Abduvaxitova Indira Nurullaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Trixofitiya kasalligining klinik turlari va immuno-bioximik xususiyatlarini hisobga olgan holda davolash usullarini takomillashtirish”, 14.00.11- Dermatologiya va venerologiya (tibbiyot fanlari).
Disertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Tib1528.
Ilmiy raxbar: Imamov Otabek Sunnatovich, tibbiyot fanlari nomzodi.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti, DSs.04/30.30.12.2019.Tib.29.01.
Rasmiy opponentlar: Vaisov Adxamjon Shavkatovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Arifov Saidqosim Saidazimovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi trixofitiya kasalligida klinik va mikrobiologik, immunologik va biokimyoviy xususiyatlarini hisobga olgan holda davolash usullarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
trixofitiya kasalligining klinik kechishi va jarayonning og‘irlik darajasi gumoral immun tizimi ko‘rsatkichlarida o‘zgarishlar bilan, xususan CD20, CD8-hujayralari, IgA, IgM, IgG ko‘rsatkichlari oshishi va CD3, CD4-hujayralari ko‘rsatkichlari kamayishi bilan kechishi, jarayon qanchalik chuqur bo‘lsa, hamda D gipovitaminozi mavjud bemorlarda bu ko‘rsatkichlarda o‘zgarishlar yaqqolroq namoyon bo‘lishi isbotlangan;
trixofitiya kasalligining klinik kechishi va jarayonning og‘irlik darajasi sitokin tizimi ko‘rsatkichlarida o‘zgarishlar bilan, xususan IL-2, IL-4 larni kamayishi va TNF-α 2 baravar, IL-8ni 10 baravar oshishi bilan kechishi, jarayon qanchalik chuqur bo‘lsa, hamda D gipovitaminozi mavjud bemorlarda bu ko‘rsatkichlarda o‘zgarishlar yaqqolroq namoyon bo‘lishi isbotlangan;
trixofitiya kasalligining klinik kechishi va jarayonning og‘irlik darajasi teridagi simbioz mikroflora holatiga bog‘liqligi, jarayon chuqurlashgan sari terida patogen mikroorganizmlar xususan Staphylococcus aureus, anaerob Clostridium perfringens koloniyalarini o‘sishi va ko‘payib borishi, asoratlangan klinik turlariga olib kelishi, hamda D gipovitaminozi mavjud bemorlarda bu mikroorganizmlar simbiozi  yaqqolroq namoyon bo‘lishi isbotlangan;
klinik-immunologik, bioximik va mikrobiologik tadqiqotlar natijasida trixofitiya kasalliklarida “Xolekal`siferol” preparati va “Mupirotsin” malxami bilan samarali kompleks davolash usullari ishlab chiqilgan va ushbu usulning patologik o‘choqlarda patogen mikroorganizmlar kolonizatsiyasini kamaytirishi va limfotsitar infil`tratsiyasini, teri regeneratsiyasi jarayonini kuchaytiruvchi yallig‘lanishga qarshi ta’sirini oshirishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining 2023 yil 23 avgustdagi 02-10/3-sonli xulosasiga ko‘ra (ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining 2022 yil 1 iyundagi 09/422-sonli xat yuborilgan):
birinchi ilmiy yangilik: trixofitiya kasalligining klinik kechishi va jarayonning og‘irlik darajasi gumoral immun tizimi ko‘rsatkichlarida o‘zgarishlar bilan, xususan CD20, CD8-hujayralari, IgA, IgM, IgG ko‘rsatkichlari oshishi va CD3, CD4-hujayralari ko‘rsatkichlari kamayishi bilan kechishi, jarayon qanchalik chuqur bo‘lsa, hamda D gipovitaminozi mavjud bemorlarda bu ko‘rsatkichlarda o‘zgarishlar yaqqolroq namoyon bo‘lishi aniqlangan, qondagi vitamin miqdoriga qarab, davolashda “Xolekal`siferol” preparati D3 vitaminini qo‘llash Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Samarqand viloyati hududiy filialida 2022 yil 22 sentyabrdagi №20-buyruq hamda Surxandaryo viloyati hududiy filialida 2022 yil 13 sentyabrdagi №46-t-buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: taklif etilgan immun tizimi ko‘rsatkichlarini tekshirish usulidan foydalanish, kasallikni tashxislash, asoratlarini prognozlash va davolash sifatini yaxshilaydi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: trixofitiya kasalligida gumoral immun tizimidagi o‘zgarishlarni klinik tadqiqotlar natijalariga ko‘ra trixofitiya kasalligi bilan hastalangan bemorlarda kompleks davolash usuli kasallikning davomiyligini 2,1 martaga kamaytirgan, davolash samaradorligini 56,8% ga oshirgan. Bemorlarning pullik harajatlari 1,9 barobarga kamaygan, ya’ni shifoxonada yotib davolanish jarayoniga sarf qilinadigan harajatlar to‘lov miqdorini 86 nafar bemorga 15 480 000 so‘mga kamaytirib iqtisod qilingan. Xulosa: terining trixofitiya kasalligida to‘g‘ri tanlangan davoni qo‘llash, 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larni 180 000 so‘m va byudjetdan tashqari mablag‘larni 180 000 so‘m iqtisod qilish imkonini bergan;                                                           
ikkinchi ilmiy yangilik: trixofitiya kasalligining klinik kechishi va jarayonning og‘irlik darajasi sitokin tizimi ko‘rsatkichlarida o‘zgarishlar bilan, xususan IL-2, IL-4 larni kamayishi va TNF-b 2 baravar, IL-8ni 10 baravar oshishi bilan kechishi, jarayon qanchalik chuqur bo‘lsa, hamda D gipovitaminozi mavjud bemorlarda bu ko‘rsatkichlarda o‘zgarishlar yaqqolroq namoyon bo‘lishi aniqlangan va qondagi vitamin miqdoriga qarab, davolashda “Xolekal`siferol” preparati D3 vitaminini qo‘llash Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Samarqand viloyati hududiy filialida 2022 yil 22 sentyabrdagi №20-buyruq hamda Surxandaryo viloyati hududiy filialida 2022 yil 13 sentyabrdagi №46-t-buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: quyidagilardan iborat: trixofitiya kasalligida sitokin tizimidagi o‘zgarishlarning ko‘rsatkichlarini vitamin D miqdoriga bog‘liqligi aniqlanishi bemorlarda samarali patogenetik davolashning taktikasini belgilashga imkon beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: trixofitiya bemorlarda kompleks usulida vitamin D bilan davolanish, an’anaviy  usulga nisbatan erta davolashni belgilash imkonini yaratdi (RIDVvaKIATM Toshkent viloyati filiali preyskurantiga ko‘ra shifoxonada 1 kun koyka narxi 130 ming so‘mni tashkil qiladi), yotib davolanish jarayoniga sarf qilinadigan harajatlar to‘lov miqdorini 86 nafar bemor hisobiga 11 180 000 so‘mga kamaytirgan va iqtisod qilingan. Xulosa: trixofitiya bilan kasallangan bemorlarni sitokinlarni aniqlash usuli bilan tashxislash usulini qo‘llash 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 130 000 so‘m va byudjetdan tashqari mablag‘larni 130 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan;
uchinchi ilmiy yangilik: trixofitiya kasalligining klinik kechishi va jarayonning og‘irlik darajasi teridagi simbioz mikroflora holatiga bog‘liqligi, jarayon chuqurlashgan sari terida patogen mikroorganizmlar xususan Staphylococcus aureus, anaerob Clostridium perfringens koloniyalarini o‘sishi va ko‘payib borishi, asoratlangan klinik turlariga olib kelishi, hamda D gipovitaminozi mavjud bemorlarda bu mikroorganizmlar simbiozi  yaqqolroq namoyon bo‘lishi aniqlangan, davolashda mahalliy Mupirotsin malxamini va qondagi vitamin miqdoriga qarab, “Xolekal`siferol” preparati D3 vitaminini va “Mupirotsin” malxamini qo‘llash Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Samarqand viloyati hududiy filialida 2022 yil 22 sentyabrdagi №20-buyruq hamda Surxandaryo viloyati hududiy filialida 2022 yil 13 sentyabrdagi №46-t-buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: trixofitiya kasalligiga duchor bo‘lgan bemorlarda terida patogen mikroorganizmlar xususan Staphylococcus aureus, anaerob Clostridium perfringens koloniyalarini o‘sishi va ko‘payib borishi, asoratlangan klinik turlariga olib kelishi aniqlanganligi sababli maxalliy antibakterial “Mupirotsin” malxami bilan davolash usulining to‘g‘ri tanlanganligidan dalolat berdi va samarali davolash usulini qo‘llash imkoniyatini yaratdi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: trixofitiya kasalligi bilan og‘rigan bemorlarda o‘rganilayotgan mupirotsin bilan kompleks davo muolajasining to‘g‘riligidan dalolat bergan, bu bemorning shifoxonada qolish muddatini 14 kundan 10 kungacha qiskartirib, shifoxonada qolish to‘lov xizmatini 520 000 so‘mga kamaytirgan (RIDVvaKIATM Toshkent viloyati filiali preyskurantiga ko‘ra shifoxonada 1 kun qolish 130 ming so‘mni tashkil qiladi), yotib davolanish jarayoniga sarf qilinadigan harajatlar to‘lov miqdorini 86 nafar bemor hisobiga 44 720 000 so‘mga kamaytirgan va iqtisod qilingan. Xulosa: trixofitiya bilan xastalangan bemorlarda statsionar sharoitida davolanishdagi yangi davolash usullarini qo‘llash 1 nafar bemor hisobiga 1 kunga byudjet mablag‘larini 130 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 130 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: klinik-immunologik, bioximik va mikrobiologik tadqiqotlar natijasida trixofitiya kasalliklarida “Xolekal`siferol” preparati va “Mupirotsin” malxami bilan samarali kompleks davolash usullari ishlab chiqilgan va ushbu usulning patologik o‘choqlarda patogen mikroorganizmlar kolonizatsiyasini kamaytirishi va limfotsitar infil`tratsiyasini, teri regeneratsiyasi jarayonini kuchaytiruvchi yallig‘lanishga qarshi ta’sirini oshirishi isbotlangan va bu kompleks davo usuli Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Samarqand viloyati hududiy filialida 2022 yil 22 sentyabrdagi № 20-buyruq hamda Surxandaryo viloyati hududiy filialida 2022 yil 13 sentyabrdagi № 46-t-buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: klinik tadqiqotlar natijalariga ko‘ra “Xolekal`siferol” preparati va “Mupirotsin” malxami bilan samarali kompleks davolash usullari trixofitiya kasalligi bilan hastalangan bemorlarda kompleks davolash usuli, o‘choqlarda infil`trativ-giperemiya holatini sezilarli ravishda so‘rilishiga, asoratli turlariga o‘tishini oldini olishga, davolash kunlarini qisqarishiga va bemorlarni xayot sifatini yaxshilashga olib keldi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: olib borilgan kompleks davolash usuli kasallikning asoratlangan turlarini kamayishiga holatini shifoxonada yotib davolanish jarayoniga sarf qilinadigan harajatlar to‘lov miqdorini o‘rtacha 100 nafar bemorga 52 000 000 so‘mga kamaytirish va iqtisod qilish imkonini berdi.  Xulosa: trixofitiya bilan xastalangan bemorlarda statsionar sharoitida kompleks davolash usullarini qo‘llash 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 520 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 520 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish