nazorati to‘g‘risida»gi Qonuni
18-moddasi birinchi xatboshisi hamda «O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisi Qonunchilik palatasining reglamenti to‘g‘risida»gi Qonuni
336-moddasi birinchi xatboshisida o‘z ifodasini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2022 yil 27 avgustdagi 06-13/46-son dalolatnomasi). Bu esa Oliy Majlis palatalari mustaqil ravishda tegishli mutaxassislarni jalb qilgan va zarur ma’lumotlarga tayangan holda mamlakat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha o‘rganishlar o‘tkazishga haqli ekanligini belgilash bilan bog‘liq ilmiy-nazariy asoslarga xizmat qilgan;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining favqulodda holat joriy etish to‘g‘risidagi farmonini tasdiqlash haqidagi masala O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining ikkala palatasi qo‘mitalarida dastlabki tarzda muhokama qilinmasdan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisida ko‘rib chiqilishiga doir ishlab chiqilgan ilmiy takliflar O‘zbekiston Respublikasining «Favqulodda holat to‘g‘risida»gi Konstitusiyaviy Qonuni 8-moddasi ikkinchi xatboshisida o‘z ifodasini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2023 yil 9 avgustdagi 02/6-09-26-son dalolatnomasi). Mazkur tartibning qonunchilikda aks etishi mamlakatda favqulodda holat joriy etilishi mexanizmini yanada soddalashtirish va o‘z vaqtida tezkorlik bilan ushbu turdagi masalalarga e’tibor qaratish hamda hal qilishda muhim ilmiy-amaliy ahamiyat kasb etadi.
mamlakatda favqulodda holat joriy etilgan vaqtda parlament palatalari favqulodda holat amal qilishining butun davri mobaynida o‘z faoliyatini davom ettirishi va tarqatib yuborilmasligiga oid ishlab chiqilgan ilmiy-amaliy takliflar O‘zbekiston Respublikasining «Favqulodda holat to‘g‘risida»gi Konstitusiyaviy Qonuni 9-moddasida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2023 yil 9 avgustdagi 02/6-09-26-son dalolatnomasi). Yuqoridagi huquqiy mexanizmning amaliyotga joriy etilishi mamlakatda favqulodda holat yuzaga kelgan vaqtlarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senati faoliyatining turli uzilishlarsiz va salbiy ta’sirlarsiz hamda barqaror tarzda faoliyat yuritishi uchun o‘ziga xos ilmiy-nazariy mezon bo‘lib xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish